COVID-19 ta'siri natijasida gepatobiliar tizimdagi klinik o’zgarishlar
Автор: Oripov Sh.Q.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 6-1 (97), 2022 года.
Бесплатный доступ
Koronaviruslar (Coronaviridae) - RNK-saqlovchi viruslarning katta oilasi bo‘lib, xayvonlarni (ularning tabiiy xujaylarini), hamda odamlarni infitsirlash xususiyatiga ega. Serologik va filogenetik tahlil natijalari asosida koronaviruslar turtta oilaga bo‘linadi: Alphacoronavirus, Betacoronavirus, Gammacoronavirus va Deltacoronavirus. Odamlarda koronaviruslar qator kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin - o‘tkir respirator infeksiyaning (ORVI) yengil shakillaridan og‘ir o‘tkir respirator sindromgacha (TORS ili SARS). Hozirgi davrda aholi orasida to‘rtta mavsumiy koronavirus (HCoV-229E, -0C43, -NL63 va HKU1) tarqalganligi ma’lum bo‘lib, bu viruslar yil davomida ORVI tuzilmasida kuzatiladi, hamda odatda yuqori nafas olish yo‘llarining yengil va o‘rta darajadagi shikastlanishlarini keltirib chiqaradi, shuningdek ikkita yuqori patogen koronavirus - yaqin sharq respirator sindrom virusi (MERS) va yangi koronavirus infeksiyasi COVID-19 mavjud
Gepatobiliar tizim, immun tizim, a'zolarning yallig'lanishi
Короткий адрес: https://sciup.org/140300397
IDR: 140300397
Текст научной статьи COVID-19 ta'siri natijasida gepatobiliar tizimdagi klinik o’zgarishlar
Dolzarbligi.
2019-yilning ohirida Xitoy Xalq Respublikasida yangi koronavirus infeksiyasining ko’tarilishi kuzatildi, uning epitsentri Uhan shaxri-Xubey viloyatida bo’lgan. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) 2020-yil 11-fevralda yangi koronavirus tomonidan chiqarilgan infeksiyaning rasmiy nomini belgilab berdi COVID-19 (<
Ishning maqsadi: Erkak va ayollarda covid-19 virusining gepatobiliar tizimiga ta’sirini va uchrash ko’rsatkichlarini aniqlash.
Tadqiqot usullari: Covid-19 bilan kasallangan va tasdiqlangan bemorlardan, 99 ta bemor, 49 nafar ayol, 50 nafar erkak holati o’rganildi.
O’rganish natijalari: COVID-19 ning kritik xolati sitokinli to’fonning turlaridan biri bo’lib, uning namoyon bo’lishida birlamchi va ikkilamchi gemofagotsitar limfogistiotsitoz yoki makrofaglarning faollashish sindromi xisoblanadi. Sitokin bo’roni keltirib chiqargan o’ziga hos , virusli SARS-CoV-2-endotelit deb nomlangan, patogenezida mikrosirkulyator oqimning shikastlanishi muhim rol o’ynaydi. Autopsiya tadqiqot materiallariga xamda kasallikning klinik manzarasiga asosan minimal darajada COVID-19 ning quyidagi morfologik va klinik turlarini ajratish mumkin: yurak, miya, ichak, buyrak, jigar, diabetik, tromboembolik (o’pka arteriyasining tromboemboliyasida), septik (bacterial va mikotik sepsis mavjud bo’lmaganda), COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda oshqozon- ichak trakti shikastlanishining asosiy patogenetik mexanizmlari sifatida virusning epiteliotsitlarga bevosita ta’siri, sitokinli bo’ron ichak neyroregulyatsiyasiga bilvosita ta’sir qiladi. COVID-19da jigar shikastlanishi: bir nechta tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki covid-19 infeksiyasida jigar shikastlanishi, asosan gepatotsitlar o’rtacha sitolizi va jigar transaminazalari darajasining oshishi Bilan namoyon bo’ladi. Ushbu jarayon virusning gepatotsitlarga bevosita ta’siri natijasida kelib chiqadi.
Xitoyning: Uxan, Chzetsyan, Juanjou, Lanchjou kabi viloyatlarida bemorlarda olib borilgan tadqiqotlarda, bemorlarning: ishtaha pasayish, ko’ngil aynish, qusish, diareya, hid va ta’mning o’zgarishi kabilar aniqlandi, Amerika gastroenterologlar ma’lumotiga ko’ra jigar fermentlarining ko’tarilishi covid-19 bilan Kasallangan va tasdiqlangan bemorlarning 20-30 foizida uchraydi. Ushbu viloyatlarda N.Chen va boshqalar malumotiga ko’ra o’rganilgan 99 holatdan bemorlarning 30 foizdan ko’prog’ida jigar shikastlanishi belgilari ALT, AST, S-reaktiv oqsil kabilar ko’tarilishi aksincha gipoalbuminemiya(40gG‘l)gacha kamayishi aniqlangan. Bu ko’rsatkichlar yuqoridagi viloyatlarda yashovchi bemorlarda turlicha ekanligi aniqlandi. Chzetsyan viloyati 16%, Lanchjou viloyati 6.2%-22%, eng yuqori ko’rsatkich Uxan viloyatida ekanligi aniqlandi (24,1%-36,6% gacha), Olimlar bunga sabab qilib virusli yuklama, qonda viremiya darajalarini yuqoriligini sabab qilib ko’rsatishdi. Bemorlar jinsiga ko’ra yuqoridagi foizlarning kasallangan bemorlarning 58.2%-73.2% foizi erkaklarga, 26.8% -41.9% foizi ayollarga tog’ri kelishi aniqlangan.
Xulosa: Covid-19 fonida jigar disfunksiyasi uchun o’ziga xos gepatotropik terapiya tamoyillari yetarlicha ishlab chiqilmagan. Davolashda asosiy ro’l bemorlarning holatini yetarlicha baxolash, o’z vaqtida to’g’ri muolajalar olib borishga asoslanadi. Bemorning ishtaxasini pasayishi, gipoalbuminemiyani bartaraf qilish, o’pka ventilyatsiyasini tiklash bilan antiagregant, antikoagulyant va albatta gepatoprotektorlar berish sitokinli bo’ronga qarshi kurashish bemorlarda davo muolajalarni samarali bo’lganligi jigar sinamalarini meyorga kelishi bemor shikoyatlarini kamayishi dinamikada bemor holatini yaxshilanib borishi davolash ishlarini tog’ri borayotganligini ifodalab beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
-
1. Профилактика, диагностика и лечение новой коронавирусной
-
2. Ивашкин В.Т., Шептулин А.А., Золникова О.Ю., Охлобo‘стин А.В., Полуэктова Е.А., Трухманов А.С., Широкова Е.А., Гоник М.И., Трофимовская Н.И. Новая коронавирусная инфекция (COVID-19) и система органов пиhеварения. Российский журнал
-
3. Vetter P, Vu DL, L’Huillier AG, Schibler M, Kaiser L, Jacquerioz F. Clinical features of covid-19. BMJ.
инфекции (COVID-19). Версия 9 от 26.10.20. Временнo‘е методические рекомендации Министерства здравоохранения
Российской Федерации.
гастроэнтерологии, гепатологии, колопроктологии
"Экономика и социум" №6(97) 2022
Список литературы COVID-19 ta'siri natijasida gepatobiliar tizimdagi klinik o’zgarishlar
- Профилактика, диагностика и лечение новой коронавирусной инфекции (COVID-19). Версия 9 от 26.10.20. Временнo‘е методические рекомендации Министерства здравоохранения Российской Федерации.
- Ивашкин В.Т., Шептулин А.А., Золникова О.Ю., Охлобo‘стин А.В., Полуэктова Е.А., Трухманов А.С., Широкова Е.А., Гоник М.И., Трофимовская Н.И. Новая коронавирусная инфекция (COVID-19) и система органов пиhеварения. Российский журнал гастроэнтерологии, гепатологии, колопроктологии.
- Vetter P, Vu DL, L'Huillier AG, Schibler M, Kaiser L, Jacquerioz F. Clinical features of covid-19. BMJ.