Manfiy bo‘lmagan butun sonlarni raqamlashga o'Rgatish metodikasini o‘rganish

Автор: Shabatova R.J.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 1-1 (92), 2022 года.

Бесплатный доступ

Ushbu maqolada boshlangʻich sinf oʻqituvchissining taʼlim sohasidagi oʻrni boʻyicha aytilgan. Shuningdek, manfiy boʻlmagan butun sonlarni raqamlashga o'rgatish metodikasini oʻrganish va bu borada boshlangʻich sinf oʻqituvchisiga qoʻyiladigan talablar haqida soʻz etilgan.

Hamkorlik, butun nomanfiy sonlar, nomerlash, arifmetik amallar, ogʻzaki va yozma nomerlash, yuzlik, oʻnlik, birlik

Короткий адрес: https://sciup.org/140292585

IDR: 140292585

Текст научной статьи Manfiy bo‘lmagan butun sonlarni raqamlashga o'Rgatish metodikasini o‘rganish

Узнайте, как научить неотрицательные целые числа нумеровать

Шабатова Рабига Джанасбай кызы

Barchamizga ma‘lumki, ta‘lim tizimida, ayniqsa, boshlangʻich ta‘limning oʻrni beqiyosdir. Ta‘lim oʻqituvchi va oʻquvchilarning hamkorlikdagi faoliyati boʻlib, shu jarayonda oʻqituvchi har bir shaxsning taraqqiyoti, taʼlimi va tarbiyasi yoʻqori darajada boʻlishiga oʻz hissasini qoʻshadi. Oʻqituvchi har bir oʻtgan darslari orqali oʻz bilimi, koʻnikma va malakalarini mashgʻulotlar vositasida oʻquvchilarga yetkazadi, oʻquvchilar esa uni oʻzlashtirib borishi natijasida undan foydalanish qobiliyatiga ega boʻladi. Oʻrganish jarayonida oʻquvchilar oʻzlashtirishning turli xil koʻrinishlaridan foydalanishadi, ya‘ni oʻzlashtirilayotgan ma‘lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq etishda oʻziga xos tafovutlarga tayanadi. Ta‘lim jarayonida oʻqituvchi va oʻquvchilarlarning dars paytidagi hamkorligi, oʻquvchilarning mustaqil ishlashi, sinfdan tashqari ishlar shaklida ta‘lim va tarbiya masalalari hal etiladi.

Shunday qilib, raqamlash metodikasi natural sonlar va nol haqidagi maʼlumotlarni oʻnlik, yuzlik, minglik, koʻp xonali sonlar konsentrlari boʻyicha kiritishni nazarda tutadi. Matematika dasturi natural sonlar bilan birga toʻrtta arifmetik amal bajarishni oʻz ichiga oladi. Bu matematikaning yadrosini tashkil qiladi. Shu bilan birga algebra va geometriyaning asosiy tushunchalari, asosiy miqdorlar kiritilgan, ular arifmetik amallar bilan zaruriy o'rinda qo'shib o'qitiladi. Matematika darslarining oʻziga xos yana bir tomoni shundaki, bu - oʻquv materialining abstraktligidir. Shuning uchun koʻrgazmali vositalar, oʻqitishning faol metodlarini sinchiklab tanlash, oʻquvchilarning faolligi, sinf oʻquvchilarining oʻzlashtirish darajasi kabilarga ham bogʻliq. Matematika darsida turli-tuman tarbiyaviy vazifalar ham hal qilinadi. Oʻquvchilarda kuzatuvchanlikni, ziyraklikni, atrofga tanqidiy qarashni, ishda tashabbuskorlikni, mas‘uliyatni va sof vijdonlilikni, toʻgʻri va aniq soʻzlashni, hisoblash, oʻlchash va yozuvlarda aniqlikni, mehnatsevarlik va qiyinchiliklarni yengish xislatlarini tarbiyalaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

  • 1.    Jumayev M.E. , Tadjiyeva Z.G. , Boshlang‘ich sinflarda matematika óqitish metodikasi, T. , " Fan va texnologiya", 2005.

  • 2.    Bikboyeva N.U. va boshqalar, Boshlanģich sinflarda matematika óqitish metodikasi, T. , "Óqituvchi", 1996.

  • 3.    Jo‘rayev.Z.H. , Tolipov Ó. , Sharipov Sh. , Uzluksiz ta'lim tizimida óquvchilari kasbga yónaltirishning ilmiy-pedagogik asoslari, T. , Fan, 2004.

"Экономика и социум" №1(92) 2022

Список литературы Manfiy bo‘lmagan butun sonlarni raqamlashga o'Rgatish metodikasini o‘rganish

  • Jumayev M.E., Tadjiyeva Z.G., Boshlang‘ich sinflarda matematika óqitish metodikasi, T., " Fan va texnologiya", 2005.
  • Bikboyeva N.U. va boshqalar, Boshlanģich sinflarda matematika óqitish metodikasi, T., "Óqituvchi", 1996.
  • Jo‘rayev.Z.H., Tolipov Ó., Sharipov Sh., Uzluksiz ta'lim tizimida óquvchilari kasbga yónaltirishning ilmiy-pedagogik asoslari, T., Fan, 2004.
Статья научная