Psychological characteristics of social adaptation of deviant behaviors
Автор: Atadjanov E.E.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 6-1 (85), 2021 года.
Бесплатный доступ
This article provides information about the psychological characteristics of social adaptation of adolescents with deviant behavior, their worldview, psychological types. Psychological counseling is also provided to help adolescents with deviant behavior adjust to society.
Deviant, youth, behavior, deviation, prevention, ethics, theft, alcoholism, drug addiction, suicide, adolescents
Короткий адрес: https://sciup.org/140260618
IDR: 140260618
Текст научной статьи Psychological characteristics of social adaptation of deviant behaviors
-
a) jinoyatchilik. Muayyan davlatda o‘rnatilgan qonun va me‘yorlarga nisbatan ayrim shaxslarning salbiy munosabati jinoiy faoliyati va shuning oqibatida sodir etilgan xatti- harakat.
-
b) ichkilikbozlik. Bu borada ilmiy adabiyotlarda bir necha tasniflar mavjud:
-
c) Alkogolni har zamonda iste‘mol qilish.
-
d) Alkogolizm — spirtli ichimliklarga patolo-gik (muttasil) o‘rganib qolish bilan tavsiflanuvchi kasallik.
v) giyohvandlik. Giyohvand modda yoki unga tenglashtirilgan vositalarga muntazam ruju qo‘yish va tibbiy ko‘rsatmalarsiz iste‘mol qilish.
-
g) fohishabozlik. Fanda rasmiy nikohsiz jinsiy aloqa ikki turga bo‘lib o‘rganiladi:
-
1. Konkubinat — nikohsiz birga yashash.
-
2. Fohishabozlik — pul uchun o‘z tanasini sotish. G‘arbda asosan ikkinchisi qoralansada, Sharqda ikkala holatga ham me‘yordan og‘ish sifatida qaraladi.
-
e) byurokratiya. ―Byurokratiya termini aslida ―hokimiyatga ega bo‘lgan xodim degan ma‘noni anglatadi. Biroq davrlar o‘tishi bilan ―byurokratiya mahalliychilik, qog‘ozbozlik, to‘rachilik, mansabni suiste‘mol qilish kabi salbiy ma‘nolarda qo‘llanila boshlandi. Yuqoridagilardan tashqari mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, boqimandachilik kabi salbiy holatlar ham ijtimoiy me‘yordan chekinishning diqqattalab ko‘rinishlaridan hisoblanadi.
Shaxslarda yuz beruvchi deviant holatlarning paydo bo‘lishi, shakllanishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan uchta omilni ko‘rsatish mumkin. Bular shaxs xususiyatlari, muammoli holat va ijtimoiy nazorat institutlari. Aynan mana shu omillar shaxsning qanday faoliyat yuritishini belgilab beradi. Shaxs xususiyatlarining shakllanishida asosan 3 ta omil muhim ahamiyat kasb etadi, bular:
-
1) irsiy omillar;
-
2) psixo-fiziologik omillar;
-
3) shaxsning bilim darajasi.
Shuningdek, ijtimoiy og‘ishlarning yuz berishiga shaxsning qat‘iyatliligi yoki qatiyatsizligi, prinsipialligi yoki prinsipsizligi, qoidalarga bo‘ysunish yoki bo‘ysunmaslik odatlari, biron-bir qarorga kela olish imkoniyati, tashqi ta‘sirga qanchalik berilishi, irodasi va boshqa shu kabi psixofiziologik holatlari, mijozi ham katta ta‘sir ko‘rsatadi. Deviant xulq-atvorni o‘rganishda muammoli vaziyat muhim ahamiyat kasb etadi. Muammoli vaziyat shunday holatki, u subyektdan yechimini talab qiladi, uning yechimi ijtimoiy me‘yorlarda ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, u yoki bu sabablarga ko‘ra, ushbu me‘yorlarni qo‘llash qiyinroq bo‘ladi. Shu o‘rinda ta‘kidlab o‘tish joizki, o‘z joniga qasd qilishlarning 40%i oilaviy ziddiyatlar oqibatida sodir etiladi. Ziddiyatli holatlarning yuzaga kelishiga ba‘zan shaxs xususiyatlari sabab bo‘lsa, ba‘zan kichik ijtimoiy guruhlar, oila, mahalla, ishlab chiqarish brigadasi a‘zolari, sinfdoshlar orasidagi salbiy munosabatlar sabab bo‘ladi.
Jamiyatda shaxs shakllanishiga ta‘sir etuvchi muammoning va uni hal qilish imkoniyatlarining murakkabligi darajasiga ko‘ra muammoli holatning to‘rtta asosiy ko‘rinishi ko‘zga tashlanadi:
Список литературы Psychological characteristics of social adaptation of deviant behaviors
- Каримова Л.И. Социальная психология и реклама: Учебное пособие для вузов. Т.: Издательскополиграфический творческий дом им. Г.Гуляма, 2004.
- Sotsiologiya molodeji. Uchebnik. /Pod red. V.T.Lisovskogo. SanktPeterburg, 1996
- Jurayev SH.S., Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi // Academic Research in Educational Sciences, 2 (Special Issue 1), 395-401 P.