Men o’zbek shoiriman, o’z xalqimning tiliman
Автор: Eraliyeva M.T.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 3-2 (94), 2022 года.
Бесплатный доступ
Ushbu maqolada oʻzbek adabiyotining zabardast vakili shoir, yozuvchi va akademik Gʻafur Gʻulomning hayoti va ijodi bayon etilgan. Maqolada, Gʻafur Gʻulomning nasrda va nazmdagi ijodiy faoliyati, adibning boshqa ijodkorlardan ajralib turadigan muhim jihatlari ifoda etilgan.
Nasr, nazm, oʻzbek shoiri, yozuvchi, akademik, iste'dod, nashriyot, qissa, hikoyat
Короткий адрес: https://sciup.org/140292819
IDR: 140292819
Текст научной статьи Men o’zbek shoiriman, o’z xalqimning tiliman
Adabiyot olamida sharq adiblariga teng keladigani yoʻq. Shunday ijodkorlar borki, ularning ijodini oʻrganish uchun bitta insonning umri yetmaydigandek, goʻyo. Xoʻsh, u holda ular qanday qilib bunday nodir asarlarni yaratdi ekan!? Balki ular Allohning in'omi bilan boshqa insonlar qila olamaydigan, yarata olmaydigan asarlar yaratishga qodir boʻlgandir. Kechalar boshqa odamlar uxlayotgan mahalda, yeyishga bir burda noni qolmagan paytda ham roʻzgʻor tebratish, pul topish oʻrniga qoʻliga qalam olib, adabiyot bilan hamnafas boʻlgan insonlar ham aynan bizning ajdodlarimiz ekanligi biz uchun oʻzgacha iftixor, oʻzgacha gʻurur hissini uygʻotadi. Shunday ulugʻ insonlardan biri atoqli yozuvchi va shoir, akademik - Gʻafur Gʻulom! Adib 1903-yil 10 may kuni Toshkent shahrining Qo‘rg‘ontegi mahallasida kambag‘al dehqon oilasida tug‘ilgan. Uning otasi G‘ulom aka Mirzaorif o‘g‘li Kelesdagi bir parcha yerida ham, shaharda ham ishlasa-da, oila qashshoq hayot kechirar edi, chunki o‘sha davrda og‘ir mehnat samaralari o‘ta qadrsizlangan edi. G‘ulom aka ancha bilimli, fors tilini o‘rgangan kishi bo‘lib, bolalarning tarbiyasiga katta e’tibor bergan. Otasi bilan bir qatorda G‘afurga bolalik chog‘larida Mirza Abdulla ismli amakisi ham muayyan ta’sir ko‘rsatgan edi. Xuddi shu amaki yosh bola qalbida ilk bor adabiyotga havas uyg‘otgan bo‘lsa ajab emas, chunki u "Mirza" taxallusi bilan she’rlar mashq qilib turar edi.
Yosh G‘afur avval eski maktabda ta’lim olgan va toʻqqiz yoshida o‘qish hamda yozishni o‘zlashtiradi. Shoirning singlisi Rahbar G‘ulomovaning ma’lumot berishicha, G‘afur G‘ulom yoshligida "Baroqxon" madrasasida o‘qigan. O‘shanda mudarris Sayidahror o‘zini qarindosh deb bilgan G‘afur G‘ulomga bir sandiq nodir kitoblar taqdim etgan ekan. Adibning Bedildan chuqur bilimdonligi, arab tilini ajabtovur, fors tilini yaxshi bilishi, Sharq tarixidan teran xabardorligi, madrasa tahsilidan tashqari, ehtimol, ana shu kitoblarga borib bog‘lansa ajab emas.

Gʻafur Gʻulomni shu darajaga erishishiga "Shum bola" asari katta sababchi boʻlgan desak, aslo yanglishmagan boʻlamiz. Yozuvchi "Shum bola" qissasining birinchi va ikkinchi qismlarini 1936-yil yozib tugatgan. Uchinchi qismi esa 40-yillarnimg oxirida tugatilgan. 60-yillarning boshlarida qayta tahrir qilingan. Gʻafur Gʻulom qissani salkam 25 yil ishlagani asarning har tomonlama mukammal qilib yozilganini koʻrsatadi. Taniqli oʻzbek adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri boʻlgan Said Ahmad Gʻafur Gʻulomning shogirdi edi. Said Ahmad nashriyotda ishlagan paytlari muharrirlar uni Gʻafur Gʻulomning uyiga she'r olib kelishi uchun yuborardi. Uyiga borganida Gʻafur Gʻulom uning oldida goʻzal she'rlar yozgan. Said Ahmadni u "Ilhom parisi" deb ham atagan.
Biz Gʻafur Gʻulomni nafaqat nasrda, balki nazmda ham cheksiz iste'dod sohibi ekanligini koʻrishimiz mumkin.
Shoirning "Vaqt" deb nomlangan she'ridan joy olgan quyidagi misralarga e'tibor qarataylik.
"Har lahza zamonlar umridek uzun,
Asrlar taqdiri lahzalarda hal,
Umrdan oʻgajak har lahza uchun
Qudratli qoʻl bilan qoʻyaylik haykal". Ushbu misralar orqali shoir oʻz tinglovchilariga vaqtni qadrlash kerakligi, bugungi kun boshqa qaytib kelmasligini uqtirgandek, nazdimizda. "Iste'dod, eng avvalo, tabiat ehsoni, Alloh tuhfasidir. Shu ma'noda Yaratganning oʻzi Gʻafur Gʻulomdan marhamatini sira-sira ayamagan edi. Gʻafur Gʻulom chindan ham ulugʻ zakovat egasi edi. Buning isboti - shoirning joʻshqin va dono she'riyati, buning isboti Gʻafur Gʻulomning tugʻma tafakkur sohibi ekanligi, buning isboti - yozuvchi Gʻafur Gʻulomning hech bir adibnikiga oʻxshamaydigan chinakam milliy xalqchil prozasi - nasriy asarlaridir. Zamonning nazari nechogʻlik sinchkov va yovuz boʻlmasin, Gʻafur Gʻulom deyarli har bir she'rida oʻzbek xalqining manfaatiyu obroʻsini oʻrtaga qoʻyib gapirar edi. U zot xalqlar oʻrtasidagi begʻaraz doʻstlikni kuylaganda ham, "men oʻzbek shoiriman ", "oʻz xalqimning tiliman" degan oʻqli iqroriga sodiq qoldi. Shoirning faxru gʻururi xalqning milliy iftixori bilan chambarchas bogʻlanib ketgan edi" deb aytgan edi sevimli shoirimiz Abdulla Oripov . Biz-yoshlar ham mana shunday buyuk bobolarimizdan faxrlanib, ularning ishlarini davom ettirishimiz kerak. Bu uchun bizda barcha imkoniyatlar yetarli. Bizdan esa faqat va faqat yaxshi oʻqish, oʻz ustimizda ishlash talab etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
-
1. Gʻafur Gʻulom. Tanlangan asarlar. Nazm va nasr.-T.: G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2018-y.352 -b.
-
2. G‘afur G‘ulom, https://arboblar.uz/uz/people/gafur-gulyam
-
3. Gʻafur Gʻulom (1903–1966) hol/gafur-gulom-1903-1966/
|
Umida, K. (2020). Using games to teach institute. Asian Journal of Multidimensional
-
4. Zarina, R., Shahram, A., & management in higher education Research (AJMR) , 9 (3), 49-52.
-
5. Аслонова, Ш. И. (2020). ПРОБЛЕМЫ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ В ОБУЧЕНИИ МОЛОДЁЖИ В ВЫСШИХ УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЯХ. Интернаука , (21-1), 59-60.
"Экономика и социум" №3(94) 2022
Список литературы Men o’zbek shoiriman, o’z xalqimning tiliman
- Gʻafur Gʻulom. Tanlangan asarlar. Nazm va nasr.-T.: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2018-y.352 -b.
- G‘afur G‘ulom, https://arboblar.uz/uz/people/gafur-gulyam.
- Gʻafur Gʻulom (1903-1966) | saviya.uz https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/gafur-gulom-1903-1966.
- Zarina, R., Shahram, A., & Umida, K. (2020). Using games to teach management in higher education institute. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 9(3), 49-52.
- Аслонова, Ш. И. (2020). ПРОБЛЕМЫ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ В ОБУЧЕНИИ МОЛОДЁЖИ В ВЫСШИХ УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЯХ. Интернаука, (21-1), 59-60.
- EDN: BIGWSY