Methodology of independent reading skills for primary school students

Автор: Sodiqova G.G.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 12-1 (79), 2020 года.

Бесплатный доступ

Annatasiya.Maqolada o’quvchilarni o’qish malakasi bilan qurollantirish bilan bir qatorda kitobni mustaqil o'qiy oladigan, uni tushunadigan, ma’lum bir mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazeta va jurnallami ham mustaqil o'qiydigan faol kitobxonni tarbiyalash haqida fikrlar keltirilgan.

Sinfdan tashqari o'qish, o'qish malakasi, faol kitobxon, badiiy kitob

Короткий адрес: https://sciup.org/140258008

IDR: 140258008

Текст научной статьи Methodology of independent reading skills for primary school students

Maktab o'quvchini o'qish malakasi bilan qurollantirish bilan bir qatorda kitobni mustaqil o'qiy oladigan, uni tushunadigan, ma’lum bir mavzuga oid kitoblami tanlay oladigan, gazeta va jurnallami ham mustaqil o'qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi. Shu jihatdan sinfdan tashqari o'qish ( STO‘) tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi, ko'p narsani bilishga havasni orttiradi. STO'ning maqsadi o'qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o'qiydigan, o'qilgan kitobni to'g'ri baholay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalashdir.

Maktablarda 1959-yildan boshlab maxsus STO' darslari tashkil etilgan. STO‘ darslari 1-2 - sinfda haftada 1 marta, 3-4-sinfda 2 haftada 1 marta o'tkaziladi.

Savod o'rgatish jarayonida esa haftadagi oxirgi alifbe darsining 17 - 20 daqiqasi ajratiladi.

Sinfdan tashqari o'qish o'quv dasturi bilan chambarchas bog'liq bo'lib, unda ko'zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda yaqindan yordam beradi. Buning uchun o'quvchilarda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalash, ularni oddiy kitobxondan ijodkor kitobxon darajasiga ko'tarish talab etiladi. O'quvchilarda kitobga havas uyg'otishda har bir bolaga yakka tartibda yondashish, shaxsiy qiziqishlarini hisobga olish zaair. Bolalarda kitob ustida ishlash malakasini shakllantirish ularda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashning muhim omilidir. Bunda o'qish uchun ajratilgan soatlardan foydalaniladi. Badiiy va ilmiy-ommabop asarlar mustaqil ravishda va izchil o'qib borilsagina, o'quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish va kengaytirishga xizmat qiladi. Sinfdan tashqari o'qish tanish bo'lmagan mualliflarning kitoblari muqovasi, titul varag'i, kirish so'zi, mundarijasi va suratlariga qarab asarning taxminiy mazmunini aniqlashga o'rgatish vazifasini amalga oshirishga xizmat qiladi.

Sinfdan tashqari o'qish darslarining asosiy vazifasi o'quvchida badiiy kitoblarni o'qishga havas uyg'otish, o'qigan kitoblari yuzasidan kundalik yurita olishga o'rgatish, bolalar adabiyotining mashhur adiblari hayoti va ijodi bilan elementar tarzda tanishtirish hisoblanadi.

Bolalarda ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat uyg'otish, ularning bog'lanishli nutqini o'stirish, adabiy-estetik tafakkurini yuksaltirish sinfdan tashqari o'qish darslarining ham tub mohiyatini tashkil etadi.

STO' darslarining muhim vazifalaridan biri mustaqil o ‘qish malakalarini tarbiyalash hisoblanadi. Buning uchun mustaqil bajarish uchun topshiriqlar berish, qiziqarli mashq turlaridan foydalanish, eng yaxshi insholarni, taqrizlarni, yozuvchi haqida to'plangan ma’lumotlarni o'qitish, „Tez aytish „ Topishmoqlar topish“, „If odali o‘qish “, „Maqollar aytish musobaqasi“, „ Ertak to‘qish “, „Bilimdonlar anjumani* kabi ko'rik-tanlovlar tashkil qilish, muayyan mavzular bo'yicha savol-javoblar uyushtirish, o'yin tarzidagi ish turlaridan foydalanish zarur. O'qilgan asarlar yuzasidan suhbatlar o'tkazish, „Kitob haftalig i“ tashkil etish, asarlar asosida kichik insholar yozishni mashq qilish yaxshi samara beradi. STO' sinfda o'qish bilan uzviy bog'liq ravishda uyushtiriladi.

Shuning uchun o'qituvchi bu jarayonda har bir o'quvchiga individual yondashishi, kichik kitobxonni kitobni mustaqil o'qishga o'rgata borishi lozim.

STO'ning bosqichlari, dastur talablari, tarbiyaviy vazifalari o'quvchilaming qiziqishlari bilan belgilanadi. Masalan, tayyorlov bosqichida kichik hajmdagi asarni o'qituvchi o'qib bersa, o'qilganlar yuzasidan suhbat, qayta hikoyalash o'tkazilsa, boshlang'ich bosqichda butun sinf o'quvchilari bir xil kitob bilan ta’minlanadi, barcha o'quvchilar bitta matn ustida ishlaydilar. Bunda bitta yozuvchi yoki bir mavzudagi asarlar ko'rgazmasi tashkil qilinadi. Asar ichda o'qishga topshirilishi, albomlar tayyorlanishi, kinofilm va diafilmlardan parchalar ko'rsatilishi, musiqiy daqiqalar o'tkazilishi hamda asar mazmuni yuzasidan ijodiy rasmlar chizdirilishi ham mumkin. Bu jarayonda kitobni saqlash maqsadida uni o'rash o'rgatiladi, „ Ertaklar bayrami„ Ifodali o'qish tanlovi“o'tkaziladi.

Asosiy bosqich yakunida kichik yoshdagi o'quvchilar faol kitobxon uchun zarur bo'lgan yaxshi o'qish ko'nikma va malakalarini egallashlari, eng muhimi, ularning kitob hamda mustaqil o'qishni yaxshi ko'rishlariga erishish juda muhimdir.

Sinfdan tashqari o‘qish uchun kitob tanlash tamoyillari metodikaning vazifalaridan biri STO‘ uchun kitoblar tanlash, o'qiladigan adabiyotlar ro'yxatini tavsiya qilish, yillik o ‘quv rejasi va dars tuzilishi namunalarini ishlab chiqishdir.

. Kitobni targ‘ib qilish. STO'ga tavsiya qilinadigan asarlar ro'yxati sinfga yoki maktabning maxsus joyiga osib qo'yiladi, ular vaqtivaqti bilan yangilab turiladi, to'ldiriladi, ko'rgazmalar tashkil qilinadi. O'qituvchi maxsus suhbatlar uyushtiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

  • 1.    1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida “gi Farmoni.-T:Xalq so’zi,2017-yil 8-fevral

  • 2.      Safo Matjonov,Xolida G’ulomova, Sharofat Yo’ldosheva ,Sharofjon

    Sariyev”.Ona tili o’qitish metodikasi”.Toshkent.”Nosir”nashiryoti 2009.

  • 3 .Ishmuxamedov R.J., Yuldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovattsion pedagogik texnologiyalar.– T.: “Nihol” nashriyoti, 2013, 2016.–279b. 4 .Sayidahmedov N.S. Yangi pedagogik texnologiyalar. – T.: Moliya, 2003. – 172 b. 5. S.Matjononov ,     X.G’ulomova,Sh. Sariyev

Z.Dolimov. to’ldirilga

"Экономика и социум" №12(79) 2020

Список литературы Methodology of independent reading skills for primary school students

  • O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida "gi Farmoni.-T:Xalq so'zi,2017-yil 8-fevral
  • Safo Matjonov,Xolida G'ulomova, Sharofat Yo'ldosheva,Sharofjon Sariyev".Ona tili o'qitish metodikasi".Toshkent".Nosir"nashiryoti 2009.
  • Ishmuxamedov R.J., Yuldashev M. Ta'lim va tarbiyada innovattsion pedagogik texnologiyalar.- T.: "Nihol" nashriyoti, 2013, 2016.-279b.
  • Sayidahmedov N.S. Yangi pedagogik texnologiyalar. - T.: Moliya, 2003. - 172 b.
  • S.Matjononov, X.G'ulomova,Sh. Sariyev Z.Dolimov. O'qish kitobi. 4-sinf uchun darslik.Qayta ishlangan va to'ldirilga 6-nashri.
Статья научная