O`simliklar insoniyat najotkori

Free access

Maqolada o`simliklar dunyosini inson hayotidagi o`rni, ahamiyati hamda foydali o`simliklar haqida ma`lumotlar keltirilgan.

madaniy o'simliklar \ ekologiya \ hayvonot olimi \ agrotexnika va qishloq xo'jaligi

Similar articles in the section Plant physiology

O‘simliklardan ajralib chiquvchi fitonsid moddalarning o‘simlik hayotidagi ahamiyati
O‘simliklardan ajralib chiquvchi fitonsid moddalarning o‘simlik hayotidagi ahamiyati

Ismoilov Ibrohim Hakimjonovich, Maribjonova Mandzura Ortigalyevna, Okelova Baxridil Abduqodirovna

Dorivor o'simliklar ularning tabiatda va inson hayotidagi roli
Dorivor o'simliklar ularning tabiatda va inson hayotidagi roli

Jovliyev F.B., Meliqulov O.J., Saydaxmadov S.S.

Tarkibida efir moyi bo’lgan dorivor o’simliklar va mahsulotlar
Tarkibida efir moyi bo’lgan dorivor o’simliklar va mahsulotlar

Shukurova D.Yo., Olimov S.M., Xasanova G.R.

Short address: https://sciup.org/140300551

IDS: 140300551

Text of the scientific article O`simliklar insoniyat najotkori

O`simlik bu- o`zini o`zi qayta tiklashi mumkin bo`lgan tabiiy resurs hisoblanib, yer yuzasining deyarli barcha qismida o`sadi. Yer yuzining joylashishi yoki iqlim sharoitiga qarab turli joylarda turli hil tarqalgan va moslashgan.

O`simliklar necha ming yillardirki insoniyatda shifobaxshligi, iste`mol manbai ekanligi bilan qiziqish uyg`otadi. O`tmishda odamlar yovviy ekinlarni o`zlari uchun foydali deb bilganlarini uylari atrofiga ekib o`stirishi natijasida dastlabki madaniy ekinlar honakilashtirilgan. Inson o`zi bilmasdan o`simliklarni seleksiyasiga ta`sir ko`rsatgan. Kundalik ratsion tarkibidagi oddiy ko`katlar ham inson organizmi uchun foydali bo`lgan mikro va makro elementlar, vitaminlar va mineral tuzlar bilan ta`minlaydi. Hozirgi texnologiya davrida yilning hamma faslida foydali mahsulotlarni bozor rastalarida uchratish mumkin. O`simliklar nafaqat inson iste`moli uchun foydali balki atrof -muhit tozaligi uchun ham muhim ya`ni ular atmosfera havosidan karbonat angidirini yutub o`zidan kislorod ishlab chiqarib havoni tozalashda faol ishtirok etadi.

Hozirda o`simliklarning 300 mingdan ziyon turlari aniqlangan bo`lsa shulardan kundalik extiyojlarga faqat 600 mimg turidan foydalaniladi, dorivor xususiyatga ega bo`lgan o`simliklar turlarini esa 1500 mingdan ziyodi xalq tabobatida, kasmetika sanoatida, texnika xom ashyosi, qurush va boshqa sohalarda ishlatiladi. Shuningdek o`simliklar chorva mollari uchun asosiy ozuqa manbai hisoblanadi.

Qishloq xo`jaligida o`simliklar quyidagicha guruhlanadi: madaniy o`simliklar, yovvoyi yoki begona o`tlar, texnik ekinlar hamda dorivor ekinlar.

Madaniy ekinlar bu – qishloq xo`jaligida ekin maydonlariga foyda olish maqsadida ekilgan o`simliklar. Bularga barcha iste`mol qilinadigan o`simliklar: pomidor, karam, piyoz, kashnich, sholg`om, bug`doy, makkajo`hori va boshqalar kiradi.

Yovvoyi o`simliklarga bu- madaniy ekinlar orasida, yo`l yoqalarida, cho`l, o`rmon va to`qaylarda mustaqil tarzda o`sadigan o`simliklar kiradi. Masalan, g`umay, kurmak, ajriq, hilol, pechka, qamish va boshqalar.

Texnik ekinlar bu – sanoatda xosh ashyo sifatida ishlatilib, qayta ishlanadigan o`simliklar kiradi. Bularga : kartoshka, go`za, shakarqamish, qand lavlagi, kanop, zig`ir, kanakunjut, yer yong`oq, soya va boshqalar.

Dorivor ekinlarga – xalq tabobatida hamda dori-darmon sanoatida fordalaniladigan o`simliklar: amarant, isriq, rayhon, na`matak, g`azanda, rovosh, qoqi o`t, zira va boshqalar.

Shuningdek o`simliklarni kamyob yo`qolib ketish xavfi ostida bo`lgan turlar ham mavjud, chunki bunday o`simliklar antopogen omillar ta`sirida yoki evolutsiya natijasida iqlim sharoitlariga moslasha olmagan o`simliklardir. Bunday o`simliklarni muhofaza qilish maqsadida butun jahonda shuningdek O`zbekistonda ham Qizil kitob joriy qilingan.

Xulosa, o`simliklar inson hayotining ajralmas bir bo`lagi undan oqilona foydalanish esa insonning burchidir. Noyob hamda yo`qolib ketayotgan o`simliklarni muhofaza qilish ular sonini ko`payishida o`z xissamizni qo`shishimiz kerak, zero bu yer, ona zamin barcha mahsulotlari, ne`matlari bilan bizdan keyingi avlodlarning ham xaqqidir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.O`.Pratov Biologiya, botanika 6 sinf T.2017

  • 2 .A.G`afurov, A.Abdukarimov, J.Tolipova, O.Ishankulov, M.Umaraliyeva, I.Abduraxonova. Biologiya T.2018

  • 3 .Sh.Xalillaev. Biologiya T.2017

  • 4 .F.Bafoyev. Biologiya va genetika. Universal qo`llanma.T.2021

  • 5 .Ya.I.Ametov, Z.O.Bekbergenova, Biologiya, Ekologiya. O`quv-metodik qo`llanmalar. T.2018

"Экономика и социум" №7(98) 2022

References O`simliklar insoniyat najotkori

  • O'.Pratov Biologiya, botanika 6 sinf T.2017.
  • A.G'afurov, A.Abdukarimov, J.Tolipova, O.Ishankulov, M.Umaraliyeva, I.Abduraxonova. Biologiya T.2018.
  • Sh.Xalillaev.Biologiya T.2017.
  • F.Bafoyev. Biologiya va genetika. Universal qo'llanma.T.2021.
  • Ya.I.Ametov, Z.O.Bekbergenova, Biologiya, Ekologiya. O'quv-metodik qo'llanmalar. T.2018.