Fizikadan laboratoriya ishlarini bajarishda rasmli topshiriqlardan foydalanish
Автор: Abduqodirov A.T., Xoldorov N., Imomov B.U., Parmanov J.T.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 3-2 (94), 2022 года.
Бесплатный доступ
Maqolada fizikani o‘qitishda laboratoriya ishlarini tashkil etish bilan bog‘lioq masalalar ko'rib chiqiladi. Bunda fizikani o‘qitishda laboratoriya ishlarini bajarish jarayoniga asoslangan yondashuvining xususiyatlari yoritiladi.
Dars o'tish, laboratoriya ishi, faol o'qitish, mustaqil ish
Короткий адрес: https://sciup.org/140292802
IDR: 140292802
Текст научной статьи Fizikadan laboratoriya ishlarini bajarishda rasmli topshiriqlardan foydalanish
Keyingi yillarda O‘zbekiston ta’lim muassasalarida yoshlarning chuqur bilimga ega bo‘lishlari uchun barcha shart- sharoitlar yaratilmoqda. Jumladan oliy ta’lim muassasalarida ham ta’lim sohasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Talabalarning yetarlicha chuqur bilimga ega bo‘lishlari va kelgusida yetuk mutaxasis bolib tarbiyalanishlari dars o‘tishning noan’aviy usullaridan, zamoanviy innovatsion texnologiyalardan mohirona foydalanishlariga bog‘liq bo‘ladi.
Dars o‘tish usullarining qiziqarli va xilma-xil bo‘lishi, o‘quvchi va pedagoglarni ham ilhomlantiradi. Dars jarayonida o‘quvchini shunchaki tinglovchiga aylantirib qo‘ymasdan, mustaqil ishlashiga va o‘z bilimlarini bayon qila olishiga imkoniyat yaratib berish zarur. Chunki mahoratli murabbiy o‘quvchilarga mavjud haqiqatni anglatibgina qolmay, izlanish va intilish yo‘lini o‘rgatadi[1,2].
Ushbu maqolada dars o’tishning noananaviy usullaridan biri bo‘lgan, fizikadan labaratoriya ishlarini bajarishda talabalarga berilgan rasmli topshiriqlarni mustaqil ish sifatida bajarishlarining ahamiyati bayon qilingan. Maqolada misol tariqasida fizikaning elektromagentizm bo‘limidan rasmli topshiriqlar va ularning yechimlari rasmlarda va yozma shaklda ko’rsatilgan. Talabaga mustaqil bajarish uchun berilgan tarqatma materiallarda, faqat rasmli topshiriqning o‘zi beriladi, yechimlari esa o‘qituvchining o‘zida saqlanadi. Talaba mustaqil topshiriqlarni bajarganidan keyin, o‘qituvchi javoblarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini tekshirib ko‘radi va unga to‘g‘ri javoblarni ko‘rsatib, mavjud xatolarni tushuntiradi va baholaydi. Quyida fizikaning elektromagnetizm bo‘limidan berilgan ba’zi rasmli topshiriqlar namuna sifatida keltirilgan.
1-topshiriq.
-
1. 1a - va 1b- rasmlarda alohida zanjirga ulangan ikkita elektromagnit ko‘rsatilgan. Ushbu elektromagnitlardan qaysi biri kattaroq ko‘tarish kuchiga ega ?
-
2. 2 - rasmda po‘lat sharni biror usulda S, N qutbli qilib magnitlash mumkinmi?
-
3. 3-ramdagi K kalit ulanganda qanday hodisa yuz beradi?
3-rasm1-topshiriqning yechimi.
-
1. 1-a rasmda tasvirlangan elektromagnit o‘ramlari soni kam bo‘lsa ham ko‘proq ko‘tarish kuchiga ega bo‘ladi. Bu quyidagicha tushuntiriladi: o‘ramlar sonini ikki marta oshirishga nisbatan po‘lat o‘zak kiritilganda magnit maydoni ko‘proq kuchayadi. Chunki, po‘latning magnit singdiruvchanligi misnikiga nisbatan juda katta hisoblanadi.
-
2. Sharni tokli g‘altak yordamida yoki magnit qutblari orasiga joylashtirib magnitlash mumkin.
-
3. G’altakdan magnit uzoqlashadi, chunki elektromagnit induksiya hodisasi ro‘y beradi.
2-topshiriq.
-
1. 4-rasmdagi elektr zanjirning prinsipial sxemasini chizilsin.
-
2. Bitta lampadagi kuchlanish topilsin.
-
3. Agar barcha lampalar bir xil bo‘lsa, bitta lampaning qarshiligi topilsin.
-
4. Bitta lampa kuyib qolsa, voltmetr ko’rsatishi qanday o‘zgaradi?
-
5. Butun zanjirning aktiv quvvati topilsin.
-
6.Butun zanjirning nominal quvvati topilsin.

4-rasm
2-topshiriqning yechimi.
-
1. 4-rasmdagi elektr zanjirning prinsipial sxemasi.

VoHm*U ko'itatoh o«h*di
P - I U - 5 V 0.1 A - 0.5 Vt
Pn- 2UL I - 2 IV 0ДА - 1.2 Vl
5-rasm
3-topshiriq.
-
1.6- rasmdagi elektr zanjirning prinsipial sxemasi chizilsin.
-
2. K kalit ulanganda sodir bo’ladigan hodisa tushuntirilsin.

6-rasm
3-topshiriqning yechimi.
-
1. 6-rasmdagi elektr zanjirning prinsipial sxemasi:
-
2. O‘zinduksiya hodisasi tufayli k-kalit ulanganda c-lampa yonadi, uzilganda esa d-lampa yonadi.
7-rasm
Rasmli topshiriqlarni bajarishning ahamiyati shundan iboratki, talaba har bir topshiriqni bajarish uchun o‘z ustida mustaqil ishlaydi, fizikaning biror sohasini yoki mavzularini chuqur o’rganadi va shu asnoda o‘z bilimini oshiradi. Masalan yuqorida ko‘rib o’tilgan rasmli topshiriqlarni bajarish uchun talabaga quyidagi mavzular bilan tanishib chiqish tavsiya qilinadi:
1-topshiriqda: elektromagnitni induksiya, o’zinduksiya, moddalarning magnit xossalari, Lens qoidasi.
2-topshiriqda: o‘zgarmas tok qonunlari, o’tkazgichlarni ketma-ket va parallel ulash, elektr o‘chov asboblari.
-
3- topshiriqda: elektromagnit induksiya , o‘zinduksiya, elektromagnit , o‘zgarmas tok manbalari.
Xulosa qilib aytganda, rasmli topshiriqni bajarish asosida talabaning konstruktorlik va ijodkorlik qobiliyati yanada rivojlanadi, ilmiy va o‘quv adabiyotlar bilan mustaqil ishlash konikmalari hosil bo‘ladi.
Adabiyotlar ro’yxati.
1. Организация и проведение лабораторных занятий по курсу общей физики в педагогических вузах с использованием задачного метода. URL:
Загайнов А.З.
Проведение контрольных
лабораторных работ. /Проблемы учебного физического эксперимента.
Выпуск 6.: Глазов, СанктПетербург, 1998. С. 10-11.
"Экономика и социум" №3(94) 2022
Список литературы Fizikadan laboratoriya ishlarini bajarishda rasmli topshiriqlardan foydalanish
- Организация и проведение лабораторных занятий по курсу общей физики в педагогических вузах с использованием задачного метода. URL: http://www.dissercat.com.
- Загайнов А.З. Проведение контрольных лабораторных работ. /Проблемы учебного физического эксперимента. Выпуск 6.: Глазов, СанктПетербург, 1998. С. 10-11.