Innovatsiyalar agrar sohani iqtisodiy rivojlantirish omili sifatida

Автор: Mamadaliyev Qodirjon Qobuljonovich

Журнал: Life Sciences and Agriculture.

Рубрика: Агробизнес

Статья в выпуске: 1 (5), 2021 года.

Бесплатный доступ

Maqolada innovatsiyalarning mohiyati, agrar sohadagi tadbirkorlikda zaruriyati hamda sohaning rivojlantirishga ta’siri, innovasiyalarni yanada agrar sohada rivojlantirish maqsadida tavsiyalar ishlab chiqilgan

Innovatsiya, innovatsion faoliyat, innovatsion muhit, transfert, klaster, modernizatsiya, diversifikatsiya, globallasuv, agrofirma, fermer xo‘jaligi, dexqon xo‘jaligi

Короткий адрес: https://sciup.org/14125778

IDR: 14125778   |   DOI: 10.24411/2181-0761/2021-10004

Текст научной статьи Innovatsiyalar agrar sohani iqtisodiy rivojlantirish omili sifatida

Globallashuv sharoitida mamlakatimizni agrar sohani rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchlari bu bilimlar, texnologiyalar, innovatsiyalar bo'lib, ularga egalik mintaqada etakchilikni ta'minlaydi, qishloq xo‘jalik mahsulotlari halqaro bozorda raqobatdosh ustunliklarni yaratadi, agrar sohadagi mehnat unumdorligiga ijobiy ta'sir qiladi, fermer xo‘jalikalri va agrofirmalarning daromadlarini o'sishiga va eng muhimi qishloq hududlaridagi aholi turmush darajasining oshishiga olib keladi.

Sanoatlashgan iqtisodiyotdan innovatsion (raqamli) iqtisodiyotga o'tish davrida ishlab chiqarish omillari va iqtisodiy o'sish manbalari o'zgaradi. Shakllangan davlat va korhonalarning moliyaviy kapitali iqtisodiyotda asosan texnologiyalar va innovatsiyalarni moliyalashtishiga yo‘naltirish orqali davlatning iqtisodiy rivojlanishi ta’minlanadi. Bunday innovatsiyalar mehnatni tashkil etish va hodimlarning yuqori malakasini taminlashda ham yaqqol namoyon bo‘ladi.

Quyida berilgan 1-jadvalda biz innovatsiyalarning mohiyati va iqtisodiyotga ta’sirini o‘z ilmiy asarlarida yoritib bergan xorijiy olimlarning qarashlarini keltirib o‘tdimoqdamiz.

Innovatsiyalarning ilmiy mohiyati 1920 yillardan keyin organish bo‘shlandi. Bunda Avstriyalik olim Y. Shumpeterning qarashlari alohida ahamiyat kasb etadi.

1-jadval

Innovatsiyalarning iqtisodiotdagi zaruriyati to‘g‘risida ilmiy yondashuvlar

Avtor

Nazariyasi

Y. Shumpeter2

Innovatsiyalar ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar rivojlanishining etakchi omili, innovatsion jarayonning tashabbuskori -tadbirkor, innovatsion faoliyat esa o'rta va uzoq muddatli istiqbolda tsiklik rivojlanish bosqichi sifatida iqtisodiy rivojlanishni belgilovchi asosiy omil hisoblanadi.

F.A.Hayek3

Innovatsion faoliyat va innovatsion rivojlanish iqtisodiy tartibga solish choralariga moslashuvchan munosabatda bo'ladi: davlat nazorati qancha kam bo'lsa, korxonalarni innovatsion jarayonga jalb qilish shunchalik yuqori bo'ladi, mos ravishda innovatsion faoliyat kuchayadi, mos ravishda tarkibiy sharoitlarning rivojlanishi va raqobatni rag'batlantirish, tadbirkorlik tashabbusiga qo'yilgan cheklovlarni yo'q qilish ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni rivojlantirish shartidir.

G. Chesbryu4

Innovatsion jarayonning samaradorligi tashqi, xalqaro ilmiy va texnologik hamkorlik faoliyatiga bog'liq bo'lib, bu real sektorning barcha kontragentlari uchun kuchli ta'sirga olib keladi.

Innovatsiyalar agrar sohada, iqtisodiyotning boshqa sohalarida, real sektor va tarmoq faoliyatiga bevosita ta'sir ko'rsatish kuchiga ega. Mamlakat agrar tizimining innovatsion rivojlanishi, innovatsiyalarning ichki ta’siri va sohaga tashqaridan innovatsion faoliyatning kirib kelishi (impulsi) bilan bog'liq.

Innovatsiyalar agrar sohaning iqtisodiy bo'g‘inlari, ya’ni gorizontal (bir xil darajada) va vertikal ravishda quyi tizimlar bilan (quyi hududiy darajada) ijtimoiy- iqtisod tizimlarning o'zaro ta'sirida muhim ahamiyatga egadir.

Xorijiy     tadqiqotlar     shuni       etakchiligini, shu jumladan global iqtisodiy tasdiqlaydiki, innovatsion iqtisodiyot,       rivojlanishni ham ta'minlaydi [10]

iqtisodiy tizimning raqobatbardoshligi va

2-jadval

Dunyo mamlakatlarining ilm-fanga qilingan harajatlarining YaIMdagi o‘zgarishlari dinamikasi5

Mamlakatlar

Yillar

2012

2014

2016

2018

AQSh

2.7

2.73

2.72

2.74

Xitoy

1.9

2.0

2.1

2.3

Yaponiya

3.2

3.1

3.2

3.1

Jan. Koreya

4.0

4.3

4.2

4.2

Rossiya

1.0

1.1

1.1

1.2

Qozog‘iston

0.2

0.2

0.1

0.3

O‘zbekiston

0.2

0.2

0.2

0.18

Yuqorida berilgan 2-jadval ma’lumotlari orqali biz dunyo mamlakatlarining ilm-fanga yani innovatsiyalarga harajatlarining YaIM dagi ulushuni ko‘rsatib o‘tmoqdamiz. Dunyoning yetakchi mamlakatlarida innovatsiyalarga salmoqli mablag‘lar yo‘naltirilmoqda. Keyingi 10 yillik mobaynida innovatsiyalarga harajatlar katta miqdorda ortib borish tendensiyasiga ega. Bundan tashqari rivojlangan mamlakatlarda innovatsiyalarga xususiy sektorning ham salmoqli mablag‘lari yo‘naltiriladi.

O’zbekiston Respublikasida agrar sohaning innovatsion rivojlanishi nafaqat innovatsiyalarni sohaning mahsulot yetishtirish, ishlab chiqarish intensivligi, hududlarda qishloq xo‘jalik korhonalarida olinayotgan iqtisodiy samaradorlik natijalarni ortib borishi bilan hamda mamlakatdagi butun agrar sohadagi innovatsion tsiklni, shu jumladan rivojlanish, tijoratlashtirishni, mintaqaning real sektori segmentlari o'rtasida innovatsiyalarning tarqalishi uchun sharoit yaratishni, shuningdek tarmoqlararo va mintaqalararo aloqalarni kengayib borishini belgilaydi.

Agrar sohani rivojlanishning innovatsion omillarini tahlil qilishda o'z ichiga quyidagilarni oladi:

  • 1)    agrar sohani rivojlanishning omillari bo'lgan ichki muhit imkoniyatlarining eng samarali usullarini qidirib topish va uning diffuziyasini kengaytirish;

  • 2)    agar sohaga tashqaridan (chetdan) samarali innovatsion usullarni kiritish orqali milliy iqtisodiyotda bu sohaning rivojlanishini ta’minlash. Bu yerda innovatsiyalar transferidan samarali foydalaniladi.

Innovatsion transfer- bu innovatsion jarayonlarning muhim bo‘g‘inlaridan hisoblanib, rasmiylashtirilgan innovatsiyalarning ijtimoiy va iqtisodiy sohalarga, jumladan biznesga manfaatli tarqatish [6]

Agrar sohada innovatsion rivojlanish omillarini qo’llash borasida innovatsion tizimlarni o'rganishga yondashuvning funktsionalligi, hududning innovatsion holatini hisobga olgan holda etarli boshqaruv mexanizmlarini ishlab chiqish zarurati bilan bog'liq. Agrar sohaning innovatsion rivojlanishiga yangicha qarash hududlarning innovatsion rivojlanishini tizimli yo'nalishda rag'batlantirishga imkon beradi. Agrar

  • 5    (electron manba: ITTKIga harajatlar darajasi boyicha jahon mamlakatlari reytingi. www. wdi. worldbank. org‘

sohaga yangicha qarashlar, ilmiy jifatdan kuchli o‘rganish va qishloq xo‘jaligining imkoniyatlari kengayib borishiga olib keladi Mamlakatimizda agrar sohada yangicha yonalish sifatida qaralilayotgan klaster tizimi ham innovatsion yechimlarga ega. Bu tizim jahon amaliyotida qishloq xo’jaligini rivojlantirishda va qishloq joylarda malakali hodimlar mehnatini yaratishda ko‘p yillar mobaynida foydalanib kelinmoqda. Klaster tizimi qishloq joylardagi infratuzilmalarni bevosita o‘zgartirib yuboradi.

Klaster yondashuvi [11], faoliyati umumiy     maqsadlarga     erishishga yo'naltirilgan va innovatsion mahsulotlarni yaratish uchun yagona texnologik platforma bilan bog'langan.

Klaster o‘zida lokalizatsiya qilingan iqtisodiy tuzilmalar majmuini ifodalovchi     innovatsion     hududiy klasterlarni yaratishni nazarda tutadi. Innovatsion rivojlanish istiqbollari hudud va mintaqalararo o'zaro ta'sir shakllari bilan bog'liq. Samaradorlik klasterlarning investitsiya xarajatlari, ishlab chiqarish hajmi,      klasterning      innovatsion texnologiyalari asosida ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish sharoitida ishlash samaradorligi bilan belgilanadi.

Mamlakatimizda klaster tizining qishloq xo‘jaligiga joriy etilishi ko‘plab innovatsion usullarning qo’llanishiga olib kelаdi. Nafaqat soha texnika va texnologiyalarini modernizatsiyasi balki raqamli iqtisodiyotning agrar sohaga kirib borishini ta’minlaydi. Jumladan Janubiy Koreyada soya yetishtirishda klaster tizimining      qo‘llanilishi      oqibatida

Koreyaning qishloq joylardagi yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘rgatishga va yoshlarni ish izlab shaharga ketishi oldi olindi. Bizda shunga o‘xshash holatlar va muammolar qishloq joylarda yetarli dajada. Klaster agrar sohada agar yetishtirilgan xosilni to‘liq qayta ishlash va tayyor mahsulotga aylantirish qamrab oladigan bo‘lsa juda ko‘plab innovatsion usullarni joriy etilishiga va ulardan olinayotgan samarani qishloq hududlar infratuzilmalarni tubdan yangilashga olib keladi. Agrar soha mahsulotlari turi, sifati va miqdori ortadi.

Xulosa

O‘zbekiston Respublikasi agrar tizimida innovatsiyalarning samarali qo‘llanilishi soha imkoniyatlarini yanada kengayishiga, mahsulotlar va xizmatlar tarkibini ortishiga, halqaro bozorga raqobatbardosh mahsulotlar chiqishini ta’minlaydi. Innovatsiyalar mehnatga bo‘lgan munosabatning keskin ijobiy tomonga o‘zgartiradi. Agrar sohada biznesning imkoniyatlarini kengaytiradi. Tadbirkorlarning daromad olishga bo‘lgan intilishi yanada kuchayadi. Eng muhimi mamlakatimizda aholining sifatli oziq-ovqat bilan ta’minlash va mahsulotlar turlari hamda tarkibini kengayishiga olib keladi. Qishloq aholisining turmush tarzi yahshilanadi va daromadlari ortishiga erishiladi.

O‘z navbatida davlat innovatsiyalarning agrar sohaga kirib borishini rag‘batlantirishi va uning xuquqiy asoslarini halqaro talablar darajasida shakllantirishi darkor. Jismoyiy va yuridik shaxslarning innovatsion faoliyatlarini agrar sohada qo‘llab quvvatlanishi davr talabidir.

ADABIYOTLAR:

  • 1.    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik va innovatsiyalar sohadagi loyihalarni moliyalashtirish va mexanizmlari takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora – tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni.2018 yil.24 noyabr. PF-5583-son.

  • 2.    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish Strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni.2018 yil.21 sentyabr. PF-5544-son.

  • 3.    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “ O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risida”gi Qarori.2017 yil.30 noyabr. PQ-3416-son.

  • 4.    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Innovatsion faoliyatni yanada qo‘llab- quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori.2018 yil.11 sentyabr. №721-son.

  • 5.    Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat ‘iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. T. O‘zbekiston. 2017 y.

  • 6.    Abduraupov R.R. To‘ychiyev A.G‘ Kichik biznesga innovatsiyalar transferini moliyalashtirish. Fan. Monografiya.T. 2020 y. 19-b

  • 7.    Schumpeter, J. A. Business Cycles: a Theoretical, Historical, and Statistical Analysis of the Capitalist Process / J. A. Schumpeter. – Oxford Univ. Press, 1939. — 384 pages.

  • 8.    Хайек, Ф. А. Пагубная самонадеянность. Ошибки социализма / Ф. А. Хайек. – М., 1992. – 304 с. 4 Mensch, G. Stalemate in Technology: Innovations Overcome the Depression / G. Mensch. — New York, 1979. – 241 pages.

  • 9.    Chesbrough, H. Open Innovation. The New Imperative for Creating and Profiting from Technology / H. Chesbrough. – 2003.

  • 10.    Нейсбит, Дж. Мегатренды / Дж. Нейсбит. – М.АСТ, 2003 – 380 с.

  • 11.    Литвиненко, И.Л. К вопросу об управлении региональной инновационной системой / И.Л. Литвиненко // Научные ведомости. Серия: Экономика. Информатика. – 2018. – № 4. – С. 616–625.

Список литературы Innovatsiyalar agrar sohani iqtisodiy rivojlantirish omili sifatida

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik va innovatsiyalar sohadagi loyihalarni moliyalashtirish va mexanizmlari takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora - tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoni.2018 yil.24 noyabr. PF-5583-son.
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish Strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi Farmoni.2018 yil.21 sentyabr. PF-5544-son.
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining " O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risida"gi Qarori.2017 yil.30 noyabr. PQ-3416-son.
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Innovatsion faoliyatni yanada qo‘llab- quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori.2018 yil.11 sentyabr. №721-son.
  • Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat ‘iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. T. O‘zbekiston. 2017 y.