Kelajak avlod tarbiyasi - bugunning ustuvor vazifasidir
Автор: Nasimova N.Q., Urunova D.M.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 4-1 (95), 2022 года.
Бесплатный доступ
Mazkur maqola orqali kelajak avlod ta'lim-tarbiyasi bugunning ustuvor vazifasi ekanligi, mustaqil O'zbekistonda kelajak avlodni tarbiyalashda olib borilayotgan tizimli ishlar yoritib berilgan.
Tarbiya, ta'lim, innovatsiya, tartibga solish, avlod
Короткий адрес: https://sciup.org/140292824
IDR: 140292824
Текст научной статьи Kelajak avlod tarbiyasi - bugunning ustuvor vazifasidir
Mustaqil O'zbekistonning kelajagi bo'lmish yosh avlodni tarbiyalash ularning qalbiga mexr muxabbat, halollik va hayotiy bilim berish har birimizning burchimiz bo'lib bu yuksak ishonchni oqlash biz pedagoglardan ulkan ma'suliyat, qat'iyat va ishonch xislarini talab qiladi. Huquqiy demokratik jamiyat qurish yo'lidan borar ekanmiz, o'sib kelayotgan yosh avlod va bo'lajak mutahassislarning barkamol bo'lib voyaga yetishlariga alohida e'tibor qaratishimiz lozim.
Barkamol shaxs tarbiyasini tashkil etish barcha davrlarda ham ijtimoiy jamiyatning muhim talabi va asosiy maqsadi bo'lib kelgan. Tabiiyki, hozirgi ta'lim islohotlari sharoitida ham barkamol shaxs tarbiyasi muhim ahamiyat kasb etib, bu tarbiya avvalambor oiladan, undan keyin esa maktabgacha ta'lim tashkilotidan va umumiy o'rta ta'lim beruvchi maktablarimizdan boshlanadi. Kelajakni qurish bugundan boshlanishi hech kimga sir bo'lmaganidek, barkamol shaxsni kamol toptirish uning yoshligidan boshlanadi. Biz ta'lim-tarbiyaga xozirdanoq e'tibor qaratmasak, o'zmizning porloq kelajagimizni qura olmaymiz. Zero, shu o'rinda taniqli marifatparvar Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot- yo mamot, yo najot- yo halokat, yo saodat- yo falokat masalasidir” degan so'zlari naqadar chuqur ma'noga ega ekanligini anglashimiz mumkim. Bu muxim vazifani bajarishda maktabgacha ta`lim tashkilotlarining o'rni beqiyosdir.
Bolaning jismoniy va psixologik salomatligini mustahkamlash haqida g'amxo'rlik qilish maktabgacha yoshdagi bolada tarbiyani oqilona tashkil etishning garovi bo'lib hisoblanadi, chunki mazkur yosh davri rivoji bolaning ijtimoiy holati, kayfiyati, emotsional ko'rinishlarga bevosita bog'likdir. Ana shu sababli tarbiyachi bolani o'rab turgan atrof-muhitga e'tiborli bo'lishi, bola hayoti va salomatligiga xavf soluvchi eng oddiy holatlarning ham oldini olishi lozim. Ya'ni, tarbiyachi maktabgacha ta'lim tashkiloti maydonchasi, o'yinchoklar, mebel jihozlarining bola yosh davriga mos kelish holatini muntazam nazorat qilib borishi, havo va suv temperaturasini o'lchashi, bolalarni tayyorlash uchun mashg'ulotlar vaqtini oldindan aniqlashi, mashg'ulotlarni olib borish jarayonida zamonaviy pedagogik tehnologiyalardan foydalanishi lozim. Shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, tarbiyachining e'tiborsizligi,befarqligi uning kasbiy layoqatsizligining muhim belgisidir.
Tarbiyachining pedagogik faoliyatning ijodiy tavsifga egaligi tarbiyachidan ilg'or ish tajribalarini o'rganish, innovatsiyalarni o'zlashtirish va amaliyotga tatbiq etishni talab etadi. Innovatsiyalarning jadal kirib kelishi tarbiyachilarni ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etishga jalb etish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Tarbiyachilarning bunday tadqiqot ishlariga jalb etilish keyinchalik erishilgan natijalardan o'z faoliyatida muvaffaqiyatli foydalanishga imkon beradi. Yosh avlodni kamol toptirish, unga to'g'ri yo'lanish berish umuman olganda bolaga chuqur bilim berish uchun avvalambor tarbiyachining o'zi chuqur bilimga ega bo'lishi zarurdir.
Bolaning psixologiyasini anglash uning nimalarga qiziqishini yaxshi anglagan xolda yo'naltirishni to'g'ri tanlash zarurdir. Chunki bola xar bir hatti-harakatimizga e'tibor berib boradi. Ta`lim jarayonini foydali va qiziqarli olib borishimiz zarurdir. Oddiygina bir misol, to'g'ri ta`lim-tarbiya olgan bola kelajakda o'sib ulg'ayib o'z kasbining egasiga aylanadi. Shu kasbi orqali hayotda o'z o'rnini topadi, o'z tengdoshlari, maxalla ko'ni ko'shni oldida o'z obro'-e`tiboriga ega bo'ladi, vatani uchun kerakli inson bo'lib yetishadi. Zero shaxs oilaning bir bo'lagi, oila esa jamiyatning asosiy bo'g'ini hisoblanadi.
Har bir ota-ona o'z farzandini bilimdon, yuksak mahoratli, odobli pedagog-tarbiyachi qo'lida ta'lim-tarbiya olishni hoxlaydi. Tarbiyachilarimizni yuksak mahoratli, bilimli bo'lishlari uchun Davlatimiz katta e'tibor qaratmokda. Ko'plab bilim yurtlarida bir kator yangi yo'nalishlar ochilib, maktabgacha ta'lim tizimida faoliyat yuritadigan mahoratli pedagog kadrlarni tayyorlash va pedagog tarbiyachilarimizning malakalarini oshirishlari uchun keng imkoniyatlar yaritib berilmoqda. Bunday murakkab vazifalarni bajarish uchun bir qator dasturlar ishlab chiqilmoqda, qonunlar qabul qilinmoqda.
Misol uchun “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta'lim to'g'risida”gi Qonunda e'tirof etilgan g'oyalarga muvofiq, milliy tajribaning tahlili va ta'lim tizimidagi, jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo'ljalni to'g'ri ola bilish mahoratiga ega bo'lgan, istiqbolli vazifalarni ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo'naltirilgandir.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning maqsadi - ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o'tmishdan qolgan mafkuraviy qarash va sarqitlardan to'la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va axlokiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdan iboratdir. Maktabgacha ta'lim tizimiga oid yana bir qonun qabul qilindi. Bu qonun “Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida”gi Qonunidir. Bu qonun orqali maktabgacha ta'lim tizimida ta'lim va tarbiya berish, ularni intellektual, ma'naviy-axloqiy, etik, estetik hamda jismoniy jixatdan rivojlantirishga, shuningdek, bolalarni umumiy o'rta ta'limga tayyorlashga qaratilgan yo'nalishlar belgilab berildi.sohaga oid qonun bilan mamlakatimizda yashovchi har bir bolaning maktabgacha ta'lim-tarbiya olish huquqiga ega bo'lgani, eng muhim jixat, davlat har bir bolaning umumiy o'rta ta'lim tashkilotiga o'qishga kirishidan bir yil oldin davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida umumiy o'rta ta'limga majburiy bir yillik qayta tayyorgarlikdan o'tishga bo'lgan huquqini kafolatlashi belgilab qo'yilgani katta yangiliklardan biri bo'ldi. Eng muximi mazkur qonun orqali maktabgacha ta'lim va tarbiya sohasi tartibga solinmoqda. Maktabgacha ta'lim tizimida bunday yondashuvlar albatta o'z samarasini beradi. Buning natijalarini xozirgi kunda ko'rib turibmiz. Mustaqil O'zbekistonimiz kundan kunga rivojlanmoqda, chiroy ochib bormoqda, yoshlarimish jaxon maydonlarida xar qanday yo'nalishda dunyo mamlakatlarini lol qoldirib yurtimiz bayrog'ini balandlarga ko'tarmoqda. Bunday yuksak marralarni egallashlarida albatta ustoz va murabbiylarimiz, pedagog tarbiyachilarimizning xissalari juda kattadir. Zero ertangi kun bugundan boshlanadi.
Фойдаланилган адабиётлар:
-
1. Мирзаева, Дилфуза Шавкатовна, Насиба Қурбон Қизи Насимова, and Наргиза Супхоновна Ҳакимова. "Арт-педагогика для дошкольников." Scientific progress 2.7 (2021): 1201-1205.
-
2. Nasimova Nasiba Qurbon qizi. Use of Innovative Methods in Speeching Classes in Preschool Educational Organizations. International Journal of Culture and Modernity ISSN 2697-2131, Volume 11 https://ijcm.academicjournal.io/index.php/ijcm.
-
3. Nasimova Nasiba Qurbon qizi. Methods of Musical Education and Upbringing of Preschool Children. European Journal of Innovation in Nonformal Education (EJINE) Volume 2 | Issue 2 | ISSN: 2795-8612. European Journal of Innovation in Nonformal Education www.innovatus.es
"Экономика и социум" №4(95) 2022
Список литературы Kelajak avlod tarbiyasi - bugunning ustuvor vazifasidir
- Мирзаева, Дилфуза Шавкатовна, Насиба Қурбон Қизи Насимова, and Наргиза Супхоновна Ҳакимова. "Арт-педагогика для дошкольников". Scientific progress 2.7 (2021): 1201-1205.
- Nasimova Nasiba Qurbon qizi. Use of Innovative Methods in Speeching Classes in Preschool Educational Organizations.International Journal of Culture and Modernity ISSN 2697-2131, Volume 11 https://ijcm.academicjournal.io/index.php/ijcm.
- Nasimova Nasiba Qurbon qizi. Methods of Musical Education and Upbringing of Preschool Children. European Journal of Innovation in Nonformal Education (EJINE) Volume 2 | Issue 2 | ISSN: 2795-8612. European Journal of Innovation in Nonformal Education www.innovatus.es.