Texnologik ta'limda innovatsion ta'lim texnologiyalari ahamiyati

Автор: Mamajonova G.A., Akbarova S.N.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 10 (89), 2021 года.

Бесплатный доступ

Ushbu maqolada rivojlangan ta'lim sharoitida innovatsion ta'lim texnologiyalari ahamiyati haqida so'z yuritilgan. Ta'limni yanada samarali qilish usullari, zamonaviy texnologiyalardan dars davomida qanday foydalanish usullari haqida ham ma'lumot berib o'tilgan.

Interaktiv metodlat, innovatsion ta'lim, innovatsiya, pedagogik texnologiya, axborot texnologiyalari, an'anaviy ta'lim.

Короткий адрес: https://sciup.org/140260743

IDR: 140260743

Текст научной статьи Texnologik ta'limda innovatsion ta'lim texnologiyalari ahamiyati

Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalari o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan kunga kuchayib bormoqda, bunday bo’lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o’quvchi talabalarni faqat tayyor bilimlarini egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, taxlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi. O’qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanish, shakillanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchlik funksiyasini bajaradi.

Ta’lim jarayonida o’quvchi talaba asosiy figuraga aylanadiShuning uchun oliy o’quv yurtlari va fakultetlarida malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o’qitish metodlari - interaktiv metodlar,Innovotsion texnologiyalarning o’rni va ro’li benihoya kattadir. Pedogogik texnologiya va pedogog maxoratiga oid bilim, tajriba va intiraktiv metodlar o’quvchi-talabalarning bilimli, yetuk malakaga ega bo’lishlarini ta’minlaydi .

INNOVATSIYA (inglizcha innavation)-yangilik kiritish, yangilikdir.Innovotsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to’liq foydalaniladi. Interaktiv metodlar-bu jamoa bo’lib fikrlash deb yuritiladi, ya’ni pedagogik ta’sir etish usullari bo’lib ta’lim mazmuninng tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarnig oziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o’quvchi-talabalarning birgalikda faoliyat ko’rsatishi orqali amalga oshiriladi.

Bunday pedogogik hamkorlik jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lb, ularga quyidagilar kiradi:

Pedagogik texnologiyalar masalalari, muammolarini o’rganayotgan o’qituvchilar, ilmiy-tadqiqodchilar, amaliyotchilarning fikricha, pedogogik texnologiya bu faqat axborot texnologiyasi bilan bog’lq, ham da o’qitish jarayonida qo’llanlshi zaruru bo’lgan TSO, kompyuter, masofali o’qish yoki turli xil texnikalardan foydalanish deb belgilanadi.

Bizning fikrimizcha, pedogik texnologiyaning eng asosiy negizi bu o’qituvchi va O’quvchi-talabaning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishshlari uchun tanlangan texnologiyalarga bog’liq deb xisoblaymiz, ya’ni o’qitish jarayonida maqsad bo’yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo’llaniladigan har bir ta’lm texnologiyasi o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida hamkorlik faoliyatni tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa,o’quv jarayonida O’quvchi-talabalar mustaqil fikrlay olsalar, ijobiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, o’zlari xulosa qila olsalar, o’zlariga, guruhga , gurug esa ularga baxo bera olsa, o’qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha anashu o’qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o’quv predmetining o’ziga xos texnologiyasi bor, ya’ni o’quv jarayonidagi pedogogik texnologiya bu yakka tartibdagi jarayon bo’lib, u o’quvchi-talabaning ehtiyojidan kelib chiqqa xolda bir maqsadga yo’naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • 1.    Mirzajanov D. Seminar-praktikum shaklida dars mashg‘ulotlarini loyihalash// TA’LIM TEXNOLOGIYALARI, 2006 yil. 4-son.

  • 2.    Misty E Vermaat, Susan L Sebok, Steven M Freund. Discovering Computers (C)2016 (2016 edition). Textbook.USA, 2016

  • 3.    Musurmonova O.M., Yo‘ldosheva S.M., Xoshimova M.K.

  • 4.    Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Qarshi.: Nasaf,2000.

  • 5.    Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Qarshi: Nasaf,2000.

  • 6.    Og‘aev S. Yangi pedagogik texnologiya-hayotiy ehtiyoj. «Xalq ta’limi» jurnali, 2159

Kasbiy malaka va pedagogik mahorat. -T.: 2009

"Экономика и социум" №10(89) 2021

Список литературы Texnologik ta'limda innovatsion ta'lim texnologiyalari ahamiyati

  • Mirzajanov D. Seminar-praktikum shaklida dars mashg‘ulotlarini loyihalash// TA’LIM TEXNOLOGIYALARI, 2006 yil. 4-son.
  • Misty E Vermaat, Susan L Sebok, Steven M Freund. Discovering Computers (C)2016 (2016 edition). Textbook.USA, 2016
  • Musurmonova O.M., Yo‘ldosheva S.M., Xoshimova M.K. Kasbiy malaka va pedagogik mahorat. -T.: 2009
  • Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Qarshi.: Nasaf,2000.
  • Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Qarshi: Nasaf,2000.
  • Og‘aev S. Yangi pedagogik texnologiya-hayotiy ehtiyoj. «Xalq ta’limi» jurnali, 2159
Статья научная