Endokrin xirurgiyasida anesteziyani baholashda gemodinamik ko’rsatkichlarni axamiyati

Автор: Rahimov Azamat Ulug'ovich, Joniev Sanjar Shuxratovich

Журнал: Re-health journal.

Рубрика: Эндокринная хирургия

Статья в выпуске: 4 (20), 2023 года.

Бесплатный доступ

Annotasiya: Diffuz notoksik va tugunli bo’qoq aholining kasallanish strukturasida muhim o’rin egallaydi va endokrin kasalliklari orasida uchrashi 21% ni tashkil qiladi va ularning barchasi xirurgik davoga muhtoj. Maqsad: Qalqonsimon bez kasalliklari( diffuz notoksik va tugunli buqoqi) bo’lgan bemorlarda operasiya oldi tayyorgarlik usullarlari taxlili va ularni va samaradorligini baxolash. Material va usullar: Tekshirish uchun 110ta bemor 2 guruxga ajratildi: asosiy guruhga 55 ta bemor kiritilib, ularga operasiyadan oldingi kompleks tayyorgarlikka ana’naviy preparatlar bilan, nazorat guruhiga 55ta bemor operasiya oldi tayyorgarligi an’anaviy preparatlar bilan olib borilib markaziy gemodinamika 5 ta bosqichda kuzatishlar olib borildi. Natijalar Qalqonsimon bez kasalligi bor 1-guruh bemorlarda o’rganilayotgan gemodinamik ko’rsatkichlar 5- bosqichgacha stabil qoldi. 1-guruhdagi bemorlarda AQB ni normallashishi, 2-guruhdagi bemorlarda gemodinamik ko’rsatkichlarning oshiganligini kuzatildi. Bemorlarida qondagi glyukoza va kortizol miqdori operasiyadan keyingi davrida oshganligini kursatib, operasiya oldi tayyorgarligi samarasini pastligini va o’tkazilgan anesteziya tulaqonli bo’lmaganligini ko’rsatadi. Xulosa. Qalqonsimon bez kasalligi bo’lgan bemorlarni operasiya oldi tayyorgarlik usullarini taxlili shuni ko’rstadiki ularga operasiyadan oldingi kompleks tayyorgarlikda ana’naviy preparatlar bilan bir qatorda stress protektor va adaptogen preparat kiritilishi operasiyadan oldingi va operasiya vaqtidagi kuzatilishi mumkin bo’lgan gemodinamik o’zgarishlarni bartaraf qilishga yordam beradi.

Еще

Operatsiyadan oldingi tayyorgarlik anesteziya, qalqonsimon bez, bo`qoq

Короткий адрес: https://sciup.org/14130724

IDR: 14130724

Текст научной статьи Endokrin xirurgiyasida anesteziyani baholashda gemodinamik ko’rsatkichlarni axamiyati

Butunjaxon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra endemik bo’qoq bilan dunyoning 300 mln dan ortiq axolisi kasallangan, ya’ni bu yer yuzi axolisining 7% ini tashkil qiladi. Diffuz notoksik va tugunli bo’qoq aholining kasallanish strukturasida muhim o’rin egallaydi va endokrin kasalliklari orasida ko’p uchrashiga ko’ra qandli diabetdan keyingi o’rinda turadi [4]. Tugunli va aralash tipdagi bo’qoqlarni aholi o’rtasida uchrashi 21% ni tashkil qiladi va ularning barchasi xirurgik davoga muhtoj [3,4]. Kasallikning yuqori ko’rsatkichlarini pasayish holatlari kuzatilmagan. Oxirgi 10 yillikda chet elda va yurtimizda qalqonsimon bez jarroxligi sezilarli darajada rivojlandi. Dori-dormonlar va jarroxlik usuli bilan qalqonsimon bez patologiyasi bulgan jumladan diffuz notoksik va tugunli buqoqni davolashning samaradorligi ko’pgina tekshirishlar bilan asoslagan, bunda toksik buqoq kabi tireoid gormonlar biosintezi almashinuvi va ta’sir mexanizimi o’rganilgan [5]. Diffuz notoksik va tugunli buqoqi bor bemorlarni anesteziyasi soxasida sezilarli yutuqlarga erishilgan bulsada, operasiya davridagi va operasiyadan keyingi davrda mumkin bo’lgan qon aylanishining buzilishi bilan kechadigan asoratlarni uchrashi kuzatilmoqda. Yurak-qon tomir sistemasidagi yaqqol o’zgarishlarni aniqlanishi esa jarroxlik yo’li bilan davolash samaradorligini kamaytiradi. Rossiyalik olimlarning izlanishlariga ko’ra bunday patologiyasi bor bemorlarnni operasiyadan keyingi davrdagi asoratlar 1-4%ni[2], chet ellik tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko’ra 5-10% ni [1] tashkil etgan. Diffuz notoksik va tugunli buqoqni operasiyadan oldingi davrda aniq ishlab chiqilgan ma’lumotlar yo’q. Shunisi ma’lumki, bemorlar yod qabul qilgungacha bo’lgan davrda, ya’ni maxsus tayyorgarliksiz operasiya qilinganda, operasiya davrida va operasiyadan keyingi davrda ko’pgina asoratlarni uchrashi kuzatilgan[5]. Kombinasiyalashgan operasiya oldi tayyorgarligi uzoq yillar davomida qo’llanilib kelinmoqda, natijada erta operasiyadan keyingi davrdagi asoratlar miqdori sezilarli kamaygan. Diffuz toksik buqoqi bo’lgan bemorlarda tireostatiklar qo’llanishi natijasida kuzatiladigan asoratlar: AQB oshishi, aritmiyalarning kuzatilishi, ko’p qon ketishini oldini olish maqsadida yodoterapiya va antiaritmik preparatlar xamda yurak glikozidlarini qo’llanilmokda [7]. O’z navbatida operasiya oldi tayyorgarligi diffuz notoksik va tugunli bo’qoq bilan kasallangan bemorlarda xam xirurgik davolashda muxim axamiyatga ega. Keraklicha operasiya oldi tayyorgarligi bo’lmagan tireotoksikoz alomatlari qisman bor bemorlarning operasiya vaqtida va erta operasiyadan keyingi davrda asoratlarning rivojlanish xavfi yuqori bo’lganligi sababli, ular yuqori xavf guruh bemorlari hisoblanadi. To’g’ri va tizimili o’tkazilgan operasiya oldi tayyorgarligi operasiyadan keyingi asoratlar uchrash ehtimolini kamaytiradi.

Ishning maqsadi. Qalqonsimon bez kasalliklari( diffuz notoksik va tugunli buqoqi) bo’lgan bemorlarda operasiya oldi tayyorgarlik usullarlari taxlili va ularni va samaradorligini baxolash.

Tekshirish materiallari va usullari. Tadqiqot Samarkand davlat tibbiyot instituti jarroxlik, anesteziologiya va reanimasiya, bo’limlarida o’tkazdildi. Tekshirish uchun 110ta bemor olindi: barcha bemorlarda mavjud bo’lgan qalqonsimon bez kattaligi hisobiga nafas kisishi, markaziy asab tizimi(MAT) funksiyasining (ta’sirchanlik, bosh og’rig’i, ish qobiliyatining pasayishi, uyquning buzilishi), yurak-qon tomir tizimi (yurak o’ynashi, yurak tez urishi, yurak chegaralarining kengayishi) buzilish belgilari, miokardning diffuz zararlanish belgilari (EKG da), shuningdek hazm kilish tizimining zararlanish belgilariga (ozish, ishtaxaning oshishi yoki pasayishi, ) kabi o’zgarishlar aniklandi. Barcha bemorlarga to’liq kliniko - diagnostik tekshirish, zarur paraklinik va bioximik tekshirishlar o’tkazildi. Barcha bemorlarga qalqonsimon bez palpasiyasi, qalqonsimon bez ultratovush tekshirishi (UTT), tireotrop gormon miqdorini aniqlandi. Tekshirilgan bemorlar 2 guruxga ajratildi: asosiy guruhga 55 ta bemor kiritilib, ularga operasiyadan oldingi kompleks tayyorgarlikka ana’naviy preparatlar bilan bir qatorda stress protektorva adaptogen preparat: adaptol kuniga 500mg kuniga 2 maxal va kardioselektiv beta 1 -adrenoblokator: bisoprolol kuniga 10mgdan kabi dori vositalari ko’shildi; nazorat guruhiga 55ta bemor olindi va ularda operasiya oldi tayyorgarligi an’anaviy preparatlar (kokarboksilaza, panangin, askorbin kislotasi, riboksin umumiy kabul qilingan dozalarda) bilan olib borildi. Ikkala gurux bemorlarida sistolik arterial qon bosimi(sisAQB), diastolik arterial qon bosimi(diastAQB), o’rtacha arterial bosim(O’AB) va yurak urish soni(YuUS), 5 ta bosqichda: 1-bosqich –stasionarga kelganda, 2-bosqich – operasiyadan 2 kun oldin, 3- operasiyadan 1 kun oldin, 4- premedikasiyadan keyin, 5-operasiyadan keyingi 1- sutkada tekshirish va kuzatishlar olib borildi.

Natijalar va ularning muhokamasi. Bizning tekshirishlarimiz shuni ko’rsatdiki, ikkala guruhda xam stasionarga kelgan davrda gemodinamikasida farqlovchi belgilar aniqlanmagan. Gemodinamikadagi o’zgarishlarni bosqichma-bosqich kuzatganda, nazorat guruhidagi bemorlarda operasiyadan oldingi davrda, anesteziya induksiyasini boshlagungacha bo’lgan davrda sAQB, dAQB, O’AB va YuUS birinchi bosqichdagiga nisbatan (8%ga) oshishini kuzatildi. Bemorning umumiy ahvolini baholovchi gemodinamik o’zgarishlar jadvalda keltirilgan (1-jadvalga karang). 1 bosqichda 1 va 2 guruxlarda gemodinamik ko’rsatkichlar bir xil kursatkichlar atrofida bulib bemorlarni shifoxonaga kelib tushishidagi stress bilan bog’lash mumkin. 2-bosqichda bemorlar guruxlarda boshlangan operasiya oldi tayyorgarlik jarayoni natijasida gemodinamik ko’rsatkichlar farqlanishi kuzatildi. Ya’ni 1 – guruh sis.AQB dastlabki kursatkichlarga nisbatan 7-8%gacha, dias.AQB 6-7%gacha, o’rt.AQB 7-8%gacha, YuKS 7 %gacha tushishi kuzatildi. 2-guruhda bu kursatkichlar 2-3 % atrofida buldi. Bu esa operasiya oldi tayyorgarlik chora tadbirlarini ta’sirini va bemorni psixoemosional xolatini mo’tadillashganini ko’rsatadi. 3-bosqichda 1-guruhda gemodinamik ko’rsatkichlar: sis.AQB (mm.sm.ust.) deyarli normal kursatkichlarga tushib 120,9±1,3, dias.AQB 87,1±0,7, o’rt.AQB 98,4±1,0, YuUS(ta/min) 78,5±0,8ga teng bo’ldi. 2-guruhda sis.AQB 138,9±1,3, dias.AQB 97,1± 0,9, o’rt.AQB 111,3±1,2, YuUS (ta/min) 84,3±0,7tani tashkil etdi. 5-bosqichda 1-guruhda sis.AQB 111,3±1,2, dias.AQB 72,4±0,8, o’rt.AQB 85,4±0,8, YuUS (ta/min) 76,6 ± 0,7tani tashkiletdi. 2-guruhda sis.AQB 128,3± 1,2, dias.AQB 86,4±0,9, o’rt.AQB 100,4±0,9, YuUS (ta/min) 85,3 ± 0,8tani tashkil etdi. Keyingi bosqichlardagi o’zgarishlar gemodinamik va kondagi stress gormonlarni bir xil darajaga kelishini ko’rsatib, operasiya oldi tayyorgarligi va anesteziya jarayonini asoratlarsiz kechishini ta’minladi.

Qalqonsimon bez kasalligi bor 1-guruh bemorlarda o’rganilayotgan gemodinamik ko’rsatkichlar 5- bosqichgacha stabil qoldi. Jumladan 1-guruhdagi bemorlarda AQB ni normallashishi, yurak qisqarishlar sonining stabillashishini kuzatildi va uning umumiy ahvoli ijobiy tomonga o’zgarishini aniqlandi. 2-guruhdagi bemorlarda gemodinamik ko’rsatkichlarning oshiganligini kuzatildi. Bemorni plazmasida biximik tekshirishlar natijasida glyukoza va kortizolni miqdori aniklanganda asosiy gurux bemorlarida glyukoza mikdori va kortizol deyarli o’zgarmasdan qoldi. Bu bemorlargan o’tkazilgan operasiya oldi tayyorgarligida kompleks preparatlarni qo’llanishi va operasiya vaqtida adekvat anesteziya usulidan foydalanganligini kursatdi. Ikkinchi gurux bemorlarida qondagi glyukoza va kortizol mikdori operasiyadan keyingi davrida oshganligini kursatib, operasiya oldi tayyorgarligi samarasini pastligini va o’tkazilgan anesteziya tulaqonli bo’lmaganligini ko’rsatadi.

Jadval №1 Qalqonsimon bez kasalligi bilan operasiya qilingan bemorlarda perioperasion davrning asosiy bosqichlaridagi gemodinamik o’zgarishlar

Tekshirish bosqichlari

sis.AQB

dias.AQB

o’rt.AQB

YuUS ta/min

s

зд

s

зд

s

И

s

ЗД

s

ЗД

s

ЗД

s

ЗД

s

ЗД

1-bosqich         –

stasionarga kelganda

157,5±

1,6

156,3±

1,3

107,5 ± 1,0

105,5 ±

1,3

124,2 ± 1,0

122,4 ±

1,1

89,7 ±

1,1

94,6 ±

1,2

2-bosqich – operasiyadan 2 kun oldin

137,2±

1,6 r>0,05

145,2±

1,6 p>0,05

95,3 ± 0,9r>0, 05

102,3 ± 0,8r>0,0 5

109,3 ± 0,8r>0,0 5

116,6 ± 0,9r>0,0 5

81,8 ± 0,9r>0 ,05

88,5 ± 0,8r>0, 1

3- operasiyadan 1 kun oldin

120,9±

1,3

138,9±

1,3

87,1 ± 0,7

97,1   ±

0,9

98,4  ±

1,0

111,3 ±

1,2

78,5 ± 0,8

84,3 ±

0,7

4- premedikasiyadan keyin

118,5±

1,3 r>0,05 r1>0,05

135,5±

1,3 r>0,05 r1>0,05

79,1 ± 0,7 p<0,05 r1>0,0 5

89,1   ±

0,8 r>0,05 r1>0,05

92,2  ±

0,8 p< 0,05 r1> 0,1

104,5 ± 0,9 p< 0,05

r1> 0,1

75,3 ± 0,7 p< 0,05 r1> 0,05

82,4± 0,8

p< 0,05 r1>

0,05

5-     operasiyadan

keyingi1 sutkada

111,3± 1,2 r>0,001 r1>0,05

128,3± 1,2 r>0,001

r1>0,05

72,4 ± 0,8 p<0,00 1

r1>0,2

86,4  ±

0,9 p<0,001

r1>0,2

85,4  ±

0,8 p<0,01

r1>0,1

100,4 ± 0,9 p<0,01

r1>0,1

76,6 ± 0,7 p<0,05

r1>0,3

85,3 ±

0,8 p<0,05

r1>0,3

Izoh: r- birinchi bosqichdagi tekshirish bilan solishtirgandagi ishonchlilik ko’rsatkichi; r1- oldingi bosqichdagi tekshirish bilan solishtirgandagi ishonchlilik ko’rsatkichi.

Jadval №2

Qalqonsimon bez kasalligi bilan operasiya qilingan bemorlarda perioperasion davrning asosiy bosqichlaridagi bioximik o’zgarishlar

Tekshirish bosqichlari

Kondagi              glyukoza

mikdori(mmol/l)

Kortizol( mkmol/l)

1 guruh

2 guruh

1 guruh

2 guruh

1-bosqich–

stasionarga kelganda

4,5±0,6

4,8±0,7

0,69±0,4

0,49±0,1

5-     operasiyadan

keyingi 1 sutkada

5.6±0,3

8,5±0,4

0,71±0,2

0,89±0,8

Tekshirilgan ko’rsatkichlar operasiyadan oldingi ko’rsatkichlardan ishonarli farqlandi. Asosiy guruxdagi bemorlarda yurak urishlar soni va AQB normal ko’rsatkichlargacha pasayishi aniqlandi. Operasiyadan keyingi erta davrda yuqoridagi kursatkilar normaga yakin kelganligi aniqlandi. Bemor o’zidagi bosh og’rig’i, yurak sohasidagi og’riq, AQBning ko’tarilishi yo’qligigae’tibor qaratdi.

Xulosa. Qalqonsimon bez kasalligi(diffuz notoksik va tugunli buqoqi) bo’lgan bemorlarni operasiya olditayyorgarlik usullarini taxlili shuni ko’rstadiki ularga operasiyadan oldingi kompleks tayyorgarlikda ana’naviy preparatlar bilan bir qatorda stress protektor va adaptogen preparat: adaptol va kardioselektiv beta 1 -adrenoblokator: bisoprolol kabi dori vositalari kiritilishi operasiyadan oldingi va operasiya vaqtidagi kuzatilishi mumkin bo’lgan gemodinamik o’zgarishlarni bartaraf qilishga yordam beradi va operasiyadan keyinga vaqtdagi rivojlanishi mumkin bo’lgan asoratlarni oldini oladi.

ADABIYOTLAR

  • 1.    Babajanov A.S., Joniev S.Sh. Qalqonsimon bez patologiyasiga operatsiyadan oldingi tayyorgarlik // Anesteziologiya va reanimatsiya. 2015 yil. № 4(S). 46-47-betlar

  • 2.    Joniev S.Sh., Rahimov A.U, Babajanov A.S. Tugunli bo`qoq bilan og'rigan bemorlarni operatsiyadan oldin tayyorlashda biokimyoviy ko'rsatkichlarning ahamiyati // Fan va dunyo. 2013 yil. № 10. 136-bet

  • 3.    Joniev S.Sh. Operatsiyadan oldingi davrda qalqonsimon bezining patologiyasi bo'lgan bemorlarda ba'zi yurak belgilarining ahamiyati va qiyosiy xususiyatlari // Anesteziologiya va reanimatologiya. 2015 yil. № 4(S). 47-48-betlar

  • 4.    Joniev S.Sh. Tugunli bo`qoq bilan og'rigan bemorlarda glyukokortikosteroid preparatlarini qo'llash bilan operatsiyadan oldingi tayyorgarlik natijalarini yaxshilash // Anesteziologiya va reanimatologiya. 2015 yil. No 4(S). 46-48-betlar

  • 5.    Joniev S.Sh., Babajanov A.S., Xushnaev S., Sultonova S. Qalqonsimon bez kasalliklarining perioperativ davrida operatsiyadan oldingi tayyorgarlik va behushlik usullarini takomillashtirish // Yevropa tadqiqotlari. 2018 yil. 5-son. B.139-142

  • 6.    Joniev S.Sh., Rahimov A.U. Stressdan himoya qiluvchi terapiya jarrohlik aralashuvlar paytida uzoq muddatli premedikatsiya usuli sifatida // Anesteziologiya va reanimatologiya. 2015 yil. No 4(S). 44-46-betlar

  • 7.    Joniev S.Sh., Pardaev Sh.K., Mo'minov A.A. Qalqonsimon bez jarrohligida operatsiyadan oldingi tayyorgarlik va behushlikning o'zgartirilgan usulidan foydalanish. // Tabiat fanlari va tibbiyot muammolarining xalqaro ilmiy sharhi Boston. 2019. 177-189-betlar

  • 8.    Ivankova E.N., Golub I.E., Pinskiy E.N. va boshqalar."Qalqonsimon bez kasalliklari bilan og'rigan bemorlarni jarrohlik davolashda behushlikni optimallashtirish". Chelyabinsk, Jarrohlik endokrinologiyasining zamonaviy jihatlari, 2010. - p.93-95.

  • 9.    Ismailov S.I., Alimdjanov N.A., Rashidov M.M., Karimova M., Qayumova N.L., Babaxonov B.X. Tugunli bo`qoq davolashning jarrohlik usuli samaradorligini baholash // Biologiya va tibbiyot muammolari. 2007 yil. 1-son (47). P.26

  • 10.    10. Koroleva O.V. Sevoran bilan past oqimli anesteziyadan foydalangan holda qalqonsimon bez jarrohligini anestetik boshqarish. dis. .. Tibbiyot fanlari nomzodi. – Novosibirsk, 2008. – 227 b.

  • 11.    Rahimov A.U., Joniev S.Sh. Birgalikda arterial gipertenziya bilan diffuz toksik bo`qoq bilan og'rigan bemorlarni operatsiyadan oldin tayyorlash xususiyatlari // Anesteziologiya va reanimatologiya. 2015 yil. No 4(S). 106-107-betlar

  • 12.    Rahimov A.U., Joniev S.Sh. Operatsiyadan oldingi davrda qalqonsimon bez patologiyasi bo'lgan bemorlarda premedikatsiya samaradorligini baholash // Anesteziologiya va reanimatologiya. 2015 yil. No 4(S). 45-46-betlar

  • 13.    Yakovlev V.V. Qalqonsimon bez disfunktsiyasida gemodinamikaning xususiyatlari: diss. Ph.D. asal. Sci. Sankt-Peterburg, 2005. - 21 p.

  • 14.    14. Van Aken H. Torakal epidural behushlik va analjeziya va natija // SAJAA. – 2008 yil. No 14(1). – 19-20-betlar.

RHJ-4 (20)-2023

Список литературы Endokrin xirurgiyasida anesteziyani baholashda gemodinamik ko’rsatkichlarni axamiyati

  • Babajanov A.S., Joniev S.Sh. Qalqonsimon bez patologiyasiga operatsiyadan oldingi tayyorgarlik // Anesteziologiya va reanimatsiya. 2015 yil. № 4(S). 46-47-betlar
  • Joniev S.Sh., Rahimov A.U, Babajanov A.S. Tugunli bo`qoq bilan og'rigan bemorlarni operatsiyadan oldin tayyorlashda biokimyoviy ko'rsatkichlarning ahamiyati // Fan va dunyo. 2013 yil. № 10. 136-bet
  • Joniev S.Sh. Operatsiyadan oldingi davrda qalqonsimon bezining patologiyasi bo'lgan bemorlarda ba'zi yurak belgilarining ahamiyati va qiyosiy xususiyatlari // Anesteziologiya va reanimatologiya. 2015 yil. № 4(S). 47-48-betlar
  • Joniev S.Sh. Tugunli bo`qoq bilan og'rigan bemorlarda glyukokortikosteroid preparatlarini qo'llash bilan operatsiyadan oldingi tayyorgarlik natijalarini yaxshilash // Anesteziologiya va reanimatologiya. 2015 yil. No 4(S). 46-48-betlar
  • Joniev S.Sh., Babajanov A.S., Xushnaev S., Sultonova S. Qalqonsimon bez kasalliklarining perioperativ davrida operatsiyadan oldingi tayyorgarlik va behushlik usullarini takomillashtirish // Yevropa tadqiqotlari. 2018 yil. 5-son. B.139-142
  • Joniev S.Sh., Rahimov A.U. Stressdan himoya qiluvchi terapiya jarrohlik aralashuvlar paytida uzoq muddatli premedikatsiya usuli sifatida // Anesteziologiya va reanimatologiya. 2015 yil. No 4(S). 44-46-betlar
  • Joniev S.Sh., Pardaev Sh.K., Mo'minov A.A. Qalqonsimon bez jarrohligida operatsiyadan oldingi tayyorgarlik va behushlikning o'zgartirilgan usulidan foydalanish. // Tabiat fanlari va tibbiyot muammolarining xalqaro ilmiy sharhi Boston. 2019. 177-189-betlar
  • Ivankova E.N., Golub I.E., Pinskiy E.N. va boshqalar."Qalqonsimon bez kasalliklari bilan og'rigan bemorlarni jarrohlik davolashda behushlikni optimallashtirish". Chelyabinsk, Jarrohlik endokrinologiyasining zamonaviy jihatlari, 2010. - p.93-95.
  • Ismailov S.I., Alimdjanov N.A., Rashidov M.M., Karimova M., Qayumova N.L., Babaxonov B.X. Tugunli bo`qoq davolashning jarrohlik usuli samaradorligini baholash // Biologiya va tibbiyot muammolari. 2007 yil. 1-son (47). P.26-
  • Koroleva O.V. Sevoran bilan past oqimli anesteziyadan foydalangan holda qalqonsimon bez jarrohligini anestetik boshqarish. dis. .. Tibbiyot fanlari nomzodi. – Novosibirsk, 2008. – 227 b.
  • Rahimov A.U., Joniev S.Sh. Birgalikda arterial gipertenziya bilan diffuz toksik bo`qoq bilan og'rigan bemorlarni operatsiyadan oldin tayyorlash xususiyatlari // Anesteziologiya va reanimatologiya. 2015 yil. No 4(S). 106-107-betlar
  • Rahimov A.U., Joniev S.Sh. Operatsiyadan oldingi davrda qalqonsimon bez patologiyasi bo'lgan bemorlarda premedikatsiya samaradorligini baholash // Anesteziologiya va reanimatologiya. 2015 yil. No 4(S). 45-46-betlar
  • Yakovlev V.V. Qalqonsimon bez disfunktsiyasida gemodinamikaning xususiyatlari: diss. Ph.D. asal. Sci. Sankt-Peterburg, 2005. - 21 p.
  • Van Aken H. Torakal epidural behushlik va analjeziya va natija // SAJAA. – 2008 yil. No 14(1). – 19-20-betlar.
Еще
Статья научная