Ta‘lim sohasida innovatsion o‘zgarishlarni tutgan o’rni va samaradorligi
Автор: Keshpiyev E.A., Xakberdiyeva H.A., Berdiqulov L.I.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 6-1 (85), 2021 года.
Бесплатный доступ
Ushbu maqolada ta‘lim sohasida innovatsion o‘zgarishlarni tutgan o’rni va samaradorligini oshirish haqida ma’lumotlar berilib o’tilgan.
Texnologiya, axborot, kommunikatsiya, kompleks, interfaol
Короткий адрес: https://sciup.org/140260592
IDR: 140260592
Текст научной статьи Ta‘lim sohasida innovatsion o‘zgarishlarni tutgan o’rni va samaradorligi
Barchamizga ma‘lumki bugungi kunda dunyo miqyosida ta‘lim tizimini isloh qilish, hamda har bir sohada mukammal tajribaga ega bo‘lgan kadrlarga bo‘lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Nafaqat aniq bir sohada balki barcha yo‘nalishlarda yetarlicha tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar 130 tayyorlash bo‘yicha ko`pgina davlatlar o‘zaro tajriba almashmoqdalar.Bu borada bizning yurtimizda ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Buning aksi o`laroq yurtimiz mustaqillikka erishgan kezlarning boshlaridanoq o`z o`rnida qilingan qarorlar hamda ularning amali natijasida bugungi kunda bizning mustaqil ta‘lim tizimiga erishishdik. Avvalo shuni ta‘kidlash zarurki, bundan 20 yil oldin qabul qilingan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi deb nom olgan ta‘lim sohasini isloh qilish dasturi mamlakatimizda yangi jamiyat qurishning bosqichma-bosqich va tadrijiy rivojlanish prinsipiga asoslangan iqtisodiy va siyosiy islohotlarning biz tanlagan O‘zbek modeli‖ – o‘z taraqqiyot yo‘limizning ajralmas tarkibiy qismidir.
Ushbu dastur jiddiy izlanish va tadqiqotlarning, jahondagi taraqqiy topgan ilg’or mamlakatlar tajribasini umumlashtirishning natijasi sifatida o‘tmishda majburan singdirilgan kommunistik mafkuraning qolip va andozalaridan butunlay voz kechish, odamlarning, birinchi navbatda, unib-o‘sib kelayotgan avlodning ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, qisqacha aytganda, bu dastur o‘z fikriga, o‘zining qarashlari va qat‘iy grajdanlik pozitsiyasiga ega bo‘lgan, har tomonlama yetuk va mustaqil fikrlaydigan shaxsni shakllantirishni maqsad qilib qo‘ygan.
Hayotimizga axborot texnologiyalaring kirib kelishi bilan bu sohaga bo‘lgan e‘tibor yanada ortib, hamda kundan kunga rivoj topib bormoqda. Qaysi sohani olmang, ta‘lim, harbiy yoki sport sohalarida ham aynan shu sohalarning rivoji va kelajakdagi yuksalishi bevosita axborot texnologiyalari bilan bog`liq.
Ta‘kidlash joizki bugungi kunda mamlakatimiz miqyosida amalga oshirilayotgan ishlarning barchasida axborot texnologiyalarining roli muhimdir, shu jumladan ta‘lim tizimida katta ahamiyat kasb etmoqda. Sir emaski bugungi kunda axborot texnologiyalari hayot uchun eng muhim omillardan biri bo‘lib hisoblanmoqda. Bu fikrga yaqqol misol bilan yondashsak bugungi kunda bir yangi texnologiyani chuqur o`rganib, uni real hayotga tatbiq etib ulgurmasdan boshqa joydan yoki oldingi taqdim etilgan joydan boshqa bir yangi texnologiya taklif etilmoqda aynan o'sha texnologiyaning avlodi sifatida.
Ta‘limni isloh qilish bo‘yicha 1997-yilda davlatimiz tomonidan qabul qilingan asosiy hujjatlardan biri O‘zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan kadrlarni tayyorlovchi ta‘lim muassasalarida o‘quv jarayonini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari negizida tashkil etish zarurligi alohida ta‘kidlangan.
Hozirgi biz yashab turgan zamonni axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilish birozgina mushkul nazarimizda, chunki mavjud zamonda jamiki ixtirolar yoki yangiliklarning aksariyati axborot texnologiyalar bilan chambarchas bog‘liqdir.
Ta‘lim tizimida innovatsion o‘zgarishlarni samaradorligini oshirish maqsadida quyidagi takliflarni kiritamiz:
-
- axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida, ―elektron hukumat‖ni joriy etishda yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta‘minlash, axborot texnologiyalarini rivojlantirishning jahon darajasidan kelib chiqqan holda milliy axborot-kommunikatsiya tizimini tatbiq etish va rivojlantirish yuzasidan kompleks dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
-
- telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish, shu jumladan, Internet tarmog‗iga keng polosali ulanishni kengaytirish, telefon aloqasi, televideniye va radioeshittirishning raqamli tizimlariga to‘liq o‘tishni ta‘minlash, aloqa va telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni, shuningdek, radiochastotali spektrdan foydalanishni davlat yo‘li bilan boshqarish, litsenziyalash va nazorat qilish borasidagi funksiyalarni amalga oshirish;
―elektron hukumat‖ni tatbiq etish, vazirliklar, idoralar, kompaniyalar va uyushmalarning, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborotlashtirish va interaktiv davlat xizmatlarini takomillashtirish borasidagi faoliyatini idoralararo muvofiqlashtirish, monitoring qilish, baholash va nazorat qilish bo‘yicha davlat dasturlarining amalga oshirilishini ta‘minlash, shuningdek, davlat 131 axborot resurslari hamda ma‘lumot bazalarini shakllantirish, saqlash va foydalanishning yagona tizimini vujudga keltirish, idoralararo axborot tizimlarini yaratish va boshqarish;
-
- Internet tarmog‗ining milliy segmenti yanada shakllantirilishini ta‘minlash, mamlakatimizning turli yo‘nalishlardagi zamonaviy veb-resurslarini, shu jumladan, aholining, xususan, yosh avlodning axborotga bo‘lgan va intellektual talab-ehtiyojlarini qondirish maqsadida tarmoq resurslarini rivojlantirish uchun zarur texnik va qulay shart-sharoitlarni yaratish;
-
- raqobatdosh dasturiy mahsulotlarning mamlakatimizda ishlab chiqarilishini va ichki bozorini hamda ularga ko‘rsatiladigan xizmatlarni rivojlantirishga ko‘maklashish va uning muvofiqlashtirilishini ta‘minlash, iqtisodiyotning
real sektori tarmoqlarida va iste‘molchilarda zamonaviy dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va axborot resurslarini joriy etish;
-
- axborot xavfsizligini ta‘minlash va kommunikatsiya tarmoqlari, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va resurslarini himoya qilishning zamonaviy texnologiyalarini tatbiq etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, axborot
resurslarini himoya qilish bo‘yicha texnik infratuzilmani yanada rivojlantirish;
Interfaol metodlar (interaktiv metodlar) - o‘zaro fikr almashishga, o‘zaro fikrlarni to‘ldirishga, goh noverbal, goho verbal ta‘sir o‘tkazishga qaratilgan harakatlar majmuasidir. Interfaol metodlar o‘zaro ta‘sir asosida qurilgan Intellectual harakatlar shunchaki ta‘sir, turtki vazifasini bajarish bilan cheklanib qolmasdan, balki hamkorlik sub‘ektlarini ijodiy izlanishga yo‘naltirish, noma‘lum holatni ochishga, kashf etishga ko‘mak beruvchi nazariy-aqliy mulohazalarda ifodalanishi mumkin.
Xulosa o‘rnida shuni aytishim mumkinki, bunday texnologiyalar orqali o‘quvchilarning nafaqat berilayotgan bilimni qiyinchiliksiz o‘zlashtirishlari, balki darsga bo‘lgan qiziqishini yanada orttirishga ham vosita bo‘ladi. Shunday ekan hozirgi zamon pedagoglari har bir darsini qiziqarli va samarali tashkil etishi va bu borada multimedia vositalaridan foydalanishi maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz.
Adabiyotlar ro‘yxati:
-
1. I.A.Karimov. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. T.: Ma‘naviyat. 2008-y.
-
2. Ishmuhamedov R. Abduqodirov A., Pardayev A. Ta‘limda innovatsion texnologiyalar , 2008. 128-b
-
3. Tolipov O‘.Q., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari (O‘quv qo‘llanma).-Т.: «Fan» nashriyoti, 2006 y.62- b
"Экономика и социум" №6(85) 2021
Список литературы Ta‘lim sohasida innovatsion o‘zgarishlarni tutgan o’rni va samaradorligi
- I.A.Karimov. Yuksak ma‘naviyat - yengilmas kuch. T.: Ma‘naviyat. 2008-y.
- Ishmuhamedov R. Abduqodirov A., Pardayev A. Ta‘limda innovatsion texnologiyalar, 2008. 128-b
- Tolipov O‘.Q., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari (O‘quv qo‘llanma).-Т.: "Fan" nashriyoti, 2006 y.62- b