Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga ta’lim berishning o’ziga hosligi
Автор: Ипчаова ., Холматова Д.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 3-2 (94), 2022 года.
Бесплатный доступ
Maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyachining vazifasi va bolalarga ta’lim berishning o’ziga hos jihatlari tadqiq etilgan.
Ta'lim, tarbiyachi, ta'lim samaradorligi, bola tarbiyasi, innovatsiya, pedagogik mahorat
Короткий адрес: https://sciup.org/140292765
IDR: 140292765 | УДК: 37.02
Текст научной статьи Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga ta’lim berishning o’ziga hosligi
Mа’lumki, tа’limdаn аsоsiy mаqsаd bоlаlаrgа bilim bеrishginа emаs, bаlki bilim оlish yo’llаrini o’rgаtish, ulаrni tа’lim jаrаyonining fаоl ishtirоkchisigа аylаntirish dеmаkdir. Yangichа ijtimоiy, iqtisоdiy shаrоitdа bоshlаng’ich tа’limdа o’qitish tizimini tаkоmillаshtirish, dаrslаrni jаhоn аndоzаlаrigа mоs rаvishdа tаshkil qilish o’quvchi fаоlligini оshirаdigаn muhim оmillаrdаn hisоblаnаdi. Ta`lim – maktabgacha yoshdagi bolaning bilish kobiliyatlarining muntazam – rejali ravishda rivojlantirib borish, MTMning talim- tarbiya dasturida belgilangan eng oddiy bilimlar sistemasi bilan qurollantirish, malaka va ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarga akliy tarbiya berishda ta`lim etakchi rol o’ynaydi. Ta`lim – bolalarga izchillik bilan bilim berishni, bu bilimlarni aniqlash va sistemalashtirishni, bilish jarayonlarini, tafakkur faolligini rivojlantirishni nazarda tutadi. MTMda bolalarga madaniy – gigienik ko’nikmalar, asosiy harakatlar o’rgatiladi, ular madaniy ahloqiy qoidalarini o’zlashtirib oladilar.
Ta`lim jarayonida bolalarda o’quv faoliyatlari asoslari hosil qilinadi, ularni maktabda muvaffaqiyatli o’qish uchun muhim shart-sharoitlar yaratiladi. Ta`limni ikki yul bilan amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
Birinchi yo’l - Bolalarni bilim, malaka, ko’nikmalarni kattalar bilan o’zaro munosabatda bo’lishi orqali egallab borishidir. Bu muomala mehnat faoliyati va shu kabilar bilan belgilanadi.
Ikkinchi yo’l - Maxsus tayyorgarligi bor kishi-larning maxsus o’quv muassasa-larida bolalarni kerakli bilim, malaka, kunikmalardan rejali ravishda xabardor bo’lib borishidir. Bunday yo’l bilan ta`lim berishdan maqsad yosh av-lodni zamonaviy ishlab chiqa-rishda, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotida faol qatnashtirish uchun zarur bulgan fan yutuqlari bilan tanishtirishdir.
Bolalarga ta`lim berish jarayonida tarbiyachi har xil metodlardan, usullardan foydalanish:
Kuzatish metodi . Bolalarni tevarak atrof bilan tanishtirish imkonini beradi. Bunda bolalar ko’rish, eshitish, sezish idroklari orqali bilimlarni egallash imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bu esa asosan yangi bilim berishda qo’llaniladi. Kuzatish – bolalarning narsa, voqealarning ma`lum maqsadi bilan rejali idrok etishidir. Kuzatish metodi ma`lum ob`ektlarni kuzatishda etakchi o’rinni egallaydi.
Namoyish etish metodi . Bu metod tarbiyachi bolalarga narsani o’zini yoki tasvirini ko’rsatadi. Bu bevosita ko’rib bo’lmaydigan narsalar (boshqa tabiy zonadagi hayvonlar, o’simliklar, kishilar hayoti bilan) qo’llaniladi. Hikoya qilib berish - materialni aniq, obrazli, ta`sirchan bayon qilish. O’rta guruhdan boshlab badiiy asarlarni ifodali o’qib berish.
Suhbat metodi. 3-4 yoshli bolalar bilan o’tkazilmaydi. 4-5 yoshli bolalar bilan ham qisqa suhbat o’tkaziladi. 6 yoshdani boshlab suhbat mustaqil mashg’ulot sifatida o’tkaziladi.
Ta`lim shakli bolalar soni, pedagog va bolalar o’rtasidagi o’zaro ta`sir xususiyatiga, o’tkazish joyiga shuningdek kun tartibida egallagan o’rniga qarab bir-biridan farq qiladi.
Maktabgacha ta`lim muassasasida ta`limning frontal (umumiy), jamoaviy va yakka tartibdagi shakllaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, bolalarga ta`lim berish ishlari ekskursiya, didaktik o’yinlar orqali, kun davomida bolalarning mashg’ulotdan tashqari har xil faoliyatlarida, ularning o’yinlariga rahbarlik qilish jarayonida amalga oshirilib boriladi.
Mashg’ulot bolalarni maktabga tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Mashg’ulot orqali bolalar o’quv malakasini egallab oladilar. Ularda barqaror diqqat, irodani, diqqatni jalb eta olish kabi qobiliyatlar rivojlanadi. Izchillik bilan ta`lim berish natijasida bilimga qiziqishlar rivojlana boradi.
Bolalarga bilim berishning jamoa usulida olib borish katta ahamiyatga ega: birgalikdagi faoliyatda bolalar bir-birlariga faol ta`sir etishadi, o’z tashabbusi, topog’onligini namoyon qilish imkoniyati tug’iladi. Bolalar oldiga umumiy zo’r berishning talab etuvchi vazifa qo’yilganda birgalikda qayg’urishadi, jamoatchilik xissi shakllanadi. Ekskursiyalar, rasm qirqib yopishtirish, qurish yasash ishlarini birgalikda bajarish, umumiy raqs-o’yinlarini ijro etish, badiiy asarlarni eshitish, o’qishda paydo bo’lgan birgalikdagi kechinmalar bolalarning birlashgan do’stona jamoasini yaratishga yordam beradi. Mashg’ulotda ta`lim berish orqali bolalarda maktabdagi o’qishga qiziqish tarbiyalanadi, javobgarlik xissi, o’zini tuta olish, mehnat qilishga intilish odati, topshirilgan ishni bajarish kabi to’g’ri sifatlar hosil qilinadi.
Bolalarni maktab ta`limiga ruhiy jihatdan tayyorlashni ularning boshlang’ich sinflarda dastur materialni yaxshi o’zlashtirib olishlarini ta`minlovchi bilim va malakalar mashg’ulotlar jarayonida xosil qilinadi. Mashg’ulotlarda bolalarda mustaqil fikr yuritish, malakasi tarkib toptiriladi, tarbiyachilarga quloq solish, ularning fikriga ergashish, hikoya qilinayotgan hikoyalardan voqeadagi asosiy g’oyalarni ajrata olish, qisqacha umumlashtirish kabi malakalarni rivojlantirishga katta e`tibor beriladi.
Mashg’ulotda tarbiya vazifalari xal etiladi. Mashg’ulot bolalarning yosh va o’ziga xos xususiyatlarini e`tiborga olib ma`lum izchillikda olib boriladi. Maktabgacha ta`lim muassasasi ta`lim-tarbiya dasturida har bir yosh guruhda hafta davomida o’tkaziladigan mashg’ulotlar soni va vaqti belgilab qo’yilgan.
-
1. Bolalarga yangi bilim beruvchi mashg’ulotlarning o’tkazishdan maqsad – ularning yangi bilimlardan xabardor qilish, tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar, voqealar to’g’risidagi bilimlarini aniqlash va kengaytirishdir.
-
2. Bolalarning to’plagan bilim va tajribalarini mustahkamlovchi va sistemaga soluvchi mashg’ulotlar. Undan ko’zlangan asosiy maqsad idrok etilgan narsalarning anglab olish va dastlabki umumlashtirishga o’rgatishdir. Bunday mashg’ulotni o’tkazish orqali tarbiyachi bolalar nimani yaxshi o’zlashtirib olgan-u, nima yaxshi o’zlashtirilmaganini bilib oladi.
-
3. Bolalarning bilimini sinovchi mashg’ulotlar. Bunday mashg’ulotlardan maqsad tarbiyachi bolalar dastur bo’yicha o’zlashtirilishi lozim bo’lgan bilim va malakalarni o’zlashtirib oladilarmi-yo’qmi, shuni bilib oladi va o’zini bo’lajak ish mazmuni, metodini belgilaydi. Mashg’ulotning tarbiyachi o’z xohishi bilan kvartal, yarim yil va yilning oxirida, shuningdek mudira va metodistning iltimosiga binoan o’tkazishi mumkin.
Xulosa . Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat, konstruktsiyalash, tevarak-atrofdagi ijtimoiy hayot va tabiat bilan tanishtirish, nutqni o’stirish, savod o’rgatish, eng oddiy matematik tasavvurlarni rivojlantirish, musiqa va jismoniy tarbiya mashg’ulotlari o’tkaziladi.
Adabiyotlar:
-
1. Kipchakova, Y. (2021). METHODOLOGICAL AND DIDACTIC ASPECTS OF INFORMATION AND INTELLECTUAL CULTURE IN THE
-
2. Рафикова, Д. К., & Каримова, Г. Й. (2020). ЁШЛАРНИ ИЖТИМОИЙ ФАОЛЛИГИНИ ОШИРИШДА ҚАДРИЯТЛАРНИНГ АҲАМИЯТИ. ПЕРЕКРЁСТОК КУЛЬТУРЫ , 2 (1).
-
3. Қипчақова, Ё., Соибжонова, Ш., & Абдуқаюмова, С. (2021). МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ЖАРАЁНИДА СОҒЛОМ ТУРМУШ ТАРЗИНИ ШАКЛЛАНТИРИШНИНГ АҲАМИЯТИ. Студенческий вестник , (22-7), 11-12.
-
4. Karimov, U. U., & Karimova, G. Y. (2021). THE IMPORTANCE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN ACHIEVING EDUCATIONAL EFFECTIVENESS. Журнал естественных наук, 1 (1).
-
5. Джалолова, М., Рахманова, Э. Ю., & Косимова, Х. Н. (2021). ВОСПИТАНИЕ СЕНСОРНОГО ВОСПРИЯТИЯ У ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА. Scientific progress , 1 (6).
EDUCATION OF A DEVELOPED GENERATION. Экономика и социум , (61), 156-159.
"Экономика и социум" №3(94)-2 2022
Список литературы Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga ta’lim berishning o’ziga hosligi
- Kipchakova, Y. (2021). METHODOLOGICAL AND DIDACTIC ASPECTS OF INFORMATION AND INTELLECTUAL CULTURE IN THE EDUCATION OF A DEVELOPED GENERATION. Экономика и социум, (6-1), 156-159.
- EDN: KPLHHC
- Рафикова, Д. К., & Каримова, Г. Й. (2020). ЁШЛАРНИ ИЖТИМОИЙ ФАОЛЛИГИНИ ОШИРИШДА ҚАДРИЯТЛАРНИНГ АҲАМИЯТИ. ПЕРЕКРЁСТОК КУЛЬТУРЫ, 2(1).
- Қипчақова, Ё., Соибжонова, Ш., & Абдуқаюмова, С. (2021). МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ЖАРАЁНИДА СОҒЛОМ ТУРМУШ ТАРЗИНИ ШАКЛЛАНТИРИШНИНГ АҲАМИЯТИ. Студенческий вестник, (22-7), 11-12.
- EDN: FKHMZJ
- Karimov, U. U., & Karimova, G. Y. (2021). THE IMPORTANCE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN ACHIEVING EDUCATIONAL EFFECTIVENESS. Журнал естественных наук, 1(1).
- Джалолова, М., Рахманова, Э. Ю., & Косимова, Х. Н. (2021). ВОСПИТАНИЕ СЕНСОРНОГО ВОСПРИЯТИЯ У ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА. Scientific progress, 1(6).