Temir yo’l transportini rivojlantirishning moliyaviy siyosatining tahlili va tamoyillari
Автор: Abdusoliyev Asilbek Ilxomjon o’g’li
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Современные технологии управления организацией
Статья в выпуске: 9 (88), 2021 года.
Бесплатный доступ
Ilmiy maqolaning maqsadi - temir yo'l transportining barqaror rivojlanishi uchun ilmiy asoslangan moliyaviy siyosatning asosiy elementlari va sanoat moliyalashtirishining zamonaviy nazariyasini, moliya strategiyasi, mexanizmlarini tahlil qilish. O'zbekiston Respublikasida temir yo'l transportini yanada isloh qilish va qo’llab quvvatlash uchun yangi g’oyalar va tamoyillar shakllantirish.
Moliyaviy iqtisodiyot, temir yo’l transport, O‘zbekiston Temir Yo‘llari AJ, Menejment, marketing
Короткий адрес: https://sciup.org/140255060
IDR: 140255060
Текст научной статьи Temir yo’l transportini rivojlantirishning moliyaviy siyosatining tahlili va tamoyillari
Temir yo’l transporti - transport tizimining ajralmas qismi hisoblanadi va O’zbekiston iqtisodiyotining eng muhim tarmog’laridan biri hisoblanadi. Mamlakatning katta hududi va yo'l haqi nisbatan arzonligini hisobiga ko’ra u jismoniy va yuridik shaxslarning yo'lovchi va yuk tashish ehtiyojlarini qondirish orqali mamlakat iqtisodiy makonining birligini ta'minlash uchun mo'ljallangan.
Temir yoʼl transporti ham mamlakatimizda oʼz tarixiga va anʼanalariga ega trasnport sohasi sifatida taraqqiy etib kelmoqda. Yurtimiz hududining katta qismi (78,7 %) ni tekisliklar tashkil etganligidan, temir yoʼl qurish va undan foydalanish maktabi shakllanganidan, temir yoʼl transportining iqlimga bogʼliq boʼlmagan holda harakatlanishidan kelib chiqadigan boʼlsak bu sohaning ahamiyati yanada namoyon boʼladi.
2019 yil 1 yanvar holatiga aksiyadorlik jamiyatining asosiy yo'llarining umumiy uzunligi 6950 kilometrni tashkil etdi, shundan 2500 kilometr elektrlashtirilgan.Hozirgi kunda Aksiyadorlik jamiyatida 90 mingdan ortiq kishi ishlaydi, Temir yo'lning yillik yuk aylanmasi mamlakatdagi barcha turdagi transportning umumiy yuk aylanmasining qariyb 25 foizini tashkil qiladi.
Oʼzbekistonda mavjud boʼlgan transport turlari orasida yetakchi va muhim oʼrinni temir yoʼllar egallaydi. Temir yoʼl transportining boshqa transport turlariga nisbatan yana bir afzalligi atrof-muhitga kam zarar yetkazadi, uning yuk va yoʼlovchilar tashish qobiliyati juda yuqori boʼlib, ob-havoning noqulayliklariga qaramay muntazam ravishda harakatda boʼladi.

Rasm:1. O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llari chizmasi
Shunga qaramay, O'zbekiston temir yo'l transporti yanada rivojlanishga, temir yo'l xizmatlarining hajmi va sifatini oshirishga, tarkibiy va moliyaviy islohotlarga muhtoj bo’lib qolmoqda. Buning sababi shundaki, hozirda bir qator muammolar hal etilmagan. Bunga sabab, O’zbekiston tovarlar va yo'lovchilarni etkazib berish tezligi, ushbu xizmatlar bozorining rivojlanish darajasi va raqobat bo'yicha etakchi davlatlardan ancha orqadadir (bu yerdan - tariflarni asossiz belgilash, bir qator jarayonlarning samarasizligi va xizmatlarning past sifati ko’rinadi). Ikkinchidan, harakatlanuvchi tarkibning yemirilishi katta foyzdaligi.
Temir yo'l transportini isloh qilish 1994 yildan beri olib borilmoqda va shu kungacha davom etmoqda. Tizimli islohotlarni amalga oshirish jarayonida ma'lum yutuqlarga erishildi. Biroq, ular etarli emas edi. Shu sababli, tarkibiy islohotlarni ishlab chiqishda, O’zbekiston temir yo'llarini isloh qilish va 2030 yilgacha temir yo'l transportini rivojlantirish strategiyasi natijasida tashkil etilgan xolding kompaniyasini boshqarish tizimining Strategiyasi ishlab chiqildi va hukumat darajasida qabul qilindi. Bu hujjatlar davlat temir yo'l siyosatini yuritish va amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega. Moliyaviy jihat ularda to'g'ri ko’rsatilishi va temir yo'l siyosatini amalga oshirishni moliyaviy qo'llab -quvvatlashning ko'plab muhim muammolari o’rganib chiqildi.
-
- sanoat xususiyatlari va zamonaviy iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda temir yo'l transportini moliyalashtirish nazariyasining asoslarini shakllantirish
-
- moliyaviy resurslarning tarkibi, tarkibi va tuzilishini, daromad va xarajatlarni oshkor qilish
-
- temir yo'l transportida yuzaga keladigan moliyaviy oqimlarni o'rganish
-
- temir yo'l transportining moliyaviy mexanizmining mazmunini ochib berish
-
- temir yo'l transportining zamonaviy rivojlanish strategiyasini, tarkibiy va moliyaviy islohotlarini umumlashtirish, aniqlashtirish va to'ldirish
-
- tarif siyosatini shakllantirish va tariflarni tartibga solish usullarini ishlab chiqish, shuningdek yuk va yo'lovchi tashish tariflarini shakllantirish va yo'lovchilar tashish uchun byudjetdan kompensatsiya to'lovlarini takomillashtirilgan asosda uslubiy qo'llab -quvvatlash.
-
- konsolidatsiyalangan to'lov balanslarini (byudjetlarni) bajarish uchun byudjetlashtirish va xazina texnologiyalari asosida “O’zbekiston temir yo'llari” AJ moliyaviy oqimlarini boshqarish tizimini umumlashtirish va rivojlantirish.
-
- temir yo'l tizimini, shu jumladan temir yo'l mashinasozligini davlat moliyaviy tartibga solishning keng qamrovli tizimini ishlab chiqish
-
- uzoq masofali sayohatlarda yuqori tezlikda yo'lovchi tashishni rivojlantirishni moliyaviy qo'llab-quvvatlash mexanizmini ishlab chiqish.
Yana bir muhim istiqbolli loyiha sifatida Oʼzbekiston, Аfgʼoniston va Pokiston davlatlarini bogʼlovchi uzunligi taxminan 600 km boʼluvchi MozoriSharif-Qobul-Peshovar temir yoʼlining qurilishi mamlakatimizning dengizga chiqish harajatlarini 2-3 marta kamaytiradi. Shuningdek Oʼzbekiston tovarlarining Pokistonga yetib borishiga ketayotgan 30-35 kunlik vaqt 10-15 kunga tushishi mumkin. Bu yoʼl Rossiya va Pokiston oʼrtasidagi transport harajatlarini 15-20 % ga qisqartiradi. Аlbatta bu davlatlar oʼrtasida tovar aylanishining faollashuvidan tranzit vazifasini oʼtovchi davlatlar ham manfaatdor hisoblanadi. Misol tariqasida 2020 yilda Rossiya, Qozogʼiston, Oʼzbekiston va Аfgʼoniston oʼrtasida 4 mln. Tonna yuk tashilgan boʼlsa yoʼl qurilishi bilan yuk tashilishi 10 mln. tonnaga chiqishi mumkin.
Buning uchun mamlakatimizda transport iqtisodiyotini xususan temir yoʼl transportini mavjud holatini har tomonlama ilmiy tahlil qilish, uning imkoniyatlaridan foydalanish darajasini oʼrganish, baholash va prognozlash, yangi liniyalar zaruratini oʼrganish, oʼzini oqlamayotgan liniyalarni aniqlash oldimizda turgan vazifalardandir. Bunga esa temir yoʼl transporti iqtisodiy tizimlar kesimida tahlil qilib chiqish va uni mamlakat miqyosida umumlashtirish orqaligina erishiladi.
O‘zbekiston temir yo‘llarining innovatsion rivojlanish istiqbollari yetishib kelayotgan avlodning malakasiga, ularning bilim ko‘nikmasiga chambarchas bog‘liqligi, tizimga innovatsion texnologiyalarni tadbiq etishning muhim iqtisodiy va ijtimoyi ahamiyatga ega.
Foydalangan adabiyotlar:
Список литературы Temir yo’l transportini rivojlantirishning moliyaviy siyosatining tahlili va tamoyillari
- Сороко В. И., Фотькина Ж. В. Аппаратура железнодорожной автоматики и телемеханики: Справочник: в 4кн. Кн. 1. — 4-е.изд. — М.: ООО «НПФ «ПЛАНЕТА», 2013 - 1060 с.
- Величко В.И., Сотников Е.А., Винокурова Т. А, Голубев Б.JI. Основы транспортного финансирования на железнодорожном транспорте. М.: Интекс, 2015.