Oliy ta’lim tizimida masofaviy o’qitish tizimining o’rni va ahamiyati
Автор: Matyakubov K.K., Pinyozov Q.E.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 3-2 (82), 2021 года.
Бесплатный доступ
Ushbu maqolada talabalarni axborot texnalogiyalarining rivojlanishi asrlar davomida o’zgarmay kelayotgan holatlarni o’zgartirib yuborishga sabab bo’ldi. Shu jumladan, ta’lim sohasi rivojlanishi uchun xizmat qilmoqda
Masofaviy ta'lim, pedagogik klaster, sifat ko'rsatkichlari, ta'lim tarbiya, platforma
Короткий адрес: https://sciup.org/140260403
IDR: 140260403
Текст научной статьи Oliy ta’lim tizimida masofaviy o’qitish tizimining o’rni va ahamiyati
Internet tехnologiyalarining kirib kеlishi, axborot texnalogiyalarining rivojlanishi asrlar davomida o’zgarmay kelayotgan holatlarni o’zgartirib yuborishga sabab bo’ldi. Shu jumladan, ta’lim sohasi rivojlanishi uchun xizmat qilmoqda.
Masalan: ta’lim tizimida ta’lim olishning an’anaviy shakllari o’rniga masofaviy ta’lim tizimini joriy etilishiga imkon yaratdi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2016-yil 30-dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida elektron ta’lim tizimiga o’quv-uslubiy majmualarni kiritishni tashkillashtirish to’g’risida”gi 526- son buyrug’ining 4-bandi ijrosi yuzasidan Moodle elektron ta’lim tizimiga o’quv-uslubiy majmualarni joylashtirish va talim tizimida (jarayonida) foydalanish bo’yicha qaror qabul qilindi.
Eng muhimi masofaviy ta’lim joyga, vaqtga bog’liq emas, talabalarning soni cheklanmagan.
Masofaviy o’qitish davomida talaba mustaqil o’quv darsliklarni o’zlashtiradi, nazorat savollariga javob berib boradi.
Ta’limning bu turi sirtqi, maxsus sirtqi, malaka oshirish kurslari hamda oilali, yoshi kattalar va ishlaydigan talabalar uchun juda qulay ta’lim tizimi hisoblanadi.
Masofaviy o’qitish tizimini ikkiga bo’lish munkin:
Birinchisi, oliy o’quv yurtlarida an’anaviy ta’lim olish tizimi va masofaviy o’qitish tizimini o’zaro uzviy bog’lagan holda o’qitishdir.
Buning uchun ta’lim muassasasi (inistitut, universitet) axborot texnalo’giyalari sohasi yaxshi rivojlangan bo’lishi, elektron kutubxonalar va tехnik jihozlar bilan ta’minlangan bo’lishi shart. Tехnik jihozlarga kompyutеrlar, tarmoq qo’rilmalari, yuqori tеzlikdagi Intеrnеt tarmoqlari, vidеo konfеrеntsiya jihozlari va boshqalar.
An’anaviy bilan masofaviy ta’limni o’zaro boglashda universitet (institut) professor-o’qituvchilari muhim rol o’ynaydi.
Ular ma’ruza, amaliyot, laboratoriya, video darsliklar, taqdimotlar va boshqalarni moodle (masofaviy ta’lim tizimining bir turi bo’lib, Web muhitida o’qitish va on-line rеjimdagi darslarni tashkil qiluvchi, vеbga yo’naltirilgan dasturiy majmua hisoblanadi.) tizimiga joylashtirishlari kerak. Bundan tashqari, o’qituvchi talabalarga ma’ruza paytida moodle tizimiga joylashtirilmagan ma’lumotlarni yetkazishi kerak.
Moodle tizimining yana bir qulayligi shundan iboratki, maruza darslarni kamaytirib amaliy, laboratoriya darslarini ko’payrtirish mumkin.
Buni amalga oshirish uchun moodle tizimiga maruza matnini shunday joylashtirish kerakki, talaba o’qib, tushinib olishi 17 lozim.
Buning uzun faqat ma’ruza matni emas, balki mavzuga mos keladigan video darslarni, klaster metodlarini joylashtirish kerak.
Masofali o’qitishning bunday modеli ilk bor Avstraliyaning yangi Angliya univеrsitеti (University of New England, Australia – da tashkil etilgan bo’lib, bugungi kunda dunyoning etekchi oliygohlarida foydalaniladi.
O’zbekistonda birinchi bo’lib Andijon mashinasozlik inistitutida qo’llanilgan .
Hozirda esa Toshkent Viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika Inistituti (TVCHDPI – ham shu tizimga o’tgan.
Ikkinchisi, masofadan turib o’qish tizimidir.
Bu moodle tizimida talaba va o’qituvchi fazoviy muloqatda bo’lish imkoni yaratilgan.
Mana shu masofadan o’qitish tizimi so’nggi yillarda G’arb ta’lim tizimida keng qo’llanilmoqda.
Bunda talaba dunyoning istalgan joyida mustaqil o’qish imkoniyatiga ega va talabalar soni cheklanmagan, vaqtning ahamyati yo’q, eng muhimi bu tizimda online darslarning bo’lishi, o’qituvchi online savol-javob o’tkazish imkoniyatlari mavjud.
Bunday tamoyilda o’qitish tizimi Ochiq univеrsitеtlarda, masalan, Buyuk Britaniyaning Ochiq univеrsitеti (United Kingdom Open University – http://www. da tashkil etilgan.
Hozirgi vaqtda MOODLE tizimi jahonning yirik universitetlarida qo’llab kelinmoqda. MOODLE tizimida taxminan 2 mln nafar faoliyat olib boruvchilar qayd etilgan, 200 ta davlatda 70 tildagi 46 ming o’quv portallari va 300 nafar programmist-ishlab chiqaruvchilar faoliyat olib bormoqda.
Masofaviy ta’lim tizimini ikkita oliy o’quv yurtlari bilan o’zaro qo’llasak bo’ladi. Buning uchun universitet yoki institut xorijiy oliy o’quv yurtlari bilan hamkorlikda moodle tizimi orqali ma’lumotlarni almashishlari kerak.
Oliygohlarning talabalari bir birlarining moodle tizimiga kirgan holda ishlashi, tushunmagan joylarini o’qituvchilardan so’rashi va online orqali bir birlari bilan muloqatda bo’lishi imkonini yaratadi.
Bunda talabalarning fikirlash saviyasi oshadi, yangi-yangi ma’lumotlarni oladi.
Masofaviy ta’limni tashkilot (korxona) sohalari bilan ham bog’lasak bo’ladi.
Tashkilot oliy o’quv yurtlari bilan shartnoma tuzgan holda moodle tizimiga kirib, o’ziga kerakli kadrlarni tanlab olish, ishga taklif qilish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Bunda oliy o’quv yurti tashkilot (korxona) larga talabalarning o’quv jarayonidagi reyting ko’rsatkichlari bilan tanishish va talaba bilan online muloqat, suhbat o’tkazish imkonini yaratib berish kerak.
Masofaviy ta’limning asosiy texnologiyalari quyidagilardan iborat:
Interaktiv texnologiyalar:
-
1. Video va audio konferentsiyalar.
-
2. Internet orqali mustaqil ta’lim olish.
-
3. Test topshirish sistemasi.
-
4. Online muloqat dasturlari.
Interaktiv bo’lmagan texnologiyalar:
-
1. Television va radio ko’rsatuvlar.
-
2. Disklarda joylashgan dasturlar.
XULOSA
-
1. Muammoning nazariyadagi va amaliyotdagi holatining zamonaviy
-
2. О‘quvchilarning mehnat tarbiyasida xalq an’analaridan foydalnishning pedagogik tizimi ishlab chiqildi.
-
3. О‘quvchilarning mehnat tarbiyasi konsepsiyasi qurildi.
-
4. О‘quvchilarning mehnat tarbiyasida xalq an’analaridan
-
5. О‘quvchilarning mehnat tarbiyasini ilg‘or milliy mehnat
-
6. О‘quvchilarni о‘zlarining kuchlariga loyiq mehnat faoliyatiga jalb
-
7. Tadqiqiot vaqtida о‘quvchilarda amaliy malaka va kо‘nikmalarni
metodologik manbalari (vatanimizdagi va chet eldagi) tahlil qilindi, milliy an’analarning boshlang‘ich sinf о‘quvchilari mehnat tartiyasiga hamda о‘quv jaranida va sinfdan tashqari ishlarda shaxsiy sifatlarning shakllantirilishiga ta’siri kо‘rsatib berildi. Konseptual pedagogik qoidalar va pedagogik talablar ishlab chiqildi.
foydalanishning nazariy modeliga qо‘yiladigan asosiy talablar ishlab chiqildi.
an’analarida bosqichma-bosqich amalga oshirishning optimal darajalari asoslab berildi.
qilishga asoslangan mehnat tarbiyasining samarali tizimi ishlab chiqildi.
shakllantirishga amaliy jihatdan psixologo-pedagogik tayyorlashda, mehnat tarbiyasini amalga oshirishda tarbiyaning turli shakl va metodlarini tanlashda xalq milliy an’analaridan foydalangan holda о‘quvchilarga tabaqalashtirib yondoshish imkoniyatlari isbot qilindi.
Список литературы Oliy ta’lim tizimida masofaviy o’qitish tizimining o’rni va ahamiyati
- Матякубов.К (2020). Меhнат тарбияси орqали ўqувчиларнинг ижтимоий hаётга мослашишларини таьминлаш. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 1051-1056.
- Матякубов.К The use of national traditions in the labor education of pupils// Academia,2020.Volume 10,Issue 10,pp 300-305