Farmakologiya faniga kirish, fanning boshqa fanlar bilan bog`liqligi, kelib chiqish tarixi

Автор: Boymurodov E., Xasanova G., Olimov S.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 11-1 (90), 2021 года.

Бесплатный доступ

fanning rivojlanish tarixini o`rganish, fanning yo`nalishlari tasnifi va xususiyatlari haqida nazariy va amaliy ma’lumotlar.

Farmakodinamika, farmakokinetika, umumiy va xususiy farmakologiya, farmakopeya qo`mitasi.

Короткий адрес: https://sciup.org/140261036

IDR: 140261036

Текст научной статьи Farmakologiya faniga kirish, fanning boshqa fanlar bilan bog`liqligi, kelib chiqish tarixi

Farmakologiya tarixi uzoq, oʻtmishga borib taqaladi, chunki inson yaratilgandan boshlab u tabiat qoʻynida yashab oʻzining turli xil noxush holatlari va kasalliklariga atrofidagi giyohlardan, hayvonot olamidan shifo, doridarmon izlagan. Farmakologiya rivojlanishiga qadimgi arab, yunon va Osiyo mamlakatlari olimlari ham katta hissa qoʻshganlar. Xususan, Gippokrat, Dioskarid, Galen va boshqalarning dorivor giyohlar hamda ularning ishlatilishi haqidagi maʼlumotlari 19-asrgacha F. sohasida asosiy qoʻllanma boʻlib kelgan.

Yaqin Sharq va Oʻrta Osiyoda Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning dorivor giyohlar va moddalar haqidagi asarlari F. taraqqiyotiga muhim turtki buldi. Ibn Sinoning "Tib qonunlari" asarida qayd etilgan 811 xil oddiy dorilarning 612 tasi dorivor oʻsimliklar va ulardan foydalanish usullariga bagishlangan. Ushbu asar shu kungacha oʻz ahamiyatini saqlab kelmoqda.

19-asrga qadar farmakologiya asosan empirik tarzda rivojlangan. Shu davrga kelib eksperimental F. shakllandi. Bunda F. Majandi, Klod Bernar, R. Buxgeym, I. P. Pavlov, V. V. Zakusov, M. D. Mashkovskiy va boshqa jahon olimlarining ulkan hissalari bor.

Oʻzbekistonda farmakologiya 1920 yil Toshkentda Turkiston davlat universiteti tibbiyot fti qoshida farmakologiya kafedrasini tashkil etilishi tufayli rivojlandi. Keyinchalik respublikaning turli shaharlaridagi tibbiyot intlari qoshidagi farmakologiya kafedralarida, Oʻzbekiston FA ning i.t. institutlarida farmakologiya fani yanada rivojlantirildi. Oʻzbek farmakologlaridan, prof. I.K. Kamilov, M. B. Sultonov, Oʻ.B. Zokirov, Q.N. Najmiddinov, S. S. Azizova va boshqalarning izlanishlari natijasida dorivor oʻsimliklar va kimyoviybiologik faol moddalardan 200 dan ortiq shifobaxsh moddalar ajratib olindi, ularning 30 dan ortigʻi klinik tekshiruvlardan oʻtkazilib, tibbiyot amaliyotiga tadbiq etildi.

Hulosa:  Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng Respublika sogʻliqni saklash vazirligi qoshida Dorivor moddalar va tibbiyot texnikasi sifatini nazorat qilish hamda standartlash boʻyicha Bosh boshqarma hamda ular tarkibida farmakologiya va farmakopeya qoʻmitalarining tuzilishi munosabati bilan farmakologiya fani yanada ravnaq topdi. Qisqa muddat ichida 20 dan ortiq shifobaxsh oʻsimliklar va 10 dan ortiq yangi biologik faol preparatlar (piratsin, kupir, fentriazolin, kobavit, fensulkal, glipil, mumiyo tabletkasi, navbaxtin, benzketozon va boshqalar) tibbiyotda qoʻllash uchun tavsiya etildi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • 1.    Farmakologiya (Maxmudjonova. K.S, Shadmonova.Sh va Rizayeva.N) fan darsligi Ivan.I. K, Galina.V.|

  • 2.    M va Murodova.L.I. Chueshov V.I, Gladux.E V va boshqalar.

  • 3.    Andriy Stanislavovich Gavrilov 2010.

  • 4.    Mixayilova G.V, Murodova.L.I 2000

"Экономика и социум" №11(90) 2021

Список литературы Farmakologiya faniga kirish, fanning boshqa fanlar bilan bog`liqligi, kelib chiqish tarixi

  • Farmakologiya (Maxmudjonova. K.S, Shadmonova.Sh va Rizayeva.N) fan darsligi Ivan.I.K, Galina.V.|
  • M va Murodova.L.I. Chueshov V.I, Gladux.E V va boshqalar.
  • Andriy Stanislavovich Gavrilov 2010.
  • Mixayilova G.V, Murodova.L.I 2000
Статья научная