Boshlang’ich sinf o’quvchilarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantiruvchi mashq namunalari (matematika fani misolida)

Автор: Erkinovna N.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 4-1 (95), 2022 года.

Бесплатный доступ

Ushbu maqola boshlang'ich sinf o'quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini o'rganadi. Rivojlanish uchun mashqlar va mashqlarga misollar keltirilgan. Asosiy, masalan, matematika fani. Maqolada keltirilgan mashqlar misollaridan boshlang'ich sinf o'qituvchilari va ularning ota-onalari osongina foydalanishlari mumkin.

Ijodkorlik, xarakter, mashq, fikrlash

Короткий адрес: https://sciup.org/140292851

IDR: 140292851

Текст научной статьи Boshlang’ich sinf o’quvchilarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantiruvchi mashq namunalari (matematika fani misolida)

Упражнение «Раздели главных героев».

Mashqni o’tkazilishidan maqsad: mashqni bajarayotgan o’quvchining atrof-muhitga nisbatan diqqat-e’tibori qay darajada kuchli yoki kuchsiz ekanligini aniqlash.

Har bir qatorda bitta so’z qavs tashqarisida va beshta so’z qavs ichida berilgan. Qavs ichidagi barcha so’zlar tashqaridagiga ma’lum bir jihatdan bog’langan. Siz ahamiyatli bog’liqlikka ega bo’lgan ikkitasini ajrating va uning ostiga chizing.

Bog’ (o’simlik, bog’bon, kuchuk, devor, tuproq);

Daryo (qirg’ok, baliq, baliqchilar, suv, qayiq);

Shahar (avtomobil, bino, omma, ko’cha, velosiped);

Omborxona (xashak, o’tlar, tom, mol, devor);

Kub (burchaklar, chizma, tomonlar, tosh, daraxt);

Bo’lish (sinf, bo’luvchi, qalam, bo’linma, kog’oz);

O’qish (ko’zlar, kitob, rasm, muhr, so’z);

Gazeta (xaqiqat, ilova, telegramma, qog’oz, muharrir);

O’yin (xarita, o’yinchilar, jarima, jazo, qoida);

Urush (aeroplan, pushkalar, jang, qurol, soldatlar).

Har bir to’g’ri ajratilgan belgi uchun 1 balldan taqdim etiladi.

“Yana nimalar qilish mumkin” mashqi.

Mashqni o’tkazishdan maqsad: mashqni bajaruvchida ya’ni respondentda o’zgacha fikrlash, vaziyatga o’zgacha yondashuv tomonlama fikrlashini bilish. Chunki, kreativlik bu o’zgacha yondashuv demakdir.

  • 1.    Oddiy salafan paket bilan nimalar qilsa bo’ladi? Sizning qanday takliflaringiz bor? (eng kamida 10 ta taklif)

  • 2.    Yelim idish bilanchi?

  • 3.    Oddiy qog’oz, yelim idish va oddiy salafan paket bilan birgalikda nimalar qilish mumkin?

  • 4.    Gugurt qutisi bilan dars mashg’ulotida fydalanish uchun nimalar tayyorlash mumkin?

Yuqoridagi kabi misollarni yana juda ko’plab keltirish mumkin. Biz ba’zi birlarini keltirib o’tdik.

Har bir berilgan taklif uchun 1 balldan beriladi.

Yuqoridagi mashqlar boladagi kretavlikni rivojlanganlik darajasini aniqlashga ko’makalashadi.

Endi matematika fanida qo’llash mumkin bo’lgan kreativ qobiliyatlarini rivojlantiruvchi mashqlardan namunalar taqdim etamiz. Matematika fanidan o’quvchilarning kreativ qobiliyatlarini rivojlanishi va o’sishi uchun biz, mantiqiy topshiriq va boshqotirmalardan keng foydalandik.

1-topshiriq: O’quvchilarga biron-bir masala beriladi. Masalada berilgan predmet hamda shaxslarni qatnashtirgan holatda o’quvchilar boshqa amal va boshqa yechimlar topishlari lozim.

2-topshiriq: Ushbu topshiriq 1-topshiriqqa o’xshash bo’lib, faqat bunda o’quvchilarga matematik ishoralardan ma’lum birlari beriladi. O’quvchilar faqat berilgan matematik ishoralarni qo’llagan holda har xil turdagi masalalarni tuzishlari lozim. Misol uchun tuzgan masalangizda faqat +,-,* belgilari qatnashsin kabi.

3-topshiriq: Berilgan rasmga asosan masala tuzish. Ushbu usuldan maktabda ham keng foydalaniladi va bu usul ham fikrlashni, ozgacha yondashuvli qobiliyatni rivojlantiradi.

4-topshiriq: Ushbu topshiriqda biz asosan, oquvchilarga boshqotirmali masala va misollarning javobini topishni vazifa qilib topshirdik.

5-topshiriq: Bu topshiriqda oquvchilarga matematik topishmoqlarning javobni topish vazifasi      berildi. Tajribamiz davomida topishmoqlardan ham foydalanganligimizning sababi shundaki, to’pishmoqlar insonni oylashga, keyinchalik esa atrof-muhitga, hodisalarga, predmetlarga nisbatan diqqat-e’tiborning kuchayishiga olib keladi.

Har bir topshriq bo’yicha o’quvchilarga 1-5 ball oralig’idagi ballar qo’yib borildi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

  • 1.    Adizov B. Boshlang’ich ta’limni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari: Ped. fan. dok.... dis. Toshkent, 2003. 276 b.

  • 2.    Aliyev A. O’quvchilarning ijodkorlik qobiliyati. –Тoshkent: Oqituvchi,1991.40bet.

  • 3.    Ibrohimov R., Ibrohimova P. Matematik hazillar, topishmoqlar, labirintlar. – Toshkent: Oqituvchi, 1996. – 95 b.

  • 4.    Hamdamova M. Yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish mexanizmining pedagogic psixologik asoslari (uslubiy tavsiyalar). Toshkent, 2007. http://www.istedod.uz

  • 5.    Jumaev M.E, Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi (KHK uchun) Toshkent. “Ilm Ziyo” 2005 yil.

  • 6.    Jumaev M.E, Boshlangich sinflarda matematika oqitish metodikasidan praktikum. (O OYU uchun) Toshkent. “Oqituvchi” 2004 yil

    "Экономика и социум" №4(95) 2022

Список литературы Boshlang’ich sinf o’quvchilarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantiruvchi mashq namunalari (matematika fani misolida)

  • Adizov B. Boshlang'ich ta'limni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari: Ped. fan. dok.. dis. Toshkent, 2003. 276 b.
  • Aliyev A. O'quvchilarning ijodkorlik qobiliyati. -Тoshkent: Oqituvchi,1991.40bet.
  • Ibrohimov R., Ibrohimova P. Matematik hazillar, topishmoqlar, labirintlar. - Toshkent: Oqituvchi, 1996. - 95 b.
  • Hamdamova M. Yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish mexanizmining pedagogic psixologik asoslari (uslubiy tavsiyalar). Toshkent, 2007. http://www.istedod.uz.
  • Jumaev M.E, Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi (KHK uchun) Toshkent. "Ilm Ziyo" 2005 yil.
  • Jumaev M.E, Boshlangich sinflarda matematika oqitish metodikasidan praktikum. (O OYU uchun) Toshkent. "Oqituvchi" 2004 yil.
Статья научная