Bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish
Автор: Shokirova Ch.T., Yo‘ldasheva R.T.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Современные науки и образование
Статья в выпуске: 10 (89), 2021 года.
Бесплатный доступ
Maqolada chizmachilik fanidan kasbiy kompetentligini shakllantirish xaqida so’z boradi.
Shakl, detal, qirqim, jism, prizma, frontal, profil, sintez, tеkislik.
Короткий адрес: https://sciup.org/140260982
IDR: 140260982
Текст научной статьи Bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan kunidanoq har jabhada ijobiy o’zgarishlar olib borilmoqda. Milliy qadriyatlarimzni tiklash, ota-bobolarimiz qoldirgan boy me’moriy yodigorliklarni asrash, kelajak avlodga yetkazish masulyati bizning zimamizda turibdi. O’zbekistonning har bir viloyati yoki tumanida o’ziga yarasha urf odati, binolarni sharqona bezatish, iqlimdan kelib chiqib qurlganligi jaxon xamjamiyatini qiziqishlariga sabab bo’lmoqda. Yangi qurilayotgan binoning poydevor ostiga to’shalgan xomashiyodan tortib gumbaz yopilganigacha qadar aniq o’lcham iqlim sharoyitidan kelib chiqib tuzilgan. Binolarni bezatish ishlarida geometrik naqishlardan keng foydalanilganligi va milliylikni aks etirishi binoning jozibador bo’lishiga o’zini hissasini qo’shgan. Bugungi kunda yurtimizda qurilayotgan yangi binolarda ham qadimgi shaxarsozlik ananalariga tayanib bezash ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich
Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida
“Xalqimiz shuni yaxshi bilishi kerak: oldimizda uzoq va mashaqqatli yo‘l turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz o‘qib-o‘rgansak, ishimizni mukammal va unumli bajarsak, zamonaviy bilimlarni egallab, o‘zimizni ayamasdan oldinga intilsak, albatta, hayotimiz va jamiyatimiz o‘zgaradi”
Pedagogikada kompetentli yondashuv mutlaqo yangi hodisa emas, balki uning irmoqlari uzluksiz rivojlanib boruvchi ta’lim jarayonlarida mavjud bo‘lib, ular bosqichma-bosqich shakllangan edi. «Mahorat», «malaka», «salohiyat» masalalari, faoliyat, shu bilan birgalikda, bir qator faoliyatlarning birikuvi M.N.Skatkin, I.Yf.Lerner, V.V.Kraevskiy, G.P.Shedrovidskiy, V.V.Davidov va boshqa pedagogika sohasining olimlari ilmiy asarlari asosini tashkil etgan.
Psixologiyada I.N.Shpilrien, S.G.Gellershteyn, E.A.Klimov, V.D.Shadrikov, K.K.Platonov, N.V.Kuzmina fikrlariga ko‘ra hayotda yuz beradigan turli vaziyatlarni, muammolarni echishga yordam beradigan fazilatlar, qobiliyatlar kompetentlik deb tushuntiriladi. Kasbiy kompetentlik – bu qaysidir kasbda bor bo‘lgan standartga rioya qilish demakdir.
Fazoviy obrazlarga tayanib ish ko‘rish va u asosda turli o‘quv ishlab chiqarish vazifalarini bajarish inson aqliy faoliyatining muhim hususiyati ekanligi hammaga ayon.
Bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirishda grafik tasvir va tavsif monandligini ta’minlashda o‘quvchilarning fazoviy tasavvurlarini shakllantirish va u bilan bog‘liq bo‘lgan malakani oshirish grafik faoliyatining eng muhim tarkibiy qismidir. Zero, hech bir o‘quv fani fazoviy tasavvur va fazoviy farazni chizmachilikdan rivojlantira olmaydi.
Ilmiy-metodik adabiyotlarda fazoviy tasavvur, fazoviy faraz, fazoviy tushuncha, fazoviy tafakkur kabi so‘zlarni ko‘p uchratish mumkin.
Ammo bu so‘zlar mazmuniga ko‘ra har xil mohiyat kasb etadi, chunki tasavvur taffakurdan, taffakur esa tushunchadan keskin farq qiladi. Chizmachilik darslarida bu atamalarni qo‘llaganda proyeksiyani qurish bilan narsaning fazoviy qiyofasini tasavvur etishini tushunamiz. Buyumlar va ularning fazoviy munosabat va hususiyatlarni anglash bilan bog‘liq bo‘lgan bu tushunchalar o‘quvchilarda tasodifan sodir bo‘lmay, balki grafik savodni o‘rganish jaryonida chizmachilik o‘qituvchilarning yordami bilan hosil bo‘ladi.
Ko‘pgina detallarning shakli geometrik jismlarning yig‘indisi yoki ularning ayirmasidan tuzilganligi ularni geometrik tushunchalar bilan aniqlanishi bejiz emas.
O‘quvchi buyumning shakli haqida aniq bir fikrga kelishi uchun geometrik jismlar va ularning o‘zaro bog‘lanishlari haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishi kerak. Tasavvurning o‘zi nima? Psixologik adabiyotlarda tasavvur deb qachonlardir biz qabul qilgan va sezgan hodisalar va narsalarning obrazlari haqidagi bizning ongimizga qayta tiklangan xissiy qiyofalar tushuniladi.
Tasavvur sezgi va idrok bilan uzviy bog‘liq holda ulardan farq qilib, ancha umumlashgan xarakterga egadir.
Agar o‘quvchi proyeksion chizma bilan ish ko‘radigan bo‘lsa (chizmani o‘qish jaryonida), narsani ayrim geometrik jismlarga ajratib, ularning munosabatlarni, o‘zaro bog‘lanishlarini tekshirish natijasida uning ongida narsaning hajmi namoyon bo‘ladi.
Psixologik tushuncha deganda ongimizning shunday faoliyati tushuniladiki, bu jarayonda fikrimizni o‘zgartiramiz, jamlaymiz va ilgari bizda bo‘lmagan yangi fikrga kelamiz. O‘quvchi narsaning qiyofasini ko‘z oldiga keltirish uchun undagi geometrik jismlarni tasavvur qila olishi muhim ro’l o‘ynaydi. Chizmadagi hamma proyeksiyalarni sintez qilish natijasida detalning fazoviy obrazi hosil bo‘ladi. Detalning ayrim elementlarini alohida tasavvur qilish bilan fikran uning butun bir qiyofasi gavdalanadi. Demak proeksiyani munozara qilayotganda tahlil sintez bilan almashadi. O‘quvchi detalning obrazini ko‘z oldiga keltirayotganda hayolan proyeksiyaga moslab, u yoki bu yoqqa qarab boradi va solishtiradi hamda xulosa chiqaradi.
Tahlil, sintez, solishtirish, xulosa chiqarish chizmani o‘qish murakkab ruhiy tafakkur ekanligini ko‘rsatmokda. O‘qituvchi bu ruhiy jaryonga to‘g‘ri ta’sir qilish uchun dialektikaning rivojlanish konuniyatlarini bilishi kerak.
Detallarning shaklini aniqlashda ko‘rinishlarning etarli bo‘lishi haqidagi qoidalarga amal qilib, dastlabki xulosa chiqariladi. Agar o‘quvchi detal shaklining fazoviy obrazini har ikkala ko‘rinishni birlashtirish bilan ko‘z oldiga keltira olmasa, har ikki proeksiyani hosil qilgan burchakka uchinchi tekislikni jipslashtirib uch yoqli burchakni hosil qiladi.
Ma’lumki, texnik detallar ayrim qismlardan (teshiklar, o‘yiqlar, kesiklardan) tuzilib, ularni konstruktiv elementlar deb yuritamiz.
Biroq hozirgi ta’lim mazmunida bunga turli xil qarashlar mavjud.
Konstruktiv qismlar tarkibi turli geometrik sirtlar va ularning o‘zaro munosabati asosida yuzaga keladi. Buning o‘zi vazifasiga ko‘ra har xil funksiyani bajaradi. Shunga ko‘ra ularning vazifasi va tuzilishiga ko‘ra har xil nomlar bilan ataladi.
Bularni to‘g’ri nomlash va ta’lim jarayonida uni to‘g’ri qo‘llash barchasi chizmachilik fanini metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilishga bog’liq. Bu o‘z o‘rni bilan o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlariga, fanlararo integrativ yondashuvga asoslanadi. Ularning bilish bazasi aynan shu o‘rinda namayon bo‘ladi va amalda u juda katta yordam ko‘rsatadi. Mehnat ta’limi (hozirgi kunda texnologiya deb yuritiladi), tasviriy san’at, matematika va uning tarkibidagi geometriay va boshqa fanlarning ulishi alohida o‘ringa ega. Bu fanlar o‘quvchilarni politexnik tarbiyalashda kuchli vosita hisoblanadi. Bularning zamirida har qanday o‘quvchini chizmani to‘g’ri o‘qishga, to‘g’ri tahlil qilishga, tafsiflashga hamda tafsif yozishga va ular asosida grafik tasvirlarni sifat jihatdan yuqori darajada bajarishga o‘rgatish mumkin. O‘quvchilar chizmalarni standart talablariga javob beradigan qilib bajarishlari orqali ular o‘z qo‘llarida bajargan ishlaridan zavqlanib, estetik tarbiyalanadilar, tozalik, mehnatsevarlik va tartiblilikka o‘rganadilar. Chizmachilikdan birinchi topshiriqni “Grafik tasvirlarga mening misollarim” mavzusida berishni tavsiya qilamiz. Bu topshiriq chizmachilikdan birinchi dars – tanishtirish darsini o‘tgandan keyinoq beriladi. Topshiriqda o‘quvchilarning shaxsiy qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ixtiyoriy mavzuda gazeta va jurnallardan qirqib olingan grafik tasvirlardan chizma qog‘ozida applikatsiyalar tayyorlash vazifa qilib beriladi. Bunda birinchidan, o‘qituvchi o‘quvchilarning qiziqish yo‘nalishlarini bilib olsa, ikkinchidan, bu topshiriqni o‘quvchilar og’zaki ifoda qilishi, yozma shaklda sharhlar berishi bilan ularning qiziqishini oshiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
-
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasidan.
-
2. Murodov Sh va boshkalar, Chizma geometriya. Oliy pedagogika o‘kuv yurtlari uchun darslik, Toshkent, ”Iqtisod-moliya” 2008-y.
-
3. A. N. Valiev, “About the features of the perspective of simple geometric shapes and problems in its training”, IEJRD - International Multidisciplinary Journal, vol. 6, no. 2, p. 7, Mar. 2021.
-
4. Shaydulloyevich, B. K. (2020). Increasing students’ graphic literacy through teaching the sciences of drafting and descriptive geometry. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences , 8 (4), Part II, 75-78 [3].
"Экономика и социум" №10(89) 2021
Список литературы Bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasidan.
- Murodov Sh va boshkalar, Chizma geometriya. Oliy pedagogika o‘kuv yurtlari uchun darslik, Toshkent, ”Iqtisod-moliya” 2008-y.
- A. N. Valiev, “About the features of the perspective of simple geometric shapes and problems in its training”, IEJRD - International Multidisciplinary Journal, vol. 6, no. 2, p. 7, Mar. 2021.
- Shaydulloyevich, B. K. (2020). Increasing students’ graphic literacy through teaching the sciences of drafting and descriptive geometry. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (4), Part II, 75-78 [3].