Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy ta’lim tarbiyaning roli
Автор: Roziqova G.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 4-1 (83), 2021 года.
Бесплатный доступ
Ushbu maqolada bolalarnin ijtimoiy hayotga moslashishida,ta’lim olishida va jamiyat qonun-qoidalarini ozlashtirishidagi to’siqlarini yengishida oilaviy muhitning ahamiyati va ta’lim muassasalari vazifalari va burchlari hadida yoritilgan.
Moslashuv, ta'lim berish, tarbiyalash, shaxs kamoloti, shaxsiy xususiyatlar
Короткий адрес: https://sciup.org/140260440
IDR: 140260440
Текст научной статьи Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy ta’lim tarbiyaning roli
Darhaqihat maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va etuk maktabda oqishga tayyorgarlik darajasida shakllantirish maqsadida tashkil etiladi. Ushbu ta’lim bolaning olti – etti yoshga to‘lgunga qadar oilada maktabgacha ta’lim muassasalari (yaslilar uch yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bolalar bog‘chalari 3 yoshdan 6-7 yoshgacha bo‘lgan bola uchun) va mulk shaklidan qat’iy nazar ta’lim muassasalarida olib boriladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar rivojlanadilar va ta’lim – tarbiya oladilar. Ularning sog‘ligi mustahkamlanadi o‘z – o’ziga xizmat kursatish ko‘nikmalarini hosil qiladi. Ularda mehnatga muhabbat uyg‘onadi. Kattalarga hurmat vatanparvarlik to‘yg‘ulari tarbiyalanadi. Bolalar maktab ta’limi uchun tayyorgarlik ko‘radilar. Maktabgacha ta’lim sog‘lom, har tomonlama etuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart-sharoitlar yaratadi. Bolalarni maktabda muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlashda ota-onalarga yordam beradi.
Maktabgacha ta’limning bizga ma’lum quyidagi vazifalari mavjud:
-
- bolalarni xalqning boy milliy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida aqliy va ma’naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalash;
-
- bolalarda milliy g‘urur, vatanparvarlik hislarini shakllantirish;
-
- maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qishga intilish mayllarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlash;
-
- bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish;
-
- bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘ini ta’minlash.
Bolaning rivojlanishi bola hayotining dastlabki kunlaridanoq boshlanadi: Bu davrlarda bolaning nutqi ham tez rivojlanadi. Bolaning ilk yoshlik chog`ida to`g`ri, mavridi bilan o`sishi uning hayot sharoitiga, tevarak atrofdagi kattalarning aktiv, biror maqsadga qaratilgan ta'sir ko`rsatishiga bog`liq. Bola uchun zarur sharoit yaratish, kattalarning unga bevosita ta'sir ko`rsatishi natijasida bolada birinchi tabassum yuzaga keladi, u buyumlar bilan o`ynaydi, harakatlari, nutqi, rivojlanadi. Bolaning rivojlanishi uning ta'lim va tarbiyasi bilan belgilanadi. Buni bola hayotining birinchi oylaridanoq boshlash kerak. Ilk yoshdagi bolalarning birinchi xususiyati ularning jismoniy va nerv-psixik rivojlanishi o`rtasida mustahkam aloqa bo`lishidadir. Insonni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, xalqimizning azaliy orzusi bo’lib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o’rgatish, ularni komillikka yetaklash yo’llari, qonun qoidalarini muttasil izlaganlar.Chunki insonning ma’rifatli va ma’naviy komillikka erishishi pedagogika fanining yetakchiligida amalga oshiriladi. Tarbiya haqida mashhur pedagog Abdulla Avloniy tarbiyaga alohida e’tibor berib : «Tarbiya yo hayot yo momot yo najot yo halokat yo saodat yo falokar masalasidir»1- degan edi. Bola tarbiyasi xususida sharq va g’arb olimlari, allomalari o’zlarining fikrlari qarashlarini bayon etib ketishgan.1934-yilda takomillashtirilgan “Tarbiyalash programmasi” nashr etildi.Unda bolalar bog’chasida bolalarning ko’p qirrali hayotini tashkil etish va uning mazmuni masalalariga katta e’tibor berildi. Qur'oni Karim va Hadislarda ham ta’lim-tarbiya jarayoniga alohida to’htalib o’tilgan.
Ilm-ulug’ hikmat, ilm-iymon, e’tiqod.Demak, din asosini ham ta’lim ilm tashkil etadi. Beshikdan qabrgacha ilm izla kabi ibratli so’zlar ham hayotiy tajriba asosida yuzaga kelgan deb ayta olamiz. MTM dagi asosiy vazifasi - hamisha ijobiy holatda bo’lish, o’qitish, o’rgatish va o’rganishdir. Demak, ular MTM dagi jo’shqin faoliyatning boshqaruvchisidir. Bu borada mohir boshqaruvchi bo’lish murabbiy va tarbiyachilarning baxti hamdir. Bu jo’shqin faoliyat yana shunisi bilan ahamiyatliki, MTM da bolalarning o’zaro va murabbiy hamda tarbiyachilari bilan bo’ladigan munosabatlari yanada chuqurroq va mazmundorroq bo’ladi. Bolalarda o’z-o’zini o’rganish va tarbiyalashga ishtiyoq kuchayadi. uchun yaqin maslahatchi, yo’l ko’rsatuvchi, yaqin kishiga, o’rtoqga, do’stga aylanadi. Barchaga ma’lumki, bolani maktabda muvaffaqiyatli o’qishi maktabgacha tarbiya davridagi tayyorgarlik darajasiga bog’liq. Bolani maktabda o’qishga hayotning yangi bosqichiga tayyorlash uning shaxsi rivojlanishi-ning barcha tomonlarini o’z ichiga oladi va maktabgacha tarbiya davrida amalga oshiriladi. Bolani maktabda o’qishga tayyorlashda uning aqliy jihatdan tayyorligi
3 ta asosiy komponentdan, ya’ni: uni o’rab turgan tabiat, odamlar hayoti. Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o’tishi hamisha uning hayoti, xulqi, qiziqishi va kundalik munosabatlarida anchagina jiddiy o’zgarishlarni yuzaga keltiradi.Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolani bog’chada yoki uydayoq maktab ta’limiga tayyorlash jarayonida uncha qiyin bo’lmagan bilim, tushuncha, ko’nikma va malakalar bilan tanishtirish, o’z navbatida bolada kechadigan moslashuv davri jiddiy qiyinchiliklarsiz o’tishga yordam beradi.
Foydalangan adabiyotlar:
-
1 .Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. – Toshkent: O’qituvchi, 1992
-
2 .O’zbek pedagogikasi antologiyasi. Tuzuvchi: K.Hoshimov, S.Ochil. – Toshkent: «O’qituvchi», 1995.
-
3 .Munavvarov A.K. Oila pedagogikasi. – Toshkent: «O’qituvchi», 1995.
-
4 .Malika Inomova. “Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyasi”. T.: 1999 yil
-
5 . Hasanboeva O. Oila pedagogikasi. - Toshkent: «Aloqachi», 2007.
"Экономика и социум" №4(83) 2021
Список литературы Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy ta’lim tarbiyaning roli
- Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. - Toshkent: O'qituvchi, 1992
- O'zbek pedagogikasi antologiyasi. Tuzuvchi: K.Hoshimov, S.Ochil. - Toshkent: "O'qituvchi", 1995.
- Munavvarov A.K. Oila pedagogikasi. - Toshkent: "O'qituvchi", 1995.
- Malika Inomova. "Oilada bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyasi". T.: 1999 yil
- Hasanboeva O. Oila pedagogikasi. - Toshkent: "Aloqachi", 2007.