Ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish

Автор: Umarova R.U.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 3-2 (94), 2022 года.

Бесплатный доступ

Mazkur maqolada ta’limda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning mohiyati va ta’lim sifatini oshirishdagi o’rni, hamda ahamiyati yoritib berilgan. Shuningdek, mazkur maqolada ta’lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo’llash samarasi haqida fikr yuritilgan va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayoniga yangicha yondashish borasida takliflar berilgan.

Innovatsiya, pedagogik texnologiya, ta'lim sifati, it mutaxassislari, innovatsion yondashuv

Короткий адрес: https://sciup.org/140292785

IDR: 140292785

Текст научной статьи Ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish

USE OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE EDUCATIONAL PROCESS

Umarova Ranoxon Ubaydullayevna

Teacher of Andijan State University

Annotation: This article highlights the importance of using innovative pedagogical technologies in education and the role and importance of improving the quality of education. The article also discusses the effectiveness of the use of innovative pedagogical technologies in the educational process and offers suggestions for a new approach to the educational process in higher education.

Hozirda ta’lim texnologiyasi yordamchi vosita bo‘lib qolmay balki, о‘quv jarayonining rivojlanishida katta rol o‘ynab, uning tashkiliy shakllari, metodlari, mazmunini o‘zgartiradigan yangi sistema deb tushunilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, o‘qituvchi va o‘quvchining pedagogik tafakkuriga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.

Pedagogik texnologiya — ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘lash, texnologik yondashuv asosida ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini o‘rganadi.[1].

Innovatsion pedagogik texnologiya - bu o’quv jarayonini zamonaviy tashkil etish tizimi bo’lib, u ta’limning zaruriy sifatini ta’minlaydi va jadallashgan ilmiy-texnik taraqqiyot talablariga javob beradigan, ta’lim shakllarini takomillashtirish vazifasini ko’zlagan o’qitish jarayonlarini texnika va inson omillarida, ularning birgalikdagi harakatlari vositasida yaratish, tadbiq etishning izchil metodidir. Ta’lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish davr talabi bo’lib hisoblanadi.

Ta’lim jarayonida yangi innovatsion texnika-texnologiyalardan foydalangan holda dars o’tish, so’nngi texnikalar bilan jihozlangan laboratoriya xonalaridan foydalangan holda mashg’ulotlar o’tkazish, mutaxasislik bo’yicha, masalan kimyo sohasidagi so’nggi innovatsiyalar haqida ma’lumotlar keltirib, jahon tajribasidan namunalar keltirib o’tish talabalarni yangilik yaratish ruhida tarbiyalashga turtki bo’ladi

Ma’lumki, har qanday texnologiya ta’limning yangi mazmunini shakllantiruvchi ta’lim tamoyillariga asoslanadi va ta’lim oluvchi shaxsini tarbiyalash, unda mehnat va muayyan yo‘nalishlarda kasbiy ko‘nikmalarni hosil qilishga yo‘naltiriladi. Ta’lim jarayonining faol sub’ektlari o‘qituvchi va o‘quvchilar bo‘lib, ularning hamkorlikdagi faoliyatlari muayyan mavzu (yoki fanlar asoslari) bo‘yicha kam kuch va vaqt sarflangan holda nazariy va amaliy bilimlarni chuqur o‘zlashtirish imkonini beruvchi jarayonning umumiy mohiyatini tavsiflaydi.

O‘qituvchining faol, samarali faoliyat ko‘rsatishiga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonining metodik ishlanmasidan farqli ravishda, ta’lim jarayonini faollashtirish va jadallashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalari ta’lim oluvchilarga qaratiladi, shuningdek, ularning shaxsiy va o‘qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatini hisobga olgan holda o‘quv materiali o‘zlashtirishga sharoit yaratadi, ta’lim-tarbiyasi butun mashg‘ulot davomida o‘quvchilarning faolligi va qiziquvchanligini muntazam ravishda rivojlantirib borish maqsadini ko‘zda tutadi, o‘quv omillarini yaratishga asoslangan pedagogik texnologiya talablarini o‘quv yoki ishlab chiqarish faoliyatiga tezkor jalb qilish imkonini beradi. Aks holda, zaif, etarli darajada tushunarli bo‘lmagan yoki aniq natijani ko‘zlanmagan topshiriqlar mashg‘ulotning samarasiz yakunlanishiga olib kelishi mumkin.

Innovatsion usullarda dars o‘tish jarayonini, ya’ni zamonaviy pedagogik texnologiyalarni boshlang‘ich ta’lim davridan boshlab tashkillashtirish ta’lim tizimida yuqori samara beradi. Bu degani, boshlang‘ich ta’lim umumiy o‘rta ta’limning poydevori hisoblanadi. Ana shu poydevorni mustahkam tarzda bunyod etish kelgusi davrlardagi ta’lim jarayonlarining o‘tilishida ham qulayli yaratgan bo‘ladi. O‘z-o‘zidan kelib chiqadiki, boshlang‘ich ta’limdan boshlab tashkil etilgan pedagogik texnologiyalar ta’limning keyingi davrlarida tshkil etilishida birinchi bosqich vazifasini o‘taydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

2.Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar (ta’lim muassasalari pedagog-o‘qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar). – T.: Iste’dod, 2008.-180 b.

3. Ishmuhamedov R.J, Abduqodirov A., Pardaev A. Tarbiyada innovatsion texnologiyalar (ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, tarbiyachilari, guruh rahbarlari uchun amaliy tavsiyalar).– T.: Iste’dod, 2010.-140 b.

"Экономика и социум" №3(94) 2022

Список литературы Ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish

  • Khodjamkulov, U., Makhmudov, K., & Shofkorov, A. (2020). The Issue of Spiritual and Patriotic Education of Young Generation in the Scientific, Political and Literary Heritage of Central Asian Thinkers.International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(05), 6694-6701.
  • Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta'limda innovatsion texnologiyalar (ta'lim muassasalari pedagog-o‘qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar). - T.: Iste'dod, 2008.-180 b.
  • Ishmuhamedov R.J, Abduqodirov A., Pardaev A. Tarbiyada innovatsiontexnologiyalar (ta'lim muassasalari o‘qituvchilari, tarbiyachilari, guruh rahbarlari uchun amaliy tavsiyalar).- T.: Iste'dod, 2010.-140 b.
Статья научная