Uch fazali ikki chulg‘amli transformatorning salt ishlash, qisqa tutashuv holatlaridagi transformatorni himoyalash
Автор: Saodullayev A.S., Xoldarov B.M.
Журнал: Форум молодых ученых @forum-nauka
Статья в выпуске: 6 (106), 2025 года.
Бесплатный доступ
Uch fazali ikki chulg‘amli transformatorning salt ishlash, qisqa tutashuv holatlaridagi transformatorni himoyalash uchun quyudagi parametirlar olinadi Uch fazali transformatorning tuzilishi va ishlash prinsipi bilan tanishish. Transformatorning salt ishlash holati va uning parametrlarini aniqlash. Transformatorning salt ishlash tavsiflarini qurish. Transformatorning qisqa tutashuv holati va uning parametrlarini aniqlash. Transformatorning qisqa tutashuv tavsiflarini qurish.
Elektr qurilma, texnologik asbob-uskunalar, transformatorning salt ishlash, elektr himoya, qisqa tutashuv holatlaridagi transformatorn, kuchlanish, texnik xizmat, laboratoriya, energiya tizimi
Короткий адрес: https://sciup.org/140311918
IDR: 140311918
Текст научной статьи Uch fazali ikki chulg‘amli transformatorning salt ishlash, qisqa tutashuv holatlaridagi transformatorni himoyalash
Uch fazali ikki chulg‘amli transformatorning salt ishlash, qisqa tutashuv holatlaridagi transformatorni himoyalash uchun quyudagi parametirlar olinadi Uch fazali transformatorning tuzilishi va ishlash prinsipi bilan tanishish. Transformatorning salt ishlash holati va uning parametrlarini aniqlash. Transformatorning salt ishlash tavsiflarini qurish. Transformatorning qisqa tutashuv holati va uning parametrlarini aniqlash. Transformatorning qisqa tutashuv tavsiflarini qurish.
Transformator bu statik elektromagnit uskuna bo‘lib, birlamchi o‘zgaruvchan tok sistemasini ikkilamchi o‘zgaruvchan tok sistemasiga aylantirib beradi. Bunda chastota o‘zgarmaydi. Transformator asosiy va yordamchi qismlardan tuzilgan. Asosiy qismga magnit o‘tkazgich va chulg‘amlar kiradi. Yordamchi qismlarga bak, kengaytirgich, gaz relesi, idish sopsog‘i, radiatorlar termosifon filtri, yog‘ sathini ko‘rsatuvchi shisha naycha, ko‘targich halqalar yuqori va past kuchlanishlar ulanadigan izolyatorlar, tozalagich va boshqalar. Transformatorning ish davrida hosil bo‘ladigan uyurma toklarini keskin kamaytirish maqsadida uning magnit o‘tkazgichi bir-biridan izolyatsiyalangan va qalinligi 0,15-0,5 mm bo‘lgan elektrotexnik po‘lat tunikachalardan yig‘iladi. Transformator chulg‘amlari yasalishida izolyatsiyalangan mis va alyuminiy simlaridan foydalaniladi. Transformatorlarda moy sovutish va izolyatsiya vazifasini bajaradi.
Yuksiz ishlash tajribasi. Tajribaning bajarilishidan maqsad transformatorning transformatsiyalash koeffitsienti, magnit o‘zakdagi quvvat isrofini va ekvivalent almashtirish sxemasining ayrim parametrlarini aniqlash hamda yuksiz ishlash xarakteritsikasini qurishdir.
Yuksiz ishlash tajribasini o‘tkazish sxemasi 1-rasmda ko‘rsatilgan. Transformator birlamchi chulg‘amidagi kuchlanish noldan U=1.2Un gacha oshiriladi. Kuchlanishning bir necha qiymatlari uchun ampermetr, voltmetr va vattmetrlarning ko‘rsatkichlari yozib olinadi. Transformatorning transformatsiyalash koeffitsienti:
K TR
W 1
W 2
E 1 ~ E l
E 2 U 2
bu erda E 1 , U 1 , W 1 va E 2 , U 2 , W 2 – birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarning EYUKlari, kuchlanishlari va o‘ramlar soni.

a

b
-
1- rasm. Transformator salt ishlash tajribasi sxemasi
Yuksiz ishlash tokining nominal toki

2-rasm. Transformatorning sal bu erda (I – ampermetr bir bo‘linmasidagi tok qiymati/A). Faza kuchlanishlarining o‘rtacha qiymati
UA + UB + UC
U 0 =-----3-- aU
YUksiz ishlash quvvati
P о =( P a + P b + P c )• a P
Yuksiz ishlash va almashtirish sxemasining ba’zi parametrlari
U 0 2 2 P 0
Z 0 /ъ X = X 0 V Z 0 r 0 , r 0 V 3- I 0 mIo
Transformatorning yuksiz ishlash quvvat koeffitsienti
P0 cosф 0=muj0
Hisoblangin qiymatlar asosida yuksiz ishlash xarakteristikalari quriladi. Transformator qisqa tutashuvi ikkilamchi chulg‘ami boshi va oxiri qarshiligi nolga yaqin bo‘lgan o‘tkazgich bilan ulanib, birlamchi chulg‘amga kuchlanish berilganda sodir bo‘ladi. Bunda ikkilamchi chulg‘am kuchlanishi U 2 =0 va yuk qarshiligi Z yu =0 bo‘ladi. Transformator qisqa tutashuv holatida birlamchi chulg‘amga nominal kuchlanish berilsa uning qarshiliklari nisbatan kichik bo‘lganligi sababli chulg‘amlarda nominal tokdan 15-20 marta katta bo‘lgan qisqa tutashuv toklari I 1st , va I 2st o‘ta boshlaydi. Chulg‘amlar o‘ramlarida bu toklarning kvadratiga proportsional bo‘lgan elektrodinamik kuchlar vujudga keladi va issiqlik ajralib chiqadi. Elektrodinamik kuchlar chulg‘am simlarini uzib va eritib yuborishga olib kelishi mumkin. Shu tufayli nominal kuchlanishli transformatorning qisqa tutashuvi «avariya qisqa tutashuvi» deb hisoblanadi. Agar birlamchi chulg‘am kuchlanishini shunday U st , qiymatgacha kamaytirilganda I 1st = I 1n bo‘lsa, bunday holatni sinov kiska tutashuvi deyiladi. Z st ning kiymati kichikligi sababli U st =(0,05- 0,17) U n bo‘ladi .
Qisqa tutashuv holatidagi ekvivalent elektr sxemasi parametrlarini va qisqa tutashuv kuchlanishi uchburchagini aniqlash imkonini beradi. Uchburchak yordamida esa transformator ishchi щolatida tajriba o‘tkazmay turib uning ishchi tavsiflarini qurish mumkin bo‘ladi. Sxema yig‘ilgandan so‘ng IR minimal kuchlanishlik holatga keltiriladi va manbaga ulanadi.
Kuchlanish noldan oshirilib, tokning qiymati 1.2I n da o‘rnatiladi. O‘lchov asboblarining ko‘rsatkichlari yozib olinadi. Tok qiymati I n o‘rnatilib, ikkinchi ko‘rsatkichlar yozib olinadi.
Qisqa tutashuv tajribasi ma’lumotlari asosida quyidagilar hisoblanadi. Qisqa tutashuv toki –Ist: kuchlanishi- U st. : quvvati -P st. va quvvat koeffitsienti cos ϕ 0 quyidagicha topiladi:
I
qt
Ia + Ib + Ic
3 αI
Ua + Ub + Uc
U* =---- 3---- a -
P qt = ( P a + P b + P c ) « W .
Pqt cos ф =---—
” 3 US Iq,
Qisqa tutashuv holatidagi aktiv, induktiv va to‘la qarshiliklar quyidagicha topiladi:
Z = - qt , r ,= — tr, X ,=J Z 2,- r 2,. qt , qt 2 , qt qt qt .
qt m Iqt
Bu formulalar yordamida topilgan qiymatlar yordamida transformatorning qisqa tutashuv tavsifi– Ist, Pst, cosϕst= f(Ust) quriladi
Foydalanilgan adabiyotlar.
Asosiy adabiyotlar:
-
1.Salimov J.S., Pirmatov N.B. Elektr mashinalari.– T.: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashiryoti, 2011. –408 b.
-
2 .Mustafakulova G.N., Toirov O.Z., Bekishev A.E. Elektr mashinalari. Toshkent.: Tafakkur avlodi. 2020. 191 b.
-
3 .Majidov S. Elektr mashinalari va elektr yuritma. - T.: O’qituvchi, 2002. -358 b.
-
4 .S. K. Sahdev/Electrical Machines/ © Cambridge University Press 2018
-
5 .Testing of Power Transformers under participation of ° Carlson Ake Jitka Fuhr Gottfried Schemel Franz Wegscheider 1st Edition published by Pro Print GmbH, Düsseldorf ISBN 3-00-010400-3-2003.
-
6 .Alimxodjayev K.T., Pirmatov N.B., Ziyoxodjayev T.I. Elektr mashinalari.- T.: “Fan va texnologiya”, 2018. -344 b.
ФОРУМ МОЛОДЫХ УЧЕНЫХ №6(106) 2025