Sun’iy yo’ldoshlar ma’lumotlari asosida sardoba suv ombori toshqinini o’rganish masalalari
Автор: Matchanov Muzaffar, Abdireimov Salauat, Matjonov Torabek
Журнал: Life Sciences and Agriculture.
Рубрика: Географические науки
Статья в выпуске: 2-1, 2020 года.
Бесплатный доступ
Masofadan olingan ma’lumotlar asosida yer yuzasidagi voqea va hodisalarni o’rganishda sun’iy yo’ldoshlarning ahamiyati katta bo’lib ular jarayonlarni regio nal ko’lamda operativ tarzda tahlil qilish imkonini beradi. Ushbu maqolada Sentinel 1A, Sentinel 2A, Sentinel 3 OLCI, SRTM, Google Earth, OSM ma’lumotlari asosida Sardoba suv toshqinini o’rganishga harakat qilingan. Ko'rib chiqilgan tahlillar va olingan natijalar 05.05.2020 yilgi ma’lumotga asoslanadi.
Sentinel sun’iy yo’ldoshlar tizimi, sardoba suv ombori, suv toshqini
Короткий адрес: https://sciup.org/14125639
IDR: 14125639 | DOI: 10.24411/2181-0761/2020-10015
Текст научной статьи Sun’iy yo’ldoshlar ma’lumotlari asosida sardoba suv ombori toshqinini o’rganish masalalari
Tadqiqot ishining maqsadi. Masifadan olingan ma’lumotlar asosida Sardoba suv omborida sodir bo’lgan texnogen ofatdan ko’rilgan zararni aniqlash.
Material va metodlar. Sentinel-1A sun’iy yo’ldoshining shu sanaga yaqin vaqtda olingan tasvirlari 29-aprel va 5-mayga to’g’ri keldi. Ammo, toshqin hududi haqidagi masofadan olingan ma’lumotlar daryo.uz saytida 02.05.2020 yilgi holat bo’yicha, Sentinel 3 OLCI yo’ldoshi ma’lumotlari asosida keltirildi [3]. Sentinel 3 OLCI ning har kunlik ma’lumotlarini olish imkoni mavjud va texnogen ofat sodir bo’lgan davrda bulutlilik voqeani to’ liq o’rganishda qiyinchilik tug’diradi [4] (1-rasm). Shu sababli ham Sentinel 1A ning yuqori aniqlikdagi ma’lumotlaridan foydalanish maqsadga muvofiq (1-jadval).
1-jadval
Tahlil ucun foydalanilgan sun’iy yo’ldosh ma’lumotlari
Sun’iy yo’ldosh |
Sana |
Fazoviy aniqlilik |
Yuklab olish va o’rganish uchun batafsil ma’lumot |
Sentinel 1A |
29.04.202 0 |
10X10 |
S1A_IW_GRDH_1SDV_20200429T132316_20 200429T132341_032343_03BE56_0401 |
Sentinel 1A |
05.05.202 0 |
10X10 |
S1A_IW_GRDH_1SDV_20200505T012956_20 200505T013021_032423_03C11E_7886 |
SRTM |
2014 |
90 |
srtm_50_04 Version 4.1 |
Sentinel 2A |
23.08.201 9 |
10X10 |
L1C_T42TVK_A021767_20190823T061755 |
Sardoba hududi haqida yetarli geografik ma’lumotlar, jumladan, asosiy kanal va drenaj tizimlari, yirik aholi manzilgohlari va boshqalar Sentinel Scientific Hub, USGS Earthexplorer, OSM va Google Earth suratlari asosida shakllantirildi va qiyoslandi.
Iishni bajarishda bir qanda GAT dasturlari ishlatildi. Jumladan, SNAP dasturi Sentinel 1A suv toshqini hududini tahlil qilishda, ArcMap dasturi raster va vektor tahlillarni olib borish, QGIS dasturi ma’lumotlar o’lchamlarini o’ zgartirish, iMSEP va Google Earth ma’lumotlar to’plashda keng foydalanildi.
Natijalarni hosil qilishning umumiy jarayoni quyidagi metodologik ketma-ketlik asosida bajarildi (2-rasm).
Suv toshinidan ko’ rilgan zarar maydonini aniqlash uchun Sentinel 2A ning 23 avgust 2019 yilgi, bulutsiz davrida va ekinlar yaxshi rivojlangan davri tanlandi. Aprel oyida suv ombor hududi bulutlar bilan muntazam qoplangan. Yilning qish oylarida dehqonchilik uchun yaroqli yerlarni aniqlash murakkab bo’lishi mumkin.
Suv toshqini hududini aniqlash uchun tanlangan davrdagi (1 -jadval) suratlar radiometrik to’g’ irlandi, 7X7 oynani surish usulida filterlandi, faqrni aniq ko’rish uchun rasmlar binarlashtirildi, sur’atlarning xususiyatidan kelib chiqib -23 va -17 qiymatlarda suvli hududni yaqqol ko’rish imkoni bo’ldi. Natijalar geometrik to’girlandi [5,6,7].

1-rasm. Sardoba suv ombori suv toshqining 30 aprel-08 may kunlardagi tasviri, Sentinel 3 OLCI [4].
SRTM ma’lumotlari asosida yer yuzasining geomorfologik holati IDW interpolyatsiya usulidan foydalangan holatda o’rganildi va suv oqimi yo’nalishi, to’planishi hududlari ko’rib chiqildi. Rel’ef holatini tasvirlash uchun gorizontallardan foydalanildi.

2-rasm. Ish jarayonining umumiy metodologiyasi.
Tadqiqot natijalari va xulosalar. Olingan natijalar shuni ko’rsatdiki, 5-may kungi holat bo’yicha suv toshqini ostida qolgan umumiy hudud 299,9 km2 bo’lib, shundan 205,44 km2 maydon O’zbekiton va 94,46 km2 maydon esa Qozog’iston hududiga to’gri keldi. Toshqindan zarar ko’rgan aholi manzilgohlari, ekin dalalari va boshq yerlaning ulushi ham O’zbekistonda katta bo’ldi (2-jadval).
2-jadval.
Sardoba suv toshqini holati bo’yicha ma’lumotlar jadvali
№ |
Hudud nomi |
Jami maydon (km2) |
Suv bosgan maydon (km2) |
Soni |
|||
Umumiy |
UZB |
KAZ |
UZB |
KAZ |
|||
1 |
Ekin dalalar |
1317,32 |
127,829 |
80,94 |
46,889 |
- |
- |
2 |
Boshqa yerlar |
507,51 |
103.9 |
80,33 |
23,57 |
- |
- |
3 |
Aholi manzilgohlari |
- |
68,1712 |
44,172 |
24,0012 |
12 |
5 |
4 |
Suv bosgan hudud |
- |
299.9 |
205,44 |
94,46 |
- |
- |
5 |
Suv ombor maydoni |
53,61 |
34.211 |
- |
- |
- |
- |

3-rasm. Sardoba suv toshqini hududi karta sxemasi.
O’rganigan holatlar bo’yicha quyidagicha xulosalar qilish mumkin:
-
- Olingan natijalar masofadan olingan ma’lumotlarga asoslanadi va 05.05 2020 yilgi holatni ifodalaydi.
-
- Respublikamizda ko’pchilik suv omborlarning quyi qismlarida aholi manzilgohlari joylashgan va ularni ehtimoliy toshqindan muhofaza qilish va evakuatsiya rejalarini ilmiy asoslangan holatda qaytadan ko’rib chiqish zarur.
-
- Evakuatsiya rejalarini ishlab chiqish uchun iMSEP dasturi tavsiya etiladi.
-
- Sardoba suv omborida ehtimoliy toshqin xavfsizlik qoidalari inobatga olingan, ammo unda texnik imkoniyatlardan ko’p suv ushlab turilgan bo’lishi mumkin.
-
- Uchtom aholi manzilgohi mutlaqo noto’g’ri hududga joylashtirilgan.
-
- Maqolada qo’llanilgan metodologiya Erasmus+ EPCA loyihasi tomonidan tayyorlanilgan o’quv kurslari materiallari va dasturi – iMSEP asosida tayyorlanilgan bo’lib, ulardan suv toshinini o’rganish va modellashtirishda keng foydalanish mumkin.
ADABIYOTLAR:
-
1. https://en.wikipedia.org/wiki/Sentinel-1A
-
2. https://sentinels.copernicus.eu/documents/247904/1877131/Sentinel-1- Product-Definition
-
3. https://daryo.uz/2020/05/03/foto-sardobadagi-toshqinning-fazodan-korinishi?
-
4. https://apps.sentinel-hub.com/eo-browser/
-
5. https://moodle-epca.gis.lu.se/mod/assign/view.php?id=501/
-
6. http://dl.urdu.uz/mod/folder/view.php?id=133298
-
7. Kussul N., Shelestov A., Skakun S. “Flood Monitoring on the Basis of SAR Data”, In: F. Kogan, A. Powell, O. Fedorov (Eds.) “Use of Satellite and In-Situ Data to Improve Sustainability”. NATO Science for Peace and Security Series C: Environmental Security, 2011, pp.
Список литературы Sun’iy yo’ldoshlar ma’lumotlari asosida sardoba suv ombori toshqinini o’rganish masalalari
- https://en.wikipedia.org/wiki/Sentinel-1A.
- https://sentinels.copernicus.eu/documents/247904/1877131/Sentinel-1- Product-Definition.
- https://daryo.uz/2020/05/03/foto-sardobadagi-toshqinning-fazodan-korinishi?
- https://apps.sentinel-hub.com/eo-browser.
- https://moodle-epca.gis.lu.se/mod/assign/view.php?id=501.
- http://dl.urdu.uz/mod/folder/view.php?id=133298.
- Kussul N., Shelestov A., Skakun S. "Flood Monitoring on the Basis of SAR Data", In: F. Kogan, A. Powell, O. Fedorov (Eds.) "Use of Satellite and In-Situ Data to Improve Sustainability". NATO Science for Peace and Security Series C: Environmental Security, 2011, pp.