Erkaklar notipoviy qomatlariga mos kiyimlarni ishlab chiqarish

Автор: Nasirova M.B., Nabidjanova N.N.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 4-1 (83), 2021 года.

Бесплатный доступ

Ushbu maqolada erkaklar notipoviy qomatlariga mos kiyimlarni ishlab chiqarish va uni loyihalash bo’yicha bo’lib, unda qomat nima va uning turlari, tipaviy qomatdan og’ishgan qomatlar tahlil etilgan. Bundan tashqari tadqiqotimiz davomida tashkil etilgan so’rovnoma keng muhokama etilgan.

Qomat, tipaviy qomat, notipaviy qomat, loyihalash, erkaklar, so'rovnoma

Короткий адрес: https://sciup.org/140260430

IDR: 140260430

Текст научной статьи Erkaklar notipoviy qomatlariga mos kiyimlarni ishlab chiqarish

Qomat, boshqa mor fologik belgilar kabi ma'lum darajada odam gavdasi tashqi shakl larining xususiyatlarini belgilaydi. Shuning uchun qomatni o'rganish antropologlar va shifokorlar, shuningdek, tikuvchilik ishlab chiqarish mutaxassislari uchun muhim ahamiyatga ega. Fanda odam qomatini tinch va to'g'ri yurgan vaziyatda, tananing vertikal holatida o'rganiladi. Qomatning vertikal va ziyatda bo'lishi deb, tinch holat, ya'ni mushaklar va tananing muvozanatda turishida organizmning kam energiya sarflashi tushuniladi. Bu holat ilmiy adabiyotlarda «tabiiy holat», «birin chi holat», «qadni rostlangan vaziyat» deb ham ataladi. Qomat deganda, gavdani muvozanatda saqlash uchun minimal energiya sarfianadigan tabiiy (tinch) holatda odam tanasi konfiguratsiyasining individual xususiyatlari tushuniladi. Qomatga boshqa morfologik belgilar singari o'zgaruvchanlik ham xosdir. Qomatning o'zgaruvchanligiga asosan umurtqa pog'onasi shaklining o'ziga xos xususiyatlari, chanoqning oldga egilganlik darajasi ta'sir ko'rsatadi. Qomatning holati mushak laming qisqarishiga ham bog'liq bo'lib, antropometrik, tabiiy va harbiy holat turlariga bo'linadi.

L.P. Nikolayevning qomatni tasniflab bergan taklifi tikuvchilik sanoatida ko'proq qiziqish uyg'otdi. Bunga ko'ra, u qomatni beshta turga bo'ladi: normal, to'g'ri, bukchaygan, lordoz va kifoz. Normal qomat umurtqa pog'onasining bir tekis egilganligi bilan xarakterlanadi. To 'g'ri qomat umurtqa pog'onasi hamma bo'limlarining kuchsiz egilganligi bilan xarakterlanadi. Bukchaygan qomat bo'yin lordozining oldinga ko'proq egil ganligi va bel lordozining kamayganligi (orqa dumaloq shaklda bo'ladi) bilan ajralib turadi. A.P. Nikolayevning ma'lumotlariga ko'ra, bunday qomatlar ko'proq qariyalarda uchraydi. Lordotik qomat bel lordozining kuchli va bo'yin lordozining kuchsiz rivojlanganligi bilan xarakterlanadi. Kifotik qomat ko'krak kifozining keskin kuchayib ketishi bi Ian xarakterlanadi. Tikuvchilik sanoatida qabul qilingan tasniflanish bo‘yicha qomatning asosiy uch xil tipi farqlanadi: bukchaygan, normal va kekkaygan. Qomatning u yoki bu qomat tipiga mansubligini aniqlashda tana yuqori qismining egilganligini bildiradigan parametr — gavda holati ishlatiladi. Ikkinchi parametr sifatida — yelka qiyaligining balandligi Bn qabul qilingan.

Tikuvchilik sanoatida qabul qilingan erkaklar qomatining tasnifi bo’yicha bukchaygan, normal va kekkaygan turlari farqlanadi . Bukchaygan qomatning orqasi ko’zga tashlanadigan darajada dumaloqroq, ko’krak chiqqan, yelka oldinga bukchaygan, belda biroz egilish bor, ko’kraklar tor, orqa kengaygan, orqa belgacha uzunroq, old kaltaroq bo’ladi. Normal qomat - o’rtacha variant, to’g’ri qomat va to’g’ri toslar bilan xarakterlanadi. Kekkaygan qomatning orqasi yassi, kuraklar tekis, yelkalar orqaga yo’nalgan, bel ko’proq egilgan, ko’krak keng, orqa toraygan, old belgacha uzunroq, orqa belgacha kaltaroq bo’ladi. Sanoatda ishlab chiqariladigan buyumlar faqat tipaviy qomatlarga moslab tayyorlanadi. Lekin hayotda normaldan farqlanadigan qomatlar uchrab turadi. Ular qatoriga bukchaygan va kekkaygan, past yelkali hamda baland yelkali tiplar kiradi. U lar uchun qaddi qomatni tavsiflaydigan o'lcham lardan biri gavda holati yoki yelka balandligining me’yoridan farqlanishidir. Kiyimning statikada qomatga mosligi, muvozanati o'lchamlari va shakllari tananing yuqori tayanch uchastkasi hajmiy shakliga nechog‘liq mosligi bilan baholanadi. Odam-kiyim tizimida o'lchamlar to'g'ri kelmasa, balans buzilib, qator nuqsonlar paydo bo'ladi. Natijada bort chetlari, yon choklar, yeng holati vertikaldan og'adi, etagi buyumning tashqi ko'rinishini buzadi. Demak, qomatda kiyim o'rnashuvining sifatiga birinchi navbatda qomat tuzilishi ta ’sir etadi.Tipaviy tuzilishdan og'uvchan bo'lgan qomatda kiyim konstruksiyasining old-orqa va yon balanslari buziladi. Bu hoi o'z navbatida kiyimning o'rnashuvida qator nuqsonlarga sabab bo'ladi.

Quyida biz erkaklarning notipaviy qomatlariga mos kiyimlarni loyihalashni ko’rib, tahlil etidik: Uchinchi to‘lalik guruhiga mansub bo‘lgan chiqqan qorin va katta bel aylanasiga ega qomatlar uchun yelkali buyumlar konstruksiyasi old bo‘lak o‘rta chiziq bo‘ylab qorin sathidan etakkacha kengaytiriladi. O‘rta chiziq siljishi qorin chiqig‘iga oid qo'shimcha qiymatiga bog‘liq. Qorin chiqig‘iga qo'shimcha qiymati 1 sm dan 2 sm gacha olinadi yoki qorin va ko‘krak bezlari chiqig‘i ayirmasi tariqasida aniqlanadi. Old bo‘lak chizmasida o‘rta chiziqning yuqori nuqtasi o'miz tomonga 0,5 sm dan 1 sm gacha suriladi.

Bundan tashqari, tadqiqotimizni o’rganish vaqtida so’rovnoma yaratdik. Ushbu so'rovnoma O’zbekiston Respublikasi Farg'ona shahri xalqining 300 ta turli yoshdagi, erkak jinsli shaxslari o' rtasi o'tkazildi. Sòrovnoma òtkazishdan maqsad, xalq orasidagi notipoviy erkaklar uchun ularga kiyayotgan kiyimlarining noqulaylik tug'dirayotgan tomonlarini aniqlash va ularning o'z fikrlari bòyicha zamonaviy va qulay bòlgan kiyim modelini yaratib, konstruksiyasini ishlab chiqib tahlil qilishdir. Sòrovnoma yuqori kayfiyat va qiziqish bilan òtkazildi. So'rovnoma marketing tahlilini diogramma usulida olishda ijobiy natijaga erishildi va notipoviy erkaklar orasidagi muammolarni tahlil qilish davom etmoqda.

1-diagramma

2-diagramma

Yuqoridagi ilmiy izlanishimiz quyidagi so’rovnomalar orqali o’z ifodasini topdi:

FISH:  _________________________________________

Yoshi: __________________________________________

Jinsi:   __________________________________________

Kasbi: __________________________________________

  • 1.    Qanday ko`ylak gazlamasi sizga ko`proq yoqadi?

  • a. Mayda gulli ko`ylak    b.Yirik gulli ko`ylak

  • 2.    Kiyim xarid qilayotgan vaqtingizda aynan o`z o`lchamingiz bo`yicha kiyim olsangiz xam qaysi qismi sizga to`gri kelmaydi?

c.Yo`l-yo`l gulli ko`ylak d.Gulsiz (sidirg`a) gazlamali ko`ylak

  • a) Yelka qismi tor keladi   b) Yengi kalta keladi

  • c) Qorin qismi tor keladi   d) Kiyim kalta kaledi

  • 3.    Kiyim ustingizda, ya`ni tanangizda qanday turganini ma`qul korasiz?

  • a) Keng turadigan              b) Sal yopishib turadigan

  • c) O`tta yopishib turadigan      d) Trapetsiya

  • 4.    Qaysi bichimdagi yenglar sizga ko`proq yoqadi va qulay keladi?

  • a) O`tkizma yengli    b) Yaxlit bichimli

  • c) Reglan yengli      d) Kombinatsiyalashgan

  • 5.    Qaysi uslubda kiyinish sizga qulay?

  • a)    Klassik uslubida       c) Sport kiyim uslubida

  • b)    Zamonaviy uslubida d) Farqi yo`q

  • 6.    Kiyimda qanday taqilmalarni qo’llanilishini hohlaysiz?

  • a) Zamok              b) Tugma

  • 7.    Shim kiyganingizda qaysi qismi sizga noqulaylik tug’diradi?

c) Knopka               d) Lipuchka

  • a) Bel qismi                b) Og’ qismi

  • c) Son qismi                d) Tizza qismi

  • 8.    Qanday turdagi shimlar sizga ko’proq yoqadi?

  • a) Klassik uslubidagi shimlar            b) Jinsa shimlar

  • 9.    Qaysi turdagi cho’ntak qulay?

c) Sport uslubidagi cho’ziluvchan triko d) Shortik

  • a) Ikki yon qismidagi cho’ntak     b) Ustki qoplama cho’ntak

  • c) Ichki ko’rinmas cho’ntak       d) Qopqoqli qoplama cho’ntak

  • 10.    Kiyimlardan ko’proq qaysi biri yoqadi?

  • a) Klassik uslubdagi ko’ylak b) Kostyum

  • c) Yahtak                      d) Ustki sport kiyimi

Sizning qo’shimcha fikringiz va kiyimga bo’lgan munosabatingizni yozib qoldiring.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • 1.    Noel Chapman ва Judith Cheek. ≪Creative fashion drawing≫, London, Arcturus, 2012 .

  • 2.    B. Baymetov. “Plastik anatomiya” (amaliy mashg'ulotlar). Т., Nizomiy nomidagi TDPU. 2011.

  • 3.    B.B.Boymetov, M.S. Tolipov. Plastik anatomiya. Т.: “Ilm Ziyo” nashryot uyi 2005- 198 b.

  • 4.    Tomoko Nakamichi, Patter Magic -L.: EC1V 1LR-2013. -53 p.

  • 5.    Mark and Mary WillenbrinkDrawing&Paiting -Boston, 2010

  • 6.    H.C. Макавеева. Основы художественного проектирования костюма. Практикум. - М.: Академия, 2008.-230

  • 7.    Л.А.Сафина, Л.М.Тухбатулина, В.В.Хамматова – Проектирование костюма - Ростов-на-Дону: Феникс, 2007.-283 стр.

  • 8.    Хасанбоева Г.К. Костюм дизайни. Т.: ТТЕСИ, 2013 Журналы ≪Style≫,  ≪Vogue≫,  ≪BurdaModen≫,  ≪Индустрия моды≫,

  • 9.    G.K.Hasanbayeva.   „Kiyim modelini  ishlash va loyihalashsini

    tayyorlash“. Тoshkent. O‘qituvchi. 1990-yil.

  • 10.    . A.P.Rogova. „Erkaklar va bolalar ustki kiyimini loyihalash asoslari“. Тoshkent. O'qituvchi. 1988 yil.

≪Текстильная     промышленность≫,     ≪Кожевенно-обувная промышленность≫, Журнал ≪Швейная промышленность.

"Экономика и социум" №4(83) 2021

Список литературы Erkaklar notipoviy qomatlariga mos kiyimlarni ishlab chiqarish

  • Noel Chapman ва Judith Cheek. «Creative fashion drawing», London, Arcturus, 2012.
  • B. Baymetov. "Plastik anatomiya" (amaliy mashg'ulotlar). Т., Nizomiy nomidagi TDPU. 2011.
  • B.B.Boymetov, M.S. Tolipov. Plastik anatomiya. Т.: "Ilm Ziyo" nashryot uyi 2005- 198 b.
  • Tomoko Nakamichi, Patter Magic -L.: EC1V 1LR-2013. -53 p.
  • Mark and Mary WillenbrinkDrawing&Paiting -Boston, 2010
  • H.C. Макавеева. Основы художественного проектирования костюма. Практикум. - М.: Академия, 2008.-230
  • Л.А.Сафина, Л.М.Тухбатулина, В.В.Хамматова - Проектирование костюма - Ростов-на-Дону: Феникс, 2007.-283 стр.
  • Хасанбоева Г.К. Костюм дизайни. Т.: ТТЕСИ, 2013 Журналы «Style», «Vogue», «BurdaModen», «Индустрия моды», «Текстильная промышленность», «Кожевенно-обувная промышленность», Журнал «Швейная промышленность.
  • G.K.Hasanbayeva..,Kiyim modelini ishlash va loyihalashsini tayyorlash". Тoshkent. O‘qituvchi. 1990-yil.
  • A.P.Rogova..,Erkaklar va bolalar ustki kiyimini loyihalash asoslari". Тoshkent. O'qituvchi. 1988 yil.
Статья научная