O'smirlarda vatanparvarlik tarbiya jarayonida ulardagi ijtimoiy faollikni keltirib chiqaruvchi omil

Автор: Otaboyeva Z.Go.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 11 (78), 2020 года.

Бесплатный доступ

The article illustrates the social psychological characteristics of cases of positive and negative personality in them in the formation of patriotic values of social activity at adolescents.

Patriotism, value, personality, spirituality, globalism, adolescence

Короткий адрес: https://sciup.org/140251648

IDR: 140251648

Текст научной статьи O'smirlarda vatanparvarlik tarbiya jarayonida ulardagi ijtimoiy faollikni keltirib chiqaruvchi omil

O’zbekiston yoshlar mamlakati hisoblanadi. Mamlakatimiz aholisining 60 foizidan ortig’ini yoshlar tashkil etadi. Shuning uchun O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritishi bilan yoshlar siyosatiga alohida ahamiyat bera boshladi.

Vatanparvarlik qadriyatlarini shakllantiruvchi,vatan tuyg’usi to’g’risidagi fikrlar jahon sivilizatsiyasiga ulkan xissa qo’shgan yurtdosh mutafakkirlarimiz al-Xorazmiy, al-Farg’oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Mansur as-Samarqandiy, Ibn Sino asarlarida ham o’z ifodasini topgan

Jamiyatimzda ro’y berayotgan globallashuv jarayonlari, bir tomondan, o’smir-yoshlarida zaruriy bilim, dunyoqarashi ko’nikmalarini shakllanishida ko’proq ma’lumot olishiga xizmat qilayotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, ularning bir qismida milliy qadriyatlar, milliy ma’naviyatning nisbatan kamroq o’zlashtirilishiga, ”Ommaviy madaniyat” niqobi ostida miliy xususiyatlarmizga zid bo’lgan munosabatlarning shakllanishiga sabab bo’lmoqda. Bu jarayonda, ayniqsa, televideniye, internet, kompyuter o’yinlari, kinoseriallarning ta’siri kuchli bo’lmoqda. [ 1 ,2,5 ,9 . ]

Bu borada milliy merosiga asoslanish, undan yoshlar ma’naviyati shakllantirishda ulardagi yosh va individual xususiyatlarga xos tarzada foydalanish vazifalari ta’lim-tarbiya tizimlariga kiritilishi zarur. [5 , 1 2]

Albatta ota-ona, oila-a’zolari, qarindoshlar, o’qituvchilar shaxsi tarbiyaviy ta’siri o’smir yoshlarda vatanparvarlik qadriyatlarini shaklanishida aloxida o’rin tutishi,ijobiy psixologik ta’sir ko’rsatishi orqali uning samarali ijtimoiylashuvini ta’minlaydi. Bu ijtimoiy omillarning o’smirlarning shaxs sifatida shakllanishiga ulkan ta’siri aloxida e’tibor talab qiladi.

O’smirlik davrida sodir etilgan xatti-harakatdan qoniqish yoki qoniqmaslik xulq-atvor shakllanish sharti, barqarorlik uning tavsiflaridan biri hisoblanadi. I.S.Kon ko’rsatganidek, “Jamiyat oldidagi burch tuyg’usi yaqin kishilarga nisbatan alohida majburiyatlarni yo’qqa chiqarmaydi, umumlashtirilgan boshqa (qoidalarga) yo’naltirilganlik boshqalarning aniq bir fikriga quloq solishni istisno etmaydi.[8]

Bu borada o’smirlarda atrofida ro’y berayotgan ijtimoiy voqelikka nisbatan qiziqishlarning ortishi, shu bilan birgalikda ularni aniq mantiqiy xulosa chiqarish va qarorlar qabul qilishda xali xayotiy tajribaning yetishmasligini e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas.

Psixolog A.Maslouning ta’riflashicha, o’smirning o’ziga xos qarashlari, fikrlari tanish-bilishlar, tengdoshlar, ommaviy axborot vositalari ta’siri ostida yuzaga keladi. U o’smirda dunyoqarashning paydo bo’lishi, munosabatlar, intilishlar, did va qadriyatlar shakllanishi bolalikdagiga nisbatan boshqacharoq tarzda kechishini ta’kidlagan.[8 ,9]

O’smirlardagi ijobiy xissiy xolatlar vatanparvarlik tarbiyasi jarayonida ularda ijtimoiy faollikni keltirib chiqaruvchi omil sanaladi. O’smirdagi ijobiy hissiyotlar, odatda, undagi intilishlarni tug’diradi yoki mavjud intilishlarni kuchaytiradi , kelajakdagi istiqbolli maqsadlarni belgilashga undaydi. O’smir dunyoni avvalgidan ham go’zal his etsa, uning yosh qalbida vatanparvarlik tuyg’usi yanada kuchli uyg’onadi. Kelajakka bo’lgan ishonch, orzu-umidlar kengayadi.

Bu borada salbiy xisslarning o’smirlarda negativ kechinmalar paydo bo’lishiga sabab bo’luvchi omil ekanligini ta’kidlagan xolda ,ulardagi faollashtiruvchi kuch sifatidagi o’rnini xam e’tibordan qochirmaslik zarur.Ya’ni ayrim salbiy hissiyotlar vaqtida o’smir harakatlarini kelib chiqishida aloxida axamiyat kasb etadi. Masalan, g’azab, nafrat hislari vaqtida bizning harakatlarimiz shu emotsional kechinmalarga sabab bo’lgan narsa tomonga yo’naladi. Buning sababi shuki, bizda shu narsani yo’q qilish yoki uning harakatini bostirish harakati tug’iladi. Mustaqil vatanimizning dushmanlari, terorizmga, diniy aqidaparastlikka, vahobizmga nisbatan o’smirdagi g’azab va nafrat xissiyotlari asosida vatanni asrash, uni muqaddas sanalishi,vatan tinchligi va ravnaqini himoya qilish tuyg’ulari shakllanadi.[4,5]

O’smirning ma’naviy yetukligi undagi vatanparvarlik, insonparvarlik va mehr-muruvvat xisslarini shakllanishi zamirida paydo bo’luvchi, shakllanuvchi va shaxs ma’naviyatini belgilovchi qadriyatlar bilan belgilanadi.

O’smirlar vatanparvarlik xislari ulardagi ichki motivatsion omil sifatida shakllanishi, ulkan ijtimoiy tarbiyaviy axamiyat kasb etadi.

O’smirlik davrida dunyoni avvalgidan ham go’zal his etsa, uning yosh qalbida vatanparvarlik tuyg’usi yanada kuchli uyg’onadi. Kelajakka bo’lgan ishonch, istiqbolli rejalar tuzishga undaydi.

Shu bilan bir qatorda o’smir xayotida uchrab turadigan turli tabiatdagi muammolarni, nizolarni hal etishni o’rganishi lozim Ularda “Nega bunday?, “Nima uchun shunday bo’lishi kerak?”, “Muammoni to’g’ri xal etish uchun qaysi yo’lni tanlish kerak?” kabi muammoli savollar ko’plab paydo bo’lsin. Bu kabi savollar yechimi topishda o’smir uchun emotsional yaqin bo’lgan insonlar ota-ona, o’qituvchi, tengdoshlari fikrini ham uning uchun ahamiyatlilik darajasi yuqoriligini ta’kidlab o’tish zarur. O’smirda boshqalar baxtsizligiga qayg’urish, achinish, ularga yordam berishga astoydil intilish, hayajonlanish holatlari yuzaga kelishi asosida, unda dunyoni yanada aniqroq idrok qilish ehtiyoji paydo bo’ladi,.

O’smir yoshlarda vatanparvarlik qadriyatlarini shakllantirish, ularda xissiy motivatsion munosabatlarini tarkib toptirishda quyidagi vazifalarni amalga oshirish zarur:

  • •      o’quvchilarda vatanparvarlik qadriyatlarini shakllantiririshni ijtimoiy hayot

sharoitlari bilan bog’lab olib borish;

  • •       o’smirlar faolligini ijtimoiy yo’naltirish, ijtimoiy faolligini oshirishga

qaratilgan amaliy faoliyatni tashkil etish;

  • •      ijtimoiy onglilik ijtimoiy hayot vaziyatlaridan to’g’ri yo’l topib chiqa olish ,

mustaqil fikrlash,mantiqiy xulosalar chiqarish ko’nikmalarini shakllantirish;

  • •      ommaviy axborot vositalari orqali berilayotgan ma’lumotlarni idrok etishda

axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish.

Shuni ta’kidlash mumkinki, jahon hamjamiyatida ijtimoiy siyosiy vaziyatlarning keskinlashayotgan bir sharoitida o’quvchi yoshlarda vatanparvarlik qadriyatlarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanmoqda.

Adabiyotlar

  • 1.    Inomova  M.   Oilada bolalarni   ma’naviy-ahloqiy  tarbiyalashda milliy

    qadriyatlaridan foydalanish. Toshkent, 1995.

  • 2.    Ibrohimov A. va boshqalar. Vatan tuyg’usi. Toshkent, 1996

  • 3.    Musurmonova O. Oila ma’naviyati – milliy g’urur. Toshkent, 1999.

  • 4.    Mustaqillik: Izohli ilmiy-ommabop lug’at. Toshkent, 1998.

  • 5.    Nishonova S. va Alimova G. Bolalar psixologiyasi va uni o’qitish metodikasi. T – 2009 y

  • 6.    Нишонова З.Т. «Психология тарихи» Т-2002й.

  • 7.    Otavaliyeva O’. Bolalar psixologiyasi (1,2 qism). Samarqand, 2003

  • 8.    Petrovskiy A.V. Umumiy psixologiya. Toshkent, 1986.

  • 9.    Pedagogika. Munavvarov A.Q. tahr. Toshkent, 1996.

  • 10.    Karimova V. Psixologiya (o’quv qo’llanma). Toshkent, 2002.

"Экономика и социум" №11(78) 2020

Список литературы O'smirlarda vatanparvarlik tarbiya jarayonida ulardagi ijtimoiy faollikni keltirib chiqaruvchi omil

  • Inomova M. Oilada bolalarni ma'naviy-ahloqiy tarbiyalashda milliy qadriyatlaridan foydalanish. Toshkent, 1995.
  • Ibrohimov A. va boshqalar. Vatan tuyg'usi. Toshkent, 1996
  • Musurmonova O. Oila ma'naviyati - milliy g'urur. Toshkent, 1999.
  • Mustaqillik: Izohli ilmiy-ommabop lug'at. Toshkent, 1998.
  • Nishonova S. va Alimova G. Bolalar psixologiyasi va uni o'qitish metodikasi. T - 2009 y
  • Нишонова З.Т. "Психология тарихи" Т-2002й.
  • Otavaliyeva O'. Bolalar psixologiyasi (1,2 qism). Samarqand, 2003
  • Petrovskiy A.V. Umumiy psixologiya. Toshkent, 1986.
  • Pedagogika. Munavvarov A.Q. tahr. Toshkent, 1996.
  • Karimova V. Psixologiya (o'quv qo'llanma). Toshkent, 2002.
Статья научная