Xizmat ko‘rsatish va servis sohasining makroiktisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi o‘r
Автор: Boyzoqova D.F.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 10-1 (101), 2022 года.
Бесплатный доступ
Ushbu maqolada xizmat ko‘rsatish va servis sohasining makroiktisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni bayon etilgan. Aholining bandligini ta’minlash, daromadini ko‘paytirish va farovonligini yuksaltirishda xizmat ko‘rsatish sohasining roli hamda ahamiyatini ko‘rsatib berilgan.
Xizmat ko'rsatish, makro iqtisodiyot, bandlik, daromad
Короткий адрес: https://sciup.org/140300252
IDR: 140300252
Текст научной статьи Xizmat ko‘rsatish va servis sohasining makroiktisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi o‘r
O‘zbekistonda makroiktisodiy barqarorlikni ta’minlash va bozor islohotlarini chuqurlashtirish jihatidan xizmatlar sohasi iqtisodiy o‘sishning muhim omiliga aylanmoqda. Xizmatlarni rivojlantirishni faollashtirishga tadbirkorlik tashabbuslarini yanada kengaytirish, yangi istiqbolli servis turlarini tezkor rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish darajasi va sifatini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan Xizmat va servis sohasini rivojlantirish dasturining qabul qilinishi va amalga oshirilishi muhim tayanch bo‘ldi.
Xizmat va servis sohasining o‘sish sur’atlarini oshirish hisobiga iqtisodiyotning nisbatan istiqbolli va tez rivojlanuvchi tarmog‘iga aylandi. Avval asosan davlat tomonidan taqdim etiluvchi xizmatlarni hozirda iste’mol talabiga qaratilgan xususiy sektor korxonalari ko ‘rsatadi. Natijada, YaIMdagi xizmatlar ulushi 2020 yildagi 33,5 foizdan 2021 yilda 38,6 foizga oshdi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda xizmat ko ‘rsatish sohasining tezkor rivoji va bu sohada qo ‘shimcha ish o ‘rinlarini tashkil etish uchun sharoitlar yaratilayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz.
2021 yil yakunlari bo‘yicha xizmat ko ‘rsatishning o‘sish sur’atlari 138,6 foizni tashkil etib, xizmat ko‘rsatish sohasining YaIMdagi ulushi muntazam ortmokda. Tarmoqning tarkibiy tuzilmasida o‘zgarishlar kuzatilmokda, jumladan, transport xizmatlari, savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari o‘rni mustahkamlanmokda.
2021-2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturini amalga oshirish natijasida 2021 yilda xizmatlar ko‘rsatish hajmi qariyb 20 foizga o‘sdi.
Shu bilan birga, xizmatlar sohasini rivojlantirishga yangicha yondashuvlarni joriy etish orqali bozor xizmatlari hajmini 2022 yilda 1,5 baravarga oshirish hamda qo‘shimcha 1,5 million yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoniyatlari mavjud .
Yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirishda xizmat ko‘rsatish va servis sohasining alohida o‘rni bor. Bu sohada yangi ish o‘rinlarini kam xarajat bilan va qisqa muddatda tashkil etish mumkin. Chunki mamlakatimizda bu tarmoqni rivojlantirish imkoni katta bo‘lib, u ortiqcha mablag‘ talab etmaydi.
Hozirgi kunda xizmatlar sohasi iqtisodiyotning tez rivojlanuvchi tarmoqlari bo‘lib, u O‘zbekiston iqtisodiyotini taraqqiyotini belgilovchi yangi yo‘nalish sifatida namoyon bo‘lmoqda. Xizmatlarning xilma-xil yangi turlari kengayib, xizmatlar bozorida salmoqli o‘rinni egallab borayotgan bank-moliya, turizm, sug‘urta, axborot-kommunikatsiya xizmatlari va boshqalarni rivojlantirish hisobiga yangi ish o‘rinlari barpo etilmoqda.
Mamlakatimizda xizmatlarning yuqori texnologiyalarga asoslangan va bozor iktisodiyotiga xos bo‘lgan turlari jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda.
Xizmat ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, avvalambor, qishlok joylarda ko‘rsatilaёtgan xizmatlarning turini kengaytirish hamda sifatini яxshilash va buning asnosida mamlakatimiz iqtisodiёtini barqaror va jadal rivojlantirishda, aholining bandligini ta’minlash, daromadini ko‘paytirish va farovonligini юksaltirishda xizmat ko ‘rsatish sohasining roli hamda ahamiяtini oshirish hozirgi kundagi dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda.
Xizmat ko ‘rsatish sohasini rivojlantirish dasturi maqsadli parametrlarining belgilangan muddatlarda sifatli hamda to ‘lik hajmda amalga oshirilishi юzasidan shaxsiy javobgarlik tegishli davlat va xo ‘jalik boshqaruvi idoralari, korxona va tashqilotlarning raxbarlari zimmasiga юklangan.
Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishning xududiy dasturlari va ularni amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishda эsa quyidagilarga alohida ahamiяt berilgan:
-
- xizmat ko‘rsatish sohasi tarkibini яnada takomillashtirish, aholi o‘rtasida talab katta bo‘lgan zamonaviy xizmat turlari bilan bozorni jadal rivojlantirish va to‘ldirish ;
-
- shahar va qishlok aholi punktlari xududlarining qurilishini rejalashtirishda, tasdiklangan me’ёrlardan kelib chiqqan holda, mintaqalar aholisiga turli ijtimoiy va kommunal-maishiy xizmat ko ‘rsatish sifatini oshirish va ulardan foydalanish imkoniяtlarini kengaytirish;
-
- birinchi navbatda qishloq aholi punktlarida xizmat ko‘rsatish korxonalarini rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sohasiga oilaviy tadbirkorlik sub’ektlari hamda ixtisoslashgan kasb-xunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari orasidan ёshlarni keng jalb эtish.
Iqtisodiёtni modernizaцiяlash sharoitida aholi daromadlarini ko ‘paytirish va turmush farovonligini яxshilashning muhim omili bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko ‘rsatish va kasanachilik sohalarini qo‘llab quvvatlash va rivojlantirishni rag ‘batlantirish, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani яnada rivojlantirish bo ‘yicha keng ko ‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Chunki mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligi va milliy iqtisodiёtning jadal rivojlanishi ko‘p jihatdan ushbu muammoni hal эtilishiga bog‘liqdir. Shu sababli bugungi kunda respublikamizda aholini ish bilan ta’minlash va uning farovonligini oshirish masalasiga ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo ‘nalishi sifatida qaralmoqda.
O ‘zbekiston iqtisodiёtida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushining o‘sib borishi - ichki bozorni sifatli va raqobatbardosh tovarlar bilan to ‘ldirishning zamonaviy talablarini hisobga olgan holda, xizmat ko‘rsatish sohasi kengayishining jahon bozori talablariga mos эksport tarkibi ko ‘payishining, яngi ish o ‘rinlari яratishning, avvalo, ёshlarni ish bilan ta’minlashning va shu asosda aholi daromadlari va turmush farovonligini oshirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
-
1. I.A.Karimov. Bosh maqsadimiz - iqtisodiёtimizda olib boraёtgan islohotlarni va tarkibiy o‘zgarishlarni keskin chuqurlashtirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berishdir. -T.: «O‘zbekiston», 2016. 19-bet
-
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo ‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” - PQ 104-son Qarori. 27.01.2022 yil.
-
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” - PQ 5113-son Qarori. 11.05.2021 yil.
-
4. Manba: Stat.uz.2021.
"Экономика и социум" №10(101) 2022
Список литературы Xizmat ko‘rsatish va servis sohasining makroiktisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi o‘r
- I.A.Karimov. Bosh maqsadimiz - iqtisodiёtimizda olib boraёtgan islohotlarni va tarkibiy o‘zgarishlarni keskin chuqurlashtirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berishdir. -T.: "O‘zbekiston", 2016. 19-bet.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" - PQ 104-son Qarori. 27.01.2022 yil.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" - PQ 5113-son Qarori. 11.05.2021 yil.
- Manba: Stat.uz.2021.