Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalami maktab ta’limiga moslashtirish metod, vosita va usullari
Автор: Umurova M.Yo.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 12-1 (91), 2021 года.
Бесплатный доступ
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash haqida fikr yuritilgan. Maktab ta’limiga moslashtirishda metod, vosita va usullar toʻgʻrisida ma’lumot berilgan.
Maktabgacha ta’im, bola, pedagogika, psixologiya, aqliy faoliyat, bilim, malaka va koʻnikmalar, estetik idrok
Короткий адрес: https://sciup.org/140289033
IDR: 140289033
Текст научной статьи Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalami maktab ta’limiga moslashtirish metod, vosita va usullari
Maktabdagi majburiy ta’lim bolaga ma’lum talablarni qoʻyadi. Ma’lumki, bola ta’lim-tarbiyaviy muassasaning talablarini bajara oladigan rivojlanish darajasiga yetishi kerak, faqat shundagina bolani maktabga berish mumkin.
Olimlar qanday qilib maktabga tayyorgarlik darajasini aniqlashadi? Pedagogik va psixologik adabiyotlarda bolaning ta’lim va tarbiya jarayoniga kirib, uning mazmunini muvaffaqiyatli oʻzlashtirib olishi shaxsning umumiy rivojlanganligi deb koʻrsatilgan.
Psixologlar maktabga umumiy tayyorgarlikning quyidagi tomonlarini ajratadilar: jismoniy, aqliy, ijtimoiy-axloqiy (yoki ij-timoiy his-tuygʻuli) va sababli (motivli).
Boshlangʻich maktab bolani oʻqitishga tayyorgarlik darajasiga oʻz talablarini qoʻyadi. Talablardan biri — bogʻcha bolalariga xos boigan kun tartibiga rioya qilish. Bolaning bogʻchaga borish vaqti oilaviy sharoitga qarab belgilanadi. Ammo maktabga borish majburiy — bola darslarga har kuni kelishi shart.
Bogʻcha bolasi kun boʻyi tuzilishi va mazmuni qiziq bo`lgan turli xil faoliyatlar bilan shugʻullanadi. Bola asosan, oʻz xohishi boʻyicha oʻynaydi yoki ish bilan shugʻullanadi. Maktabda esa kunning birinchi qismini tartibli (sistemali) oʻqitish egallaydi, bun-dan tashqari kunning ikkinchi qismida ham maium vaqtni darslarni tayyorlashga ajratish kerak. Maktabda bola oʻz xohishi va qi-ziqishi bilan tanlagan mashgʻulotlar chegaralangan. Bola maktab tartibi va darslar jadvaliga boʻysunishi kerak. Har qanday ob-havoda bola maktabga vaqtida kelishi, oʻquv qurollarini olib kelishi, maktab ta’lim sharoitlariga koʻnikishi kerak. Darslarda maium vaqt tinch oʻtirib, diqqatini bir joyga jalb qilib ishlashi, tanaffusda esa nisbatan qisqa vaqt ichida oʻz kuchlarini tiklab olishi kerak bo`ladi.
Shunday qilib, maktab hayotiga jismoniy va ruhiy jihatdan oʻrganish uchun bola eng avval sogiom, jismoniy chiniqqan va chidamli boʻlishi kerak. Sistemali ta’lim uchun bolaning aqliy rivojlanishi, ya’ni, aniqrogʻi, maktabga umumiy ruhiy tayyorgarligi muhim, deb hisoblanadi.
Bola birinchi sinfda uch fan (oʻqish, yozuv va matematika)ning asoslarini, tabiat va jamiyat toʻgʻrisida oddiy bilimlarni egallaydi. Bola odamlar, jismlar va tevarak- atrofdagi hodisalar haqida ma’lum tasawur bilan maktabga kelishi kerak. Bolaning oʻquv materialni toʻliq oʻzlashtirishi va ta’limning bola qobiliyatlariga mos kelishi uning aqliy faoliyatiga bogʻliq boʻladi.
Bolaning yaxshi oʻqishiga aqliy faoliyatining rivojlanish darajasi, idrok, tasawur, xotira va tafakkur funksiyalari hamda aqliy faoliyat bilan shugʻullanish odatlari ta’sir qiladi. Bola tahlil qilishni, ya’ni narsalarni (predmetlarni) idrok etganda muhim va muhim boʻlmaganlarni ajrata bilish, kuzatayotgan hodisalarni umumlashtirish, guruhlash kabilarni oʻrganishi kerak. Bola zehnli, ziyrak, topqir, mustaqil boʻlishi kerak. Zavq, xursandchilik keltiradigan aqliy faoliyatiga nisbatan bolada qiziqish paydo boʻladi.
Ta’limning muvaffaqiyatli boʻlishi koʻp jihatdan bola nutqining rivojlanish darajasiga, uning lugʻat boyligiga, mustaqil, aniq, ifodali va grammatik jihatdan toʻgʻri gapira olishiga bogʻliq boʻladi.
Bolada maktabga borish bilan nafaqat hayot tartibi va asosiy faoliyatida, balki ijtimoiy oʻrnida ham oʻzgarishlar sodir boʻladi. Bola munosabatlari shakllangan tanish tengdoshlar va kattalar jamoasidan, notanish bolalar va kattalar jamiyatiga oʻtadi.
Oldingi jamoada bola oʻzining huquq, burch va imtiyozlarini bilar edi, yangi shakllanayotgan maktab jamoasida esa bola oʻzini boshidan koʻrsatishi kerak. Bolaning burch va huquqlari, maktabgacha davrga nisbatan aniqroq va qattiqroq belgilanadi. Bola faoliyatini baholashning muhim mezonlaridan biri nafaqat maktabda, balki oilada, tengdoshlar davrasida muvaffaqiyatli oʻqish bo`lib qoladi.
Bilim va ijtimoiy hayot qonun-qoidalariga rioya qilish, xarakter ijobiy jihatlarining shakllanganligi bolaga boshqa bolalar bilan muloqotda, sinfdoshlar bilan doʻstona munosabat oʻrnatishda va jamoada faol ishtirok etishida juda katta yordam beradi.
Bolaning maktabga umumiy tayyorgarligi deganda uning har tomonlama rivojlanganligi tushuniladi. Biror tomonining rivojlanmagani, zaifligi (aqliy, his-tuygʻuli, irodaviy yoki amaliy) maktabda oʻzlashtirmaslikning sabablaridan boʻlishi mumkin.
Shu bilan birgalikda, bolalar birinchi sinfda oʻquv fanlarining (oʻqish, yozuv, matematika) mazmunini oʻzlashtirish uchun maxsus bilim, malaka va koʻnikmalarga ega boʻlishlari kerak. Masalan, matematikani oʻqitishda oʻqituvchi bola narsalarning rangi, shakli, katta-kichikligi, sonini ajrata biladi deb hisoblaydi, yozuvni oʻrganishda esa bola yozuv va rasm qurollarini toʻgʻri ishlata olishiga, grafik mashqlarni bajara olishiga tayanadi. Shu kabi bilim, malaka va koʻnikmalar maktabga maxsus tayyorgarlikni tashkil etadi. Umumiy va maxsus tayyorgarlik bir-biriga zid kelmaydi. Maktab fanlarini oʻzlashtirishda bolaning maxsus tayyorgarligi umumiy tayyorgarlikdan kelib chiqadi, unga mos keladi, tayanadi.
Maktabgacha davr inson shaxsini shakllantirishda juda katta ahamiyatga ega. Agar shaxsni har taraflama shakllantirishda aynan shu yoshdagi qulay sharoitlar qoʻllanilmasa, rivojlanish toʻxtab qolishi mumkin yoki chetlanishlarini bartaraf etish nihoyatda ogʻir kechadi.
-
7 yosh — bola yangi sharoitga tez oʻrganadigan va oʻqish jarayonida muvaffaqiyatli ishtirok etadigan davr hisoblanadi. Y.A. Kamenskiy bola hayotining yettinchi yilini bekorchilikda buzilib ketmaslik uchun maktabda oʻqishni boshlaydigan vaqt deb hisoblagan. Bolaning ona maktabida 5-6 yil ta’lim-tarbiya olishini (bolaning oiladagi tarbiyasi nazarda tutilgan) u yetarli va optimal muhlat, deb hisoblagan.
Maktabga tayyor boʻlgan bola jismoniy chiniqqan, har qanday ob-havoda uzoq vaqt yura oladi, asosiy harakat malakalariga ega, u oʻzining harakatlarini nazorat qila oladi, tozalikka rioya qiladi.
Bola bilimining rivojlanganligi uning jamiyat va tabiatdagi voqea-hodisalarni tushunib yetishi, kuzatish qobiliyati, hodisalarni toʻgʻri nomlashi bilan aniqlanadi. Bola oʻz fikrlarini ifoda eta bilishi kerak, ijodiy va mustaqil fikrlay olishi, aniq koʻrgazma materialga tayanib, masalalarni yecha bilishi kerak. 6—7 yoshli bola oiladan tashqarida ham oʻzini dadil tutishi kerak. Shakllangan madaniy koʻnikmalari oʻz tengdoshlari bilan munosabatlar oʻrnatishiga yordam beradi.
Bola mustaqil kiyinishni, ovqat yeyishni, narsalarini toza va tartibli saqlashni oʻrganishi kerak. Bola kattalar mehnatining muhimligini tushunishi va hurmat qilishi kerak. Har qanday ishga ijobiy yondashib, uni diqqat, e’tibor bilan vaqtida bajarishi lozim.
Bolada estetik idrokni shakllantirish, oʻzining yoshiga mos badiiy asarlarga qiziqish uygʻotish, yon-atrofni estetik jihatdan bezatishiga intilishini rivojlantirish kerak. Bola musiqa, adabiy soʻz, rasmlarning chiroyini sezishnj oʻrganishi, ashula aytish, rasm chizish, yasash, topishmoqlar, laparlar, tez aytishlar, maqollar, ertaklarni bilishi va aytib berishi, kitoblarni avaylashni bilishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
"Экономика и социум" №12(91) 2021
Список литературы Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalami maktab ta’limiga moslashtirish metod, vosita va usullari
- Qodirovа F. Mаktаbgаchа tаrbiya pedаgogikаsi. -T.: Mа’rifаt mаdаdkor, 2014.
- Xаsаnboyevа O.U. vа boshq. Mаktаbgаchа tа’lim pedаgogikаsi.- T.: Ilm ziyo, 2006.
- Аtаyevа N. vа boshqаlаr. Umumiy pedаgogikа. -T.:Fаn vа texnologiya, 2015.
- Dаminov M., Аdаmbekovа T. О’yin mаshgʻulotlаri. - T.: О’qituvchi, 1993.
- Saloydinov, S. Q. (2021). Paxta tozalash zavodlarida energiya sarfini kamaytirishning texnik-iqtisodiy mexanizmini yaratish. "Academic research in educational sciences", 2(9), 886-889. DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-886-889
- Shodmonovа SH. Mаktаbgаchа tа’lim pedаgogikаsi.-T.:Fan va texnologiya, 2008.
- Qodirovа F., Toshpulаtovа Sh., А’zаmovа M. Mаktаbgаchа pedаgogikа. О’quv qо’llаnmа. - Toshkent: Mа’nаviyat, 2013.