Bolalar dunyoqarashining shakllanishida badiiy adabiyotlarning ro’li

Автор: Umarov X., Xolyigitova B., Ergasheva O.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 3-1 (82), 2021 года.

Бесплатный доступ

Maqolada "Badiiy adabiyotni o'qish" ning mazmuni ochib berilgan. Adabiyot o'qishning maqsad va vazifalari bolalarning yoshiga qarab intellektini rivojlantirishning asosiy vositasi sifatida belgilanadi. O'qishning bolaga ta'sirining xarakteristikasi berilgan, ta'lim dasturida "Badiiy adabiyotni o'qish" ni amalga oshirishning amaliy asoslari tahlil qilingan.

Ta'lim, tarbiya, tarix, barkamol avlod, adib, adbiyotshunos, badiiy adabiyot

Короткий адрес: https://sciup.org/140260361

IDR: 140260361

Текст научной статьи Bolalar dunyoqarashining shakllanishida badiiy adabiyotlarning ro’li

Mustaqil O’zbekistonimiz bugungi dunyodagi yetakchi davlatlar safiga kirish yo’lida asosiy kuch yeytishib kelayotgan yosh avlod deb hisoblaydi va bunga ishonadi. Shuning uchun yoshlarning ta’lim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilib berilmoqda. Kelajagi porloq, intiluvchan, izlanuvchan, o’ziga ishongan, mustaqil fikrlovchi yoshlarni tarbiyalashda badiiy adabiyotlarning o’rni beqiyos. Yuqori natijalarga erishish, o’zini namoyon etishdan oldin avvalo kim ekanliklarini, kimlarning davomchilari ekanliklarini, boy ta’riximizni o’rganish uchun kitoblarga murojaat qiladi. Bu borada yoshlarga tavfsiyalarni o’qituvchilar to’g’ri berishi kerak. Faqatgina milliy adabiyotlarimiz emas, jahon adabiyotining durdona asarlaridan ham o’qib, bilim saviyasini oshirib borish lozim. Kitoblarning tanlanishi odamning fikr dunyosini, uning hayotiy qadriyatlarini ochib beradi (Jim Rohm). Biz pedagoglarning kelajagimiz bo`lmish yosh avlodni ta`lim-tarbiya olishlari uchun shart-sharoit yaratish, sog`-salomat ulg`aytirish, ularga ota-ona kabi mehr berish oliy maqsadimiz. Bolaning barkamol shaxs bo’lib ulg’ayishida ularning hayotida kitobning hayoti beqiyosdir. Ular qachon kitobga mehr beradi degan savolga yagona javob bor. Qachonki bolalarga o’zlarining dunyo qarashi va yoshiga mos kitob tanlay olsak, bolada kitobga muhabbat uyg’otadi.Aslida, tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, yosh o'quvchilar o'z adabiyotlarini to’g’ri tanlaganlarida, ular yaxshi o'qiydiganlar bo'ladi.

O’qiyotgan kitobida yashashga, qahramonlar hayotini muhokama qilishga, qahramonlarning yutuqlaridan andoza olishga, xatolaridan to’g’ri xulosa chiqarishga o’rgatadi. Kichkintoylarning dunyoqarashini shakllantirish, ularni to‘g‘ri yo‘lga solishda kitobdan muhimroq vosita yo‘q. Shuning uchun ham ota-onalar, o‘qituvchilar va kutubxonachilarning birinchi vazifasi yosh avlodda mutolaaga qiziqish va mehr uyg‘ota olishdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Т.: “O’zbekiston”, 2017, 103-105 bet

Mirziyoyev Sh.M Erkin va faravon demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Т.: “O’zbekiston”, 2017,14-15 bet

I. A. Karimov Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch. 2013, 5- son, 38-42 bet Boshlang’ich ta'limning takomillashtirilgan o’quv dasturi. Boshlang’ich ta'lim.

2019, 6- son, 24- 27 bet

Abduqodirov A., Ishmuhammedov R. Ta’limda innovatsiya. - Т.: “Iste’dod”, 2010

"Экономика и социум" №3(82) 2021

Список литературы Bolalar dunyoqarashining shakllanishida badiiy adabiyotlarning ro’li

  • Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Т.: "O'zbekiston", 2017, 103-105 bet
  • Mirziyoyev Sh.M Erkin va faravon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Т.: "O'zbekiston", 2017,14-15 bet
  • A. Karimov Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. 2013, 5- son, 38-42 bet
  • Boshlang'ich ta'limning takomillashtirilgan o'quv dasturi. Boshlang'ich ta'lim. 2019, 6- son, 24- 27 bet
  • Abduqodirov A., Ishmuhammedov R. Ta'limda innovatsiya. - Т.: "Iste'dod", 2010
Статья научная