Boshlang’ich sinflarda ingliz tilini o’qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar
Author: Qurbonova M.N.
Journal: Экономика и социум @ekonomika-socium
Section: Основной раздел
Article in issue: 8 (87), 2021.
Free access
Ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda ingliz tilini o’qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar usullarni qo’llash natijasida o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanishi, nutqi ravonlashishi, tez va to’g’ri javob berish malakasi shakllanishi,bilimga ishtiyoq uyg’otishi, darslarga puxta hozirlik ko’rishga intilishi haqida ma’lumotlar berilgan.
Zamonaviy, innovatsiya, boshlang’ich, o’yin, ta’limiy, ta’lim.
Short address: https://sciup.org/140254729
IDR: 140254729
Text of the scientific article Boshlang’ich sinflarda ingliz tilini o’qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar
Asosiy qism : Boshlang’ich sinflarda, ayniqsa, birinchi sinfda o’quvchilarga chet tillarni o’rgatishda o’quvchining yoshi, fiziologik, psixologik xususiyatlarini hisobga olish kerak. Qarorda ta’kidlanganidek, birinchi sinflarda o’yin tarzidagi darslar va og’zaki nutq darslari shaklida chet tillarini o’rgatishni amalga oshirish, haqiqatan, kichik yoshdagi o’quvchilarga mosligidir. Ta’limda o’yin texnologiyalaridan foydalanish, eng samarali vositalardan biridir. O’yin davomida ularning tafakkuri, dunyoqarashi, fikrlashi kengayib boradi. Olimlar ta’limga o’yin orqali yondashuv ta’lim jarayonida osonlashtiradi, deb hisoblagan. Nafaqat osonlashtiradi, balki bu fanga qiziqishini kuchaytirib, bolani chuqur bilim olishiga undaydi.
Shubhasiz, mamlakatimiz ta’lim dargohlarida xorijiy tillar xonalarini zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalari o’qitishning ilg’or texnik vositalari bilan jihozlash, teleradiokanallarda bolalar va o’smirlarni xorijiy tillarga o’rgatuvchi ko’rsatuv va eshittirishlarni berib borish, boshqa mamlakatlar tarixi va madaniyati, jahon ilm-fani va texnik yangiliklariga bag’ishlangan ilmiy-ommabop xorijiy badiiy va multiplikatsion filmlarni o’zbekcha subtitr yordamida muntazam namoyish etish yoshlarimizga dunyo xalqlarining o’tmishi, madaniyati, ilm-fani bilan yaqindan tanishishi imkonini berdi.
Xulosa. Xulosa o’rnida ta’kidlash joizki, ingliz tilini o’qitishda o’quvchilarni yosh va psixologik xususiyatlarini inobotga olgan holda, ulardagi chet tilini o’zlashtirishga bo’gan qiziqish, ehtiyojni to’la qondirishga yordam beruvchi pedagogik texnologiyalarga asoslangan zamonaviy didaktik ishlanmalarni tayyorlash va ularni amalga oshirishning mustahkam mexanizmini ishlab chiqish muammoning amaliy yechimini ta’minlaydi.
Adabiyotlar ro’yxati:
-
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarini o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1875-sonli qarori.
-
2. Iriskulov A.T va boshqalar Kids’ English pupil’s book 2-sinf –Toshkent – O’zbekiston 2014
-
3. O’.Hoshimov, O.Yoqubov. Ingliz tilini o’qitish metodikasi. T-2003
"Экономика и социум" №8(87) 2021
References Boshlang’ich sinflarda ingliz tilini o’qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar
- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarini o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1875-sonli qarori.
- Iriskulov A.T va boshqalar Kids’ English pupil’s book 2-sinf –Toshkent – O’zbekiston 2014
- O’.Hoshimov, O.Yoqubov. Ingliz tilini o’qitish metodikasi. T-2003