Toshkent vohasining sug’oriladigan hududlarida Tussilago farfara L. (oddiy oqqaldirmoq) o'simligini bioekologiyasi va ko’paytirish usullari

Автор: Raximjonova Z.A., Toxtaev B.Yo.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 6-1 (97), 2022 года.

Бесплатный доступ

Toshkent vohasining sug’oriladigan sharoitida Tussilagi farfara L. o’simligining yetishtirish agrotexnikasini ishlab chiqish (madaniylashtirish) mavzusidagi ilmiy amaliy ishlarning boshlang’ich natijalari va ahamiyati.

Dorivor o'simliklar, madaniylashtirish, agrotexnika, vegetativ ko'paytirish, plantatsiya

Короткий адрес: https://sciup.org/140300400

IDR: 140300400

Текст научной статьи Toshkent vohasining sug’oriladigan hududlarida Tussilago farfara L. (oddiy oqqaldirmoq) o'simligini bioekologiyasi va ko’paytirish usullari

Kirish. Butun dunyoda farmatsevtika sanoatining bugungi kundagi dolzarb muammolaridan biri dori vositalarini tabiiylashtirish, ya’niy dorivor o’simliklar substansiyalaridan dori ishlab chiqarish bo’lib , ayrim rivojlangan mamlakatlarda bu ko’rsatkich 80% ga yetgan. Respublikamizda, tibbiyotda ishlatiladigan dori vositalarining qariyb 40-47% o’simlik xom –ashyolarining substansiyalaridan olinadigan dorilar tashkil etadi.[6] Demak, dorivor o’simliklar tabiiy zaxiralarini muhofaza qilish , yo’qolib ketishini oldini olish va sanoat miqyosida ishlab chiqishni ta’minlash hamda keng masshtabda plantatsiyalarini tashkil etishni yo’lga qo’yish muhim.

Hozirgi vaqtda ushbu muammolarni amalga oshirish davlatimiz va hukumatimiz tomonidan qabul qilinayotgan bir qator qarorlarda ham o’z aksini topgan . Ya’ni, O’zbekiston Reespublikаsi Prezidentining 10.04.2020 yildagi PQ-4770-son “ Yovvoyi holda o’suvchi dorivor o’simliklarni muhofaza qilish , madaniy holda yetishtirish , qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari” to’g’risidagi qarori biz yuqorida keltirgan dolzarb vazifalarni ijrosini ta’minlashda dasur bo’lib xizmat qiladi.

Oddiy oqqaldirmoq , Ko’ka- Матъ и мачеха- Tussilago farfara L. [ Asteraceae Dumort. (Compositae Giseke)- Астровые (Сложносветные) – Qoqio’tdoshlar ( Murakkabguldoshlar)] oilasiga mansub bo’lib, O’zbekistonda bir turi o’sadi. Turkum nomi lotin tilida “tussis” - yo’tal , “agere” – ta’sir etish , yordam berish ma’nosida bo’lib, o’simlikni yo’talga davo ekanligi uchun berilgan. Turni nomi “farris” so’zidan olingan bo’lib, “far” - un , “fero” - olib bormoq, o’simlik barglarini ostki tomoni un sepilganday oq tuklar bilan qoplanganligi uchun atalgan. Toshkent viloyatining ayrim joylarda maskur o’simlik “oq barg”, “shoh ildizi”,”mart guli”, “qum gul” nomlari bilan xalq tabobatida ishlatiladi.[4]

O’simlikning kimyoviy tarkibi o’rganilgan bo’lib , gulli savatchasi tarkibida faradiol, arnidol, taraksantin, sigmasterin, sitosterin va oshlovchi moddalar bor. Bargida achchiq glikozidlar (2,63%gacha tussilyagin), alkoloidlar , flavonoidlar , efir moylari, shilliq moddalar, sitosterin , olma va vino kislotalari , saponinlar, karotinoidlar (5,18%), askorbin kislotasi (5 mg%), inulin va dekstrin aniqlangan.

Dorivor mahsuloti: a) Folium Farfarae – Oqqaldirmoq barglari;

  • b) Flores Farfarae – Oqqaldirmoq gullari.[5]

Oddiy oqqaldirmoq o’simligidan xom-ashyo tayyorlash va uning sifati. Asosan o’simlikning barglari yozning birinchi yarmida hali ular yosh , barglarining ostki qismi qalin , oq tuklar bilan qoplangan vaqtida teriladi. Yig’ilgan xom-ashyoni 2-3 sm qalinlikda qog’oz yoki mato ustiga yoyib, angar yoki havo yaxshi aylanadigan ayvonlarda quritiladi . Bargining yuza qismi yashil , pastki qismi oq kulrang holatda bo’lganida terish tavsiya etiladi. Xom-ashyo hidsiz , ta’mi achchiqroq bo’ladi. Tayyor xom-ashyoning tarkibidagi namlik 13% dan oshmasligi kerak. Umumiy kul miqdori 20% gacha, qo’ng’ir rangga aylangan barglar 5% dan ortiq , kasallangan barglari 3% dan oshmasligi kerak. Tayyorlangan xom ashyo qoplarga 20 kg dan solinadi.

Tibbiyotda qo’llanilishi : O’simlik gullari va barglarining damlamasi yumshatuvchi va balg’am ko’chiruvchi , dezinfeksiya qiluvchi , yallig’lanishga qarshi ta’sir etuvchi vosita sifatida bronxit , laringit, turli o’pka kassaliklari va boshqa shamollash kasalliklarini davolashda ishlatiladi. [4]

Ilmiy tadqiqotlar metodikasi. Tajribalar Toshkent viloyati Qibray tumanida joylahgan “ Qishloq xo’jaligida innovatsion ishlanmalar va maslahat markazi” DUK da o’rganiladi. Iqlimi keskin kontinental. Tuprog’i tipik bo’z tuproq hisoblanadi. Tussilago farfara L. o’simligi ko’p yillik , ildizpoyali bo’lib , ko’paytirish asosan vegetativ yo’l bilan, tabiiy sharoitda o’sib turgan o’simlik ildizpoyasidan olib kelinib ekildi. O’simlikning biomorfologik xususiyatlari Cheripanov Serebryakov (1952) ,O’simliklarni mavsumiy rivojlanishi Beydeman (1974), Zaysev (1978) usullari bilan o’rganiladi. O’simlikning asosan suvga bolgan talabi o’rganilib , sug’orishlar 6 variant asosida amalga oshiriladi .Bunda Tussilago farfara L. o’simligining suvga bo’lgan optimal talabini aniqlash maqsadida sug’orishlar har kuni 7 martadan 2

martagacha va kun ora sug’orish tartibi joriy etiladi. Bundan tashqari o’simlikning tabiiy sharoitda ham o’sish va rivojlanishi kuzatilib , kimyoviy tarkibi va bir qancha ko’rsatkichlari o’rganilib madaniy holda o’stirilayotgan shakli bilan solishtirish ishlari olib boriladi va xulosa qilinadi. Hamma tajriba variantlariga introduksion chidamliligi o’rganilib maqbul variant tanlaniladi, bunda introduksion chidamlilikni aniqlashga asoslangan metod ( Trulevich 1991, To’xtaev 2009) va o’simliklar reproduktiv strategiyalarini tahlil qilish metodi ( Guseynova, 2011) dan foydalanilgan holda introduksion baholash ishlari olib boriladi.[2]

Kutilayotgan natijalar. - Dastlabki tahlilar va o’rganishlar shuni ko’rsatiyaptiki Tussilago farfara L. o’simligi madaniy sharoitda vegetativ yo’l bilan ko’paytirilganda Toshkent iqlim - tuproq sharoitida o’sib rivojlanishi ijobiy holatda bo’lishi introduksion usullarga ko’ra, bashorat qilinadi.

Кeyingi bosqich, тajribalar hamda ularning variantlari bo’lib, 2-3 vegetatsiya yilida o’simlikning introduksiya sharoitida moslashish (adaptatsiya) darajasi (Tussilago farfara L. o’simligining ko’karuvchanlik , o’sish va rivojlanish, tajriba maydonchasidagi pol qalinligi, o’simlikning ontogenez (chala) davrlari , mahsuldorlik va hosildorlik , kimyoviy tarkibini), ko’paytirish usullari va keng masshtabda plantatsiyalarini tashkil etish aspektlari ishlab chiqiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • 1.    O’zbekiston Reespubliksi Prezidentining 10.04.2020 yildagi PQ-4770-son “ Yovvoyi holda o’suvchi dorivor o’simliklarni muhofaza qilish , madaniy holda yetishtirish , qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari” to’g’risidagi qarori

  • 2.    Belolipov I.B., To’xtaev B. Yo., Qarshiboev H.Q. “O’simliklar introduksiyasi” fanidan ilmiy- tadqiqot ishlarini o’tkazishga oid metodik ko’rsatmalar.( to’ldirilgan 2 nashr).- Guliston,2015.-32b.

  • 3.    B. Yo. To’xtaev, T.X. Maxkamov , A. To’laganov , A.I. Mamatkarimov , A.B.Mahmudov , M.O’.Allayorov “Dorivor va ozuqabop o’simliklarni plantatsiyalarini tashkil etish va xom-ashyosini tayyorlash bo’yicha metodik qo’llanma”, Toshkent- 2015.

  • 4.    K. Toyjonov , B.A. Nigmatullaev, Sh.Sh. Sagdullaev “O’zbekiston

    dorivor o’simliklari lotincha nomlanishining etimologik lug’ati”. Toshkent- 2016.

  • 5.    https://themeformen.ru/uz.

  • 6.    Vikipediya .

"Экономика и социум" №6(97) 2022

Список литературы Toshkent vohasining sug’oriladigan hududlarida Tussilago farfara L. (oddiy oqqaldirmoq) o'simligini bioekologiyasi va ko’paytirish usullari

  • O'zbekiston Reespubliksi Prezidentining 10.04.2020 yildagi PQ-4770-son " Yovvoyi holda o'suvchi dorivor o'simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari" to'g'risidagi qarori.
  • Belolipov I.B., To'xtaev B. Yo., Qarshiboev H.Q. "O'simliklar introduksiyasi" fanidan ilmiy- tadqiqot ishlarini o'tkazishga oid metodik ko'rsatmalar.( to'ldirilgan 2 nashr).- Guliston,2015.-32b.
  • B. Yo. To'xtaev, T.X. Maxkamov, A. To'laganov, A.I. Mamatkarimov, A.B.Mahmudov, M.O'.Allayorov "Dorivor va ozuqabop o'simliklarni plantatsiyalarini tashkil etish va xom-ashyosini tayyorlash bo'yicha metodik qo'llanma", Toshkent- 2015.
  • K. Toyjonov, B.A. Nigmatullaev, Sh.Sh. Sagdullaev "O'zbekiston dorivor o'simliklari lotincha nomlanishining etimologik lug'ati". Toshkent- 2016.
  • https://themeformen.ru/uz.
  • Vikipediya.
Статья научная