Uch fazali ikki chulg‘amli transformatorning yuklama holatidagi tavsiflari va parametrlarini tekshirish
Автор: Saodullayev A.S., Xoldarov B.M.
Журнал: Форум молодых ученых @forum-nauka
Статья в выпуске: 6 (106), 2025 года.
Бесплатный доступ
Mazkur maqolada uch fazali ikki chulg‘amli transformatorning yuklama holatidagi ish rejimlari tahlil qilinadi. Transformatorning asosiy elektr parametrlarini aniqlash, energiya samaradorligini baholash va yirik sanoat iste'molchilariga xizmat ko‘rsatishdagi ahamiyati yoritiladi. Amaliy o‘lchovlar va hisob-kitoblar asosida yuklama ostidagi kuchlanishning tushishi, toklar va quvvat ko‘rsatkichlari o‘rganiladi.
Transformator, yuklama holati, kuchlanish tushishi, quvvat omili, samaradorlik, aktiv va reaktiv quvvat
Короткий адрес: https://sciup.org/140311978
IDR: 140311978
Текст научной статьи Uch fazali ikki chulg‘amli transformatorning yuklama holatidagi tavsiflari va parametrlarini tekshirish
UCH FAZALI IKKI CHULG‘AMLI TRANSFORMATORNING
YUKLAMA HOLATIDAGI TAVSIFLARI VA PARAMETRLARINI TEKSHIRISH
Transformatorning yukli ishlash rejimini hosil qilish uchun 1- rasmdagi kabi, birlamchi chulg‘amga nominal kuchlanish berib, ikkilamchi chulg‘amni esa istemolchiga ulash lozim. Kuchlanish U 1 =U 1n qiymatni o‘zgartirmasdan saqlagan holda, Z yuk ning 4-5 ta qiymatlari uchun birlamchi chulg‘am toklari, quvvati va ikkilamchi chulg‘am toki hamda kuchlanishlarining qiymatlarini o‘lchov asboblarining ko‘rsatkichlarini yozib olinadi.

-
1- rasm. Transformator yuklama sxemasi
Birlamchi chulg‘am tokining o‘rtacha qiymati, Quvvati va quvvat koeffitsientlari avvalgi tajribalardagidek hisoblanib jadvalning o‘ng tomoni to‘ldiriladi.

Kichik kuchlanishli 10/0.4 kV li, 100 kVA quvvatga ega transformator laboratoriyada sinovdan o‘tkazildi.
. Asbob-uskunalar
Uch fazali yuklama stendi; Voltmetr, ampermetr, vattmetr; Reaktiv yuklar;
Termopara va infraqizil harorat o‘lchagichlar
O‘lchov natijalari
Yuklama |
Ii (A) |
U2 (V) |
P (kW) |
cos(φ) |
Harorat |
(%) |
(°C) |
||||
0 |
2.1 |
400 |
0.12 |
- |
25 |
25 |
9.3 |
397 |
23.8 |
0.85 |
32 |
50 |
18.5 |
392 |
47.2 |
0.88 |
40 |
75 |
27.6 |
388 |
70.1 |
0.91 |
52 |
100 |
36.7 |
384 |
93.5 |
0.93 |
65 |
Tahlil va muhokama
Yuqoridagi natijalarga ko‘ra, yuklama oshgani sari ikkilamchi kuchlanishda sezilarli tushish kuzatilmoqda, bu esa chulg‘am qarshiligi va dispers induktivlik sababli yuzaga keladi. Quvvat omili yuklama ortishi bilan yaxshilanmoqda, bu transformatorning to‘liq quvvatda optimal ishlashini ko‘rsatadi. Harorat oshishi ham transformatorni ortiqcha yuklash xavfiga ishora qiladi.
Xulosa
Transformatorlarning yuklama holatidagi elektr-issiklik tavsiflarini tekshirish ularning ishonchli ishlashini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. Yuklama ortishi kuchlanish tushishi va harorat ko‘tarilishi bilan bog‘liq bo‘lib, buning oldini olish uchun yuklamani me’yorida ushlab turish zarur. Energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan transformatorlarni tanlash sanoat tarmoqlarida energiyani tejashga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Asosiy adabiyotlar:
-
1.Salimov J.S., Pirmatov N.B. Elektr mashinalari.– T.: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashiryoti, 2011. –408 b.
-
2 .Mustafakulova G.N., Toirov O.Z., Bekishev A.E. Elektr mashinalari. Toshkent.: Tafakkur avlodi. 2020. 191 b.
-
3 .Majidov S. Elektr mashinalari va elektr yuritma. - T.: O’qituvchi, 2002. -358 b.
-
4 .S. K. Sahdev/Electrical Machines/ © Cambridge University Press 2018
-
5 Testing of Power Transformers under participation of ° Carlson Ake Jitka Fuhr Gottfried Schemel Franz Wegscheider 1st Edition published by Pro Print GmbH, Düsseldorf ISBN 3-00-010400-3-2003.
-
6 .Alimxodjayev K.T., Pirmatov N.B., Ziyoxodjayev T.I. Elektr mashinalari.- T.: “Fan va texnologiya”, 2018. -344 b.
ФОРУМ МОЛОДЫХ УЧЕНЫХ №6(106) 2025