G'ofur G'ulomning hayoti va ijod yo'li

Автор: Kenjayeva D.I., Bozorov L.Sh.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 5-2 (96), 2022 года.

Бесплатный доступ

Ushbu maqolada G'ofur G'ulomning hayoti va ijod yo'li haqida fikr yuritilgan.

G'ofur g'ulom, hayot, ijod, kitob, nazariya, she'r, gazeta, xalq, asar

Короткий адрес: https://sciup.org/140300304

IDR: 140300304

Текст научной статьи G'ofur G'ulomning hayoti va ijod yo'li

"G'afur G'ulomning ijodini faqatgina O'zbekistonda emas, avvalambor har tomonlama, butun dunyoga mashhur qilishimiz kerak".

O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov

O‘zbek adabiyotining mashhur namoyandalaridan biri G‘afur G‘ulom 1903 yil 10 mayda Toshkent shahrining Qo‘rg‘ontegi mahallasida tavallud topdi. To‘qqiz yoshida otasidan, o‘n besh yoshida onasidan yetim qolgan G‘afur avval eski maktabda, so‘ngra rus-tuzem maktabida ta’lim oldi. U Oktyabr to‘ntarishidan keyingi yillarda muallimlar tayyorlov kursini bitirib, yangi usuldagi maktablarda o‘qituvchilik qildi. 1923 yildan bolalar uyida mudir va tarbiyachi, so‘ng

«Kambag‘al dehqon», «Qizil O‘zbekiston», «Sharq haqiqati» gazetalari muharririyatlarida ishladi. Gazeta uning uchun dorilfunun rolini o‘tadi, xalq hayotini o‘rganish, unga faol aralashish yo‘lida muhim vosita bo‘ldi. Uning mamlakatni himoya qilish haqidagi tantanavor she’rlari, o‘tmish sarqitlarini qoralovchi hajviyalari va xalqning kundalik ijodiy mehnatini olqishlovchi asarlaridan jamlangan «Dinamo» va «Tirik qo‘shiqlar» nomli dastlabki she’riy to‘plamlari 1931—1932 yillarda chop etildi. Shoir 1930—1935 yillarda «Ko‘kan» dostonini, «To‘y», «Ikki vasiqa» balladalarini yaratdi. Biroq, shoirning bir qator she’rlari, xususan, biz ko‘p yillar jamoalashtirish mavzuidagi yirik asar deb maqtab kelgan «Ko‘kan» dostoni hozirgi davr talablari darajasida emasligi sezilib qoldi.

Jumladan, unda boshdan-oyoq maqtalgan jamoalashtirish siyosati ma’lum ijobiy natijalari qatorida cheksiz zulm-fojealarga ham sabab bo‘lganligi bor bo‘yicha realistik ifodalanmagan. Uning partiya, Vatan, Lenin, Oktyabr haqidagi she’rlarida ham zamonasozlik mayllari sezilib turadi. Shu tufayli shoir ijodi bugungi kunda tanqidiy yondoshishni taqozo etadi. To‘g‘ri, adib barhayot davridayoq shaxsga sig‘inish ta’sirida yaratilgan ayrim asarlarini qayta ko‘rib chiqqan. Ayrim misralarni yangidan yozib, she’rga tabiiylik va hayotiylik bag‘ishlagan. Xuddi shu hol uning «Kuzatish», «Sen yetim emassan» she’rlariga ham xos bo‘lib, ular ham adib tomonidan qayta ishlangan. 30-yillarda G‘afur G‘ulom hikoya, ocherk, feletonlar qatori «Netay», «Yodgor», «Tirilgan murda» kabi qissalarini ham yaratdi. Urush yillarida shoir o‘z ijodining butun haroratini fashist bosqinchilariga qarshi kurashayotgan xalqqa qaratdi, uning muqarrar g‘alabasiga ishonch ruhi bilan sug‘orilgan she’rlar yaratdi.

U «Sen yetim emassan», «Kuzatish», «Vaqt», «Sog‘inish» kabi she’rlar, publitsistik ocherk va maqolalar yozib, xalqni jang va mehnat g‘alabasiga otlantirdi. G‘afur G‘ulom urushdan keyingi yillarda ham adabiyot janrlarining ko‘pgina turlarida samarali qalam tebratib, yuksak badiiy asarlar yaratdi, publitsistika va adabiyotshunoslikka oid qator ajoyib maqolalarini e’lon qildi. Uning ijodi xalq hayotining shu davrdagi o‘ziga xos yilnomasi o‘laroq namoyon bo‘ldi. Agar G‘afur G‘ulom bu davrda she’riy asarlari bilan faylasuf shoir darajasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, «Shum bola» qissasi, «Mening o‘g‘rigina bolam» singari hikoyalari bilan xalq turmushi va ruhini yaxshi biluvchi mohir nosir ekanligini namoyish etdi. G‘afur G‘ulom o‘zbek tarjima maktabining maydonga kelishiga ham ulkan hissa qo‘shgan. U «Otello», «Qirol Lir» singari jahon va rus adabiyoti durdonalarini o‘zbek tiliga katta mahorat bilan o‘girgan. G‘afur G‘ulom O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi (1943) edi. Unga 60 yillik yubileyi munosabati bilan O‘zbekiston xalq shoiri faxriy unvoni berilgan (1963). Shoirning ko‘pgina asarlari Osiyo va Yevropa xalqlari tillariga tarjima qilingan. O‘zbek she’riyatining otashin jarchisi, ulkan so‘z san’atkori G‘afur G‘ulom 1966 yil 10 iyulda Toshkentda vafot etgan.

G’afur G’ulomning ba’zi she’rlari tarixiy hodisalar, ma’lumotlar va shaxslar obrazini aks ettirish asosiga qurilgan. Bunday asarlar tarixning badiiy solnomasi, tarixiy shaxs taqdiri, qiyofasining in’ikosi qadar aniqlik kasb etadi "Turksib yo’llarida", "Hamza xotirasi", "Insoniyat tarixining birinchi kosmonavtiga" she'rlariga shunday xususiyat xosdir

G’afur G’ulom Sharq va G’arb tarixi, falsafasi, madaniyatini .favqulodda chuqur bilgan alloma kishi edi. Shu bois uning aksar she’rlarida Injilu Qurondan tortib Bobil, gotik naqshlar-u kattayu-kichik tarixiy hodisalar, ma’lumotlar, u yoki bu shaxs, ular bilan aloqador faktlar,jahon xalqalrining urf-odatlaridagi chizgilari, tarixiy joy nomlari bilan aloqador fikrlar asarning badiiy to’qimasiga singdirib yuboriladi. G’afur G’ulom butun ijodi davomida taqvim tarzida ko’plab she’rlar yozdi. 1-may, 7-oktabr, Konstitutsiya kuni, partiya va komsomol syezdlari, adabiy o’n kunliklar, sotsialistik musobaqa, paxta rejasining bajarilishi singari kundalik, o’tkinchi hodisa va voqealarga bag’ishlangan bunday she’rlar adabiyot tarixida ham , muallif ijodida ham sezilarli iz qoldirmadi. Bu hol shoirning o’ziga ham sir emas edi. Zero, bunday she’rlarning ko’pi o’zlarini hurmat qilgan shoirlarning nainki «Tanlangan asarlari», hatto muntazam chiqib turgan to’plamlariga ham kiritilmas edi. G’afur G’ulom ham bundan istisno emas.

Biroq shuni ham ta’kidlash lozimki, g’afurona buyuklik va donishmandlik bilan sug’orilgan falsafiy obrazlar uning taqvim she’rlarida ham uchrab turadi.

G’afur G’ulom so’nggi nafasigacha ijod etdi, mehnat qildi. Uzoq yillar davomida O’zbekiston Fanlar akademiyasining til va adabiyot institutida ilmiy xodim bo’lib ishladi. Badiiy asarlar bilan bir qatorda ko’plab ilmiy maqolalar yozdi, tarjimalar qildi. O’zining asarlari ham o’nlab tillarga o’girildi.

XULOSA Mehnatlari evaziga u O’zbekiston Fanlar akademiyasiga haqiqiy a’zo etib saylandi. Respublika Oily kengashiga deputat bo’ldi. Unga «O’zbekiston xalq shoiri» yuksak unvoni berildi. Badiiy asarlari sovetlar mamlakatining eng yuksak mukofotlariga sazovor bo’ldi. Uning o’n ikki jilddan iborat mukammal asarlar to’plami bosilib chiqdi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

  • 4    Mirbadaleva, A. S. "Gafur G'ulom". A. M. Proxorovda (tahrir). Buyuk Sovet Entsiklopediyasi (rus tilida). Moskva: Sovet Entsiklopediyasi.

  • 5    "G'afur G'ulom". Ensiklopedik lug'at (o'zbek tilida). Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1990. p. 210. 5-89890-018-7.

"Экономика и социум" №5(96) 2022

Список литературы G'ofur G'ulomning hayoti va ijod yo'li

  • Yangi O'zbekiston gazetasi 2021-yil 25-mart.
  • Bolalar shoiri va nosiri G'afur G'lom to'plam. 3"G'afur G'ulom". Ziyouz (o'zbek tilida). Olingan 4-fevral, 2012.
  • Mirbadaleva, A. S. "Gafur G'ulom". A. M. Proxorovda (tahrir). Buyuk Sovet Entsiklopediyasi (rus tilida). Moskva: Sovet Entsiklopediyasi.
  • "G'afur G'ulom". Ensiklopedik lug'at (o'zbek tilida). Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1990. p. 210. 5-89890-018-7.
Статья научная