Kimyo ta’limida fan va tarbiya uyg`unligi

Автор: Norqulov U.M., Ruziyev Erkin A., Mamatov A., Yuldoshov F. Q.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 5-1 (84), 2021 года.

Бесплатный доступ

Ushbu maqolada “kimyo ta’limida fan va tarbiya uyg’unligi” doirasida ta’lim-tarbiya sifatini oshirish omillari, mavzularning tarbiyaviy vazifalari bo’yicha fikrlar mujassamlashtirilgan va ular yuzasidan tavsiyalar berilgan.

Ta’lim, tarbiya, kimyoviy jarayon, ta’lim jarayoni, uslub, usullar, ijodiy tafakkur, mustaqil fikrlash, mas’uliyat

Короткий адрес: https://sciup.org/140260491

IDR: 140260491

Текст научной статьи Kimyo ta’limida fan va tarbiya uyg`unligi

Samarqand davlat universiteti Kimyo fakulteti dotsenti

Ruziyev Erkin Abdirajabovich

Samarqand davlat universiteti Kimyo fakulteti dotsenti

Mamatov Asliddin

Samarqand davlat universiteti Kimyo fakulteti assistent

Yuldoshov Fayyoz Qosimjon o’g’li

Samarqand davlat universiteti Kimyo fakulteti talabasi

O`zbekiston Respublikasi o`z mustaqilligini qo`lga kiritib, jahonning rivojlangan davlatlari qatoridan o`zining munosib o`rnini egallashi sari dadil qadamlar bilan ilgarilab borar ekan, shubhasiz, shu mustaqillikka va uning porloq istiqbolini ta’minlovchi inson omillarining ahamiyati tobora ortib boraveradi. Shuning uchun ham, mustaqilligimizning ilk damlaridanoq, respublikamiz hukumati tomonidan mutaxassislar tayyorlash, yoshlarga tegishli ta’lim-tarbiya berish masalalariga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Jumladan, 2019-yil 8-oktabrdagi №PF-5847-sonli O`zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risda Prezident farmoni, 2020-yil 12-avgustdagi PQ-4805-son “Kimyo va biologiya yo`nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarorini qabul qilinishi va ularni hayotga tatbiq etish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar mutaxassislarning kasbiy bilimlarini egallashdagi tayyorgarligini tubdan yaxshilashni talab etadi.

Respublikamizda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari jamiyatimiz kelajagi uchun mas’ul barkamol shaxslarni voyaga yetkazishni nazarda tutadi. Ushbu muammoni hal etishda kimyo ta’limining ham o`z o`rni bor. Shuni inobatga olgan holda yangi O`zbekistonni qurish borasidagi uzluksiz say harakatlarning bir qismi sifatida mamlakatimizda kimyo sohasini rivojlantirish, ushbu yo`nalishda ta`lim sifati va ilm-fan natijadorligini oshirish bo`yicha davlat dasturining ustuvor vazifalari ijrosini ta’minlash uchun tegishli yo`l xaritalari ishlab chiqilgan bo`lib, ushbu yo`l xaritalari asosida izchil ishlar amalga oshirilib kelinmoqda [1,2020:3]. Zero, yoshlarimizni kimyo fani bo`yicha chuqur o`qitish hududlarda yangidan-yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, yuqori qo`shilgan qiymat yaratadigan farmatsevtika, neft, gaz, kimyo, tog`-kon, oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini jadal rivojlantirishga turtki beradi hamda pirovardida xalqimiz turmush sharoiti va daromadlarini oshirishga puxta zamin hozirlaydi. Ta’lim jarayoni bu -o`quv masalalarining maqsadli ketma-ket almashinuvi va ta’limning barcha elementlari ta’lim oluvchilarning ijtimoiy tajriba mazmunini o`zlashtirish faoliyati natijasida ularning xususiyatlarini shakllantirishga yo`naltirilgan o`zgarishidir [2,2010:4].

Kimyo fanini o`qitish jarayonida, talabalarning nafaqat kimyoviy bilimlarini oshirib qolmasdan, balki ularning ongiga, xulqiga, faoliyatiga har tomonlama ta’sir etiladi. Zero ta’lim jarayonida talaba shaxsini bilish, ularning qiziqishlari, faolligi, mehnatsevarligi va tashabbuskorligi orqali kuzatiladi. Shularni nazarda tutgan holda professor-o`qituvchilar darsning tarbiyaviy vazifalarini talaba shaxsini shakllantirish va rivojlantirishga qaratishi lozim. O`quv materialiga bog`liq ravishda tarbiyaviy vazifalarning ushbu turlariga egamiz; ilmiy dunyoqarashni shakllantirish; atrof-muhitga estetik munosabatda bo`lishni shakllantirish; irodalilikni shakllantirish, jismoniy rivojlantirish, sog`liqni saqlash va mustahkamlash, jamoatchilik munosabatlarini, guruhda va jamoada o`zini tutabilishni shakllantirish va boshqalar [Yo’ldoshev,2004:250]. Darsning tarbiyaviy vazifasini amalga oshirishda o`quv materiali talabaning ma’naviy rivojlanish vositasi bo`lishiga erishish muhumdir. Dars talabaning dunyodagi ma’naviy boyliklarni anglashi va egallashiga yordam berishi lozim. Dars talabada qanchalik kuchli taassurot uyg`otsa uning tarbiyaviy samarasi shunchalik yuqori bo`ladi. Talabalarda shakllanadigan shaxsiy sifatlarning asoslari o`quv faoliyatida talabalar orasida yuzaga keladigan munosabatlar asosida tug`iladi. Shu sababli talabalarda hamjihatlik hissini, do`stona o`zaro yordamni shakllantirish bilan bog`liq bo`lgan tarbiyaviy vazifa turi muhimdir. Bir-biri bilan hamkorlikda olamni bilishga talabalarni o`rgatish, bu ishni har bir darsning mazmuniga aylantirish hozirgi zamon ta’limining maqsadlaridan biridir. Darsda talabalarning birgalikda ishlashlariga alohida sharoit yaratishga ahamiyat qaratish kerak. Kimyoviy reaksiyalarni amalga oshirishda, mustaqil ta’limlarni bajarishda talabalar uchun o`z tengdoshlari bilan hamkorlikda ishlashlariga e’tibor qaratish, ularda mehnat madaniyati, xususan o`zaro hurmat va birdamlik ruhini shakllantirish muhim masaladir.

Talabalarning birgalikdagi izlanishlari bilish faoliyatining faollashuviga yordam beradi hamda o`zaro nazorat qilish va o`zaro yordam berish sifatlarini shakllantiradi va tarbiyaviy vazifani ado etadi. Masalan, nuklein kislotalar. DNK mavzusining ta’limiy vazifasi: talabalarning nuklein kislotalar, ularning turlari, tuzulishi, funksiyalari haqidagi bilimlarini shakllantirish, oqsil fermentlarning DNK va RNK ni sintezlashdagi o`rni haqidagi bilimlarini yanada chuqurlashtirish sifatida qaralsa, tarbiyaviy vazifasi talabalarda nuklein kislotalar haqidagi avval olgan tushunchalariga asoslangan holda tirik tabiat uchun xos bo`lgan oqsillar sintezining mohiyatini ochib berishdan iborat. Shu asosda hujayra hayotida nuklein kislotalarning hujayra tirikligini saqlashdagi rolini tushuntirish orqali talabalarda hayotning paydo bo`lishi haqidagi asl-mantiqiy qarashlarni yanada rivojlantirishdan iborat. Bundan tashqi muhit omillarining ta’siri natijasida nukleotidlarda boradigan o`zgarishlarni tushuntirish orqali ularga ekologik ta’lim-tarbiya berish maqsadi ko`zda tutiladi [Norqulov,2019:178]. Bunday misollarni ko`plab keltirish mumkin.

Adabiyotlar

  • 1.    “Kimyo va biologiya yo`nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida” PQ 2020-yil 12-avgustdagi 4805-sonli qarori.

  • 2.    Maktab va hayot. Ilmiy-metodik jurnal.-Toshkent.-“Reliable print” MCHJ.-2010.-№4. b.3

  • 3.    Uzluksiz ta’lim. Ilmiy-uslubiy jurnal.-Toshkent.-Sharq.-2009.-№4. b.51-52

  • 4.    Yo’ldoshev J.G’., Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya asoslari./Toshkent: O’qituvchi, 2004. b.246-250.

  • 5.    U.M.Norqulov, H.A.Nasimov, E.A.Ruziyev, I. Ruziyev., Кimyo fanini o’qitishda qo’llaniladigan innovatsion texnologiyalar. Uslubiy qo’llanma, Samarqand.: SamDU, 2019. b.160-178.

"Экономика и социум" №5(84) 2021

Список литературы Kimyo ta’limida fan va tarbiya uyg`unligi

  • "Kimyo va biologiya yo'nalishlarida uzluksiz ta'lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ 2020-yil 12-avgustdagi 4805-sonli qarori.
  • Maktab va hayot. Ilmiy-metodik jurnal. -Toshkent. - "Reliable print" MCHJ. -2010.-№4. b.3
  • Uzluksiz ta'lim. Ilmiy-uslubiy jurnal.-Toshkent.-Sharq.-2009.-№4. b.51-52
  • Yo'ldoshev J.G'., Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya asoslari./Toshkent: O'qituvchi, 2004. b.246-250.
  • U.M.Norqulov, H.A.Nasimov, E.A.Ruziyev, I. Ruziyev., Кimyo fanini o'qitishda qo'llaniladigan innovatsion texnologiyalar. Uslubiy qo'llanma, Samarqand.: SamDU, 2019. b.160-178.
Статья научная