Soliq ma’muriyatchiligini tashkil etishning ilg‘or xorij tajribasidan mamlakatimiz soliq tizimini takomillashtirishda foydalanish istiqbollari
Автор: Safarova N., Boltayev Sh.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 3-2 (94), 2022 года.
Бесплатный доступ
Maqolada mamlakatimizda soliq tizimi modernizatsiyasining hozirgi bosqichi va istiqbollarida samarali soliq maʼmuriyatchiligi tizimini shakllantirish metodologiyasi ahamiyati oʻsganligining sabablari hamda yangi jihatlarini yoritishga harakat qilingan. Jahon soliq amaliyoti va soliq maʼmuriyatchiligining zamonaviy trendlari tajribalarini oʻzlashtirish asosida uning samarali vosita va usullarini qoʻllash xususiyatlari va vazifalari bayon etilga
Soliqqa tortish, soliq maʼmuriyatchiligi, samarali soliq maʼmuriyatchiligi tizimi, soliqqa tortish rejimi, soliq maʼmuriyatchiligi vosita va usullari, soliq imtiyozlari va preferensiyalari
Короткий адрес: https://sciup.org/140292777
IDR: 140292777
Текст научной статьи Soliq ma’muriyatchiligini tashkil etishning ilg‘or xorij tajribasidan mamlakatimiz soliq tizimini takomillashtirishda foydalanish istiqbollari
Jahon soliq amaliyoti tasdiqlashicha, soliq siyosatining hozirgi zamon talablariga moslashuvchanligini taʼminlashning diqqat markazida – soliq maʼmuriyatchiligi samarali tizimini shakllantirish masalasi yotmoqda. Mazkur jihat soliq maʼmuriyatchiligi samarali tizimini shakllantirishga oid amaliyotning samarali tadbirlariga jiddiy eʼtibor qaratilayotganligidan dalolat beradi. Oʻzbekiston Respublikasida zamonaviy talablarga javob beradigan soliq tizimi modernizatsiyasi va soliq maʼmuriyatchiligi samarali tizimining shakllanishi, uning taraqqiyoti iqtisodiyot ravnaqi uchun muhim mexanizm ekanligi soliq tizimidagi shiddatli islohotlarning borishini, bu sohaga oid soliq amaliyotidagi tizimli oʻzgarishlarni real baholashning ahamiyatini belgilaydi. Umuman, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida yangi talablar asosida soliq maʼmuriyatchiligi samarali tizimini shakllantirish masalalarini oʻrganish muhim ahamiyatga ega. Jahon soliq amaliyotida soliq maʼmuriyatchiligi samarali tizimini shakllantirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarda xufiyona iqtisodiyot ulushini kamaytirish hisobiga soliq tushumlarini sezilarli tarzda oshirish, soliq maʼmuriyatchiligidagi samarasiz xarajatlarni qisqartirish yoʻnalishlari ochib berilgan. Tadqiqotlar natijalari koʻrsatishicha, ayrim mamlakatlarda soliq tushumlarining yuqori darajasi soliq ahloqi va madaniyatining yuqoriligi hamda soliq qonunchiligining barqarorligi bilan bogʻliq boʻlsa, boshqalarida iqtisodiyotda soliq yukining yuqoriligi, samarasiz imtiyozlar va soliq qonunchiligining nobarqarorligi bois soliq tushumlarining past darajasi mazkur tizimdagi hal qilinishi lozim boʻlgan muammolarni koʻrsatmoqda. Yuqorida keltirilgan masalalar samarali soliq maʼmuriyatchiligini shakllantirishning nazariy va amaliy muammolari mavjudligini koʻrsatmoqda va ularni chuqur ilmiy tadqiq etishni taqozo etmoqda.
Oʻzbekistonda davlat moliyasini boshqarishning yangi samarali vosita va usullaridan foydalanish asosida moliyaviy xavfsizlikni taʼminlashda soliq intizomini mustahkamlash metodologiyasi va umumiy nazariyasini rivojlantirish zaruriyati paydo boʻlmoqda. Bu borada iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yoʻnalishi sifatida “soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va tegishli ragʻbatlantiruvchi choralarni kengaytirish”[1], “soliq qonunchiligini soddalashtirish, soliq munosabatlari sohasida normativ-huquqiy hujjatlardagi qarama-qarshiliklar va ziddiyatlarni bartaraf etish, insofli soliq toʻlovchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish”[2], “Soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish strategiyasi vazifalari ijrosi yakunida soliq majburiyatini ixtiyoriy bajarish darajasini 90 foizgacha yetkazish lozimligi”[3] taʼkidlandi. Bular davlat tomonidan samarali soliq siyosatini yuritish boʻyicha strategik rejalashtirish va prognozlashtirish vazifalarini belgilab berdi. Mazkur vazifalar byudjet daromadlari barqarorligini taʼminlash, soliq maʼmuriyatchiligi samarali tizimini shakllantirishning metodologik asoslarini takomillashtirish zaruriyatini koʻrsatib beradi.
Oʻzbekistonda jahon andozalariga mos samarali soliq tizimiga tayanuvchi mustahkam iqtisodiy asos hamda real natijaga asoslangan istiqbolli taraqqiyot yoʻnalishlarini belgilash, soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va tegishli ragʻbatlantiruvchi choralarni kengaytirishga jiddiy ahamiyat berilmoqda. Soliq yukini pasaytirib borish, soliq toʻlovchilar oʻrtasidagi uning nomutanosib taqsimlanishini bartaraf etish, soliq maʼmuriyatchiligidagi nomukammalliklar tufayli soliqlarni hisoblash va toʻlashdagi muammolarni bartaraf etish, soliq toʻlovchilar bilan soliq organlari oʻrtasidagi iyerarxar munosabatlarga yoʻl qoʻymaslik va ularning “hamkorlikda oʻsishi”ni taʼminlashga erishish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga toʻsqinlik qiladigan asossiz soliq tekshiruvlarini bartaraf etish va soliq maslahati koʻrsatish hamda samarali nazorat tadbirlariga oʻtish vazifasi belgilandi.
Oʻzbekistonda samarali soliq maʼmuriyatchiligi tizimini shakllantirish metodologiyasini yanada aniq tarzda ifodalab quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollariga asoslangan yangi soliq siyosati asosida soliq toʻlovchilar uchun yaratilgan sharoit va iqtisodiy bazis, rivojlanishning ustuvor yoʻnalishlarini hisobga olgan holda “samarali solik maʼmuriyatchiligi”, “soliq maʼmuriyatchiligi samaradorligi mezonlari va kursatkichlari”tushunchalari mazmuniga tizimli yondoshuvga asoslangan yangi taʼrif beriladi;
Soliq amaliyoti tadqiqi asosida, samarali soliq maʼmuriyatchiligini shakllantirishning tizimli muammolarini aniqlanadi va ularni hal etishga oid takliflar tizimi tavsiya etiladi.
Solik bazasini kengaytirish va soliq toʻlovchilar moliyaviy imkoniyatlari tizimidagi hozirgi zamon oʻzgarishlarini hisobga olgan holda samarali solik maʼmuriyatchiligi asosida soliq tulovchilarning soliq organlari faoliyati sifatidan konikishlarini kompleks baxolash uslubiyoti taklif etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
-
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisi”dagi PF-4947-son Farmoni. - www.lex.uz
-
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5837-sonli farmoni, 2019-yil 26-sentyabr.
-
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-iyuldagi PQ4389-son qaroriga 1-ilova ”Soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish strategiyasi”ning 3-bob, 3.3-bandi.
-
4. Алиев А.М. Совершенствование механизма налогообложения / автореферат на соискание ученой степени к.э.н. - М.: 2011. - 21 с.
-
5. Савченко Н.Б. Совершенствование платежной дисциплины в механизме налогообложения предпринимательской деятельности / автореферат на соискание ученой степени к.э.н. - М.: 2011. - 27 с.
-
6. Шлянкевич С.В. Усиление контрольной функции налогов в современном механизме налогообложения / автореферат на соискание ученой степени к.э.н. - М.: 2012. - 29 с.
-
7. Алиев Х.Б. Развитие налогового контроля в РФ / автореферат на соискание ученой степени к.э.н. - М.: 2012. - 23 с
-
8. Vahobov A., Joʻrayev A. Soliqlar va soliqqa tortish. - T.: Sharq, 2019. -448 b.
-
9. Niyazmetov I. “Soliqqa tortish mexanizmlarini takomillashtirish orqali soliq tizimi barqarorligini taʼminlash” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi Avtoreferati. T.: BMA, 2018.-70b.
"Экономика и социум" №3(94) 2022
Список литературы Soliq ma’muriyatchiligini tashkil etishning ilg‘or xorij tajribasidan mamlakatimiz soliq tizimini takomillashtirishda foydalanish istiqbollari
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi "Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisi"dagi PF-4947-son Farmoni. - www.lex.uz.
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-5837-sonli farmoni, 2019-yil 26-sentyabr.
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-iyuldagi PQ4389-son qaroriga 1-ilova "Soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish strategiyasi"ning 3-bob, 3.3-bandi.
- Алиев А.М. Совершенствование механизма налогообложения / автореферат на соискание ученой степени к.э.н. - М.: 2011. - 21 с.
- EDN: QFEINX
- Савченко Н.Б. Совершенствование платежной дисциплины в механизме налогообложения предпринимательской деятельности / автореферат на соискание ученой степени к.э.н. - М.: 2011. - 27 с.
- EDN: QHFWSB
- Шлянкевич С.В. Усиление контрольной функции налогов в современном механизме налогообложения / автореферат на соискание ученой степени к.э.н. - М.: 2012. - 29 с.
- EDN: QIHGTX
- Алиев Х.Б. Развитие налогового контроля в РФ / автореферат на соискание ученой степени к.э.н. - М.: 2012. - 23 с.
- EDN: QIIXDB
- Vahobov A., Joʻrayev A. Soliqlar va soliqqa tortish. - T.: Sharq, 2019. -.
- 448 b.
- Niyazmetov I. "Soliqqa tortish mexanizmlarini takomillashtirish orqali soliq tizimi barqarorligini taʼminlash" mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi Avtoreferati. T.: BMA, 2018.-70b.