Erkaklarda androgen yetishmovchiligini aniqlash uchun ADAM (Androgen Deficiency in the Aging Male) so‘rovnomasining o‘zbek tilidagi versiyasi: lingvistik va madaniy moslashtirish natijalari

Abduraximov Abduxalim Xoliddin o‘g‘li

Журнал: Re-health journal @re-health

Статья в выпуске: 2 (30), 2026 года.

Бесплатный доступ

ADAM (Androgen Deficiency in Aging Males) so‘rovnomasi erkaklarda androgen yetishmovchiligi simptomlarini skrining qilish uchun keng qo‘llaniladigan instrument hisoblanadi. Mazkur ishda so‘rovnomaning o‘zbek tilidagi versiyasi ishlab chiqildi. Lingvistik va madaniy moslashtirish xalqaro tavsiyalar asosida amalga oshirildi hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima, qayta tarjima va ekspert baholash bosqichlarini o‘z ichiga oldi. O‘zbek tilidagi versiyada original so‘rovnomaning mazmuni, tuzilishi va klinik yo‘nalishi saqlab qolindi. Moslashtirilgan versiya erkaklarda androgen yetishmovchiligi simptomlarini baholashga qaratilgan ilmiy va klinik tadqiqotlarda foydalanish uchun tavsiya etiladi.

androgen yetishmovchiligi \ gipogonadizm \ erkaklar salomatligi \ ADAM \ so‘rovnoma \ lingvistik moslashtirish

Похожие статьи в разделе Патология. Клиническая медицина

Современное представление о возрастном андрогенном дефиците
Современное представление о возрастном андрогенном дефиците

Шестаев А.Ю., Протощак В.В., Ашанина Е.Н., Игловиков Н.Ю., Кукушкин А.В., Кушниренко Н.П., Бабкин П.А., Гулько А.М., Матич А.И., Карпущенко Е.Г.

Языковая и культурная адаптация опросников FADI, FAAM и SEFAS для оценки состояния стопы и голеностопного сустава и их апробация в отечественной популяции пациентов
Языковая и культурная адаптация опросников FADI, FAAM и SEFAS для оценки состояния стопы и голеностопного сустава и их апробация в отечественной популяции пациентов

Акулаев Антон Андреевич, Иванов Александр Александрович, Ионова Татьяна Ивановна, Ефремов Сергей Михайлович, Никитина Татьяна Павловна, Тищенков Константин Александрович, Повалий Андрей Александрович

Короткий адрес: https://sciup.org/14138205

IDS: 14138205

Текст научной статьи Erkaklarda androgen yetishmovchiligini aniqlash uchun ADAM (Androgen Deficiency in the Aging Male) so‘rovnomasining o‘zbek tilidagi versiyasi: lingvistik va madaniy moslashtirish natijalari

Andijon davlat tibbiyot instituti

ADAM (Androgen Deficiency in Aging Males) so‘rovnomasi erkaklarda androgen yetishmovchiligi simptomlarini skrining qilish uchun keng qo‘llaniladigan instrument hisoblanadi. Mazkur ishda so‘rovnomaning o‘zbek tilidagi versiyasi ishlab chiqildi. Lingvistik va madaniy moslashtirish xalqaro tavsiyalar asosida amalga oshirildi hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima, qayta tarjima va ekspert baholash bosqichlarini o‘z ichiga oldi. O‘zbek tilidagi versiyada original so‘rovnomaning mazmuni, tuzilishi va klinik yo‘nalishi saqlab qolindi. Moslashtirilgan versiya erkaklarda androgen yetishmovchiligi simptomlarini baholashga qaratilgan ilmiy va klinik tadqiqotlarda foydalanish uchun tavsiya etiladi.

Kalit so‘zlar: androgen yetishmovchiligi, gipogonadizm, erkaklar salomatligi, ADAM, so‘rovnoma, lingvistik moslashtirish.

ADAM (Androgen Deficiency in the Aging Male) so‘rovnomasi

ADAM so‘rovnomasi testosteron yetishmovchiligi belgilarini aniqlashga yordam beruvchi 10 ta savoldan iborat. Har bir savolga “Ha” yoki “Yo‘q” javobini belgilang.

Savollar

Ha

Yo‘q

1. Sizda jinsiy xohish (libido) pasayganmi?

2. Siz energiya yetishmasligini his qilasizmi?

3. Sizda kuch va/yoki chidamlilik pasayganmi?

4. Bo‘yingiz cho‘kkanini sezganmisiz?

5. Hayotdan zavqlanish hissi kamayganini sezganmisiz?

6. Sizda tushkunlik yoki jahldorlik kuzatiladimi?

7. Jinsiy olat qotishi (ereksiya) sustlashganini sezganmisiz?

8. Jismoniy faollik yoki sport bilan shug‘ullanish qobiliyatingiz yomonlashganini sezganmisiz?

9. Kechki ovqatdan keyin uyqu bosadimi?

10. So‘nggi paytlarda ish qobiliyatingiz pasayganini sezganmisiz?

Natijalarni baholash

Agar Siz:

  • •    1-savolga yoki 7-savolga “Ha” deb javob bergan bo‘lsangiz;

yoki

  • •    qolgan savollardan kamida uchtasiga “Ha” deb javob bergan bo‘lsangiz, unda Sizda androgen yetishmovchiligi (testosteron darajasining pasayishi) ehtimoli mavjud bo‘lishi mumkin.

Mazkur so‘rovnoma skrining maqsadida qo‘llaniladi. Yakuniy tashxis faqat shifokor tomonidan klinik ko‘rik va laborator tekshiruvlar natijalari asosida qo‘yiladi.

ADABIYOTLAR

  • 1.    Morley J.E., Charlton E., Patrick P. et al. Validation of a screening questionnaire for androgen deficiency in aging males // Metabolism. – 2000. – Vol. 49, № 9. – P. 1239–1242.

  • 2.    Beaton D.E., Bombardier C., Guillemin F., Ferraz M.B. Guidelines for the process of cross-cultural adaptation of self-report measures // Spine. – 2000. – Vol. 25, № 24. – P. 3186–3191.

  • 3.    Wild D., Grove A., Martin M. et al. Principles of good practice for the translation and cultural adaptation process for patient-reported outcomes measures // Value in Health. – 2005. – Vol. 8, № 2. – P. 94–104.

RHJ 2-2026