Moliya bozorlari subyektlari va ularda buxgalteriya hisobini tashkil etish

Автор: Razzaqov M.B.

Журнал: Мировая наука @science-j

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 6 (99), 2025 года.

Бесплатный доступ

Maqolada moliya bozorlari xususan, tijorat banklarining buxgalteriya hisobi tashkil etilishi va me’yoriy hujjatlari keltirilgan. “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banki misolida to‘g‘ri yuritilgan buxgalteriya hisobining ijobiy natija ko’rsatishligi uning asosiy moliyaviy ko‘rsatkichi orqali tahlil qilingan hamda xulosa keltirilgan.

Moliya bozorlari, tijorat banklari, me’yoriy hujjatlar, buxgalteriya hisobi, hamkorbank

Короткий адрес: https://sciup.org/140312065

IDR: 140312065

Текст научной статьи Moliya bozorlari subyektlari va ularda buxgalteriya hisobini tashkil etish

Globallashuv, raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi va kapital oqimlarining faollashuvi sharoitida moliyaviy bozorlarning iqtisodiy hayotdagi roli keskin ortib bormoqda. Ayniqsa, moliyaviy resurslarni to‘plash, ularni iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlariga yo‘naltirish, investitsiyalarni jalb qilish va istiqbolli loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda moliya bozorlari hal qiluvchi vosita sifatida e’tirof etilmoqda. Tarixan, moliya bozorlari iqtisodiy tizimning ajralmas qismi bo'lib, ular sanoat inqilobi va kapitalizmining rivojlanishi bilan yanada kengaygan . Ularning mavjudligi va rivojlanishi iqtisodiy erkinlik va resurslarni samarali taqsimlash imkonini beradi.

Moliya bozorlari o‘z tuzilmasiga ko‘ra quyidagilardan iborat bo‘ladi: -Valyuta bozori — milliy va xorijiy valyutalar bilan savdo qilishni ta’minlaydi; -Kredit bozori — qisqa va uzoq muddatli qarz mablag‘larini jalb qilishga xizmat qiladi; - Qimmatli qog‘ozlar bozori — aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa moliyaviy vositalar muomalasi bilan bog‘liq; - Tijorat banklari – kreditlar, valyuta ayirboshlash, depozit xizmatlarini taqdim etadi. - Sug‘urta bozori — moliyaviy xavflarni kamaytirish va ularga qarshi kafolatlar berishga qaratilgan xizmatlarni ko‘rsatadi. Moliya bozorlari zamonaviy iqtisodiyotda o‘ziga xos vositachilik rolini bajaradi. Bunda banklar, investitsiya fondlari, sug‘urta kompaniyalari, brokerlik firmalari kabi moliyaviy institutlar faol ishtirok etadi. Tijorat banklari moliya bozorlarining ajralmas bo‘lagi hisoblanadi. Ular kapital oqimini tashkil qilish va uni samarali taqsimlash, likvidlikni saqlash, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish, valyuta bozori faoliyatida ishtirok etish va risklarni boshqarish kabi asosiy vazifalarni bajaradilar. Tijorat banklarining buxgalteriya hisobi ularning moliyaviy faoliyatining aniqligini ta'minlovchi vosita bo‘lib, moliyaviy tizimda muhim o‘rin tutadi. Ushbu hisob bankning aktiv va passivlarini, daromad va xarajatlarini tartibga solib, moliyaviy holatga baho berishga imkon beradi. To‘g‘ri olib borilgan buxgalteriya hisobi ichki nazorat tizimini mustahkamlab, soliq majburiyatlari va tartibga soluvchi talablarni bajarishni kafolatlaydi, ochiqlikni ta'minlaydi va risklarni boshqarishda yordam beradi.

Bank muassasalarida buxgalteriya hisobi va hisobot tizimining samarali tashkil etilishi ularning kundalik faoliyatini samarali amalga oshirishida hal qiluvchi omil hisoblanadi. Bu tizim bank rahbariyati, investorlar, kreditorlar, davlat organlari, jamoatchilik va boshqa manfaatdor tomonlarga bank faoliyati yuzasidan ishonchli va aniq ma’lumotlar taqdim etadi. O‘zbekistondagi banklarda buxgalteriya hisobini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining 2008 yil 11 iyuldagi 1834-sonli yo‘riqnomasi asosida amalga oshiriladi. Ushbu hujjatda buxgalteriya apparatini tashkil qilish prinsiplari, hujjat aylanishi va mijozlarga xizmat ko‘rsatish usullari bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berilgan. Banklarda buxgalteriya hisobining to‘g‘ri tashkil etilishi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, samarali buxgalteriya hisobi va nazorat bank faoliyatining to‘laqonli va ishonchli bajarilishini ta’minlaydi. 2021 yil 1 yanvardan boshlab tijorat banklari buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarini Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (MHXS) asosida yuritishlari belgilandi . Hozirgi kunda tijorat banklari quyidagi me'yoriy hujjatlardan foydalanib kelishmoqda :

«O'zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to'g'risida»gi 1834 son yo'riqnoma 2008 yil 11 iyul.

«O'zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi» 2021 yil 26 noyabr, ro’yxat raqami 3336.

«O'zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to'g'risida»gi 3229-sonli nizom, 2020 yil 13 aprel

«Tijorat banklarida foizlarni hisoblash to'g'risida»gi 3460-sonlı Nizom, 2023 yil 29 sentyabr.

"Tijorat banklarining hisob siyosati va moliyaviy hisobotlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida"gi 3337-sonli nizom 2021 yil 27 noyabr

va boshqa hujjatlar.

O‘zbekiston Respublikasida xususiy sektorning iqtisodiy o‘sishdagi roli ortib borayotgan bir davrda, moliyaviy xizmatlar sohasi, xususan, bank tizimi ham chuqur islohotlar va raqobat muhitida rivojlanmoqda. Shu nuqtai nazardan, “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banki mamlakat moliyaviy tizimining muhim sub’ektlaridan biri sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Chet el kapitali ishtirokidagi “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banki — O‘zbekiston Respublikasi bank tizimidagi yirik va ishonchli xususiy moliyaviy institutlardan biridir. “Hamkorbank” xalqaro moliya institutlari bilan uzoq yillik hamkorlikka ega. Xususan, bank 15 yildan ortiq vaqt mobaynida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (EBRD), Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC), Gollandiya taraqqiyot banki (FMO), Responsability kabi xalqaro moliya institutlari bilan turli kredit liniyalari, texnik yordam va investitsion loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

1-jadval

“Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat bankining3 yillik moliyaviy tahlili. Jami aktivlar o‘sish dinamikasi (2022–2024)

Yil

Jami aktivlar (so‘m)

O‘sish (%)

2022

16,7 trln

2023

20,9 trln

+25,1%

2024

28,7 trln

+37,32%

Muallif ishlanmasi “Hamkorbank” ATB rasmiy 2022-2024 yil yakuni hisoboti bo’yicha

2022 yildan 2024 yilgacha bo’lgan davr davomida aktivlar 71,9% ga oshgan, bu bank faoliyatining kengayganidan darak beradi. O‘sish asosan kredit portfeli va valyuta operatsiyalarining faollashuvi hisobiga ro‘y berganligini 1-jadvalda ko’rishimiz mumkin.

Bu ko‘rsatkich bankning foydali va samarali faoliyat yuritayotganini, daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi balansni to‘g‘ri boshqarayotganini anglatadi. Bankning foizsiz daromadlari, ayniqsa valyuta operatsiyalaridan tushgan tushumlar, daromadlar tarkibida muhim rol o‘ynab, bankning foiz daromadlariga qaramligini kamaytirishga xizmat qildi. Bu holat bankning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasi to‘g‘ri yo‘nalishda ekanini tasdiqlaydi.

Xulosa:   2022–2024 yillar davomida “Hamkorbank” ATBning moliyaviy holati barqaror o‘sish tendensiyasini namoyon etdi. Bankning aktivlari 2022 yildagi 16,7 trln so‘mdan 2024 yilda 28,7 trln so‘mgacha oshib, bu davr davomida 12 trln so‘mga yoki 71,9% ga ko‘paydi. Yakuniy xulosa sifatida aytish mumkinki, O‘zbekistonda moliya bozorlarining hisobini takomillashtirish nafaqat iqtisodiyotni samarali boshqarish, balki hududiy rivojlanishni jadallashtirishda ham muhim vositadir. “Hamkorbank” faoliyati esa bu borada amaliy natijalar bilan buni tasdiqlaydi. Kelgusida bu yo‘nalishdagi islohotlar yanada chuqurlashsa, moliyaviy sektorning raqobatbardoshligi, barqarorligi va investitsion jozibadorligi yanada oshadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: