Ona tili darslarini integratsiya usullarida tashkil qilish
Автор: Yusupova A.M.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 12-1 (91), 2021 года.
Бесплатный доступ
Hozirgi globallashuv sharoitda mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvini ta’minlashda har tomonlama kamol topgan yuksak ma’naviyatli, zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini chuqur egallagan shaxsni tarbiyalab yetishtirish, uning ilmiy dunyo qarashini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada ona tili darslarini samaradorligini oshirish, shuningdek, ona tili darslarini o‘qitish jarayonida integratsiyalashgan darslarda fanlararo aloqadorlikni ta’minlash masalalari yoritib berilgan.
Integratsiya, ona tili, innovatsiya, fanlararo aloqadorlik, adabiyot, matematika, integratsion ta’lim
Короткий адрес: https://sciup.org/140289043
IDR: 140289043
Текст научной статьи Ona tili darslarini integratsiya usullarida tashkil qilish
Bugungi kunda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning asosiy mohiyati ta’lim mazmuni va shaklini takomillashtirishga qaratilgan. Fan-texnika taraqqiyoti, jamiyatimizning demokratlashuvi, axborot maydonining kengayib borishi kabi omillar o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlariga, jumladan, idrok eta olish, tasavvur va fikrlash, aqliy qobiliyatlarining rivojlanishiga olib keldi.
O‘quv jarayonida fanlararo aloqadorlikning amalga oshirilishi ta’lim sifatining oshirilishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatib, ta’limni modernizatsiyalash, innovatsion o‘qitish imkoniyatlarini kengaytiradi. Hozirgi kunda ta’lim tizimiga kiritilayotgan pedagogik texnologiya jarayonida ham innovatsiyalar va integratsiyalarning yorqin misolidir.
So‘nggi yillarda respublikada integratsion ta’limni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida Qonun ”i, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da ta’lim mazmuni bilan shaklini bosqichma bosqich takomillashtirish ko‘zda tutilgan. Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarning 70 foizi ta’lim tizimida integrativ xarakterdagi o‘quv dasturlar va darsliklar bilan ishlamoqdalar. Umumta’lim fanlarini oʻqitishga zamon talablari asosida yondashish, ta’limda eng ilgʻor texnologiyalarni qoʻllash davr talabiga aylandi. Ta’lim jarayonini yangi mazmun va yangi shaklda yoʻlga qoʻyishda integrativ yondashuv talab etiladi.
“ Integratsiya ” so‘zi lotincha integration - tiklash, to‘ldirish, “integer” butun so‘zidan kelib chiqqan. Integratsiya g‘oyasi XVIII asrning yigirmanchi yillarida ingliz olimi G. Spenser tomonidan fanga kiritilgan. Integratsiya muammosini hal etish borasida olimlar birmuncha ishlarni amalga oshirganlar. Rivojlangan davlatlarda ta’lim mazmunini integratsiyalash borasida muhim va dolzarb ishlar amalga oshirilgan. Angliya, Yaponiya, Vengriya, Gong Kong davlatlarda ta’lim mazmunini integratsiyalashga erishilgan. Shaxs dunyoqarashining shakllanishida ma’naviy-axloqiy tarbiya ham muhim o‘ringa ega bo‘lib, uni samarali tashkil etish o‘quvchida ma’naviy-axloqiy ongni shakllantirishga yordam beradi.
Fanlararo aloqa va integratsiyaning maktablarda o‘qitish va tarbiyalashdagi ahamiyati juda ko‘p pedagog olimlar tomonidan ko‘rib chiqilgan. Ta’lim integratsiyasi o‘quvchi faoliyatiga, bu faoliyatning samaradorlik ko‘rsatkichi muntazam ortib borishiga yo‘naltirilgan, uning bosh maqsadi bilimlarni samarali o‘zlashtirishdangina iborat emas, aksincha, bilimlarni o‘quvchi eng qulay, oddiy tushuncha va tasavvurlardan murakkabga tomon boruvchi izlanish-intilishlari asosida uzluksiz o‘zlashtirilishini ko‘zda tutadi. Oddiy mavzular asta-sekin murakkablashib, ma’lumot, tushuncha, tasavvurlar shaklidan yaxlit, mujassam bilim va malakaga aylanib boradi. Bu bilim hamda malakalardan o‘quvchilar zarur vaziyatlarda muayyan hayotiy muammoni hal qilishda bemalol foydalanish layoqati tarkib toptiriladi. Integratsiyaning ta’lim sistemasida muhimligini birinchilardan bo‘lib mashhur pedagog – I.F. Gerbart tushuntirib bergan. U ta’limda integratsiyani qo‘llashning to‘rtta yo‘nalishini sanab bergan. Bular quyidagilar:
-
- Aniqlilik;
-
- Asotsiatsiyaviylik;
-
- Tizim;
-
- Metod.
Integratsiyaning birinchi va ikkinchi yo‘nalishlari bilim olishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ikkinchi va uchinchi yo‘nalishlari eski bilimlar va yangi bilimlarni bir- biri bilan uzviy bog‘lash demakir. I.F Gerbart bu yo‘nalishlar orqali integratsiyalashuv jarayoni mukammal ravishda sodir bo‘ladi deb aytib o‘tgan.
Bilamizki, uzluksiz ta’lim tizimida ona tilini o‘qitish asosiy o‘rin egallaydi. XXI asr - axborot texnologiyalari asri. Ona tili darslariga noan’anaviy darslarni olib kirish va uni ta’lim mazmuniga singdirish, dars o‘tishning yangi-yangi usullarini topish DTS talablarini bajarishga zamin yaratadi. Shu jihatdan olib qaraganimizda ham ta’lim tizimida ona tili darslarini boshqa fanlar bilan bog‘lab o‘rgatish darsning samarali bo‘lishini ta’minlaydi.
Ona tili darslari boshqa o‘quv predmetlaridan alohida, mustaqil yashay olmaydi. Aksincha u ta’lim bosqichlarida o‘rganiladigan xilma-xil o‘quv predmetlari, xususan, adabiyot, matematika, fizika, informatika, texnologiya, geografiya, xorijiy tillar bilan o‘zaro aloqadorlikda o‘rganilsa, o‘z samarasini beradi. Chunki ta’lim tizimida fanlararo aloqadorlik – integratsiya darslarini tashkil etish o‘quvchilarning mavzuni tez va oson anglashiga olib keladi.
Birinchi navbatda, ona tili adabiyot fani bilan bog‘lab o‘rgatiladi. Ona tili va adabiyot darslarini bir o‘qituvchi olib borishi ularni o‘zaro bog‘lab aloqada o‘rgatishga katta imkoniyat yaratadi. Adabiyot so‘z san’ati bo‘lganligi tufayli, ona tilini asosli ravishda anglamasdan turib, o‘quvchilar oldida adabiyotning go‘zalligi va qudratli tarbiya vositasi ekanligini namoyish qilish mumkin emas.
Yuqori sinfda badiiy asarning tili o‘rganilayotganda stilistik tahlil mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Stilistik tahlilda asarning g‘oyaviy mazmunini ifodalovchi til vositalari aniqlanadi, muallifning so‘z tanlash, gap tuzish mahorati ko‘zdan kechiriladi. Masalan, Oybekning “Qutlug‘ qon” romani bo‘yicha mustaqil mashg‘ulot olib borilar ekan, o‘quvchilarda yozuvchining so‘z tanlash va so‘zlarni o‘zaro bog‘lash usullari, shuningdek tinish belgilarining ishlatilishi aniqlanadi.
Ona tili darslarini adabiyot bilan uyg‘unlikda olib borish, о‘quvchilarning badiiy-estetik dunyoqarashlarini yanada boyishiga olib keladi. Aynan ona tilida biron bir nazariy ma’lumot о‘rganilayotgan bir paytda о‘quvchilarga aynan shu damda adabiyotdan о‘tilayotgan hikoya, asardan parchalardan misollar topib kelish, ruboiy, g‘azallardagi sо‘zlarni til nuqtayi nazaridan tahlil qilishga о‘rgatib borilsa maqsadga muvofiq bо‘ladi.
Davlat ta’lim standartlarida o‘quv fanlari orasidagi aloqadorlik, ona tili fanining boshqa o‘quv fanlarini o‘rganishga ta’siri qayd etilib, “Ona tili o‘qitishda o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurlarini rivojlantirishda aniq fanlar yo‘nalishdagi fanlarni o‘rganishga ijobiy ta’sir” ko‘rsatishi uqtirilgan.
^ ta’limning modernizatsiyalash, innovatsion o'qitish imkoniyatlarini kengaytirish imkonini beradi;
^ umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limda uzviylik va uzluksizlikning ta’minlanishida muhim omil vazifasini bajaradi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
-
1. Mavlonova R A., Raxmonqulova N. Boshlang‘ich ta’limning
integratsiyalashgan pedagogikasi – T.: 2009
-
2. Mavlonova R. Boshlang‘ich ta’lim integrasiyasi. -T.: ,2009.
-
3. Djurayev R. H. Ta’limda interfaol texnologiyalar. – T.: 2010
-
4. Xoliqov A. Pedagogik mahorat. – T.: 2011
-
5. To‘xliyеv B., Shamsiyеva M., Ziyodova T. O‘zbеk tili o‘qitish
mеtodikasi. – T.: 2010.
"Экономика и социум" №12(91) 2021
Список литературы Ona tili darslarini integratsiya usullarida tashkil qilish
- Mavlonova R A., Raxmonqulova N. Boshlang‘ich ta’limning integratsiyalashgan pedagogikasi - T.: 2009
- Mavlonova R. Boshlang‘ich ta'lim integrasiyasi. -T.:,2009.
- Djurayev R. H. Ta’limda interfaol texnologiyalar. - T.: 2010
- Xoliqov A. Pedagogik mahorat. - T.: 2011
- To‘xliyеv B., Shamsiyеva M., Ziyodova T. O‘zbеk tili o‘qitish mеtodikasi. - T.: 2010.