Boshlanģich sinflarda ona tili óqitish metodlarining samaradorligi

Автор: Shabatova R.J.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 8 (87), 2021 года.

Бесплатный доступ

Hozirda mamlakatimizda ona tilini rivojlantirish katta e'tibor qaratilmoqda. Maktablarda, ta'lim muassasalarida ona tilini óqitishdan turli innovatsion va pedagogik texnologiyalardan foydalanish ustuvorlik kasb etmoqda. Ushbu maqola boshlang‘ich sinflarda ona tilini óqitish me'yorlariga bagishlangan.

Metod, falsafaviy ma'no, didaktik ma'no, ta'lim metodlari, kórsatmali metod, amaliy metod, xususiy metodlar, umumdidaktik sistema.

Короткий адрес: https://sciup.org/140254732

IDR: 140254732

Текст научной статьи Boshlanģich sinflarda ona tili óqitish metodlarining samaradorligi

Ona tili - har bir erlarning, xalqning, millatning óz tili. Ózaro ona tiliga ega bólmagan xalq, xalq emas. U nafaqat shu xalqning turmushi, balki, madaniyati va an'analarini ifodalaydigan sóz. Ona tilining taraqqiyoti shu xalqning ijtimoiy rivojlanishiga sababchi bóladi. Shuning uchun ham ona tilini óqitish, ona tili darslarini tashkil etish juda ahamiyatli. Bu óqituvchining pedagogik mahoratiga boģliq.

Boshlanģich sinflarda ona tili darslarining samaradorligi óqituvchining óqitish metodlarini mukammal bilishi va ularning har birini óz órnida qóllay olishiga boģliq.

"Metod" sózining ózi yunoncha sóz bólib, tadqiqot yoki bilish yóli ma'nolarini anglatadi. Bu tushuncha falsafaviy va didaktik ma'nolarga ega.

Falsafaviy ma'noda bu tushuncha óquvchilarning bilim, malaka va kónikmalar bilan qurollantirish yóllarini bildiradi. Ayrim fanlarni óqitish bilan aloqador masalalarni xususiy metodlar órganadi. Shuning uchun ta'lim metodlari didakt-olimlarni ham, metodistlarni ham qiziqtirib keladi.

Bir guruh olimlar ( S. I. Pirovskiy, E. Ya. Golant ) ta'lim metodlarini bilim olish manbaiga qarab, oģzaki kórsatmali va amaliy me'yorlarga bólsalar, ikkinchi guruhdagi olimlar ( M. A. Danilov, B. I. Esipov ) ma'lum tipdagi darslarda bajariladigan óquvchilari vazifasidan kelib chiqib, bilimlarni egallash, kónikma va malakalarni mustahkamlash, malaka va kónikmalarni tekshirish va baholash kabi metodlarga bólgan.

Yu. K. Babanskiy bólsa ta'lim metodlarini uch katta guruhga ajratadi:

  • 1.    Óquvchilarning óquvchilari- biluv faoliyatini tashkil etish metodlari.

  • 2.    Óquvchilarning óquvchilari- biluv faoliyatini rag‘batlantirish metodlari.

  • 3.    Óquvchilarning óquvchilari- biluv faoliyatini nazorat qilish metodlari.

Tórtinchi guruh olimlar ( M. N. Skatkin, I. Ya. Fermer) bilish faoliyatining óziz xos xususiyatlaridan kelib chiqib, ta'lim metodlarini

  • 1)    tushuntirish - namoyish etish metodi;

  • 2)    qayta xotirlash metodi;

  • 3)    muammoli bayon metodi;

  • 4)    qisman izlanuvchanlik metodi;

  • 5)    tadqiqot ( izlanuvchanlik, ijobiylik) metodlari kabilarga ajratiladi.

Xususiy metodlar, shu jumladan, ona tili óqitish metodikasi ham óqitishning barcha masalalari qatori ta'lim metodlarini tanlashda umumdidaktik sistemaga asoslanilsada, ammo, uning óziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadigan metodlari ham mavjud.

Ona tili óqitish metodlarini ta'lim metodlari kam órganilgan masalalaridan biridir. Metodist H. Rustamov bilimlarni olish manbaidan kelib chiqib, ona tili óqitish metodlarini quyidagicha aytib ótadi:

  • 1)    óqituvchining bayoni;

  • 2)    suhbat;

  • 3)    til hodisalarini kuzatish va tahlil qilish;

  • 4)    grammatik tahlil;

  • 5)    mashq;

  • 6)    darslik ustida ishlash;

  • 7)    kórgazmali qurollardan foydalanish;

  • 8)    sayohat.

Bu metodlar, birinchidan, qayta xotiralariga asoslangan metodlar bólib, ular óquvchilarda ijodiy qobiliyatlarni óstirishga tóla muvofiq kelmaydi. Bu metodlarda, asosan, óqituvchi faoliyati nazarda tutilgan; ta'lim jarayonining subyekti sanalgan óquvchilari e'tiboridan chetda qolgan. Mazkur tasnifda óquvchilarda izlanuvchanlik shakllantirish xizmat qiladigan muammoli bayon, qisman izlanuvchanlik, tadqiqot ( izlanuvchanlik) metodlari tamoman óz ifodasini topmay qolgan.

Ma'lumki, dars ikki yoqlama jarayon bólib, unda óqituvchi ham, óquvchi ham faol ishtirok etadi. Shuning uchun óqitish metodlarini tasnif qilishda nafaqat óqituvchi faoliyati, balki óquvchilari faoliyati ham asos bólib xizmat qilmoģi lozim.

Xulosa qilib aytganda, ona tili darslarida óquvchilari faoliyati óz - ózidan faollashmaydi, albatta. U birinchi navbatda, óqituvchi ttomonidan tóģri tanlangan merosga boģliqlik. Tóģri tanlangan metod uni rivojlantirish vositasi bólib xizmat qiladi. Ona tilini óqitishdan óqituvchilar ta'lim metodlarini tanlashda juda kóp qiyinchiliklarga duch keladilar. Bunday qiyinchiliklarga duch kelmaslik uchun ayblanayotgan metodning órganiladifan til materiali mazmuniga muvofiq kelishi, mavzuning murakkablik darajasi, órganiladifan óquv materiali yuzasidan óquvchilarda ayrim tushunchalarning mavjudligi hisobga olinishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • 1 .    G‘ulomov A, Qodirov M. Ona tilini óqitish metodikasi. T: "Universitet", 2001.

  • 2.    Pirniyazov Q. Boshlanģich sinflarda qoraqalpoq tilini óqitish metodikasi. N: "Bilim", 1993.

"Экономика и социум" №8(87) 2021

Список литературы Boshlanģich sinflarda ona tili óqitish metodlarining samaradorligi

  • G‘ulomov A, Qodirov M. Ona tilini óqitish metodikasi. T: "Universitet", 2001.
  • Pirniyazov Q. Boshlanģich sinflarda qoraqalpoq tilini óqitish metodikasi. N: "Bilim", 1993.
Статья научная