Bino va inshootlar poydevorlarini korroziyadan himoyalash
Автор: Raximjonov U.R.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 6-1 (97), 2022 года.
Бесплатный доступ
Respublikamiz ijtimoiy va transport, kommunal infratuzilma inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilishda beton va temir beton konstruksiyalaridan keng miqyosda foydalanilmoqda. Ular bino va inshootlarda ishlash davrida tashqi agressiv muhit ta’sirida yemirilishi mumkin.
Korroziya, kommunal infratuzilma inshootlari, tashqi agressiv muhit, poydevorlarini gidroizolyasiyasi, gidroizolyasiya materiali,
Короткий адрес: https://sciup.org/140300399
IDR: 140300399
Текст научной статьи Bino va inshootlar poydevorlarini korroziyadan himoyalash
O‘tgan yillar mobaynida barpo etilgan bino va inshootlar, jumladan, namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan yakka tartibdagi uylar holatlarini tahlil etilganda bu masalaga yaxshi e’tibor berilmagani aniqlandi.
Namunaviy uy loyihalarini tuzishda muayyan mintaqaning tabiiy-iqlim sharoitlarini, tuproqlar va yerosti minerallashgan suvlarining poydevorlarga ta’siri hisobga olinmagan. Loyihalarda uylarning poydevorlarini gidroizolyasiya qilish maqsadida ularni asoslariga bitum bilan shimdirilgan shag‘al yotqizish, poydevorlarning tuproqlar bilan tutashgan yuzalariga ikki qatlamli bitum mastikasini surkash ko‘zda tutilgan [1]. Lekin, bunday tadbirlar, respublikamizning ko‘plab hududlarining tuproqlari va yerosti suvlari kuchli minerallashganligi sababli, qurilayotgan namunaviy uylar poydevorlarini yemirilishdan keraklicha himoya qilolmaydi. Bundan tashqari, ba’zi quruvchi-ishchilarning yetarli darajada malakaga ega bo‘lmaganligi poydevorlarni barpo yetishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilishiga, gidroizolyasiya ishlarini sifatsiz bajarilishiga sabab bo‘lmoqda. Bularning hammasi minerallashgan yerosti suvlari ta’sirida poydevorlarning yemirilishini tezlashtirishga olib kelishi mumkin.
Hozirgi davrda, xorijiy firmalar tomonidan g‘isht, beton va boshqa tosh materiallarini minerallashgan yerosti suvlari ta’sirida yemirilishidan himoyalovchi qator gidroizolyasiya materiallari tavsiya etilmoqda.
Bunday materiallar jumlasiga, Rossiyaning “Antigidron” ilmiy-ishlab chiqarish firmasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan «Mobet» markali sizib kiruvchi gidroizolyasiya materialini kiritish mumkin [2].
Mazkur gidroizolyasiya materiali bilan poydevorga ishlov berilganda, u beton yuzasida yuqori ximiyaviy potetsial hosil qiladi, bu paytda betonning ichki strukturasi past ximiyaviy potensialni saqlab qoladi. Bunda vujudga kelgan osmotik bosim potensiallar qiymatlari orasidagi farqni tenglashtirishga harakat qiladi.
Osmotik bosim yordamida «Mobet»ni aktiv komponentlari beton strukturasiga chuqur kirib boradi. Betondagi suv aktiv ximiyaviy komponentlarni beton tanasiga yana ham chuqurroq kirib borishiga yordam beradi.
Beton strukturasi ichiga chuqur joylashib olgan «Mobet»ni aktiv ximiyaviy elementlari beton tarkibidagi kalsiy gidroalyuminati (3CaO . Al 2 O 3 . 6H 2 O) bilan reaksiyaga kirishib, kalsiy gidrosilikati (2CaO . SiO 2 . nH 2 O) va natriy alyuminati (NaO . Al 2 O 3 ) ni hosil qiladi. Natriy alyuminati o‘z navbatida shimilish yuzalariga yaqin bo‘lgan beton qatlamlarining qotishini tezlashtiradi.
Bu reaksiyalar jarayonida hosil bo‘lgan suvda erimaydigan kalsiy gidrosilikati kristallari betondagi g‘ovaklar, kapillyarlar va mikroyoriqlarni to‘ldirib, minerallashgan yerosti suvlari poydevorni ichki qatlamlariga o‘tishiga to‘sqinlik qiladi. Buning natijasida betonning 150 mm.gacha bo‘lgan qatlamini suv o‘tkaz-maslik darajasi va sovuqqa chidamliligi bir necha barobarga oshadi.
Aktiv ximiyaviy komponentlarni kirish chuqurligi va kristallarni vujudga kelish tezligi ko‘p faktorlarga bog‘liq, jumladan, betonning g‘ovakdorligi, zichligi hamda agressiv moddaning konsentratsiyasi, harorati ham bu jarayonga katta ta’sir ko‘rsatadi.
a)

b)

Rasm. Beton tuzilishining Mobet» materiali bilan ishlov berishdan avvalgi ( a ) va keyingi ( b ) elektron tasviri
«Mobet» seriyasidagi gidroizolyasiya materiallari betonning minerallashgan, rN ko‘rsatgichi 4 dan 11 gacha bo‘lgan yerosti suvlari va boshqa agressiv moddalar ta’siridan 50 yil davomida ishonchli himoya qilish qobiliyatiga ega, hamda ularni qo‘llash natijasida konstruksiyalarni gidroizolyasiya qilish ishlarida iqtisodiy samaralarga erishish imkon beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
-
1. Хожиакбар Солижон Угли Солижонов, & Мухтасар Исроилжон Кизи Каримова (2022). ИЗУЧЕНИЕ ОСНОВНЫХ ВИДОВ НАУЧНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ. Scientific progress, 3 (1), 857-861.
-
2. Bakhromjon Adhamovich Otakulov, Bekzod Xomidjonovich Kodirov, & Hojiakbar Solijon O’G’Li Solijonov (2021). SELECTING THE OPTIMAL BITUMEN CONTENT. Scientific progress, 2 (8), 415-420.
-
3. Bakhromjon Adhamovich Otakulov, Bekzod Xomidjonovich Kodirov, & Hojiakbar Solijon O’G’Li Solijonov (2021). ASPHALT CONCRETE PREPARATION TECHNOLOGY. Scientific progress, 2 (8), 421-425.
-
4. Bakhromjon Adhamovich Otakulov, Bekzod Xomidjonovich Kodirov, & Hojiakbar Solijon O’G’Li Solijonov (2021). CALCULATING THE COMPOSITION OF THE MINERAL PART. Scientific progress, 2 (8), 403-408.
-
5. Bakhromjon Adhamovich Otakulov, Bekzod Xomidjonovich Kodirov, & Hojiakbar Solijon O’G’Li Solijonov (2021). DETERMINATION OF ASPHALT CONCRETE COMPOSITION. Scientific progress, 2 (8), 409-414.
-
6. Bakhromjon Adhamovich Otakulov, Bekzod Xomidjonovich Kodirov, & Hojiakbar Solijon O’G’Li Solijonov (2021). ASSESSMENT OF THE QUALITY OF SOURCE MATERIALS FOR ASPHALT CONCRETE. Scientific progress, 2 (8), 396-402.
-
7. Isoev, Y. (2021, March). The publicistic heritage of mahmudkhoja behbudi. In Конференции .
-
8. Otakulov, B. A., Isoyev, Y. A., & Salimjonov, J. H. O. G. L. (2021). WAYS TO SAVE CERAMICS AND FIRE BUILDING MATERIALS. Scientific progress , 2 (7), 718-721.
-
9. Otakulov, B. A., Isoyev, Y. A., & Salimjonov, J. H. O. G. L. (2021). THE SCIENCE OF BUILDING MATERIALS TAKES PLACE IN ARCHITECTURE. Scientific progress , 2 (7), 725-727.
-
10. Otakulov, B. A., Isoyev, Y. A., & Salimjonov, J. H. O. G. L. (2021). ABOUT MONOLITHIC REINFORCED CONCRETE STRUCTURES IN CONSTRUCTION. Scientific progress , 2 (7), 722-724.
-
11. Isoev Yu.A., Salimjonov Ja.X.O.G.Li. Интернаука. 2021. № 21-5 (197). С. 77-79.
"Экономика и социум" №6(97) 2022
Список литературы Bino va inshootlar poydevorlarini korroziyadan himoyalash
- Хожиакбар Солижон Угли Солижонов, & Мухтасар Исроилжон Кизи Каримова (2022). ИЗУЧЕНИЕ ОСНОВНЫХ ВИДОВ НАУЧНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ. Scientific progress, 3 (1), 857-861.
- Bakhromjon Adhamovich Otakulov, Bekzod Xomidjonovich Kodirov, & Hojiakbar Solijon O'G'Li Solijonov (2021). SELECTING THE OPTIMAL BITUMEN CONTENT. Scientific progress, 2 (8), 415-420.
- Bakhromjon Adhamovich Otakulov, Bekzod Xomidjonovich Kodirov, & Hojiakbar Solijon O'G'Li Solijonov (2021). ASPHALT CONCRETE PREPARATION TECHNOLOGY. Scientific progress, 2 (8), 421-425.
- Bakhromjon Adhamovich Otakulov, Bekzod Xomidjonovich Kodirov, & Hojiakbar Solijon O'G'Li Solijonov (2021). CALCULATING THE COMPOSITION OF THE MINERAL PART. Scientific progress, 2 (8), 403408.
- Bakhromjon Adhamovich Otakulov, Bekzod Xomidjonovich Kodirov, & Hojiakbar Solijon O'G'Li Solijonov (2021). DETERMINATION OF ASPHALT CONCRETE COMPOSITION. Scientific progress, 2 (8), 409-414.
- Bakhromjon Adhamovich Otakulov, Bekzod Xomidjonovich Kodirov, & Hojiakbar Solijon O'G'Li Solijonov (2021). ASSESSMENT OF THE QUALITY OF SOURCE MATERIALS FOR ASPHALT CONCRETE. Scientific progress, 2 (8), 396-402.
- Isoev, Y. (2021, March). The publicistic heritage of mahmudkhoja behbudi. In Конференции.
- Otakulov, B. A., Isoyev, Y. A., & Salimjonov, J. H. O. G. L. (2021). WAYS TO SAVE CERAMICS AND FIRE BUILDING MATERIALS. Scientific progress, 2(7), 718-721.
- Otakulov, B. A., Isoyev, Y. A., & Salimjonov, J. H. O. G. L. (2021). THE SCIENCE OF BUILDING MATERIALS TAKES PLACE IN ARCHITECTURE. Scientific progress, 2(7), 725-727.
- Otakulov, B. A., Isoyev, Y. A., & Salimjonov, J. H. O. G. L. (2021). ABOUT MONOLITHIC REINFORCED CONCRETE STRUCTURES IN CONSTRUCTION. Scientific progress, 2(7), 722-724.
- Isoev Yu.A., Salimjonov Ja.X.O.G.Li. Интернаука. 2021. № 21-5 (l97). С. 77-79.