Pedagogik muloqot jarayonida ziddiyatlar va psixologik to'siqlar bilan bog‘liq muammolar
Автор: Mamurova F., Abdullayeva N., Yusupjonova M.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 2-1 (81), 2021 года.
Бесплатный доступ
Ushbu maqola mualliflari pedagogik muloqot jarayonida hamda muomala jarayonidagi ziddiyatlar va psixologik to‘siqlar bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni keng yoritib tahlil qilib o‘tgan
O'zaro kommunikativlik, emosional birlik, pedagogik muloqot, idrok, muomala texnikasi, rollarni niqoblardan ajratish
Короткий адрес: https://sciup.org/140260684
IDR: 140260684
Текст научной статьи Pedagogik muloqot jarayonida ziddiyatlar va psixologik to'siqlar bilan bog‘liq muammolar
katta o'qituvchi Feruza Ma'murova katta o'qituvchi Abdullayeva Nozima magistratura talabasi Yusupjonova Muyassar
Namangan muhandislik-qurilish instituti
O'zbekiston Respublikasi, Namangan shahri
PEDAGOGIK MULOQOT JARAYONIDA ZIDDIYATLAR VA PSIXOLOGIK TO‘SIQLAR BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR Annotatsiya: Ushbu maqola mualliflari pedagogik muloqot jarayonida hamda muomala jarayonidagi ziddiyatlar va psixologik to‘siqlar bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni keng yoritib tahlil qilib o‘tgan
Kalit so’zlar: o‘zaro kommunikativlik, emosional birlik, pedagogik muloqot, idrok, idrok, muomala texnikasi, rollarni niqoblardan ajratish
O‘zbekiston respublikasining birinchi prezidentimiz I.A.Karimov o‘zining «Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch» nomli asarida «... dunyodagi zo‘ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o‘ziga tobe qilib, bo‘ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo‘lsa, avvallambor, uni qurolsizlantirishga, ya’ni eng buyuk boyligi bo‘lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilishga urinadi», - deb bildirgan fikrlari katta ahamiyat kasb etadi.1
Konfliktni qanday qilib boshqarish mumkin? Buning uchun kishidan o‘z emotsiyalarini nazorat qilish, qalbaki sabablardan haqiqiy sabablarni ajratib olish, ziddiyatni lokallashtirish, faqat himoyaga diqqatni qaratishdan qochish, tashabbuskorlikni o‘z qo‘lida ushlab turish talab etiladi.
Ziddiyatni hal etishning to‘rtta yo‘li mavjud: bo‘ysundirish, kompromiss, qochish va integratsiya. Oxirgi yo‘l eng qiyin, lekin uni amalga oshirish mumkin. Ziddiyatli vaziyatlardan chiqishni bilmaslik, har qanday kishi uchun muomala jarayonida paydo bo‘ladigan ko‘plab kundalik qiyinchiliklarni engib o‘tish, jismoniy va psixik sog‘liqqa putur etkazuvchi emotsional stresslarga olib keladi. Bu holatni psixologlar shaxslararo muomaladagi to‘siqlar, deb atashadi. Muomaladagi to‘siqlar – bu ziddiyatlar paydo bo‘lishiga imkon yaratuvchi juda ko‘p omillardir. Bu to‘siqlar muomalaga kirishuvchi shaxslarning maqsadlari va ehtiyojlari bir-biriga mos kelmasligi oqibatida yuzaga keladi.
Insonni asabiylik va jizzakilikka olib keladigan yana bir omil – bu o‘z ishiga qiziqishning so‘nishi yoki qiziqishning umuman yo‘qligidir. O‘z ishiga nisbatan negativ munosabat insonda salbiy emotsiyalarni, zo‘riqishni, agressivlikni keltirib chiqaradi.
Qarama-qarshi istaklar kurashi to‘sig‘idan tashqari ko‘pincha xarakterlar nomutanosibligi to‘sig‘i ham muomala jarayoniga salbiy ta’sir etadi. Ko‘pincha, oilaviy mojarolarda, qo‘shnilar, hamkasblar o‘rtasidagi bir-birini yoqtirmaslik holati sababini «xarakterimiz to‘g‘ri kelmadi», deb tushuntirishadi. Mashhur psixiatr Karl Leongard «20-25% kishilarda xarakter yoki temperamentning ma’lum qirralari shunday kuchli namoyon bo‘lgan bo‘ladiki, ma’lum sharoitlarda ziddiyatlarga, asab zo‘riqishlariga olib keladi», deydi. SHuni yodda tutish kerakki, har qanday kishining o‘z «nozik joy»lari, ojiz tomonlari bo‘ladiki, muomalada xuddi shu tomonlarni tanqid ostiga olish yaramaydi.
Yana bir to‘siq nevroz xastaligi bilan bog‘liqdir. Nevrozning asosiy sababi – kuchli emotsional stress, chiqib ketish mumkin bo‘lmaydigan psixik jarohatlovchi vaziyatdir. Amalda qisqa muddatli nevroz holati hammada ham bo‘lishi mumkin. Nevrozga duchor bo‘lgan kishilarda ziddiyatlar tez-tez yuzaga keladi va ular chuqurroq va og‘irroq kechadi.
G‘azab tufayli paydo bo‘ladigan muomala to‘siqlarini engib o‘tish juda qiyin, shuning uchun bunday paytda kishining sabr-toqatini sinash kerak emas.
CHunki g‘azab jismoniy va psixik energiyani ikki barobar oshiradi va so‘zlarda yoki agressiv xatti-harakatlarda bu energiyani «to‘kib-solish» ehtiyojini paydo qiladi.
Hazar qilish, jirkanish bilan bog‘liq bo‘lgan to‘siqlar kundalik hayotda ko‘p uchraydi. Noxush hidlar, terlaydigan qo‘l, suhbatdoshga yaqinlashish odati (intim masofaning buzilishi) muomaladagi sherikda jirkanish hissini qo‘zg‘atishi mumkin. SHuning uchun gigienaga va o‘zini tutish maneralariga katta e’tibor qaratish lozim.
Xarakterning ma’lum qirralari hazar qilish to‘sig‘ini keltirib chiqarishi mumkin, ammo bu gohida sinfiy va milliy aqidalar natijasida yuzaga kelib, uni engib o‘tish juda qiyin yoki umuman iloji yo‘q.
Shaxslararo munosabatlarda qo‘rquv to‘sig‘i – engib o‘tish eng qiyin bo‘lgan to‘siqlardan biri sanaladi. Qo‘rquv sabablari turlicha bo‘lishi mumkin. Muomaladagi sherikning qo‘rquv to‘sig‘ini engib o‘tish, ushbu sabablarni qay darajada to‘g‘ri topishingizga bog‘liq bo‘ladi.
Uyat va ayb to‘sig‘i o‘zining yoki boshqa birovning o‘rinsiz xatti-harakati tufayli yuzaga keladi. Uyat hissi kishida ko‘pincha tanqid yoki haddan ziyod maqtov natijasida paydo bo‘ladi. Haddan tashqari uyatchan yoki umuman uyatdan begona odamlar bo‘ladi. Uyatga berilmaydigan kishilar o‘zlari uchun psixologik himoya usulini ishlab chiqishgan: ular ko‘p hollarda hamma shunday xatti-harakat qilishi mumkinligiga o‘zlarini ishontirishadi, tanqidni eshitishmaydi, o‘zlarini oqlaydigan motivlarni topishadi. Aybni his etishning yuqori va quyi darajalari bir xilda odamlar orasidagi psixologik aloqaga ziyon etkazadi.
Idrok etish to‘siqlari suhbatda fikrlarni aniq ifodalay olmaslik asosida paydo bo‘ladi. Nutq toni uning ma’nosi kabi muhimdir. Emotsional qashshoq nutqning qalbga va yurakka yo‘l topishi qiyin. Noo‘rin anglashilmovchiliklarning oldini olish uchun qo‘llanilayotgan so‘zlarning aniq ma’nosini etkaza olish lozim. Inson haqidagi ilk tasavvurning to‘la bo‘lishi uchun uni idrok qilishga ijobiy yondashishga harakat qilish, nafaqat uning tashqi ko‘rinishiga, balki mimika, jestlari va tana holatlariga ham e’tibor qaratish talab etiladi.
To‘siqlarning yana bir guruhi muomala texnikasi va ko‘nikmalari bilan bog‘liqdir. Gohida muomala usullaridan o‘z g‘arazli maqsadlarida foydalanadigan shaxslar uchraydi. Bunday kishilarning xatti-harakatini aniqlashga o‘rganish uchun «muomaladagi manipulyasiya», «pozitsiya», «rol», «niqob» kabi tushunchalar ma’nosini o‘zlashtirish talab etiladi.
Taniqli psixolog A.A. Dobrovich muomaladagi manipulyasiyalarni tizimlashtirgan. Ularning asosiy mazmuni quyidagilardir: manipulyasiyadan foydalanuvchi shaxslar suhbatdoshning asoslangan ayblovidan qutulish maqsadida, har qanday arzimas xatoni «yuzga solishadi», o‘z aybini boshqaga to‘nkaydilar, izzat nafsga teguvchi gaplar bilan kishini muvozanatdan chiqarishga, u bilan ma’lum vaqtga aloqani uzishga harakat qilishadi, topshiriq va majburiyatlarni bajarishdan qochish maqsadida o‘zini yomon his etayotganligini bahona qilishadi.
Rollarni niqoblardan ajrata olish lozim. Niqob suhbatdoshga bo‘lgan haqiqiy munosabatni va haqiqiy emotsiyalarni yashirishga imkon yaratadigan yuz ifodalari, jestlar, standart iboralar yig‘indisidir.2
Shunday qilib, biz yuqorida muomala jarayonidagi ziddiyatlar va psixologik to‘siqlar bilan bog‘liq muammolar to‘g‘risida va ularni bartaraf qilish yo‘llari to‘g‘risida ba’zi fikrlarimizni o‘rtaga tashladik. O‘ylaymizki, kelajakda bu yo‘nalishda olib boriladigan tadqiqotlar
Adabiyotlar ruyxati
-
1. Davis S. F. Handbook of Research Methods in Experimental Psychology. - Blackwell Publishing Ltd, 2003. - 515 p.
-
2. FarrepS. Who's Running UoigSageeg? Creating stable work in unstable times. Austin (TX). 2012.
-
3. “TUSHKUN KAYFIYATNING BILIMLARNI PUXTA EGALLASHGA SALBIY TA'SIRI”, Ma’murova F.,Abdullayeva N., Talaba Abdumalikova M ., Materials of the X international scientific conference on December 1–2, Prague, 2019
-
4. "INNOVATIVE APPROACH AND MODERN TRENDS IN THE DEVELOPMENT OF SCIENCE AND EDUCATION”, Ma’murova F.,Abdullayeva N., Sultonova M.
-
5. Journal of Critical Review, No. 103, Section 4, Roosevelt Rd, Da'an District, Taipei City, Taiwan, ISSN- 2394-5125
-
6. G‘oziev E.E. Umumiy psixologiya. T. 2010.
-
7. Davletshin M.G., S.To‘ychieva "Umumiy psixologiya". O‘quv qo‘llanma. T. 2002.
-
8. S.N.Jo‘raeva., Z.SH.Y Yunusxodjaev “Kasbiy psixologiya” Toshkent-
2014.162 bet.
-
9. F.I.X,aydarov,N.I Xalilova.Umumiy psixologiya.T.2010
-
10. Internet saytlari:
-
11. www.ziyonet.uz
-
12. www.ziyouz.com kutubxonasi
-
13. www.pedagog.uz
-
14. www.inter-pedagogika.ru
"Экономика и социум" №2(81) 2021
Список литературы Pedagogik muloqot jarayonida ziddiyatlar va psixologik to'siqlar bilan bog‘liq muammolar
- Davis S. F. Handbook of Research Methods in Experimental Psychology. - Blackwell Publishing Ltd, 2003. - 515 p.
- FarrepS. Who's Running UoigSageeg? Creating stable work in unstable times. Austin (TX). 2012.
- "TUSHKUN KAYFIYATNING BILIMLARNI PUXTA EGALLASHGA SALBIY TA'SIRI", Ma'murova F.,Abdullayeva N., Talaba Abdumalikova M., Materials of the X international scientific conference on December 1-2, Prague, 2019
- "INNOVATIVE APPROACH AND MODERN TRENDS IN THE DEVELOPMENT OF SCIENCE AND EDUCATION", Ma'murova F.,Abdullayeva N., Sultonova M.
- Journal of Critical Review, No. 103, Section 4, Roosevelt Rd, Da'an District, Taipei City, Taiwan, ISSN- 2394-5125 http://www.jcreview.com/index.php