Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi roli
Автор: Akramov I., Mamasodikov Sh.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 7 (86), 2021 года.
Бесплатный доступ
Maqolada makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning ahamiyati yoritilgan.
Iqtisodiyot, raqamli iqtisod, makroiqtisod
Короткий адрес: https://sciup.org/140260655
IDR: 140260655
Текст научной статьи Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi roli
Raqamli iqtisodiyot deganda, faqatgina blokcheyn texnologiyasini va ulardan xalqaro bozorlarda foydalanish masalalarini yoki kriptovalutalarni tushunish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Raqamli iqtisodiyot deganda, raqamli kommunikatsiyalar, IT yordamida olib boriladigan iqtisodiyot tushuniladi. Bunda, yashirin iqtisodiyotga barham berish vositasi sifatida ham tushunish munkin. Chunki birinchidan, barcha operatsiyalar elektron ro‘yxatdan o‘tilishiga, ikkinchidan shaffof bo‘lishiga erishiladi. Qolaversa, ishlab chiqarishdan yangi IT texnologiyalar qo‘llanilishi tufayli mahsulot va xizmatlarning tannarxi pasayadi.
Raqamli iqtisodiyot – bu noldan boshlab yaratilishi lozim bo‘lgan qandaydir boshqacha iqtisodiyot emas. Bu yangi texnologiyalar, platformalar va biznes modellari yaratish va ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga ko‘chirish deganidir.
Hozirgi kunda raqamli iqtisodiyot rivojlangan davlatlarda YaIM (Yalpi ichki mahsulot) hajmi ham, YaIMning aholi son boshiga ulushi ham yuqoridir. Shu jihatlarni olib firk yuritadigan bo‘lsak, davlatimiz rahbarining bu masalaga katta e’tibor qaratganligi aniq bir maqsadni ko‘zlaganligidan dalolat beradi, u ham bo‘lsa, birinchidan, aholining yashash darajasini yuksaltirish, ikkinchidan, aholining real daromadlarini oshirish va xalqimizni rozi qilishdir. Prezidentimiz raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni ustuvor vazifa sifatida belgiladi. Buning sababi deb, “...O‘zbekiston iqtisodiyotining yuqori sur’atlarda o‘sishini ta’minlash bilan birga, aholi ilmini, qarashlarini zamon bilan hamnafas qilish, qolaversa, mamlakatimizning xalqaro maydonda integratsiyasini tezlashtirish va natijada O‘zbekistonni demokratik, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan davlatlar qatoriga qo‘shishdan iboratligini keltirishim mumkin. Bu inqilobiy yondashuv faqatgina buyuk iqtisodiy sakrashlar orqali xalqning turmush darajasini oshirish, aholi farovonligiga birinchi darajali masala sifatida qarash-haqiqiy xalqparvar yetakchiga xosdir”.
Raqamli iqtisodiyotni makroiqtisodiyotdagi o‘rni va trakzaksion sektor. Iqtisodiyotning raqamli segmentiga tegishli bosh manbasi – trakzaksion sektorning o‘sishi deb bilishimiz tabiiy hol.
Rivojlangan mamalakatlarda bu ko‘rsatkich YaIMning 70 foizdan ortiq miqdorni tashkil etib10, davlat boshqaruvi, konsalting va informatsion xizmat ko‘rsatish, moliya, ulgurji va chakana savdo, shuningdek, xizmatlar sohasini birlashtiradi.
raqamli savodхonligini va malakasini oshirish, ularni aхborot teхnologiyalari va aхborot хavfsizligi boʻyicha oʻqitish uchun tegishli oliy ta’lim muassasalari biriktiriladi hamda ularning 12 ming nafar хodimi aхborot teхnologiyalari sohasida oʻqitiladi.
Jahon banki hisob-kitoblariga binoan, tezkor internet foydalanuvchilarining 10 foizga ko‘payishi yillik YaIM ko‘lamini 0,4 foizdan 1,4 foizgacha oshirishi mumkin ekan. Shuningdek, raqamli iqtisodiyotning mamlakat YaIMdagi ulushi har yili taxminan 20 foizga o‘sishi (rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich 7 foiz atrofida) uning ahamiyati belgilaydigan ko‘rsatkich sifatida qaraladi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
-
1. Oʻlmasov A.Oʻ., Vohobov A.V. Iqtisodiyot nazariyasi. – T.: 2006
-
2. Sobirov I. Raqamli iqtisodiyot – rivojlanish trendlari va xususiyatlari. – T.: 2020
-
3. Mustofoqulov Sh. Raqamli iqtisodiyot – yangi O‘zbekiston
taraqqiyotining yangi davri. – T.: 2019
"Экономика и социум" №7(86) 2021
Список литературы Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi roli
- Oʻlmasov A.Oʻ., Vohobov A.V. Iqtisodiyot nazariyasi. - T.: 2006
- Sobirov I. Raqamli iqtisodiyot - rivojlanish trendlari va xususiyatlari. - T.: 2020
- Mustofoqulov Sh. Raqamli iqtisodiyot - yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yangi davri. - T.: 2019