Qishloq aholi punktlari kengayishiga ta'sir qiluvchi omillarning kartografik tahlili

Автор: Gulimmmatov I.B., Allaberganov Yu.O., Matyoqubov M.M.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 5-1 (96), 2022 года.

Бесплатный доступ

Ushbu kichik ilmiy tadqiqotda Xorazm viloyati Urganch tumani Chandirqiyot qishlogʻi hududiy kengayishi kadastr ma’lumotlari, GIS texnologiyalari asosida kartografik tahlil qilindi. Aholi punktlari hududiy dinamikasiga demografik, iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy va adminstrativ (ma’muriy) qonunchilik omillarining ta’siri oʻrganildi.

Aholi punktlari, qishloq, gis tahlil, kartografik yondashuv, ekstrapolyatsiya, demografiya, dinamika

Короткий адрес: https://sciup.org/140293015

IDR: 140293015

Текст научной статьи Qishloq aholi punktlari kengayishiga ta'sir qiluvchi omillarning kartografik tahlili

Kirish. Hozirda Jahon aholisining 40% dan ortiq qismi qishloq aholi punktlarida istiqomat qiladi. Rivojlangan mamlakatlar aholisining 60-70% foizidan ortigʻi shaharlarda istiqomat qilsa, rivojlanayotgan va qoloq mamlakatlarda xuddi shuncha aholi qishloqlarda istqomat qilmoqda. Qishloqlar - jamiyat hayotida asosiy xom-ashyo va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beruvchi markaz sifatida qaraladi. Shu boisdan, qishloq aholi punktlarini sanoat va shaharlar rivojlanishining asosiy omili deyish mumkin.

Rivojlanayotgan davlatlarning aksariyatida iqtisodiyot tarmoqlari agrar va agrar-industrial xarakterga ega boʻlganligi sababli, aholi asosan qishloqlarda istiqomat qiladi. Agrosanoat majmuasi rivojlangan davlatlarda esa aholi asta sekin shahar atrofi va shahar tipidagi posyolkalarga koʻchib borishini ham koʻrish mumkin. Masalan, Oʻzbekiston iqtisodiyoti soʻngi yillarda agrosanoat tarmoqlari rivojlanishi hisobiga YIM dagi sanoat mahsulotlari ulushi 32% dan oshdi (2021-yil). Sanoatning rivojlanishi qishloq aholi punktlari rivojiga ham ijobiy ta’sir koʻrsatgan holda shaharcha va shahar tipidagi posyolkalarni shakllanishiga zamin yaratadi. Xususan, Oʻzbekistonda shahar aholisining deyarli yarmi shaharchalar va shahar tipidagi posyolkalarda istiqomat qiladi. Respublikaning barcha hududlarida tabiiy sharoit, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish bir xil boʻlmagani holda urbanizatsiya darajasida ham tafovutlar mavjud. Respublika shimoli-sharqiy va sharqiy viloyatlariga jami aholining 2/3 qismi, yalpi ichki mahsulotning esa 80% dan ortigʻi, jami shahar aholisining esa 85% ga yaqini toʻgʻri keladi. Shimoli-gʻarbiy hududda joylashgan Xorazm viloyatida jami aholining 5,5%i istiqomat qilgani holda YIM dagi ulushi 3,5% ni, urbanizatsiya darjasi esa 33%ni tashkil qiladi. Xorazm viloyatida urbanizatsiya darajasi respublika boʻyicha eng past boʻlishiga asosiy sabab, aholining qishloq xoʻjaligi faoliyati bilan shugʻullanishi hamda shahar infrastrukturasi va sanoat tarmoqlarining nisbatan sust rivojlanganligi bilan bogʻliq.

Bugungi kunda viloyatda 550 ta qishloq aholi punktlari mavjud boʻlib, 350 mingdan ortiq oilalar va 200 mingdan ortiq yakka tartibdagi uy-joylar mavjud. Aholi soni yillik 1,7-1,9% ga yoki 32 ming kishiga oʻsib borishi natijasida aholi punktlarining hududi 1,2-1,4% ga kengaymoqda. Aholi punktlari kengayishi bilan qishloq xoʻjaligi ekin yer maydonlari qisqarishi, ish oʻrinlari bilan ta’minlash, infrastrukturaga bosimning ortishi hamda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda vujudga kelishi mumkin boʻlgan potensial muammolar mavjud.

Ma’lumot toʻplash va metodologiya: Tadqiqot ob’ekti sifatida Xorazm viloyati Urganch tumani Chandirqiyot qishlogʻi olindi. Ushbu qishloq aholi soni ortishi bilan hududiy kengayishi oʻrtasidagi bogʻliqlik va iqtisodiy-ijtimoiy omillarning ta’sirini tahlil qilish ishning predmeti sifatida belgilandi.

1-rasm . Aholi punktlarini tadqiq qilish metodologik sxemasi.

Ilmiy ishni olib borishda Davlat statistika boshqarmasi, Kadastr ma’lumotlari, Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash boshqarmasi, arxiv hamda Google Earth, OSM (Open street map) ma’lumotlaridan foydalanildi. Qishloq aholi punktlari kadastr ma’lumotlari Arcmap dasturida raqamlashtirildi va ularning geometrik hududi atribut ma’lumotlari asosida aniqlandi. Geografik asos elementlari OSM, Google Earth ma’lumotlari asosida shakllantirildi. Tadqiqot ishini bajarishda kartografik va GIS tahlil, ekstrapolyatsiya, statistik tahlil kabi metodlardan foydalanildi.

Natijalar va muhokamalar. Xorazm viloyati Urganch tumanida joylashgan Chandirqiyot qishlogʻi 41˚30`-41˚31` sh.k. va 60˚38`-60˚40`shq.u. koordinatalarida joylashgan boʻlib, qishloq hududida Kulovot kanali va temiryoʻl oʻtgan. Qishloq XX asrning 1-yarmida sugʻorma dehqonchilik negizida shakllangan. Hozirgi kunda Qishloq hududida 5 ta mahalla, 10 dan ortiq kichik korxona va hunarmandchilik ob’ektlari va 20 dan ortiq xizmat koʻrsatish muassasalari mavjud. Qishloq aholisi soni jami 14552 kishi (2021-yil) boʻlib, yillik oʻsish 1,3-1,5%ni tashkil qiladi. Qishloq hududida aholi uy-joy ob’ektlari 3602 tani tashkil qiladi.

2-rasm. Chandirqiyot aholi punktlari kengayishi karta sxemasi.

Qishloq aholi punktlari kengayishini tahlil qilishda demografik omillar asosiy faktor sifatida oʻrganildi (2-rasm). Kartografik tahlil kadastr ma’lumotlari va Google Earth hamda OSM manbalari asosida olib borildi (3-rasm). Tadqiqot natijasida tuzilgan kartadan koʻrish mumkinki, XX asrning soʻngi choragida aholi soni oʻsish dinamikasi uy-joylar hududiy kengayishidan ancha yuqori boʻlgan.

XXI asrning dastlabki choragida esa uy-joylar qurilishi ortishi, aholining tabiiy oʻsishi pasayishi natijasida ular oʻrtasidagi tafovut deyarli qolmagan. Shunga qaramasdan, aholining uy-joyga boʻlgan juda katta ehtiyoji natijasida noqununiy qurilishlar juda koʻp kuzatilayotganligini ko’rish mumkin.

Xorazm vohasida aholi punktlari hududiy kengayishiga iqtisodiy-ijtimoiy omillarga qaraganda demografik omillar ta’siri kuchli ekanligini kuzatish mumkin. Chunki, viloyat aholisining urbanizatsiya darjasi 32% dan ortiq, YIM dagi ulushi esa 3,5 % atrofida xolos, sanoat mahsulotidagi ulushi esa 3% ga ham yetmaydi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yangi aholi punktlari sanoat (ishlab chiqarish) negizida emas, balki, demografik ehtiyoj natijasida shakllanib bormoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

  • 1.    Л.Х.Ғуломова Аҳоли жойлашувини аерокосмик материаллар асосида ўрганиш. Методик қўлланма. Т: 1991

  • 2.    Солиев А. Ўзбекистон географияси. – Т.: Университет, 2014. 404 б.

  • 3.    Солиев А., Назаров М., Қурбонов Ш. Ўзбекистон ҳудудлари ижтимоий -иқтисодий ривожланиши. –Т.: “Мумтоз сўз”, 2010. 348 б.

  • 4.    Mirzaliyev T., Safarov E., Egamberdiyev A., Qoraboyev J. “Kartashunoslik” – Darslik, T. 2012. 240 б.

  • 5.    Avezov S.A., Gulimmatov I.B., Normetov S. Urganch shahri hududiy kengayishini tahlil qilishda geografik axborot tizimlaridan foydalanish imkoniyatlari. “Янгиланаётган Ўзбекистонда география: фан, таълим ва инновация” Республика илмий-амалий конфренцияси материаллари. Тошкент, 15-декабр 2021.

  • 6.    https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S2226585622000243#: ~:text=The%20results%20of%20the%20study,in%20Gondar%20city%20 of%20Ethiopia.

  • 7.     https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/national-accounts-2

  • 8.     https://www.openstreetmap.org/

  • 9.    https://desktop.arcgis.com/ru/arcmap/10.5/get-started/setup/arcgis- desktop-quick-start-guide.htm

  • 10.     https://www.google.com/intl/ru/earth/

    "Экономика и социум" №5(96) 2022

Список литературы Qishloq aholi punktlari kengayishiga ta'sir qiluvchi omillarning kartografik tahlili

  • Л.Х.Ғуломова Аҳоли жойлашувини аерокосмик материаллар асосида ўрганиш. Методик қўлланма. Т: 1991.
  • Солиев А. Ўзбекистон географияси. - Т.: Университет, 2014. 404 б.
  • Солиев А., Назаров М., Қурбонов Ш. Ўзбекистон ҳудудлари ижтимоий -иқтисодий ривожланиши. -Т.: "Мумтоз сўз", 2010. 348 б.
  • Mirzaliyev T., Safarov E., Egamberdiyev A., Qoraboyev J. "Kartashunoslik" - Darslik, T. 2012. 240 б.
  • Avezov S.A., Gulimmatov I.B., Normetov S. Urganch shahri hududiy kengayishini tahlil qilishda geografik axborot tizimlaridan foydalanish imkoniyatlari. "Янгиланаётган Ўзбекистонда география: фан, таълим ва инновация" Республика илмий-амалий конфренцияси материаллари. Тошкент, 15-декабр 2021.
  • https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S2226585622000243#:~:text=The%20results%20of%20the%20study,in%20Gondar%20city%20of%20Ethiopia.
  • https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/national-accounts-2.
  • https://www.openstreetmap.org.
  • https://desktop.arcgis.com/ru/arcmap/10.5/get-started/setup/arcgis-desktop-quick-start-guide.htm.
  • https://www.google.com/intl/ru/earth.
Статья научная