Sarkopeniyani skrining qilish uchun SARC-F so‘rovnomasining o‘zbek tilidagi versiyasi: lingvistik va madaniy moslashtirish natijalari

Автор: Abduraximov Abduxalim Xoliddin o‘g‘li

Журнал: Re-health journal @re-health

Статья в выпуске: 2 (30), 2026 года.

Бесплатный доступ

SARC-F so‘rovnomasi sarkopeniya xavfini tezkor skrining qilish uchun ishlab chiqilgan qisqa va amaliy instrument hisoblanadi. Mazkur maqolada SARC-F so‘rovnomasining o‘zbek tilidagi versiyasi taqdim etilgan. Lingvistik va madaniy moslashtirish xalqaro metodologik tavsiyalar asosida amalga oshirildi. Tarjima jarayonida original instrumentning mazmuni, tuzilishi va baholash tamoyillari saqlab qolindi. O‘zbek tilidagi versiya sarkopeniya xavfini baholashga qaratilgan ilmiy va klinik tadqiqotlarda qo‘llanishi mumkin.

Sarkopeniya, SARC-F, mushak kuchi, geriatriya, skrining, so‘rovnoma

Короткий адрес: https://sciup.org/14138208

IDR: 14138208

Текст научной статьи Sarkopeniyani skrining qilish uchun SARC-F so‘rovnomasining o‘zbek tilidagi versiyasi: lingvistik va madaniy moslashtirish natijalari

Andijon davlat tibbiyot instituti

SARC-F so‘rovnomasi sarkopeniya xavfini tezkor skrining qilish uchun ishlab chiqilgan qisqa va amaliy instrument hisoblanadi. Mazkur maqolada SARC-F so‘rovnomasining o‘zbek tilidagi versiyasi taqdim etilgan. Lingvistik va madaniy moslashtirish xalqaro metodologik tavsiyalar asosida amalga oshirildi. Tarjima jarayonida original instrumentning mazmuni, tuzilishi va baholash tamoyillari saqlab qolindi. O‘zbek tilidagi versiya sarkopeniya xavfini baholashga qaratilgan ilmiy va klinik tadqiqotlarda qo‘llanishi mumkin.

Kalit so‘zlar: sarkopeniya, SARC-F, mushak kuchi, geriatriya, skrining, so‘rovnoma.

Sarkopeniyani skrining qilish uchun SARC-F so‘rovnomasi

Tarkibiy qism

Savol

Ball

Kuch

Taxminan 4–5 kg yukni ko‘tarish va ushlab turishda qanchalik qiyinchilik sezasiz?

Qiyinchilik yo‘q = 0

Biroz qiyin = 1

Juda qiyin yoki umuman bajara olmayman = 2

Yurish

Xona bo‘ylab yurishda qanchalik qiyinchilik sezasiz?

Qiyinchilik yo‘q = 0

Biroz qiyin = 1

Juda qiyin, yordamchi vosita kerak yoki yura olmayman = 2

Stuldan turish

Stuldan yoki yotoqdan turishda qanchalik qiyinchilik sezasiz?

Qiyinchilik yo‘q = 0

Biroz qiyin = 1

Juda qiyin yoki yordamsiz

tura olmayman = 2

Zinadan chiqish

10 pog‘onali zinadan chiqishda qanchalik qiyinchilik sezasiz?

Qiyinchilik yo‘q = 0

Biroz qiyin = 1

Juda qiyin yoki chiqa olmayman = 2

Yiqilishlar

So‘nggi bir yil davomida necha marta yiqilgansiz?

Hech marta = 0

1–3 marta = 1

4 marta va undan ko‘p = 2

Natijalarni baholash

Umumiy ball: 0–10

  • •    0–3 ball — sarkopeniya xavfi past;

  • •    ≥4 ball — ehtimoliy sarkopeniya va noqulay funksional natijalar xavfi mavjudligini ko‘rsatadi.

ADABIYOTLAR

  • 1.    Malmstrom T.K., Morley J.E. SARC-F: a simple questionnaire to rapidly diagnose sarcopenia // Journal of the American Medical Directors Association. – 2013. – Vol. 14, № 8. – P. 531–532.

  • 2.    Beaton D.E., Bombardier C., Guillemin F., Ferraz M.B. Guidelines for the process of cross-cultural adaptation of self-report measures // Spine. – 2000. – Vol. 25, № 24. – P. 3186–3191.

  • 3.    Wild D., Grove A., Martin M. et al. Principles of good practice for the translation and cultural adaptation process for patient-reported outcomes measures // Value in Health. – 2005. – Vol. 8, № 2. – P. 94–104.

RHJ 2-2026