Nasos agregatlari texnik suv ta’minoti tizimi tahlili I

Автор: Mirzayev M., Yavov A.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 9 (100), 2022 года.

Бесплатный доступ

Ushbu maqola Amudaryo havzasida joylashgan Quyimozor yordamchi nasos stansiyasining texnik suv bilan ta’minlash tizimi haqida ma’lumotlar berilgan. Tizimdagi muammolar o’rganilgan va ularni yechish bo’yicha tegishli xulosalar berilgan.

Nasos, favqulotda o'chirish, nasos stansiya, texnik suv ta'minoti, gidrosiklon, filtr, bosimli quvur, agregat, salnik

Короткий адрес: https://sciup.org/140300595

IDR: 140300595   |   УДК: 626.83

Текст научной статьи Nasos agregatlari texnik suv ta’minoti tizimi tahlili I

Ma’lumki Amudaryodan oqib kelayotgan suvning tarkibida loyqa miqdori yuqori bo‘lib, ba’zi bir hollarda 7-9 gr/l gacha boradi. Nasos stansiyasi jihozlarining ishonchli ishlashi uchun texnik suvni turli xil mexanik zarrachalardan tozalab yetkazib berish lozim.

Amudaryoda suvning loyqaligi katta bo‘lganligi sababli, nasos stansiyalaridagi filtrlarni loyqa zarrachalar bilan tez to‘lib qolishi kuzatildi. Nasos stansiyasidan olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatdiki loyqa to‘lib qolgan filtrni tozalash uchun nasos qurilmasini to‘xtatib filtrni tozalash ishlari bajarilgan. Bunday xolatlar ayniqsa qishloq xo‘jalik ekinlari uchun talab qilinadigan suv katta miqdorda kerak bo‘ladigan davrda ko‘p uchragan. Chunki suv sarfining oshib borishi bilan daryodan olinayotgan suvning tarkibidagi loyqa miqdori oshib boradi.

Texnik suv bilan ta’minlash tizimi nasos stansiyadagi texnologik jihozlarni sovutish va moylash uchun ishlatiladi.

Nasos agregatlarining soni, suv berish unumdorligi va quvvatiga qarab nasos stansiyalarida markazlashgan, guruhlashgan va blokli suv ta’minoti sxemalaridan foydalaniladi. Texnik suv ta’minoti uchun K, KM va D turdagi markazdan qochma nasoslardan foydalaniladi.

Quyimazor yordamchi nasos stansiyasi 2013-yida ishga tushirilgan. Nasos stansiyada umumiy suv sarfi 43,2 m3/s va suv ko‘tarish balandligi 21 m ga teng bo‘lgan jami 12 dona AD-12500-24 nasoslar o‘rnatilgan.

Bu nasoslar yordamida Buxoro, Kogon, Vobkent, Romitan, Peshku tumanlaridagi 29 ming gektar yer maydonlari sug‘oriladi. Nasos stansiya atrofida toza suv manbalari bo‘lmaganligi tufayli har bir agregat uchun alohida o‘rnatilgan GSP-150 markali gidrosiklon va suv filtridan iborat texnik suv tizimiga suv bevosita nasos agregatlarining bosimli quvurlaridan olinadi.

1-rasm. Quyimazor yordamchi nasos stansiyasi texnik suv taminoti tizimining sxemasi

Gidrosiklonlar quyultirish, tasniflash va boyitish uchun ishlatiladi. Gidrosiklonlar quyma va po‘lat listdan payvandlangan bo‘lishi mumkin va ichki tomonidan rezina bilan qoplanadi. Bu uni yeyilib ketishidan saqlaydi. Ular silindr va konussimon qismlardan iborat bo‘lib, bo‘tana yuboruvchi va ajralgan suyuqlik chiqib ketadigan quvurlari bor. Dastgohda berilayotgan bo‘tana katta aylanma tezlik bilan harakat qiladi. Hosil bo‘lgan markazdan qochma kuch ta’sirida qattiq zarrachalar gidrosiklon devorlariga borib uriladi va tezligini yo‘qotib sekin-asta pastga qarab sirpanib tusha boshlaydi. Suyuqlik esa ichki aylanma harakat orqali yuqoriga ko‘tariladi va qopqoqdan teshik orqali chiqarib olinadi.

Tizimdagi asosiy muammo bu – filtrlarning tez to‘lib qolishidir.

Filtrlarning loyqadan to‘lish davomiyligi mavsumiy o‘zgaradi. Ya’ni vegetatsiyaning yeng yuqori davri bo‘lgan yoz oylarida filtrlar bir hafta vaqt intervali bilan tozalansa, bu interval novegetatsiya davri bo‘lgan va nisbatan daryoning loyqaligi kam bo‘lgan qish oylarida bir oygacha uzayadi. Filtrlarning to‘lishi nasos agragatini to‘xtatishga olib keladi. Bu yesa o‘z navbatida,

  • -vaqtning yo‘qotilishiga;

  • -umumiy suv sarfi kamayishiga;

Har bir nasos agregatining dvigatelida va podshibniklarida issiqlik datchiklar o‘rnatilgan bo‘lib, harorat 80°C ga yetganda markaziy kompyuter ekranida qizil rangda ogohlantirish signalini beradi. So‘ngra nasos agregati o‘chiriladi va filtrlar qo‘l kuchi yordamida tozalanadi.

Xulosa. Quyimozor nasos stansiyasining tabiati,iqlim sharoiti , tuproq tarkibi o‘rganildi va juda og‘ir sharoitda ya’ni yuqori temperaturada, loyqaligi yuqori bo‘lgan suvni uzatishi kerakligi aniqlandi. Bunday og‘ir sharoitda foydalaniladigan nasos stansiyasining ekspluatatsion holatlarini yaxshilash uchun qo‘yilgan talablarni bajarish muhim ahamiyatga egadir.

ADABIYOTLAR

  • 1.    A Krutov, B Norkulov, P Nurmatov, M Mirzaev, “Applicability of zerodimensional equations to forecast nonconservative components concentration in water bodies” IOP Conference Series: Materials Science and Engineering 2020 , volume 883 https://iopscience.iop.org/issue/1757-899X/883/1

  • 2.    B Uralov, K Isabaev, F Jamolov, M Akhmadi, M Mirzaev. “The influence of the shape the living section of the pressureless machine channel and the roughness of its wetted surface on the hydraulic resistance” International Scientific  Conference Construction Mechanics, Hydraulics and Water

    Resources Engineering (CONMECHYDRO – 2020) 23-25 April 2020, Tashkent Institute of Irrigation and Agricultural Mechanization Engineers, Tashkent, Uzbekistan https://iopscience.iop.org/issue/1757-899X/883/1

  • 3.    IA Ibragimov, UA Juraev, DI Inomov. Hydromorphological dependences of the meandring riverbed forms in the lower course of the Amudarya river. IOP Conference Series: Earth and Environmental Science. (2022-01-18, Volume: 949,       1-8       p.)       https://iopscience.iop.org/article/10.1088/1755-

    1315/949/1/012090

  • 4.    H Ismagilov, I Ibragimov. Hydraulic parameters on the curvilinear section of the river channel in conditions of regulated water flow. Conferința "Cadastru și Drept" Lucrări ştiinţifice, Chișinău, Moldova. (2013. Volume: 33, 69-72 б.) https://ibn.idsi.md/sites/default/files/imag_file/69-72_5.pdf

  • 5.    Х.А Исмагилов, И.А. Ибрагимов. Рекомендации по гидравлическому расчету и креплению берегов русла реки Амударья, в условиях зарегулированного стока воды. Журнал: Проблемы механики. (2014/3. №1.                              66-69                              c.)

  • 6.    ХА Исмагилов, ИА Ибрагимов. Движение паводковых вод в руслах в условиях зарегулированного стока воды. Журнал: Проблемы механики. (2014.                   №1.                   69-71c.)

  • 7.    ИА Ибрагимов. Морфологические параметры на криволинейном участке реки в условиях зарегулированного стока воды. Журнал: Проблемы механики.           (2014.          №1.           65-68c.)

  • 8.    ХА Исмагилов, ИА Ибрагимов. К вопросу о коэффициенте шероховатости русел рек в условиях зарегулированного стока воды. Журнал:    ГИДРОТЕХНИКА.    (2013.    №4.    40-45c.)

  • 9.    HA ISMAGILOV, IA IBRAGIMOV. Hydromorphological relations of channels under regulated runoff conditions. Journal Problem’s of Mechanics, Tashkent.           (2011.           №1.           35-37p.)

"Экономика и социум" №9(100) 2022

Список литературы Nasos agregatlari texnik suv ta’minoti tizimi tahlili I

  • A Krutov, B Norkulov, P Nurmatov, M Mirzaev, "Applicability of zero-dimensional equations to forecast nonconservative components concentration in water bodies" IOP Conference Series: Materials Science and Engineering 2020, volume 883 https://iopscience.iop.org/issue/1757-899X/883/1.
  • B Uralov, K Isabaev, F Jamolov, M Akhmadi, M Mirzaev. "The influence of the shape the living section of the pressureless machine channel and the roughness of its wetted surface on the hydraulic resistance" International Scientific Conference Construction Mechanics, Hydraulics and Water Resources Engineering (CONMECHYDRO - 2020) 23-25 April 2020, Tashkent Institute of Irrigation and Agricultural Mechanization Engineers, Tashkent, Uzbekistan https://iopscience.iop.org/issue/1757-899X/883/1.
  • IA Ibragimov, UA Juraev, DI Inomov. Hydromorphological dependences of the meandring riverbed forms in the lower course of the Amudarya river. IOP Conference Series: Earth and Environmental Science. (2022-01-18, Volume: 949, 1-8 p.) https://iopscience.iop.org/article/.
  • H Ismagilov, I Ibragimov. Hydraulic parameters on the curvilinear section of the river channel in conditions of regulated water flow. Conferința "Cadastru și Drept" Lucrări ştiinţifice, Chișinău, Moldova. (2013. Volume: 33, 69-72 б.) https://ibn.idsi.md/sites/default/files/imag_file/69-72_5.pdf.
  • Х.А Исмагилов, И.А. Ибрагимов. Рекомендации по гидравлическому расчету и креплению берегов русла реки Амударья, в условиях зарегулированного стока воды. Журнал: Проблемы механики. (2014/3. №1. 66-69 c.) https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=B0DZEakAAAAJ&citation_for_view=B0DZEakAAAAJ:xtRiw3GOFMkC.
  • ХА Исмагилов, ИА Ибрагимов. Движение паводковых вод в руслах в условиях зарегулированного стока воды. Журнал: Проблемы механики. (2014. №1. 69-71 c.) https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=B0DZEakAAAAJ&citation_for_view=B0DZEakAAAAJ:tS2w5q8j5-wC.
  • ИА Ибрагимов. Морфологические параметры на криволинейном участке реки в условиях зарегулированного стока воды. Журнал: Проблемы механики. (2014. №1. 65-68 c.) https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=B0DZEakAAAAJ&citation_for_view=B0DZEakAAAAJ:maZDTaKrznsC.
  • ХА Исмагилов, ИА Ибрагимов. К вопросу о коэффициенте шероховатости русел рек в условиях зарегулированного стока воды. Журнал: ГИДРОТЕХНИКА. (2013. №4. 40-45 c.) https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=B0DZEakAAAAJ&citation_for_view=B0DZEakAAAAJ:1sJd4Hv_s6UC.
  • HA ISMAGILOV, IA IBRAGIMOV. Hydromorphological relations of channels under regulated runoff conditions. Journal Problem's of Mechanics, Tashkent. (2011. №1. 35-37 p.) https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=B0DZEakAAAAJ&citation_for_view=B0DZEakAAAAJ:pqnbT2bcN3wC.
Еще