Google ilovasining, imkoniyatlaridan foydalanib online test olish imkoniyat

Автор: Berdiqulov L.I., Haqberdiyeva H.A.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 5-1 (84), 2021 года.

Бесплатный доступ

Ushbu maqolaning mazmuni, mohiyati shundan iboratki, bugungi kunda masofadan turib ta’lim olayotgan talabalarimizning oraliq nazorat testlarini, joriy nazorat testlarini va yakuniy nazorat testlarini, online topshirishda google ilovasini o’rni.

Texnologiyalar, axborot, masofaviy o'qitish, resurslar, manbalar, aloqa, olimpiadalar

Короткий адрес: https://sciup.org/140260531

IDR: 140260531

Текст научной статьи Google ilovasining, imkoniyatlaridan foydalanib online test olish imkoniyat

Rivojlanib borayotgan bugungi kunda respublikamizda o'qitish texnologiyalarini zamonaviylashtirishni jadallashtirish rivojlangan iqtisodiyotli mamlakatlarga qaraganda yanada dolzarb ahamiyatga ega.Chunki hozirgi kunda milliy ta'lim tizimining salohiyati iqtisodiy rivojlanishning yanada yuqori pog'onasiga ko'tarilishga amaliy imkoniyat ta'minlovchi asosiy ijtimoiy resurs sifatida gavdalanadi.Respublikamiz ta'lim tizimidagi asosiy vazifa jahon talablariga mos keluvchi axborot texnologiyalarini o'qitish jarayoniga qo'llashdan iborat.O'zbekistonda ta'lim tizimining axborotlashtirilishi xalqaro hamjamiyatda ham tan olindi.Masofaviy ta'limni rivojlantirish bo'yicha bir qator dasturlar ishlab chiqilmoqda.Iqtisodiyot va jamiyatda islohotlarning o'tkazilishi natijasida o'quv jarayonining zahira hajmini keskin oshirish bo'yicha yangi talablar qo'yildi.

Ayni damda axborot eng asosiy ishlab chiqaruvchi resurslardan biriga, iqtisodiyot va umuman jamiyatning rivojlanish poydevoriga aylanmoqda.Yangi axborot-kommunikatsion texnologiyalar hozirgi kunda yeng dolzarb mavzulardan biri bo'lib kelmoqda, sababi har bir sohani o'rganish, izlanish va tajriba orrtirish uchun turli usullardan foydalanish kerak bo'ladi. Shuning uchun yangi axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Respublikamizda olib borilayotgan islohotlarning tarkibida yuqori malakali mutaxasislarning roli benihoya kattadir.Birinchi Prezidentimiz ta'kidlaganidek, ”Ertangi kun yangicha fikrlay oladigan zamonaviy bilimga ega bo'lgan yuksak malakali mutaxasislarni talab etadi”. Shu sababli xalqimizning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlari, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalar asosida yuksak mutaxasislar tayyorlash tizimi ishlab

chiqildi va jadal sur'atlar bilan hayotga tadbiq etilmoqda [1].

(1-rasm)

Ushbu maqolamning mazmuni shundan iboratki, masofadan turib o’qiyotgan talabalarimiz oraliq,joriy,yakuniy nazorot ishlarini Google ilovasi imkoniyati yordamida masofadan turib yani online topshirish imkonini yaratib beradi.

Biz uni quydagicha amalga oshiramiz. Biz google akkauntga ega bo’lishimiz shart va googleni ishga tushuramiz va google diskdan foydalanamiz.(1-rasm)

(2-rasm)

Google diskning Cоздать bo’limidan google формы bo’limi tanlanadi va

quydagi ko’rinishga ega bo’lamiz.(2-rasm)

  •    Новая форма bo’limiga nom beriladi, yakuniy,oraliq,yoki joriy nazorat ishlari bo’lishi mumkin,описание yoziladi,misol uchun(talabaning o’zlashtirish balli) .

  •    Вопрос без заголовка satriga talabaning F.I.SH to’liq yozilishini taminlab beramiz va Tekst (stroka) buyrug’ini tanlaymiz va обязательниый вопрос buyrug’ini yoqib qo’yamiz.

  •    Endi ekranimizdagi (+) belgisi yordamida savol kiritishni boshlaymiz va

ochilgan yangi obyektdan вопрос bo’limiga savolni kiritamiz.

Dasturning настройки bo’limiga kirib тесты bo’limidan test bo’limini yoqib qo’yamiz va soxranit bo’limi bosiladi.

Endi ответы bo’limi tanlanadi va bu yerdan to’g’ri javob belgilanadi va bitta to’g’ri javobga ijrochi tamonidan ball beriladi va готово tugmasi bosiladi va testimiz tayyor holatda bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

  • 1.    A.S. Kucharov, G.Hakirova. Internet. O‘quv qo‘llanma. Toshkent, “Ibrat” 2001

  • 2.    M Aripov, B.Begalov va boshqalar. Axborot texnologiyalari     O‘quv

    qo‘llanma Toshkent, 2009.

  • 3.    M.Aripov, M.Muhammadiyev Informatika, informasion texnologiyalar Darslik

    2005. Toshkent, TDYuI.,

  • 4.    M.Azimjanova, T.Muradova, M.Pazilova Informatika va axborot texnologiyalari

    O‘quv qo‘llanma Toshkent, “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati”, 2013.

"Экономика и социум" №5(84) 2021

Список литературы Google ilovasining, imkoniyatlaridan foydalanib online test olish imkoniyat

  • A.S. Kucharov, G.Hakirova. Internet. O‘quv qo‘llanma. Toshkent, "Ibrat" 2001
  • M Aripov, B.Begalov va boshqalar. Axborot texnologiyalari O‘quv qo‘llanma Toshkent, 2009.
  • M.Aripov, M.Muhammadiyev Informatika, informasion texnologiyalar Darslik 2005. Toshkent, TDYuI.
  • M.Azimjanova, T.Muradova, M.Pazilova Informatika va axborot texnologiyalari O‘quv qo‘llanma Toshkent, "O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati", 2013.
Статья научная