Boshlang`ich sinf texnologiya darslarida o`quvchilarning ijodkorligini oshirishda klasterning ahamiyati
Автор: Xamidov J.A.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 6-1 (97), 2022 года.
Бесплатный доступ
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini texnologiya fanidan ijodkorligini oshirish masalasini klaster yondashuv asosida yoritib berilgan.
Klaster, klasterli yondashuv, aksiologik, psixologik, metodlar, maqsad
Короткий адрес: https://sciup.org/140300407
IDR: 140300407
Текст научной статьи Boshlang`ich sinf texnologiya darslarida o`quvchilarning ijodkorligini oshirishda klasterning ahamiyati
Ma’lumki, har qaysi davlat, har qaysi millat avvalo o‘z farzandlari qiyofasida, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlod timsolida shu xalqqa xos xususiyat va fazilatlarni namoyon etadigan, uning azaliy orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqaradigan buyuk kuchni ko‘radi. Ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni voyaga yetkazish masalasi biz uchun umummilliy, umumdavlat miqiyosidagi vazifa bo‘lib, bu ezgu maqsad yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarimizni izchil va qat’iyatlik bilan davom ettirish bugungi siyosatimizning diqqat markazida turibdi. Ushbu masalani yechishda innovatsion klaster yondashuvidan foydalanish maqsadga muofiq deb o`ylaymiz. Shu o`rinda klaster tushunchasi va uning mohiyatini yoritib o`taylik.
Klaster deb, ma’lum tizim tushuniladi, ammo bu tizim о‘ziga xos bо‘lib, bunda unga qо‘shilgan elementlar ushbu tizimning ishini yaxshilaydi, biroq undan biron elementning chiqib ketishi bu tizimning buzulishiga olib kelmaydi. Klaster tizimlariga unumdorlik, barqarorlik xos hamda u oson zamonaviylashtirilishi, yangilanishi va turli vositalarda kuchaytirilishi mumkin. Klasterning afzalligi uning global masshtabga egaligi, ochiqligi, egiluvchanligi va boshqaruvining soddaligidadir.
Maktab klasteri: “Tayanch maktablari har bir klasterda о‘zlarining pedagogik sherigiga ega – bu umumiy o’rta ta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari, bu ijtimoiy hamkorlar – OTMlar, kutubxonalar, muzeylar, ommaviy axborot vositalari” va boshqalar.
Klaster yondashuvga murojaat qilishga zaruriyat – klasterning kasbiy ta’lim tizimining samaradorligini oshirish, manfaatdor tomonlar harakatini birlashtirish hususiyatiga ega tashkillashtirish shakli sifatida ustuvorlikka egaligidadir. Klasterlarning asosiy shartlaridan biri ularning xududiy strategiyasidir, zero ta’lim klasterlari о‘z xududidan ajralmagan holda rivojlanadi.
Y.I.Sokolova ta’lim tizimida klasterlarni analiz qilganda klaster va klasterli yondashuv bilan birga innovatsiya termini birga keladi degan xulosaga kelgan. Uning fikricha ta’limni tashkillashtirishning klasterli shakli innovatsion mahsulot yaratish va ijodkor qobiliyatiga ega bо‘lgan shaxslarni tayyorlashga qaratilgan.
Demak, ta’lim klasterida markaziy о‘rinni umumiy maqsad egallaydi. Bu о‘quv jarayonini birgalikda loyihalashda kо‘rinadi hamda bitiruvchilarning kasbiy kompetensiyasining shakllanishini ta’minlaydi.
“Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodkorligini oshirishda applikatsiya ishlaridan foydalanish yo‘llari” mavzusi shu ma’noda dolzarbki, texnologiya fanini o‘qitilishini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, o‘quvchini mehnat faoliyatiga jalb qilish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir.
Boshlang‘ich sinf texnologik ta’lim va texnologiya darslarining tarbiyaviy ahamiyati, o‘quvchilarni qo‘l mehnatiga o‘rgatish, ularni ijodkor, yetuk inson qilib tarbiyalash, o‘z – o‘ziga xizmat ko‘rsatish, mehnat malakalarini oshirirish, amaliy mashg‘ulotlar jarayonida ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, kasbga yo‘naltirish, aplikatsiya ishlari orqali o‘quvchilarni estetik jijatdan tarbiyalash, o‘quvchilarni kasb-hunarli bo‘lib yetishishlariga zamin yaratishdan iborat. Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari qog‘oz turlari va turli tabiiy materiallardan foydalanib, applikatsiya yo‘nalishida kompozitsiyalar va portretlar yaratish jarayonida ularning ijodkorlik qobiliyarlari yanada rivojlanib boradi.
Klaster yondashuv orqali avvalombor muommolar o`rganilib chiqiladi. Boshlang‘ich sinf texnologiya darslarida o‘quvchilarni applikatsiya ishlari orqali ijodkorligini oshirishda turli metodlardan foydalanish, maqsadi va vazifalarini belgilab olishda muammolarining holatini o‘rganish hamda quyidagi tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
^ Boshlang’ich sinf texnologiya darslarida o’quvchilarni applikatsiya ishlari orqali ijodkorligini oshirishda muvaffaqiyatli ish uslublarini o‘rganish;
^ Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni ijodkor qilib tarbiyalashning samaradorligini oshirish;
Muammoni hal etish jarayonida boshlang‘ich sinf texnologiya darslarida o‘quvchilarni applikatsiya ishlari orqali ijodkorligini oshirishda, tarbiyalashning afzalliklari va istiqbollari ochib berildi; o‘quvchilarni applikatsiya ishlari orqali ijodkorligini oshirishda turli metodlardan foydalanishning o‘ziga xos ilmiy pedagogik-psixologik va metodik jihatlari yoritildi; metodlari va vositalari tajriba ishlarida qo‘llanildi va samarali natijaga erishildi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ijodkorligini oshirishda applikatsiya ishlaridan foydalanish yo‘llari o‘quvchilarda turli texnologik ta’lim jarayonida o‘quvchilarni aqliy va axloqiy, estetik jihatdan rivojlantirib borishda ularning yosh hususiyatlarini, shaxsiy, psixologik va fiziologik sifatlarini hisobga olindi.
O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish ishlarini olib borish. O‘quvchilarni bilim, o‘quv ko‘nikmalarini turli usullar bilan davlat ta’lim standartlariga binoan nazorat qilib borildi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ijodkorligini oshirishda applikatsiya ishlaridan foydalanishda amaliy mashg‘ulot davomida ko‘zlangan maqsadga va natijaga erishildi.
Xulosa qilib aytganda, ta’lim makonini klasterlashtirish ta’limni zamonaviylashtirish va ta’lim tizimini kompleks model asosida qurishga imkon yaratadi: u о‘z ichiga konseptual (maqsadlar, metodlar, shakllar, vositalar va b.), aksiologik (qadriyatlar), psixologik-pedagogik (ta’lim oluvchilarning qadriyatlarni о‘zlashtirish mexanizmlari), tashkiliy-boshqaruv (tarbiya tizimida boshqaruv elementlari) komponentlarini joylab olgan bо‘ladi. Sо‘nggi 4-5 yillar ichida klaster tizimini shakllantirish davlat siyosatining muhim qismiga aylandi hamda klasterli rivojlanishning yutuqlari bizning nazarimizda quyidagilarda kо‘rinadi:
^ klaster rivojining barcha bosqichlarida tashkiliy nazorat ta’minlanadi;
^ investitsion loyihalarni amalga oshirish muddatlari ta’minlanadi hamda klaster ishtirokchilarining dastlabki sarflamalari iqtisod qilinadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RО‘YXATI
-
1. Krivix S.V., Makarenya A.A. “Pedagogicheskaya antropoekologiya”. Pedagogika jiznedeyatelnosti. –SPb.: GNU IOV RAO, 2003 g.
-
2. Kamenskiy A.M. “Vnutrishkolniy obrazovatelniy klaster”. // Rejim dostupa: hitp: www.likt590.ru/about/director/cluster.pdf
-
3. Sokolova YE.I. “Razvivayem mishleniye: dlya detey”. – M.: Eksmo-press, 2012 g.
-
4. Porter M.E. “Mejdunarodnaya konkurensiY. –M.: Mejdunarodniye
otnosheniya, 1993 g.
-
5. Бутунов Ж.Р., Аблокулов Ш.З. КОЛЕБАНИЯ ВЯЗКОУПРУГИХ ЦИЛИНДРИЧЕСКИХ ОБОЛОЧЕК С ЖИДКОСТЬЮ // Universum: технические науки : электрон. научн. журн. 2022. 3(96). URL:
08.06.2022).
(дата обращения:
"Экономика и социум" №6(97) 2022
Список литературы Boshlang`ich sinf texnologiya darslarida o`quvchilarning ijodkorligini oshirishda klasterning ahamiyati
- Krivix S.V., Makarenya A.A. "Pedagogicheskaya antropoekologiya". Pedagogika jiznedeyatelnosti. -SPb.: GNU IOV RAO, 2003 g.
- Kamenskiy A.M. "Vnutrishkolniy obrazovatelniy klaster". // Rejim dostupa: hitp:www.likt590.ru/about/director/cluster.pdf.
- Sokolova YE.I. "Razvivayem mishleniye: dlya detey". - M.: Eksmo-press, 2012 g.
- Porter M.E. "Mejdunarodnaya konkurensiY. -M.: Mejdunarodniye otnosheniya, 1993 g.
- Бутунов Ж.Р., Аблокулов Ш.З. КОЛЕБАНИЯ ВЯЗКОУПРУГИХ ЦИЛИНДРИЧЕСКИХ ОБОЛОЧЕК С ЖИДКОСТЬЮ // Universum: технические науки: электрон. научн. журн. 2022. 3(96). URL: https://7universum.com/ru/tech/archive/item/13303 (дата обращения: 08.06.2022).