Abu Nasr Forobiyning ta’lim-tarbiya berishga oid pedagogik va psixologik qarashlari

Автор: Xoshimov S.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 12-1 (91), 2021 года.

Бесплатный доступ

Ushbu maqola Abu Nasr Forobiyning hayot yoʻli, uning chuqur falsafiy kuzatishlari asosida yaratilgan asarlaridagi pedagogika va psixologiya fanlariga oid boʻlgan fikr va gʻoyalar haqida maʼlumot beradi.

Taʼlim-tarbiya, sharq arastusi, komillik, dunyoviy ilm

Короткий адрес: https://sciup.org/140289037

IDR: 140289037

Текст научной статьи Abu Nasr Forobiyning ta’lim-tarbiya berishga oid pedagogik va psixologik qarashlari

Abu Nasr Forobiy (873-950) riyoziyot, falakiyot, tabobat, musiqa, mantiq, falsafa, tilshunoslik va adabiyot sohalarida ijod etgan. U yoshligidan juda isteʼdodli, zehni oʻtkir, xotirasi kuchli boʻlgan. Forobiy Eron va Oʻrta Osiyolik mutafakkirlar Nazzam, Ravandiy,Ar-Roziy; qadimgi yunon faylasuflari: Suqrot, Aristotel, Platon, Galiley taʼlimotlarini chuqur oʻrgangan. Beruniy, Ibn Sino va Firdavsiy mutafakkirlar singari oila, uy-joy orzusini ilm yoʻlida qurbon qilib, butun umrini fanga bagʻishlagan. U 160 dan ortiq asar yozib, oʻrta asr ilm-faniga ulkan hissa qoʻshgan. Bu asarlar orasida "Arastuning metafizika asariga sharh","Baxt-saodatga erishuv haqida", "Tirik mavjudot aʼzolari haqida", "Fozil odamlar shahri" asarlari muhim ahamiyatga ega. Mutafakkirning ilm-fan oldidagi ulkan xizmatlaridan yana biri bu uning yunon olimlarining asarlarini sharhlaganligi va ularni yangi gʻoyalar bilan boyitganligidir. Forobiy yunon falsafasini chuqur bilgani, unga sharhlar bitganligi va jahonga targʻib qilgani hamda zamonasining ilmlarini puxta oʻzlashtirib, fanlar rivojiga ulkan hissa qoʻshgani uchun Sharqda Arastudan (Aristotel) dan keyingi yirik mutafakkir - "Muallim us-soniy" va "Sharq Arastusi" nomlari bilan shuhrat topgan.

Forobiy ilmlarni tasniflashda borliq xususiyatlarining tahlilidan va ularning fanda aks etishidan kelib chiqadi. Uning tasnifi, eng avvalo, tabiatni, tafakkur va nutqni, til va mantiqni o'rganishga qaratilgan. Forobiyga ko'ra, ilmlarning tasnifidan maqsad haqiqatni o'rganish va tasdiqlashdan, uni yolg'ondan farqlashdan iborat. Olimning fikricha, fanlar va umuman bilimlar borliqdan kelib chiqib, borliqni uzoq vaqt o'rganish asosida to'planib boradi. Turli ilmlar bir-birini inkor qilmaydi, balki o'zaro bir-biri bilan bog'liq holda rivojlanadi. Ular dunyoni idrok qilishga va insonlarning baxt-saodatga erishishiga qaratilgandir.

"Taʼlim degan soʻz insonga oʻqitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish ; maʼlum birhunarni egallash uchun zarur boʻlgan amaliy malakalar",- deydi olim. Forobiyning taʼlimtarbiya haqidagi qarashlarida insonparvarlik gʻoyalari alohida oʻrin tutadi. Forobiyning ta'kidlashicha, tarbiyalanuvchi ixtiyoriy ravishda zaruriy, aqliy va axloqiy xislatlarni bilimli boʻlishga, toʻgʻrilik va haqiqatni sevishga, jasur, doʻstlarga sadoqatli boʻlish singari fazilatlarni egallashga intilmog'i lozim. Abu Nasr Forobiy insonga xos hamda uning ma'naviy yuksalishida muhim ahamiyat kasb etuvchi tafakkur va nutqning rivojlanishini ta'lim- tarbiyaning asosini tashkil etuvchi muhim jarayon hisoblaydi. U insonni dunyotaraqqiyotining eng mukammal va eng yetuk yakuni deb biladi. Shunga koʻra olim oʻz asarlarida insonga tarbiya va taʼlim berish zarurligini aytadi va bunda taʼlim- tarbiya usullaridan kutilgan maqsad masalalari asosiy oʻrinni egallashini qayd qiladi. Forobiy insonning maʼnaviy hayotida, asosan, uning ikki tomoniga: aql-idrok ongiga va axloqiga eʼtibor beradi. Shuning uchun taʼlim- tarbiya uning fikricha aqliy tomondan ham, axloqiy tomondan ham yetuk qilib yetishtirishga qaratilmog'i lozim. Taʼlim-tarbiya jarayonida nazariy bilim bilan amaliy harakat, odatiy malaka, faoliyat birlashib boradi, yetuklik shu birlashuvning darajasiga qarab yuzaga keladi. Forobiy tarbiya berish usullari haqida shunday yozadi: birinchi usul: qanoatbaxsh soʻzlar, chorlovchi, ilhomlantiruvchi soʻzlar yordamida odat hosil qilinadi va malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi gʻayrat, kasbga intilish harakatga aylantiriladi. Ikkinchi usul: majbur etish yoʻlidir. Bu usul majburiyravishda tarbiyalanuvchilarni tarbiyalashdir. Farobiy o'zqarashlarida insonning aqliy va axloqiy jihatlariga alohida e'tiborini qaratadi va u "Fozil odamlar shahri" asarida o'n ikki tug'ma xislatni birlashtirgan kishigina axloqli inson bo'la olishini ta'kidlaydi. Bular quyidagilar: "Birinchidan bunday odamning barcha a'zolari mukammal taraqqiy etgan, sog'lom bo'lish lozim; ikkinchidan, tez fahm so'zlovchining maqsadini tez payqay oladigan bo'lsin; uchinchidan, xotirasi juda kuchli va mustahkam bo'lsin; to'rtinchidan, zehni tez va o'tkir bo'lsin; beshinchidan, nutqi ravon, fikri teran, mulohazalarini yorqin bayon eta olsin; oltinchidan, bilish va o'rganishga ishtiyoqi baland bo'lib, bilimlarini charchashni sezmasdan o'zlashtira olsin; yettinchidan, nafsini tiya oladigan, qimor o'yinlaridan jirkanadigan bo'lsin; sakkizinchidan haqiqatni sevadigan bo'lsin; to'qqizinchidan g'ururli va vijdonli bo'lsin, oliyjanob ishlarga intilsin; o'ninchidan, mol-dunyo yig'ishga berilmasin; o'nbirinchidan, adolatli bo'lsin, odamlarni adolatga targ'ib etadigan bo'lsin; o'n ikkinchidan, adolatli bo'lsin, ammo qaysar bo'lmasin, adolat oldida qaysarlik qilib, o'zbilarmonlikka berilmasin, lekin har qanday adolatsizlik, pastkashlik oldida lafzli bo'lsin, o'zi zarur debbilgan narsasini amalga oshirishda qat'iylik ko'rsatsin, qo'rqmas, jasur bo'lsin, qo'rqish va ojizlikni bilmasin".

Keyinchalik esa oʻzgaradi, ya'ni ijtimoiylashuv jarayonida odamalar ming yillardn beri amal qilib kelayotgan qadriyatlar va me'yorlarni qabul qiladilar. Oʻzining " Baxt-saodatga erishuv haqida"asarida bilimlarni oʻrganish tartibi haqida fikr bayon etgan. Uning aytishicha, avval bilish zarur boʻlgan ilm oʻrganiladi, bu olam asoslari haqidagi ilmdir. Uni oʻrgangach, tabiiy ilmlarni, tabiiy jismlar tuzilishini, shaklini, osmon haqidagi bilimlarni oʻrganishi lozim. Undan soʻng, umuman,jonli tabiat ya'ni oʻsimlik va hayvonlar haqidagi ilm oʻrganiladi, deydi. Forobiy inson kamolotga taʼlim - tarbiyani toʻgʻri yoʻlga qoʻyish orqali erishish mumkin deydi. Chunkimaqsadga muvofiq amalga oshirilgan ta'lim-tarbiya insonni ham aqliy, ham axloqiy jihatdan kamolga yetkazadi.

Forobiyning yozishicha, haqiqiy baxtga erishish uchun harakat qiluvchi, o'zaro yordam qiluvchi, xalqini birlashtirgan shahar — fozil shahar hisoblanadi. Baxtga erishish maqsadida o'zaro yordam bergan va birlashgan kishilar fazilatli jamoa bo'ladi. Forobiy fikriga ko'ra, davlatni idora etuvchi shaxs o'zining fazilat va xulq-odobi bilan ajralib turishi, xususan u 6 ta xislatni egallagan bo'lishi, ya'ni adolatli va dono bo'lishi, boshqalarga g'amxo'rlik qilishi, qonunlarga to'la rioya etishi va qonunlarni yarata olishi, kelgusini oldindan ko'ra bilishi kerak. Forobiyning talqinicha, fozil shaharlar yuqori madaniyatli bo'ladi. Unda yashaydigan xalq o'zi istagan kasb-hunarni egallaydi. Bunday jamiyatda to'la erkinlik va teng huquqlik hukm suradi. Forobiyning fozil jamoa haqidagi ta'limoti uning axloqiy kamolot va baxtsaodatga erishuv hamda insonparvarlik g'oyalari bilan chambarchas bog'liqdir. U o'zining ijtimoiy-faIsafiy, siyosiy va axloqiy qarashlari markaziga insonni, uning maqsad muddaolarini o'rganishni, axloqiy kamolot va baxt-saodatga erishuv yo'llarini ko'rsatishni qo'yadi. Axloqiy kamolot deganda, xayr-ehsonli ishlar, go'zal insoniy fazilatlarni tushunadi. Axloqiy kamolotga xalaqit bemvchi salbiy xislatlarga dangasalik, bekorchilik, bilimsizlik, ongsizlik, kasb- hunarsizlikni kiritadi. Forobiy aql, ilm va ma‘rifatni baxtsaodatga erishishning asosiy vositasi deb biladi. Forobiy inson fazilatlarini tug'ma va yashash jarayonida paydo bo'ladigan fazilatlarga bo'ladi. Olimning fikricha, tug'ma fazilatlarga insonning o'ta o'tkir zehnliligi, biror narsani bilishga o'ta qobiliyatliligi kiradi. Lekin tug'ma fazilatlar hayotda kam uchraydi. Asosiy axloqiy fazilatlarni odam yashash davomida egallaydi. Tug'ma fazilatli odamlar ham tarbiyaga muhtoj. Agar unday odamni tarbiyalab va to'g'ri yo'lga solib turilmasa, uning qobiliyati tezda so'nib qolishi mumkin. Tug'ma qobiliyat ham nisbiy tushunchadir. Ba'zi kishilar tug'ma qobiliyatini ishga solib yaxshi natijaga erishsa, boshqalari yomon natijaga erishadi.

Bu fikrlardan Forobiyning taʼlim-tarbiyada, yoshlarni mukammal inson qilib tarbiyalashda, xususan, aqliy-axloqiy tarbiyaga alohida eʼtibor berganligi koʻrinib turibdi. Uning taʼkidlashicha, bilim bilangina maqsadga erishilmaydi va bola ham yetuk boʻlmaydi. Olim daraxtning yetukligi uning mevasi bilan boʻlganidek, insonning barcha xislatlari ham axloq bilan yakunlanishini aytadi. Umuman, Forobiy oʻz davridagi yoshlarning taʼlim olishlari , bilim egallashlari, hunar egallashlari, faoliyat koʻrsatishlari, mehnat qilishlari zarurligi xususida fikrlar bildirgan. Bu fikrlar hozirda ham taʼlim-tarbiyaga gʻoyat muhimdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

  • 1.    Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. -Toshkent, Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993.

  • 2.    Abu Nasr Forobiy. Fazilat, baxt-saodat va kamolot haqida.- Toshkent, Yozuvchi, 2001.

  • 3.    Xayrullayev M. Uygʻonish davri va Sharq mutafakkiri. 1971.

  • 4.    Abdukhamidov I., Tojiboyev U. OBJECTIVE REASONS OF THE MIGRATION PROCESS IN THE FERGHANA ECONOMIC REGION. EPRA International Journal of Economic Growth and Environmental Issues ISSN: 23216247. Volume: 8. Issue: 5. December 2020, 16-19.

  • 5.    Abdukhamidov I. PROCESSES OF POPULATION MIGRATION IN FERGANA REGION // INTERNATIONAL CONFERENCE. "THE HISTORY OF THE FERGANA VALLEY IN NEW RESEARCHES". Section 4. 2021, 3-10.

  • 6.    Рахматуллаев Ш. М. Эволюция экономической политики Республики Узбекистан в 1991-2016 гг.: от плана к протекционизму //ПОЛИТИЧЕСКОЕ ПРОСТРАНСТВО И СОЦИАЛЬНОЕ ВРЕМЯ: ГЛОБАЛЬНЫЕ ВЫЗОВЫ И ЦИВИЛИЗАЦИОННЫЕ ОТВЕТЫ. – 2021. – С. 173-180.

  • 7.    Рахматуллаев Ш. М., Салимов Ш. Ю. НОВАЯ ДЕМОГРАФИЧЕСКАЯ СИТУАЦИЯ И ПРОБЛЕМА ЗАНЯТОСТИ В УЗБЕКИСТАНЕ //Материалы VII Международной научно-практической конференции «Актуальные проблемы социально-трудовых отношений», посвященной 60-летию основания Института социально-экономических исследований ДФИЦ РАН. – 2019. – С. 317-320.

  • 8.    Маҳмудова А. Историческое значение проводимых исследований ученых археологов на территории Согда //Общество и инновации. – 2021. – Т. 2. – №. 10/S. – С. 42-46.

  • 9.    Khoshimov, Sanjarbek Sultanbekovich (2020) "THOUGHTS ABOUT HUMAN NATURE IN CHINESE PHILOSOPHICAL THINKING AND THEIR INTERPRETATION IN THE IDEAS OF WANG YAN MIN," Scientific Bulletin of Namangan State University: Vol. 2 : Iss. 1 , Article

  • 10.    Санжарбек Султонбекович Хошимов “ВАН ЯН МИН ФАЛСАФИЙ ТАЪЛИМОТИНИНГ МАЪНАВИЙ-АХЛОҚИЙ ВА ГНОСЕОЛОГИК ҚИРРАЛАРИ” // Academic research in educational sciences. 2020. №3.

"Экономика и социум" №12(91) 2021

Список литературы Abu Nasr Forobiyning ta’lim-tarbiya berishga oid pedagogik va psixologik qarashlari

  • Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. -Toshkent, Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993.
  • Abu Nasr Forobiy. Fazilat, baxt-saodat va kamolot haqida.- Toshkent, Yozuvchi, 2001.
  • Xayrullayev M. Uygʻonish davri va Sharq mutafakkiri. 1971.
  • Abdukhamidov I., Tojiboyev U. OBJECTIVE REASONS OF THE MIGRATION PROCESS IN THE FERGHANA ECONOMIC REGION. EPRA International Journal of Economic Growth and Environmental Issues ISSN: 2321-6247. Volume: 8. Issue: 5. December 2020, 16-19.
  • Abdukhamidov I. PROCESSES OF POPULATION MIGRATION IN FERGANA REGION // INTERNATIONAL CONFERENCE. "THE HISTORY OF THE FERGANA VALLEY IN NEW RESEARCHES". Section 4. 2021, 3-10.
  • Рахматуллаев Ш. М. Эволюция экономической политики Республики Узбекистан в 1991-2016 гг.: от плана к протекционизму //ПОЛИТИЧЕСКОЕ ПРОСТРАНСТВО И СОЦИАЛЬНОЕ ВРЕМЯ: ГЛОБАЛЬНЫЕ ВЫЗОВЫ И ЦИВИЛИЗАЦИОННЫЕ ОТВЕТЫ. - 2021. - С. 173-180.
  • Рахматуллаев Ш. М., Салимов Ш. Ю. НОВАЯ ДЕМОГРАФИЧЕСКАЯ СИТУАЦИЯ И ПРОБЛЕМА ЗАНЯТОСТИ В УЗБЕКИСТАНЕ //Материалы VII Международной научно-практической конференции «Актуальные проблемы социально-трудовых отношений», посвященной 60-летию основания Института социально-экономических исследований ДФИЦ РАН. - 2019. - С. 317-320.
  • Маҳмудова А. Историческое значение проводимых исследований ученых археологов на территории Согда //Общество и инновации. - 2021. - Т. 2. - №. 10/S. - С. 42-46.
  • Khoshimov, Sanjarbek Sultanbekovich (2020) "THOUGHTS ABOUT HUMAN NATURE IN CHINESE PHILOSOPHICAL THINKING AND THEIR INTERPRETATION IN THE IDEAS OF WANG YAN MIN," Scientific Bulletin of Namangan State University: Vol. 2: Iss. 1, Article
  • Санжарбек Султонбекович Хошимов “ВАН ЯН МИН ФАЛСАФИЙ ТАЪЛИМОТИНИНГ МАЪНАВИЙ-АХЛОҚИЙ ВА ГНОСЕОЛОГИК ҚИРРАЛАРИ” // Academic research in educational sciences. 2020. №3.
Еще
Статья научная