Ona tili ta`limini ijodiy tashkil qilishda amaliy topshiriqlardan foydalanish
Автор: Erkinova N.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 7 (98), 2022 года.
Бесплатный доступ
Ushbu maqolada ona tilidan oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va malakalarini oʻstirishga qaratilgan ijodiy topshiriqlardan foydalanish usullari keng yoritilgan. Oʻquvchilarning yoshiga mos amaliy topshiriqlar ishlab chiqilgan.
Didaktik o'yin, sinkveyn, ta'lim, she'r, mustaqilta'lim
Короткий адрес: https://sciup.org/140300563
IDR: 140300563
Текст научной статьи Ona tili ta`limini ijodiy tashkil qilishda amaliy topshiriqlardan foydalanish
Mаmlаkаtimizdа fаn vа tа’lim tizimidа ulkаn o’zgаrishlаr yuz bеrdi. Mа’nаviy bаrkаmоl, mustaqil fikrlаy оlаdigаn, hаr qаndаy hаyotiy vаziyatgа o’z nuqtаi -nаzаri bilаn yondаshаdigаn shaxsni shaklаntirish zаruriyati pаydо bo’ldi.
Bоshlаng’ich sinf оnа tili darslarini ijodiy tashkil qilishni mustaqil tа’lim asosida o’qitish, tа’lim tizimining asosiy tаmоyillаridаn biri hisoblanadi. Bоshlаng’ich sinf o’quvchilаrigа darsdа vа darsdаn tashqari mustaqil ish qilish uchun vаzifаlаr bеrilаdi. Bu esa o’z nаvbаtidа оnа tili o’qitish tа’limidа o’quv tаrbiya jаrаyonining muhim shakli sifatida kаttа аhаmiyat kаsb etаdi.
O’quvchilаrdа mustaqil ishlash аvvаlо, mustaqil ishlаrgа tayyorlash, o’qituvchi tоmоnidаn mаtеriаllning muаmmоli tаrzdа bаyon etilishi kаbi yo’llаr bilаn hosil qilinаdi. Bundа quyidаgi topshiriqlarni muntаzаm rаvishdа bеrib bоrgаn mа’qul: mаtеriаlni darslik asosida o’rgаnish, nаmunаviy mustaqil mashqlar, yangi turdаgi topshiriqlar, o’zlashtirilgan usullarini аmаldа qo’llashga оid vаzifаlаrni bаjаrish, ijоdiy ishlаrni bаjаrish kаbi.
1-amaliy topshiriq. Keltirilgan tayanch so`zlardan foydalanib, ijodiy matn tuzing.
Qish,qor,bolalar,yaxmalak.
2-amaliy topshiriq. Keltirilgan rasm asosida badiiy matn tuzing. Matnda badiiylikni ta’minlovchi bo‘yoqdor so‘zlardan foydalaning.

NAMUNA. Farzand – oila tayanchi. “Oila mustahkamligi farzand bilan”-deya bejiz aytilmagan. …
3-amaliy topshiriq. “Sinkveyn” metodidan foydalanib matn yarating.
Metodning maqsadi: “Sinkveyn” so‘zi fransuzcha so‘zdan olingan bo‘lib, “besh misradan iborat she’r” tarjimasini beradi.
“Sinkveyn” tuzish qoidasi quyidagicha:
-
- birinchi qatorda bir so‘z bilan mavzu yoziladi - odatda ot turkumidagi
oid so‘z bilan;
-
- ikkinchi qatorda mavzu ikki so‘z bilan ta’svirlanadi - sifat turkumiga oid ikki so‘z bilan;
-
- uchinchi qatorda ushbu mavzu bo‘yicha xatti-harakatlar uch so‘z bilan ta’svirlanadi;
-
- to‘rtinchi qatorda mavzuga aloqadorlikni ko‘rsatuvchi to‘rtta so‘zdan
iborat gap yoziladi;
-
- beshinchi qator mavzu mohiyatini takrorlovchi bir so‘zdan iborat
sinonim shakllantiriladi.
Namuna:
Ona
Mehribon,g`amxo`r
Erkalaydi, sevadi,kuyinadi
Dunyodagi eng ulug` zot
Volida.
4-amaliy topshiriq
“Tez top” o`yini. O`qituvchi o`quvchilarga xalq maqollaridan namunalar aytadi. O`quvchilar esa bunday maqollar qatorini davom ettiradi. Ulardan sanoq sonlarni aniqlaydilar hamda shu maqollarning ma`nolari ustida ish olib boradilar. Sonlarni o`z ichiga olgan maqollarni belgilangan miqdorga yetkazib, ularning ma`nosini tushungan va izohlab bera olgan o`quvchilar o`qituvchi tomonidan rag`batlantiriladi.
Namuna: “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona”, “Sanamay sakkiz dema”, “Bir yil tut ekkan kishi, yuz yil gavhar teradi”, “Bir kalla - kalla, ikki kalla tilla”...
5-amaliy topshiriq
O`quvchilarning imlo savodxonligini oshirish maqsadida “To`g`ri yozgan g`olib bo`lar, yaxshi ilmu tolib bo`lar” o`yin – topshirig`idan foydalansa bo`ladi. Bu o`yinda o`qituvchi ma`lum bir sonlarni raqam bilan taxtaga yozadi va ularni imlo qoidasiga muvofiq yozishni talab etadi. Masalan, 1-2, 3-4, 5, 10 ta, 15 ta, 40, 55, 60 ta, 70-80 ta, 90, 100, v.h.
Raqamlar bilan ifodalangan sonlarni so`zlar orqali to`g`ri yozgan o`quvchilar o`yin sharti asosida g`oliblikni qo`lga kiritishlari mumkin.
Demak, boshlang`ich sinflarda ona tili ta`limini ijodiy tashkil qilish o`quvchilarning o`quv-biluv faoliyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Qosimova K va b. Ona tili o`qitish metodikasi.Toshkent.”Noshir”2009-y.
Список литературы Ona tili ta`limini ijodiy tashkil qilishda amaliy topshiriqlardan foydalanish
- Qosimova K va b. Ona tili o'qitish metodikasi.Toshkent."Noshir"2009-y.
- Ҳомидий Ҳ. ва бошқ. Адабиётшунослик терминлари луғати. - Т.: Ўқитувчи, 1967. 92 - бет.
- Kadrlаr tаyyorlаsh Milliy dаsturi//Bаrkаmоl аvlоd - O'zbеkistоn tаrаqqiyotining pоydеvоri - Tоshkеnt: Shаrq, 1997. - 44 bеt.