Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida estetik tarbiyaning o’rni
Автор: Abdurahmonova A., Gulamova M.S.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 4-1 (95), 2022 года.
Бесплатный доступ
Bolalarda go’zallik haqidagi bilimlar atrof voqelikni uning butun xilma-xilligida, shuningdek go’zallik eng ko’p jamlangan holda aks etadigan san’atni estetik o’zlashtirish jarayonida tarkib toptiriladi. Hayot xilma-xilligi, san'at turlari va janrlarning xilma-xilligiga sabab bo’ladi. Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotida estetik tarbiyaning o’rni va ahmiyati yorqin misollar orqali keltirilgan.
Estetika, maktabgacha ta'lim tashkiloti, ahamiyat, ta'lim-tarbiya
Короткий адрес: https://sciup.org/140292826
IDR: 140292826
Текст научной статьи Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida estetik tarbiyaning o’rni
Pedagogik qo‘llab-quvvatlash tushunchasining asosiy mazmun-mohiyatini ifodalovchi tayanch iboralardan biri “bolalar muammolaridir”. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim jarayoni oldiga barkamol shaxsning shakllanishi uchun poydevor hosil qilish vazifasi turibdi. Buning uchun yaqin o‘tmishda foydalanilgan an’anaviy o‘lchovlardan qutulish taqozo qilinmoqda. Har bir bola o‘zini jamiyatda erkin his etishi va mikrosotsiumda munosib o‘rin topishi uchun nimalarga e’tibor qaratish lozim?” – degan savollarga javob topish maktabgacha ta’lim pedagogikasining muhim vazifalaridandir. Har bir bolani maktabgacha ta’lim bosqichidan boshlab, pedagogik qo‘llab-quvvatlash orqali intellektual rivojlantirish, ularning o‘ychan nigohlariga e’tiborsiz bo‘lmaslik, ko‘makka muhtoj bolalarni aniqlash va tezkor yordam ko‘rsatish, ularning o‘zlarini namoyon qila olishlariga ko‘maklashish echimini kutayotgan muhim masalalardandir.
Bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan pedagogik jarayon murakkab va rang-barangdir. Tarbiya masalalari ta'lim-tarbiya ishining tashkiliy shakllari, bolalar faoliyatining har xil turlari: mashg`ulotlarda ta'lim berish orqali, ijodiy va qoidali o`yinlar, bolalarning mustaqil faoliyatlari, ularning o`z mehnati va kattalar mehnati bilan tanishtirish orqali, o`z-o`ziga xizmat qilish, sayrlar o`tkazish gigienik tadbirlar orqali amalga oshiriladi. Ta'lim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish bolalar bog`chasidagi pedagogik jarayonni, har bir faoliyat turini to`g`ri tashkil etishga bog`liqdir. Bolalar bog`chasining pedagogik jarayonida ta'lim muhim ahamiyat kasb etadi va u kundalik xayotda, o`yinda, mehnatda, mashg`ulotlar orqali amalga oshiriladi.
Bu davrda maktabgacha ta’limda bir qator yangilanishlar amalga oshirilib, uning maqsadlari tubdan yangilandi. Uning bolalarni intellektual rivojlantiruvchi funksiyasi kengayib ta’lim oluvchilarning o‘ziga xosligini hisobga olish ustuvor ahamiyat kasb eta boshladi. Kuzatishlarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, maktabgacha ta’limning yangi mazmuni ko‘pvariatlilik, uzviylik, bolalarda dastlabki ko‘nikmalar va tasavvurlarni shakllantirish, ularning individual xususiyatlarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Bolalarga maktabgacga yosh davrida estetik tarbiya berish boalni har tomonlama insonparvar,ezgulik hissi mujassam,vatanparvar shaxs etib tarbiyalanishida va tabiatga,atrofidagi insonlarda shu jumladan ota-onasiga mehr-muhabbat ham estetik tarbiya orqali beriladi.
Estetik tarbiya – jamiyatda ma'naviy muhitni paydo qilishga ko'mak beruvchi muhim unsur bo'lib, u inson didini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi hamda ana shu orqali insonni jamiyat munosabatlariga yaqinlashtiruvchi kuchdir.
Estetik tarbiyaning vazifalari: kishilarda san'at asarlari, badiiy ijod namunalarini nafaqat faol o'zlashtirish balki, ularning estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish; jamiyat a'zolarining ijodiy imkoniyatlarini namoyon qildirish va ulardan foydalana bilishga ishonch tuyg'usini uyg'otish; tabiat hamda jamiyat ijtimoiy jarayonlariga sof tuyg'u bilan munosabatda bo'lishga va ularni ravnaq toptirish yo'lida astoydil faoliyat olib borish ko'nikmalarini hosil qilish; o'tmish ma'naviy merosimizga hurmat hissini uyg'otish, milliy g'urur, milliy iftixor tuyg'ularini shakllantirish uchun zamin yaratish; o'tmish ma'naviy merosimizga hurmat hissini uyg'otish, milliy g'urur, milliy iftixor tuyg'ularini shakllantirish uchun zamin yaratish;ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirib jahonga yuz tutish va ularni millat manfaatlari uchun naf keltiradigan tomonlarini targ'ib qilishga undashdir.
Estetik his-tuyg'u - insonni qurshab turgan muhitdagi ruhiy tuyg'u paydo qiluvchi go'zallik va xunuklikni, ulug'vorlik va pastkashlikni, fojiaviylik va kulgililikni idrok etish va baholash qobiliyatidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
-
1. Мирзаева, Дилфуза Шавкатовна, Насиба Қурбон Қизи Насимова, and Наргиза Супхоновна Ҳакимова. "Арт-педагогика для дошкольников." Scientific progress 2.7 (2021): 1201-1205.
-
2. Nasimova Nasiba Qurbon qizi. Use of Innovative Methods in Speeching Classes in Preschool Educational Organizations. International Journal of Culture and Modernity ISSN 2697-2131, Volume 11 https://ijcm.academicjournal.io/index.php/ijcm.
-
3. Nasimova Nasiba Qurbon qizi. Methods of Musical Education and Upbringing of Preschool Children. European Journal of Innovation in Nonformal Education (EJINE) Volume 2 | Issue 2 | ISSN: 2795-8612. European Journal of Innovation in Nonformal Education www.innovatus.es
"Экономика и социум" №4(95) 2022
Список литературы Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida estetik tarbiyaning o’rni
- Мирзаева, Дилфуза Шавкатовна, Насиба Қурбон Қизи Насимова, and Наргиза Супхоновна Ҳакимова. "Арт-педагогика для дошкольников". Scientific progress 2.7 (2021): 1201-1205.
- Nasimova Nasiba Qurbon qizi. Use of Innovative Methods in Speeching Classes in Preschool Educational Organizations.International Journal of Culture and Modernity ISSN 2697-2131, Volume 11 https://ijcm.academicjournal.io/index.php/ijcm.
- Nasimova Nasiba Qurbon qizi. Methods of Musical Education and Upbringing of Preschool Children. European Journal of Innovation in Nonformal Education (EJINE) Volume 2 | Issue 2 | ISSN: 2795-8612. European Journal of Innovation in Nonformal Education www.innovatus.es.