Boshlang’ich sinf o’quvchilarini fanlarni integrativ yondashuv sosida o’qitish metodikasi

Автор: Suvonqulova A.A.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 5-1 (84), 2021 года.

Бесплатный доступ

Ushbu maqola o’quvchilarni har tomonlama ravon, ongli, mazmunli o'qish, hisoblash, savodli yozuv, rivojlangan nutq va madaniyatini shakllantirish xulq-atvorli qilib tarbiyalash. - o'quvchilarning dunyoga yaxlit, o'zaro bog'liq bo'lgan qarashlarini shakllantirish haqida. Hozirgi vaqtda boshlang'ich maktablarda o'qitish va tarbiyalashni tashkil qilish jarayonida fanlararo integratsiya muammosiga yana bir bor katta e'tibor berilyotgani va u o’z samarasini beryapti.

Ta’lim, tarbiya, dars, fan, integratsiya, differentsiatsiya, kombinatsiya, samaradolik

Короткий адрес: https://sciup.org/140260497

IDR: 140260497

Текст научной статьи Boshlang’ich sinf o’quvchilarini fanlarni integrativ yondashuv sosida o’qitish metodikasi

“Integratsiya “butun” degan ma'noni bildiradi, demak, bu tafakkur o‘sishi jar ayonining turli qism va integratsiya atama va uslubiy nuqtaiy nazardan hodisa sifatida nima ekanligini ko‘rib chiqaylik.

Bugungi kunga qadar biron bir lug'at yoki ma'lumotnomada "integratsiya" tushunchasining uslubiy ta'rifi topilmagan. Ushbu muammo bilan uzoq vaqtdan beri shug'ullanib kelinganiga qaramay, ushbu masalada hali ham yagona nuqtai nazar mavjud emas. Tadqiqotchilar integratsiyani turlicha talqin qilishadi.

Bugungi kunda fanlararo aloqalar butun o'quv jarayonini qamrab olgan va bu nafaqat rivojlanib, mustahkamlanib, yangilanibgina qolmay, balki yangi o'sish -integratsiya ham berdi. Integratsiya endi shunchaki mavzular o'rtasidagi bog'liqlik emas, balki bitta darsda o'quv intizomining kombinatsiyasi bo'lib, bu o'quvchilarni o'qitish va tarbiyalashga yangi yondashuvdir. Integratsiya bugungi kunda ijodiy mehnat qilayotgan har qanday o'qituvchini befarq qoldirmaydi. .

Integratsiya - fanlararo bilimlarni (integrativ bilimlarni) chuqurlashtirish va oshirish, ularni shakllantirish bilan shug’ullanadi. U har xil turlar, usullar, uslublar, fanlararo integratsiya obyektlari asosida tuzilgan. Endigina maktabga qadam qo’ygan boshlang’ich sinf o’quvchilariga fanlarni o’zaro bog’lab va farqli jihatdan asoslab o’rgatish bir muncha qiziq va o’quvchilarni diqqatini, e’tiborini tortadigan jarayon bo’lib xizmat qiladi. Integratsiyaning asosini fanlararo aloqadorlik tashkil etadi va o‘zining rivoji ni integratsiyag‘oyasida topadi. Integrativ mazmunga ega bo‘lgan predmetlarni o‘rganish bo‘lajak mutaxassislar bilimi, ish uslublari, shaxsiy fazilatlari ya xlit, bir butunligini ta'minlovchi omil sifatida qaraladi. Turli mavzulardagi bilimlarni birlashtirish integral dars yordamida amalga oshiriladi. Integratsiyalashgan ta'limning asosini yaxlit dars tizimi tashkil etadi.

Ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda yashirin aloqadorlik va bog`lanishlarni aniqlay bilish, fanlararo bog`lanish, ya`ni uzviylikni ta`minlash bugungi kuning eng dolzarb masalalaridan biridir. Chunki fanlararo aloqadorlik ta`minlangan holda, darsni tashkil qila olgan o`qituvchi o`quvchilarda o`zining faniga bo`lgan qiziqishini oshiribgina qolmasdan, mazkur fanni o`zlashtirishga yordam beradi. Fanlararo aloqadorlikni tizimli tarzda amalga oshirish natijasida o`quv-tarbiya jarayonining aloqadorligi sezilarli darajada ortadi. Shu bilan bir qatorda, o`quv fanlariga oid bilim va qiziqishlarini rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi. O`quv materialini mavzular bo`yicha tahlil etish yo`li bilan turli o`quv predmetlarini qaysi mavzulari bir-biri bilan aloqadorligi yuzaki ravishda aniqlansa, tarkibiy tahlil etish orqali o`quv materialini tashkil etuvchi tushunchalari, dalillari, qonuniyatlari, hukm, xulosalari, tasavvurlari orasidagi aloqadorlik o`rnatiladi. Fanlararo aloqadorlikning qanday shaklda qayd etilishi undan foydalanuvchining imkoniyatlariga bog`liq.

Ta'limning interaktiv kursi ko'rgazmali ta'lim tizimi bo'lib, integrativ bilimlami chuqurlashtirish va kengaytirish asosida ko'rgazmali mahoratni vujudga keltirish sirlarini o'rganadi. Ko'rgazmali ta'lim tizirni turli xildagi turlar, shakliar, usullar, obyektlar asosida qurilgan. Integratsion kursning maqsad va vazifalari maktab tabiiy-ilmiy ta'lim tizimida tavsiflanadi. Bilimning integratsiyalashgan (ko'rgaz- . mali) tarrnog'ida integratsiyalashning usul va vositalari: ta'lim rejasidagi o'qitish joyida vaqtning hajmiga qarab, shu kursni to'la o'zlashtrish vaqti o'quvchilarning o'zlashtirish darajasi - ko'p maqsadli va rang-barangliligi hamda ko'p funksiyaga egaligi bilan tavsiflanadi.

Agar:

  • -    integratsion yondashuv jarayonida o‘quvchilarning yosh va individual psixologik xususiyatlari hisobga olinsa;

  • -    boshlang‘ich ta'limga integratsion yondashuvning yaxlit pedagogik tizimi

ishlab chiqilsa;

  • -    boshlang‘ich ta'lim darslarini integratsiyalashga pedagogik psixologik yondashuviga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilsa, ta'lim jarayonida samaradorlikka erishish mumkin.

O‘quv jarayonini tashkil etishdagi asosiy vazifa pedagogik texnologiyadan samarali foydalanish ekanligi isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Ammo shu kunga qadar pedagogik texnologiyaning aksariyati nazariy muammolarga bag‘ishlangan bo‘lib, uning amaliyotga ta'siri kamroq sezilmoqda. Buning uchun zamonaviy texnologiyalarni tezroq amaliyotga joriy etish usullarini ishlab chiqish talab etiladi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, o`quvchilar bilim darajasini oshirishda ta’lim mazmunini integratsiyalash yuqori natijalarga olib keladi. Unda nafaqat fanlarni o`zaro bog`lash orqali, balki o`zaro uyg`unlashishi mumkin bo`lgan va bolaga ijobiy ta’sir etadigan ob’ektlar orqali ham bolalarni har tomonlama rivojlantirishni ta’minlashga ko`maklashishi mumkin. Buning uchun ta’limni zamonaviy talqin asosida tashkil etish zarurdir. Zamonaviy ta’limning asosiy sharti esa, jahon talablariga javob beradigan yetuk kadrlar tayyorlashdir. Buni esa ingliz tilisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Tilga bo’lgan etiborning kuchayganidan buni anglash mumkin. Har bir o’z ustida ishlaydigan tajribali pedagog buni to’g’ri anglashi va o’quvchilarni yo’naltira olishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • 1.    Boshlang’ich sinflarning takomillashtirilgan davlat ta'lim standarti. Boshlang’ich ta'lim . 2005-yil, 5- son;

  • 2.    O’zbеkiston Rеspublikasining Milliy dasturi. Toshkent,1998-yil;

  • 3.    O`zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», T., 1998

  • 4.    Abduqudusov O.A. v.b. “Zamonaviy pеdagogik va axborot tеxnologiyalari” Toshkеnt, 2011-yil, 216 b;

"Экономика и социум" №5(84) 2021

Список литературы Boshlang’ich sinf o’quvchilarini fanlarni integrativ yondashuv sosida o’qitish metodikasi

  • Boshlang'ich sinflarning takomillashtirilgan davlat ta'lim standarti. Boshlang'ich ta'lim. 2005-yil, 5- son
  • O'zbеkiston Rеspublikasining Milliy dasturi. Toshkent,1998-yil
  • O'zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", T., 1998
  • Abduqudusov O.A. v.b. "Zamonaviy pеdagogik va axborot tеxnologiyalari" Toshkеnt, 2011-yil, 216 b
Статья научная