Raqamli iqtisodiyotning ijobiy va salbiy tomonlari
Автор: Xolmirzayev T.
Журнал: Мировая наука @science-j
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 6 (87), 2024 года.
Бесплатный доступ
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotga oʻtish bilan bogʻliq foyda va muammolar tahlil qilinadi. Maqolada raqamli iqtisodiyotning salbiy oqibatlarini yumshatish va foydani maksimal darajada oshirishga qaratilgan strategiyalarni ishlab chiqish zarurligi ta’kidlangan. Muhim jihat - iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy farovonlikni qoʻllab-quvvatlay oladigan inklyuziv va barqaror raqamli infratuzilmani yaratishdir.
Raqamli iqtisodiyot, elektron biznes, blokcheyn texnologiyalar, kriptoaktivlar, kriptovaluytalar, investitsiya, diversifikatsiya,
Короткий адрес: https://sciup.org/140307132
IDR: 140307132
Текст научной статьи Raqamli iqtisodiyotning ijobiy va salbiy tomonlari
Kirish. “Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma’naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga koʻtarish maqsadida yurtimizda 2020 yilga “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb nom berildi”. Undan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349 sonli “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonini ijro etish borasida [1], shuningdek, respublikamizda raqamli iqtisodiyotni davlat boshqaruv tizimiga tadbiq qilish uchun zamonaviy axborot texnologiyalarni jadal rivojlantirish boʻyicha sharoitlar yaratish, shunigdek, axborot havfsizligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2018 yil 31 avgustda raqamli iqtisodiyotning maqsad va vazifalarini belgilab beradigan “Oʻzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni joriy qilish va yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Qaror qabul qildi, hamda OʻzR Prezidentining PQ-3832 03.07.2018 dagi “Oʻzbekiston Resbublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlarini ham shu tadbirlar jumlasiga kiritish mumkin. Ushbu qaror boʻyicha quyidagilar
Oʻzbekistonda raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish boʻyicha eng muhim vazifalar deb koʻrsatilgan:
-
> Investitsiya va tadbirkorlikni diversifikatsiya qilish uchun kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan, mayining, smart kontrakt, konsalting, emissiya, ayriboshlash, saqlash, taqsimlash, boshqarish, sugʻurtalash, kraud-funding (jamoaviy moliyalashtirish), shuningdek, blokcheyn texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirish.
-
> Blokcheyn texnologiyalarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish sohasida amaliy ish koʻnikmalariga ega boʻlgan malakali kadrlarni tayyorlash.
-
> Raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish sohasida davlat organlari va tadbirkorlik sub’ektlarining yaqin hamkorligini ta’minlash.
-
> Kriptoaktivlar bo‘yicha faoliyat va blokcheyn texnologiyalari sohasida halqaro va horijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish va ishlab chiqarish sohasida faoliyat koʻrsatadigan yuqori malakali horijlik mutahassislarni jalb qilish.
-
> Horij tajribasini hisobga olgan holda blokcheyn texnologiyalarini joriy etish uchun huquqiy baza yaratish.
Yuqoridagi farmon va qarorlarning muvaffaqiyatli bajarilishi uchun raqamli iqtisodiyotning mohiyati nima va uning asosiy tushunchalari nimalardan iboratligini pishiq-puhta bilib olish talab qilinadi. Ushbu qiziqarli va jozibali raqamli iqtisodiyot sohasiga sayohatimizni boshlashdan avval,axborotlashgan jamiyat va u bilan uzviy bogʻliq boʻlgan bir qancha asosiy tushunchalar bilan yaqindan tanishib chiqishga harakat qilamiz.
Mamlakatimizning koʻpchilik rivojlangan mamlakatlar kabi, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yoʻlini tanlaganligi axborot texnologiyalari sohasida va umuman, elektron hujjatlar aylanmasi sohasida yangi yoʻnalishlar ochib beradi.
Jamiyatning raqamli texnologiyalar tomon burilishi roʻy berishiga butun jahon internet tarmogʻining sifati oshishi hamda aloqa tizimlarining rivojlanishi sababchi boʻldi. Natijada katta hajmdai ma’lumotlar almashinish va ularni toʻplash imkoni paydo boʻldi, bu esa, oʻz navbatida, toʻplangan axborotni qayta ishlashga, bashorat qilishga, asoslangan qarorlar qabul qilishga va xilma-xil usullarda foyda olishga imkon beradi. Bularning barchasi uchun esa mos keluvchi infratuzilma, boshqacha qilib aytganda, global axborot platformalari ekotizimini yaratish zarur boʻladi.Biroq bunda ma’lumotlarni yoʻqotish, biznesni yoʻqotish, ish oʻrinlarining qisq’arishi, havfsizlikka putur yetishi riski va modernizatsiya qilish zarurati vujudga keladi. Bu masalalarni tezda hal qilish zarur, chunki bu borada kechiqish jiddiy risklarga olib kelishi mumkin. Hozirda roʻy berayotgan oʻzgarishlarda raqamli iqtisodiyotning afsona yoki haqiqat ekanligi emas, balki bu oʻzgarishlarning jamiyatga qanday hizmat qilishi muhim rol oʻynaydi. Hozirgi davrda biz texnologiyalar qanday qilib ommaviy hizmat koʻrsatish sohasini tubdan oʻzgartirayotganini koʻryapmiz. Vositachilarni olib tashlaydigan, mijoz va ta’minotchi oʻrtasidagi aloqalarning toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirilishiga olib keladigan Uber kabi yangi biznes-modellar paydo boʻlmoqda. Avvalroq xuddi shunga oʻxshash oʻzgarishlar moliya sektori va telekommunikatsiyalarda ham roʻy bergan edi.Sanoatda ham bir qancha printsipial oʻzgarishlar kuzatilmoqda, chunki raqamli korxona va insonning raqamli qiyofadoshi – robotlar paydo boʻlishi butun insoniyat funktsional modelini jiddiy ravishda oʻzgartirib yuborishi mumkin. Bu esa shuni koʻrsatadiki, axborot texnologiyalari asta-sekinlik bilan odamlarning oʻrnini egallab boradi. Huddi mana shu holat raqamli iqtisodiyotning namoyon boʻlishi hisoblanadi.Toʻgʻri, mamlakatimizda raqamli iqtisodiyot tufayli qanday keskin oʻzgarishlar roʻy berishi hozircha hech kimga ma’lum emas. Hozirgi texniktexnologik qoloqlik sharoitlarida sanoatning raqamli oʻzgarishi tez roʻy berishiga ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga koʻra, bir qancha shubha-gumonlar mavjud.Raqamli platformalarning rivojlanishga yorqin misollardan biri sifatida
Alibaba elektron savdo tizimiga ega boʻlgan Xitoy kompaniyasini keltirib oʻtish mumkin. Undan foydalanish tajribasi shuni koʻrsatadiki, ma’lumotlar toʻplash jarayoni iqtisodiyotning turli sektorlariga ekspansiya uchun oʻta raqobatli ustunliklar yaratadi. Alibaba bu –oddiygina raqamli platforma emas, balki platformalar ekotizimidir. Tushunarliki, bunday ekotizim qudrati alohida platformalar kuchidan katta boʻladi. Xatto AQSH ham hozirgi kunda bu poygada yutqazmoqda, chunki u yerda turli platformalarni integratsiya qilishga toʻgʻri keladi, Xitoyda esa bu sohada rivojlanish samaradorlikni oshirish hisobiga – bir platformadan boshqa platformaga qarab oʻtish asta-sekinlik bilan roʻy berdi.Raqamli iqtisodiyotga oʻtish kabi global bir ishda koʻp narsa davlatning tutgan pozitsiyasiga ham bogʻliq, albatta. Barchasi hamma narsani birlashtiradigan va «raqam»ga oʻtkazadigan yagona davlat platformasiga borib taqalmasligi muhim,ya’ni, «Davlatning vazifasi, biznesning oʻrniga biron bir narsa qilish emas, balki oddiygina - biznesga halal bermaslikdir». Xitoyda ham Alibaba tizimi davlat uning uchun qandaydir platforma yaratgani tufayli paydo boʻlmagan. U bunday platforma paydo boʻlishi uchun sharoit yaratdi, xolos. Garchi davlat Alibabaga yordam beragan boʻlsada, buni davlat korporatsiyasisifatida emas, balki tijorat korxonasi sifatida yordam berdi va uning hizmatlaridan u raqobatbardosh ekanligi uchungina foydalaniladi.Davlatning vazifasi–umumiy qoidalar yaratish, biznes esa shu umumiy qoidalar asosida oʻzgara va rivojlana boshlaydi, chunki qonunlar ta’sirida ishbilarmonlik muhiti oʻzgaradi va raqobat oʻsadi. Jiddiy kumulyativ samarayangi umumiy platforma yaratish tufayli emas, balki har biri oʻz ishi bilan shugʻullanadigan koʻplab mustaqil tashkilotlar va mahsulotlar yigʻindisi bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan infratuzilma paydo boʻlishi tufayli vujudga kelishi mumkin. Lekin bunda kerakli standartlar va protokollarni eng yuqori sifat darajasida ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Bizning fikrimizcha, ushbu holat – davlatni uning maqsadlari bilan doʻstlashtirib qoʻyadigan qadam, ya’ni oʻz natijalaridan iqtisodiyot ehtiyojlarini belgilab berishi mumkin boʻlgan fandan manfaatdor boʻlgan biznes. Boshqacha qilib aytganda, raqamli iqtisodiyot davlat, biznes va fanni birlashtirishi mumkin. Raqamli iqtisodiyotda boshqa xalqaro tizimlar va amaliy mexanizmlar bilan birga boʻla olishga erishish uchun «umumiy darcha» mexanizmidagi ma’lumotlar modellari va hujjatlar xalqaro standartlari va tavsiyalari asosida tashkil qilinishi lozim. Uygʻunlashtirish lozim boʻlgan xabarlar va hujjatlar boshlangʻich roʻyxati ma’lumotlarini qamrab oladigan ma’lumotlar roʻyxatini tuzishda, shuningdek,milliy ma’lumotlar modelini shakllantirishda ularni xalqaro standartlar talablariga muvofiq tavsiflash va belgilash zarur.
Raqamli iqtisodiyotning bir qismi boʻlgan elektron tijoratning Oʻzbekistonda rivojlanishini shartli ravishda ikki davrga ajratish mumkin: 2015 yilgacha boʻlgan va undan keyingi davr. 2015 yilgacha bizning mamlakatda normativ-huquqiy baza ishlab chiqish va tayyorlash boʻyicha faol ishlar olib borilgan edi.2015 yilda esa Oʻzbekiston Respublikasida 2015-2018 yillarda moʻljallangan elektron tijoratni rivojlantirish Konsepsiyasi qabul qilindi, va uoʻrta muddatli istiqbolda elektron tijoratni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini, raqobatli muhitni kengaytirishni, zamonaviy infratuzilmani tashkil qilishni va qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratishni, shuningdek, elektron tijorat haqidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish shakllarini va yoʻllarini belgilab berdi.Biroq, bugungi kunga kelib,konsepsiyada aks ettirilgan chora-tadbirlar toʻliq amalga oshirilmaganligi haqida gapirish mumkin. Masalan, normativ–huquqiy bazada elektron tijoratni rivojlantirishga qaratilgan qator qarorlar qabul qilinmagan. Xususan, elektron tijoratda elektron xabarlar yoki elektron hujjatlar ommaviy joʻnatmalari, reklamani joylashtirish tartibi tasdiqlanmagan. Shu bilan bir paytda, 2018 yil 14 mayda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev «Elektron tijoratni jadal rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Qarorni imzoladi. Ushbu hujjatdaOʻzbekistonda elektron tijoratni takomillashtirishga qaratilgan bir qator tadbirlar aks ettirilgan. Ammo, umuman olganda, aytish mumkinki, Oʻzbekiston ushbu yoʻnalishda, juda tezkor rivojlanadigan tarmoqda yoʻl qoʻyish mumkin boʻlmagan darajada sekin va choʻzib harakatlanmoqda. Ta’kidlash joizki, bugungi kunda foydalanuvchilar oziq-ovqat mahsulotlariga buyurtma berish uchun telegram botlaridan faol foydalanmoqdalar. Oʻzbekistonlik iste’molchilar, shuningdek, internet tarmogʻi yoki telefoniya hizmatlari uchun mobil ilovalar vositasida faol pul toʻlashmoqda. Bu esa Oʻzbekiston aholisi elektron bitimlarni amalga oshirishga ishonishidan dalolat beradi, faqat hozirgi kungacha foydalanuvchilar katta harajatlar talab qilmaydigan kichik bitimlarni amalga oshirgan holda oʻrtacha xarid hajmini oshirishga unchalik tayyor emaslar. Oʻzbekistonda elektron bitimlar foydalanuvchisining oʻrtacha hajmi 50 mingdan 200 ming soʻmgachani tashkil qiladi.Oʻzbek iste’molchisi elektron bitim amalga oshirishda uyali aloqa telefonidan foydalanadi, chunki u birmuncha qulayroq boʻlib, bir qator qulay ilovalarga ham ega. Mahsulot tanlashga keladigan boʻlsak, koʻpchilik respondentlar Internet orqali kiyim-bosh, shuningdek, maishiy texnikava elektronika xarid qilishni afzal koʻrishgan. Avtomobil va koʻchmas mulk predmetlari internet orqali eng kam xarid qilinadigan tovarlar boʻlgan. Buni shu bilan izohlash mumkinki, ayni paytda foydalanuvchi «onlayn» rejimida yirik miqdordagi pullarni berishga hali tayyor emas.Bundan tashqari, foydalanuvchilar UzCard, VISA, MasterCard kabi toʻlov tizimlaridan faol foydalaniladilar. Ommaviylik darajasi eng past tizimlar Union Pay, WebMoney va kriptovalyutalar hisoblanadi. Mahsulotlarni onlayn xarid qilishdagi muammolarga keladigan boʻlsak, deyarli barcha respondentlar toʻlov vaqtidagi qiyinchliklar, tovar/hizmat sifatining pastligi, yetkazib berish vaqti uzoqligi, shuningdek, narx qimmatligini aytib oʻtishgan. Shunday qilib, ijtimoiy soʻrov natijasida olingan ma’lumotlardan kelib chiqib, Oʻzbekistonda elektron tijoratning rivojlanishini toʻxtatib turgan bir qator muammolar va kamchiliklarni aytib oʻtishimiz mumkin:
-
1. Aholining elektron bitimlar tuzishga unchalik ishonmasligini;
-
2. Yetkazish berish qiymatining yuqoriligini;
-
3. Tovar/hizmatlar sifatining pastligini;
-
4. Firibagrliklardan qoʻrqishni;
-
5. Kompyuter savodxonligi darajasining pastligini.
Ammo, shu bilan bir vaqtda aholi oʻrtasida oʻtkazilgan boshqa ijtimoiy soʻrovlar shuni koʻrsatadiki, Oʻzbekiston aholisi elektron bitimlar amalga oshirishga nisbatan tayyor, biroq ularni amalga oshirish vaqtida foydalanuvchi oʻrtacha iste’molchini nari itaradigan va Oʻzbekistonda elektron tijoratning rivojlanishini sekinlashtiradigan bir qator muammolarga duch keladi.
-
• axborot ustuvor tovar hisoblanadi va bu resurs umuman
chegaralanmagan;
-
• tarmoq bozori ulkan va demokratik va asosiysi unda tarmoqlar
chegaralari oson «yuvilib» ketadi;
-
• loyiha yoki kompaniya muvaffaqiyatlariendi xodimlar soni va moliyaviy aktivlar hajmiga bogʻliq emas;
-
• apparatli quvvatlarkoʻp martalik, universal, eskirmas va sifatini yoʻqotmaydigan vositaga aylanadi;
-
• raqobat kurashi sharoitlari oʻzgaradi, chunki raqamli muhitda tezkor intellektual yechimlar har qanday kuchli jismoniy bazadan ham ustun keladi.
Davlatimizning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlari information texnologiyalar va elektron hujjat aylanishi sohasida bir qancha yangi samarali yoʻnalishlar hosil boʻlishiga olib keladi. Ammo, iqtisodiyotni raqamlashtirishda quyidagi savollarga alohida ahamiyat berish kerak boʻladi: Iqtisodiyotni raqamlashtirsh qanday natijalarga olib keladi? Bunday yangi sharoitlarda harakat dasturi qanday boʻlishi lozim? Iqtisodiyotni raqamlashtirishda nimalarga asosiy diqqat-e’tiborni qaratish kerak boʻladi?
Raqamli iqtisod oʻzi nimaligi boʻyicha ham mutahassislarning fikrlari turli tumandir. Bir qator olimlarning fikrlaricha, “raqamli iqtisodiyot navbatdagi marketing tadbiridir, negaki biz shudogʻ ham 15-20 yillar davomida information texnologiyalarning barcha sohalarga kirib borishiga guvoh boʻlayapmiz, hech qanday kardinal oʻzgarish yoki qandaydir inqilob haqida soʻz ham boʻlishi mumkin emas. Raqamli iqtisodiyot gʻarbdan kirib kelgan marketing brendidir, gap raqamli transformatsiyadan boshlanib, endi raqamli iqtisod degan soʻzlar ham yangray boshladi”. Boshqa bir olimlar guruhining fikrlaricha, hozirgi zamonda amalga oshayotgan raqamli transformatsiya jarayoni uning afsona yoki real haqiqat ekanligida emas, balki bu texnologiyalarning jamiyatga qanday yangiliklar olib kelishidadir: “Bizga raqamli texnologiyalar ommaviy hizmat koʻrsatish sohasini qanday oʻzgartirib yuborganligi yaqqol koʻrinib turibdi. Hozirda esa Uber, Alibaba Group, Amazon, Kriptovalyuta va Blokcheyn kabi butunlay yangi biznes modellar paydo boʻlayapti va ular xaridor va mijoz orasida bevosita munosabat oʻrnatishga imkon berayapti. Huddi shunday transformatsiya moliya, bank, sugʻurta kabi sohalarda ham roʻy berayapti. Raqamli ishlab chiqarish va insonning raqamli nushasi paydo boʻlganidan soʻng, ishlab chiqarish modeli ham tubdan oʻzgarib ketadi. Bular esa information texnologiyalarning asta-sekinlik bilan insonlar oʻrnini egallashiga olib kelib, ishlab chiqarish unumdorligini keskin oshiradi – huddi shu holatni raqamli iqtisodiyot deb tushuniladi”. Ammo mamlakatimizning texnik jihatdan anchagina qoloqligni hisobga olsak, raqamli iqtisodiyotdan olinadigan foyda miqdori, unga sarf qilinadigan harajatlardan birmuncha koʻp boʻlishini koʻrishimiz mumkin.
Hosirgi paytda Xitoyda elektron savdo uchun Jahon savdo tashkilotiga oʻxshash global platforma tashkil qilish boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Bu holda global elektron savdoning barcha ishtirokchilaridan soliq undirishni ham Xitoy davlati oʻz qoʻliga oladi. Ammo bu sohada boshqa davlatlar – AQSH, Yaponiya, Evropa Ittifoqi va Rossiya ham faol ishlar olib borib, elektron savdodagi oʻz ulushlarini qoʻlga kiritish umididadirlar. Bunday katta ekotizimlarda katta kompaniyalar bir birlari bilan kurashadilar, kichkina kompaniyalar esa elektron savdoning yangi imkoniyatlaridan foydalangan holda ushbu ekotizimda oʻz joylarini topa oladilar.
Raqamli iqtisodiyotga oʻtish kabi global masalada koʻp narsa davlatning unga qanday munosabatda boʻlishiga bogʻliq boʻladi. Hozirgi paytda mamlakatimiz raqamli iqtisodiyotga oʻtish tomon ilk qadam tashladi, keyin ishlar qanday kechishini yaratilgan dastur va raqamli iqtisodiyotga oʻtish kontseptsiyasi koʻp jihatdan aniqlab beradi. Kelajak nuqtai-nazaridan raqamli iqtisodiyotni qanday tasavvur qilish mumkin? Fikrimizcha, bu ob’ektiv jarayon boʻlib, uni toʻxtatib turishga bizda imkon yoʻq. Ammo har qanday rivojlanayotgan jarayon singari, unda ham ijobiy hamda salbiy tomonlar mavjud. Eng birinchi navbatda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi va qoʻl mehnatining texnologiyalar bilan almashtirilishi hisobiga ish oʻrinlari ancha miqdorga kamayadi. Ijobiy tomonlar esa qulaylikning vujudga kelishi, ishlab chiqarish unumdorligining oshishi, oldin hayolga ham kelmagan yangi imkoniyatlarning paydo boʻlishidir. Ammo asosiy muammo bunda ham emas, muammo inson bilan bogʻliq – inson ham bunday global oʻzgarishlarga tayyormi? Ilgʻor texnologiyalar katta siyosiy gʻalayonlar, toʻqnashuvlar, misli koʻrilmagan tabaqalanishlar, millatchilik, tushunmovchiliklar va inqiloblarga olib kelmaydimi? Robotlar va sun’iy intellect tizimlari insonlar oʻrnini egallab olib, ularning raqobatchilariga aylanmaydimi? Chunki raqamli transformatsiya insoniyat evolyutsiyasining yana bir bosqichidir. Agar tarixga nazar solsak, bunday oʻzgarishlar koʻp martalab sodir boʻlgan. Yangi texnologiyalar hosil boʻlib, ular odatiy mutaxassisliklarning oʻrnini egallaganlar. Ammo bularning natijasida insonlar koʻpchilik xollarda manfaat koʻrganlar holos. Moslasha olmaydiganlar uchungina bunday jarayonlar yomon boʻlib chiqqan, albatta. Lekin, koʻpchilik insonlar moslasha oladilar va buning natijasida insoniyat hayoti yanada farovon va yanada yaxshi boʻlib botraveradi.
Raqamli axborot bozori asosiy hususiyatlaridan biri – qaror qabul qilishdagi tezkorlik va osonlikdir. Salmoqli ishlab chiqarish bazasi bu yerda oxirgi oʻrinda turadi. Abadiy boʻlib koʻringan va tarmoq bozorlarida juda katta ulushlarga ega boʻlgan ulkan korporatsiyalarsanoqli yillar ichida umuman tarixga ega boʻlmagan kompaniyalarga oʻrnini boʻshatib beradi.Shunday qilib,«raqamli» modasi oʻtib ketishini poylab oʻtirish mumkin emas. Bu evolyusiyaning tabiiy va shafqatsiz bosqichi boʻlib, unda oʻtgan asr qoidalari va koʻlamlari bilan yashayotganlar qolib ketadi. Bu yerda ularni dinozavrlarga oʻxshatish juda oʻrinli boʻlar edi.
Infonomika – nisbatan yangi bir fan boʻlib,axborot qiymatini iqtisodiy aktiv sifatida asoslab beradi. Ushbu uslubiyat mualliflarima’lumotlarni alohida fayllar bilan emas, balki kompleks ravishda baholashni tavsiya qiladilar va axborot qiymatining asosiy mezonlaridan biri sifatida ochiqlikdan foydalanishga chaqiradi
-
• biznes yuritish modellari va mavjud hizmatlar portfelini;
-
• mijozlar va hamkorlar bilan munosabatlarda xulq-atvor standartlarini;
-
• shaxsiy tarkibni oʻqitish va motivatsiya qilishga alohida e’tibor qaratgan holdagi korporativ madaniyatni;
-
• virtuallashtirish, ya’ni, bulut texnologiyalarni joriy qilgan holda ITboʻlimlar javobgarlik darajasi va reglamentni;
-
• yangi texnologiyalar, muhitning dasturiy-apparat talablari, mijozlar va hamkorlarning manfaatlarini hisobga olgan holda kompaniya infratuzilmasini tashkil qilishni.
Yuqorida koʻrsatilganlar yana shunisi bilan diqqatga sazovorki, koʻrsatilgan bandlardan istalgan birini yaxshilash maqsadidagi oʻzgarishlarjarayonga passiv aktivlarni chetda qoldirgan holda kompaniya biznes-modellariniva u bilan ishlaydigan elementlarni jalb qilish mumkin. Faqat shu yerda va hozir ishlash uchun kerak boʻlgan sektorgina oʻzgaradi. Shunday qilib, raqamli iqtisodiyot oʻzgaruvchan jismoniy aktivlarga nisbatan mobil boʻladi. Yangi texnologiyalarni tufayli mavjud fondlar va mexanizmlarni buzmaslik kerak.Oʻz vaqtida oʻtkaziladigan audit va roʻy berayotgan xodisalarni yaxshi tushunish – toʻgʻri yoʻnalishda harakat boshlash uchun yetarli boʻlgan stimullardir.
Foydalanilgan adabiyotlar
-
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349 sonli “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni.
-
2. Oʻzbekiston Respublikasining 2015 yil 22 maydagi “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi OʻRQ-385-son Qonuni
-
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. // Xalq soʻzi, 2017 yil 23 dekabr.
-
4. Shodmonovna F. S., Bakhtiyorovna N. Z., Khaitovna S. M. The need for investment in the development of the country’s economy and entrepreneurship //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. – 2021. – Т. 11. – №. 3. – С. 1101-1108.
-
5. Shodmonovna F. S., Djuraevich K. S., Jamolovich A. R. The importance of economic efficiency in the enterprise and its theoretical aspects //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. – 2021. – Т. 11. – №. 3. – С. 13371345.
-
6. Shodmonovna F. S., Negmatovich Y. N. The role of livestock reform in the development of the country's economy //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. – 2021. – Т. 11. – №. 2. – С. 1080-1085.
-
7. Dustova M., Makhmutullayeva S. КАК ЭЛЕКТРОННАЯ КОММЕРЦИЯ МЕНЯЕТ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННУЮ ЛОГИСТИКУ? //THE INNOVATION ECONOMY. – 2023. – Т. 1. – №. 03.
-
8. Dustova M. COINS TO CRYPTOS: TRACING THE THREADS OF ECONOMIC TRANSFORMATION //Iqtisodiyot va taʼlim. – 2023. – Т. 24. – №. 5. – С. 78-82.
-
9. Dustova M. X., Shomurotova S. O. TIJORAT BANKLARIDA KREDIT RISKLARINI SAMARALI BOSHQARISH //Conferencea. – 2022. – С. 119-121.
-
10. zx SHODMONOVNA F. S. Impact of affordable housing construction and housing and communal services on the welfare of the population by typical projects //The journal of contemporary issues in business and government. – 2021. – Т. 27. – №. 2. – С. 4069-4073.
"Мировая наука" №6 (87) 2024
Список литературы Raqamli iqtisodiyotning ijobiy va salbiy tomonlari
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349 sonli "Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni.
- Oʻzbekiston Respublikasining 2015 yil 22 maydagi "Elektron tijorat toʻgʻrisida"gi OʻRQ-385-son Qonuni.
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. // Xalq soʻzi, 2017 yil 23 dekabr.
- Shodmonovna F. S., Bakhtiyorovna N. Z., Khaitovna S. M. The need for investment in the development of the country's economy and entrepreneurship //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - Т. 11. - №. 3. - С. 1101-1108. EDN: UUCDZK
- Shodmonovna F. S., Djuraevich K. S., Jamolovich A. R. The importance of economic efficiency in the enterprise and its theoretical aspects //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - Т. 11. - №. 3. - С. 1337-1345. EDN: JQBOBH
- Shodmonovna F. S., Negmatovich Y. N. The role of livestock reform in the development of the country's economy //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - Т. 11. - №. 2. - С. 1080-1085. EDN: NYLKAS
- Dustova M., Makhmutullayeva S. КАК ЭЛЕКТРОННАЯ КОММЕРЦИЯ МЕНЯЕТ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННУЮ ЛОГИСТИКУ? //THE INNOVATION ECONOMY. - 2023. - Т. 1. - №. 03.
- Dustova M. COINS TO CRYPTOS: TRACING THE THREADS OF ECONOMIC TRANSFORMATION //Iqtisodiyot va taʼlim. - 2023. - Т. 24. - №. 5. - С. 78-82.
- Dustova M. X., Shomurotova S. O. TIJORAT BANKLARIDA KREDIT RISKLARINI SAMARALI BOSHQARISH //Conferencea. - 2022. - С. 119-121.
- zx SHODMONOVNA F. S. Impact of affordable housing construction and housing and communal services on the welfare of the population by typical projects //The journal of contemporary issues in business and government. - 2021. - Т. 27. - №. 2. - С. 4069-4073.